Mediashlyuzlar, ularning turlari, vazifasi va xarakteristikalari
Shlyuz (Gateways)–tarmoqqa ulanovchi va mavjud tarmoqlar bilan birlashtiruvchi qurilma. SHlyuz qurilmalari, paketli kommutatsiyaga ega bo‘lgan tarmoqlarning signal ma’lumotlarini paketli tarmoqlarning signal ma’lumotlariga o‘zgartirish, shuningdek transport kanallarining ma’lumotlarini IP paketlarida ATM yacheykalariga o‘zgartirish va IPpaketlarining ATM yacheykalarini marshrutlashtirishbo‘yicha funksiyalarni qo‘llaydi. SHlyuzlar, tarmoqning transport pog‘onasida ishlaydi.
Terminal qurilma, paketli tarmoqlarda ishlash uchun mo‘ljallangan, ovozli va multimediali aloqa xizmatlarini taqdim etish uchun qo‘llaniladigan qurilma.
Media-shlyuz (MG) telefon tarmog‘idan tovush chaqiruvlarni terminallaydi, tovushni qisadi va paketlaydi, IP tarmoqda qisqargan tovushli paketlarni uzatadi, shuningdek IP tarmoqdan tovushli chaqiruvlar uchun teskari opera-siyani o‘tkazadi. ISDB/POTS chaqiruvlar signalizatsiya ma’lumotlarini media-shlyuz kontrolleriga uzatadi yoki signazizatsiyani N.323 xabarga o‘zgartirish shlyuzda amalga oshiriladi. Yuqorida keltirilgan media-shlyuz masofadan kira olish, marshrutlash, tarmoqning virtual qismlar, TCP/IP trafikni filtrlash va boshqalar uchun funksionallikni kiritish mumkin.
Signalizatsiya shlyuzi (SG) signalizatsiyani o‘zgartirish uchun xizmat qiladi va uni kommutatsiyalanadigan paketli tarmoq o‘rtasida tiniq uzatishni ta’minlaydi. U signalizatsiyani terminallashtiradi va xabarni media-shlyuz kontrolleriga yoki signalizatsiyaning boshqa shlyuzlariga IP orqali uzatadi.
Media-shlyuz kontrolleri (MGC) ro‘yxatga oladi va mediashlyuzning o‘tkazish qobiliyatini boshqaradi. Mediashlyuz orqali xabarlar bilan telefon stansiyalari bilan almashinadi.
N.323 shlyuzlari - paketli va kommutatsiyalanadigan tarmoqlar tomonida N.323 oxirgi nuqtalar o‘rtasida o‘zgarishlarning funksionalligini ta’minlaydigan qurilmadir. O‘z ichiga uzatish formatlarini o‘zgartirish, kommunikatsiya protseduralari, audio/video kodeklarni oladi va bog‘lanishlarni o‘rnatadi va uzib qo‘yadi.
N.323 geytgipperi – paketli va kommutatsiyalanadigan tarmoqlarda foydalaniladigan adreslar (IP, telefon nomerlari) o‘zgartirishini ta’minlaydigan qurilmadir.
Media shlyuzlari signalizatsiya va qo'ng'iroqlarni boshqarish bilan shug'ullanadigan alohida media shlyuz boshqaruvchisi komponenti tomonidan boshqariladi. NGN arxitekturasida bu qo'ng'iroq agenti yoki qo'ng'iroq funksiyasi serveri, IMS arxitekturasida esa Media Gateway boshqaruv funktsiyasi bo'ladi. Nazoratchi odatda Media Gateway Control Protocol (MGCP) orqali media shlyuz bilan bog'lanadi Agar media shlyuzlar tarmoqdagi uzilishlar tufayli o'z kontrolleri bilan aloqasini yo'qotsa, xizmat yo'qolishi mumkin va abonentlar qo'ng'iroqlar to'xtatilishi yoki yangi qo'ng'iroqlarni amalga oshira olmaydi. Ba'zi media shlyuzlar yo'qolgan ulanishlarga chidamli bo'lish uchun mo'ljallangan va tarmoq uzilishi paytida xizmatni saqlab qolish uchun asosiy qo'ng'iroqlarni boshqarish funktsiyalari bilan mustaqil dasturiy kalit sifatida ishlashi mumkin.
