NGN tarmoqlarida qo’llaniladigan protokollarning turlari,vazifalari va ahamiyati NGN tarmog‘i chaqiruvlarni boshqarish protokollarining funksional vazifalari
Protokol
NGN tarmog‘idagi funksiya
Izoh
SIP
Aloqa seansini o‘rnatish va boshqarish
IP-tarmoqlar bo‘yicha ham tovushli, ham multimediali chaqiruvlarni o‘rnatish uchun qo‘llaniladi. Internetda qabul qilingan juda ko‘plab ishlangan mexanizmlarni ishlatadi va N.248 protokoliga qaraganda soddaroq hisoblanadi. Terminal qurilmasi SIP-agent dasturiy ta’minotiga ega. Intelektuallik tayanch tarmog‘idan abonent qurilmalariga suriladi.
SIP-T
UFTT ISUP signalizatsiyani SIP-tarmoq orqali uzatish
SIP-tarmog‘i bo‘yicha ISU xabarlarni “ochiq”uzatilishini ta’minlaydigan SIP protokolining maxsus turi. Haqiqatda SIP-tarmoq bu holda signalizatsiya tranzit punkti funksiyasini bajaradi. Standartlashtirish bo‘yicha ishlar UFTT da qabul qilingan barcha funksionallikni ta’minlash uchun davom ettirilmoqda.
N.323
Aloqa seansini o‘rnatish va boshqarish
IP-tarmoq bo‘yicha tovushlarni uzatish tarmoqlarida eng keng tarqalgan protokol. SIP protokoliga qaraganda qiyin o‘lchamlashtiriladigan va kamroq istiqbolli hisoblanadi.
N.248/ Megaso
Paketli tarmoqda ulanish shlyuzlarini boshqarish
Eng istiqbolli va ishlab chiqiladigan standart. Potensial jihatdan turli qurilmalarning moslashuvchanliklari bo‘yicha ancha ko‘p imkoniyatlarni ta’minlashi kerak.
MGCP
Paketli tarmoqda ulanish shlyuzlarini boshqarish
Bu protokoldan foydalanishli tarmoqlarning mavjudligiga qaramasdan, uni rivojlantirish bo‘yicha keyingi ishlar protokolning o‘ziga xos tufayli muammoli ko‘rinadi.
BICC
Boshqarish darajalari va ma’lumotlarni o‘tkazish ajratilgan tarmoqlarda chaqiruvlarni boshqarish
Ishlatiladigan o‘tkazish tarmog‘ining turiga (IP, ATM) bog‘liq bo‘lmagan bog‘lanishni o‘rnatish protokoli. UfTT/IXKT (SSIO) to‘liq xizmatlar to‘plamini ishlatadi. Nafaqat signalli protseduralar, balki tarmoq arxitekturasini tavsiflaydigan standartlar komplektiga ega. Protokolning asosiy g‘oyasi paketli tarmoqlar ishlatilganida klassik telefoniyaning barcha qabul qilingan xizmatlarini to‘liq ishlatilishini ta’minlash hisoblanadi. 3GPP tomonidan 3G mobil aloqa tarmoqlari uchun qabul qilingan.
SIG-TRAN
IP-tarmoq bo‘yicha boshqarish va signalizatsiya protokollarini uzatish
IP-tarmoq bo‘yicha signalizatsiyaning ishonchli uzatilishini ta’minlash uchun IETF taklif etadigan standartlar to‘plami.
Paketli tarmoqlarda butun qator klassik telefon xizmatlarini ta’minlashga operatorlarning intilishlari ISUP protokolining evolyusiyasi sifatida BICC protokolining paydo bo‘lishiga olib keldi.
SIP IP-tarmoq bo‘yicha uning yordamida multimediali sessiyalar yoki chaqiriqlarning o‘rnatilishi, modifikatsiyalanishi va tugatilishi kabi operatsiyalar amalga oshiriladigan amaliy daraja protokoli hisoblanadi. Multiservisli tarmoqlarda SIP N.323da ishlatilganidagiga o‘xshash funksiyalarni bajaradi. SIP sessiyalari multimediali konferensiyalarni, masofaviy o‘qitish, Internet-telefoniya, va boshqa shunga o‘xshash ilovalarni o‘z ichiga olishi mumkin. Bugun u xalqaro standart roliga da’vogarlik qilmoqda.
SIP Internet xostlari orasida aloqa seanslarini o‘rnatish uchun mo‘ljallangan. Internetning butun trafigiga xususiyatli bo‘lganidek, bu seanslar bir darajali tabiatga ega. Protokol maxsuslashtirilgan SIP serverlarni ko‘zda tutadi, lekin ularning ishlatilishi shart emas. Bu SIP serverlar ro‘yxatga olish, qayta manzillashtirish va boshqa funksiyalar uchun xizmat qilishi mumkin. SIP protokoli to‘liq taqsimlangan servisli modelni qo‘llab-quvvatlaydi. Servislar foydalanuvchilar terminallarida (telefonlarda, PDA va boshqalarda), SIP serverlarda va ularning istalgan kombinatsiyasida bo‘lishi mumkin.
