O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI
VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKЕNT AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI UNIVЕRSITЕTI QARSHI FILIALI
“TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI va KASBIY TA’LIM fakultеti
4 - bosqich TT-13-18 guruh talabasining
“ Keyingi avlod konvergent tarmoqlari“ fanidan
MUSTAQIL ISHI
Bajardi : D.Ibodullayev
Qabul qildi: U. Alimov
Qarshi 2022
Mustaqil ish No3.
Reja:
IMS arxitekturasi, tugunlari va ularning funksiyalari
Keyingi avlod abonent kirish tarmoqlarining fundamental asoslari
Keyingi avlod abonent kirish tarmoqlarida qo’llaniladigan texnologiyalar, ularning ishlash prinsipi, afzalliklari va kamchiliklari
Mediashlyuzlar,ularning turlari,vazifa va xarakteristikalari
NGN tarmoqlarida qo’llaniladigan protokollarning turlari, vazifalari va ahamiyati
IMS arxitekturasi, tugunlari va ularning funksiyalari
IMS — bu umumiy IP tarmoq infrastrukturasi orqali turli taʼminotchilar tomonidan taqdim etilayotgan nutq va maʼlumotni uzatish xizmatlarining real konvergensiyasini taʼminlovchi, mobil va simli tarmoqlarga turli xil ulanishlar orqali rouming imkoniyatlarini taqdim etuvchi, NGN tarmoqlari uchun IP – protokoli asosida multimediali xizmatlarni boshqarishning standart arxitekturasi spetsifikatsiyasidir.
IMS tarixi 2002-yilda boshlangan bo‘lib, unda 3GPP (3rd Generation Partnership Project))ning birlashuvi mobil aloqa tarmoqlari uchun konsepsiya bo‘lgan. Ularning boshqa servis platformasidan asosiy farqlanishi Parlay, CAMEL va INAP interfeyslarining bo‘lishi, media shlyuz kontrollerlarini MGC (Media Gateway Controller) bo‘lishligi
IMS asosidagi yangi boshqaruv konsepsiyasi bir necha prinsiplarga asoslanadi.
Abonent tushunchasi o‘rniga IMS tizimida “abonent tarmog‘i” tushunchasi kiritiladi. Bunda tarmoqda abonent qurilmalari sonini oshirish, shuningdek, NGN kirish tarmoqlarida konvergensiya xususiyatlari hisobga olinmoqda.
Boshqaruv tizimiga abonentlarning uy serveri NSS (Home Subscriber Server) abonent joylashuvini nazorat qilish, rouming va billing jarayonlarida foydalaniladigan HLR (Home Location Register) – abonentlar joylashuvini hisobga olish tizimining ekvivalenti sifatida qo‘shiladi.
IMS ni boshqarish asosiga turli qurilmalar o‘rtasida boshqaruv jarayonlarnini ajratish bilan Softswitch konsepsiyasi qo‘yilgan.
IMS tizimining talab qilinadigan funksionalligini ta’minlash uchun boshqaruv yadrosining arxitekturasini sezilarli darajada murakkablashtirish kerak, bu esa MGC ni Softswitch dan bir necha elementlarga dekompozitsiya qilinishiga olib keldi.
Keltirilgan to‘rtta parametrlar IMS ning texnik yechimlarini aniqladi. IMS konsepsiyasining Softswitch dan birinchi farqi – bu abonent tarmog‘i tushunchasidir. Gap shundaki, Softswitch konsepsiyasi kompyuter telefoniyasidan kelib chiqqan bo‘lib, shu sababli uning bir necha kamchiliklari mavjud, chunki u avvalo faqat telefonli abonentlarga mo‘ljallangan edi. NGN spetsifikasi o‘zining o‘zgartirishlarini kiritdi va zamonaviy Softswitch talqinida abonent sifatida kompyuter va SIP-terminal va boshqalar bo‘lishi mumkin. IMS konsepsiyasi “abonent” tushunchasini “abonent tarmog‘i” tushunchasiga o‘zgartirdi, shu sababli IMS tizimida oxirgi qurilmalarga NGN tarmog‘iga birlashtirilgan turli tizimlar oilasi ham kiradi. Bu tushunchani talqin qilishda ma’lum erkinliklar mavjud, chunki IMS abonent tarmog‘i hajmini aniqlamaydi. Eng sodda holatda bu konvergent abonent ulanishi bo‘lishi mumkin, masalan, Wi-Fi tarmog‘i bilan ADSL va unda bir necha qurilmalarning ulanishi. Ammo IMS nuqtai nazaridan an’anaviy TDM tarmog‘ining segmenti yoki NGN segment ham abonent tarmog‘i sifatida qabul qilinishi mumkin.
IMS tizimida abonent joylashuvini hisobga olish tizimining mavjudligi – IMS abonentlari mobilligining aniq yutug‘idir. Bu erda ushbu masalani muhokama qilishning zaruriyati yo‘q. Faqat shuni ta’kidlash kerakki, HSS funksiyalari sotali aloqa tizimlaridagi HLR funksiyalariga nisbatan kengroqdir. Birinchidan, sotali tarmoqda telefon abonentlarining joylashuvi haqidagi ma’lumotlar bazasi o‘rniga IMS da yangi sifatli vazifani taqdim qiluvchi abonent tarmoqlari joylashuvini nazorat qilish funksiyalari realizatsiya qilinishi kerak. Ikkinchidan, IMS xizmatlarini personallashtirish har bir abonentni hisobga olishni talab qiladi. Agar HLR da barcha abonentlar bir xil statusga ega bo‘lsa, HSS da ular kategoriyalarga ajratilishi kerak va personal xizmatlar konsepsiyasi rivojlangani sari HSS da kategoriyalar ko‘payib boradi. Shu tarzda, HSS strukturasi HLR strukturasidan sezilarli darajada murakkabroqdir.
IMS arxitekturasi
IMS konsepsiyasi asosidagi qurilish tamoyili, xohlagan xizmatni etkazib berish, xech qanday tarzda kommunikatsion infrastruktura (o‘tkazuvchan qobiliyati bo‘yicha cheklash hisobga olinmaydi) bilan mos kelmasligidan iborat. Ushbu tamoyilning gavdalantirish bo‘lib, IMS qurishda ishlatiladigan, ko‘p darajali yondashuv hisoblanadi.
1-rasm.IMS arxitekturasi
Do'stlaringiz bilan baham: |