SIP protokoli N.323 protokolidan ko‘plab nisbatlarda farqlanadi. SIP 2002 yilda RFC 3261 sifatida standartlashtirilgan va e’lon qilingan. Qo‘shimcha tovushli xizmatlarni aniqlash ustida ishlar hozircha boshlang‘ich bosqichida turibdi.
Lekin SIP butunligicha Internet protokollarga (xususan, HTTP) asoslanishi tufayli u tovushli va axborot servislarining integratsiyalanishiga ancha qisqa yo‘lni ochmoqda. SIP spetsifik foydalanuvchi interfeysini IP-terminalga yuklash kabi imkoniyatlarni qiyinchiliksiz ishlatilishiga imkon beradi. Bundan tashqari, yangi servis imkoniyatlarini qo‘shish va protokolning kengaytirishni moslashuvchanlik sohasidagi muammolarni xal qilishda xavfsiz amalga oshirish mumkin, chunki SIP spetsifikatsiyasi Internet prinsiplariga tayanadi.
11-rasm. SIP protokoli asosidagi intellektual mijozli model
Telefon chaqirig‘i signalizatsiyasini va birlashtirilgan audio ma’lumotlarni IP tarmoq orqali uzatish an’anaviy telefoniya oldida sezilarli afzalliklarni olishga imkon beradi. Lekin VoIP tarmoqlari baribir an’anaviy telefon tarmoqlarida ajralgan holda mavjud bo‘la olmaydi. SIP asosidagi telefon tarmog‘i UFTT bilan o‘zaro bog‘lanishi kerak.
N.323 protokoli
N.323 bu ularning barchasi oddiy N.323 nomlansada protokollar kompleksi hisoblanadi . ITU-T N.323 standarti paketli tarmoqlar bo‘yicha, xususan xizmatlar sifatini (QoS) kafolatlamaydigan Internet va Intranet tarmoqlari bo‘yicha chaqiriqlarni o‘rnatilishini, tovushli va video trafiklarni uzatilishini ta’minlash uchun ishlab chiqilgan. U IETF guruhi ishlab chiqqan Real-Time Protocol i Real-time Transport Control Protocol (RTP/RTCP) protokollarni, shuningdek G.xxx turkumdagi ITU-T kodeklarni ishlatadi.
N.323 protokolining umumiy ishlatilishi uchun to‘rtta mantiqiy ob’ekt yoki komponentlar talab qilinadi: terminal, shlyuz (GW), darvozabon (GK) va ko‘p tomonlama aloqani boshqarish bloki (MCU) (12-rasm).
12-rasm. N.323 arxitekturasi
N.323 protokolining murakkabligi shundan iboratki, xizmatlarni taqdim etish uchun turli protokollarning komponentlari birgalikda ishlatilishi zarur va ular orasida aniq chegara mavjud emas. Masalan, chaqiriqni qayta manzillashtirish N.450, N.225.0 va N.245 protokollarining qismlarini ishlatilishini talab qiladi. Bundan tashqari, N.323 protokoli o‘sha bir funksiyaning bir necha ishlatilish usullarini taqdim etadi. Masalan, N.245 va N.225.0 protokollarining uchta turli birgalikda ishlatilish usullari mavjud. H.323vl boshlang‘ich versiyada har bir protokol uchun alohida bog‘lanishlar o‘rnatildi. Dastlab N.225.0 kanali tashkil etiladi, uning doirasida ikkita darvozabon bog‘lanadi va signalizatsiyaning ulanishini o‘rnatilishi uchun parametrlar aniqlanadi. Keyin telefon bog‘lanishini o‘rnatilishiga imkon beradigan Q.931 protokolining ISDN soddalashtirilgan varianti bo‘yicha almashinuv bo‘lib o‘tadi. Keyin multimediali sessiya parametrlarini (kanalning kengligi, kodek turi va boshqalar) nazorat qilish uchun zarur bo‘ladigan N.245 uchun kanal ochiladi, va faqat bundan keyin multimediali paketlar uzatish kanali o‘rnatiladi. Bu tarmoq elementlari orasida signalli xabarlarni uzoq almashinuvini talab qiladi.
Xulosa:
Keyingi avlod aloqa tarmoqlarini qurish konsepsiyasi asosida universal tarmoqni qurish tamoyili yotadi. Bunday tarmoq har qanday axborotni: ovoz, video, audio va xokazo trafiklarni cheklanmagan spektrda infokommunikatsiya xizmatlari bilan ta’minlash imkonini beradi.
NGNtexnologiyasining Respublikamiz aloqa tarmoqlarida qo‘llanilishi, aloqa sifat ko‘rsatkichlarini jahon standarti talabiga javob beradigan pog‘onaga olib chiqmoqda.