NGN tarmoqlarini turlicha mavjud bo‘lgan (Internet va UFTf) tarmoqlariga xos bo‘lgan fragmentlarini birlashtiruvchi tarmoq echimlari sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Shuningdek NGN tarmoqda Internet protokollari (masalan, IP, TCP, UDP, FTP. HTTP, SMTP) kabi, UFTf tarmog‘i protokollari (masalan, OKS7, EDSS1, V5 interfeys protokollari) qo‘llaniladi. Bundan tashqari, NGN tarmog‘ining ayrim protokollari multiservisli tarmoqni yaratish doirasida Internet va UFTf tarmoqlarining o‘zaro ishlash prinsipiga bevosita yoki bilvosita bog‘liq holda istiqbolli hisoblanadi. NGN protokollari shartlilikning ayrim qismlari bilan quyidagicha tasniflash mumkin:
- Internet tarmog‘ining tayanch protokollari: IP, ICMP, NCP, UDP;
- transport protokollari: RTP, RTCP;
- signal protokollari: SIP. N.323, SIGTRAN. MEGACO/H.248, MGCP. RSVP. SCTP. ISUP. BICC. SCCP. INAP;
- marshrutlash prokotokollari: RIP, IGRP. OSPF, IS-IS. EGP, BGP, [DRP. TRIP;
- axborot xizmatlari va boshqarish protokollari: SLP. OSP. LDAP. SNMP;
- xizmatlar protokoli: FTP. SMTP. HTTP, G.xxx kodeklar, H.xxx. faks T.37, T.38, IRP! NNTP.
Ikkita tez moslashuvchan kommutatorlarning o‘zaro bog‘lanishi uchun ikkita protokol qo‘llanilishi mumkin, ulardan biri SIP (SIP-T) protokoli IETF qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan, ikkinchisi BICC esa ITU-T orqali spetsifikatsiyalangan. Bugungi kunda o‘zaro bog‘lanish roliga BICC protokoli nafaqat OKS №7 signalizatsiyasi bilan, balki DSS1 signalizatsiya bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘lsada SIP-T protokoli da’vogarlik qilmoqda. Ericsson kompaniyasining ma’lum Engine echimida telefon serverlari (tez moslashuvchan kommutatorlar) orasidagi o‘zaro bog‘lanish IP-tarmoqlarda ishlash uchun mo‘ljallangan, BICC CS-2 ga keyingi o‘tishli ATM (AAL1/AAL2) transport ustida ishlatishga mo‘ljallangan BICC CS-1 protokoli bo‘yicha amalga oshiriladi.
SIP multimediali sessiyalarni o‘rnatish, o‘zgartirish va tugatishga imkon beradigan amaliy daraja protokoli hisoblanadi. Uning xabarlari matnli formati ularning kodlanishini, dekodlanishini va tahlil qilinishini sezilarli soddalashtiradi va bu istalgan dasturlashtirish tili asosidagi protokolni ishlatishga imkon beradi.
SIP xabarlaridagi axborot maydonlarining soni atigi bir necha o‘ntani (N.323 protokolida yuzlab bo‘lganida) tashkil etadi. Tabiiyki, bunday protokol tezroq va samaraliroq ishlaydi, bu tez moslashuvchan kommutatorlar o‘zaro bog‘langanida juda muhim. Bundan tashqari, IETF modifikatsiyalangan SIP-T (SIP for Telephony) protokolini ishlab chiqdi. Asosan bu OKS №7 signalizatsiyasining SIP protokoli bilan integratsiyalanishi maqsadida amalga oshirilgan.
Yuqorida aytib o‘tilganlardan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, tez moslashuvchan kommutator mutlaqo turli arxitekturaga ega bo‘lgan signalizatsiya protokollari bilan ishlashni va 4.2-rasmda ko‘rinib turganidek turli texnologiyalarga asoslangan transport shlyuzlari bilan o‘zaro bog‘lanishni “bilishi” kerak. Tez moslashuvchan kommutatorlardagi bu masalalarga bog‘liq bo‘lgan echim, masalan, qurilmaning apparatlar qismi va dasturiy yadrosi orasida chaqiriqlarni qayta ishlash va marshrutlashtirish funksiyalaridan o‘zaro bog‘lanish funksiyalarini maxsuslashtirilgan protokollar orqali ajratishga asoslanishi mumkin. Signalizatsiya va qurilmalarni boshqarish protokollarining barcha xabarlari chaqiriqlarni qayta ishlash yagona dasturiy modelida taqdim etish uchun qulay bo‘lgan yagona ko‘rinishga keltiriladi.
Boshqarish funksiyalari va ma’lumotlarni o‘tkazishda ajratilgan arxitektura, o‘zaro bog‘langan vertikal ochiq protokollarning bo‘lishini talab qiladi( 8-rasm).
3-jadvalda NGN tarmog‘ini boshqarish arxitekturasidagi protokollarning funksional vazifalari aks ettirilgan. Har bir protokolning paydo bo‘lishida o‘z mantig‘i kuzatiladi. Masalan, multimediali xizmatlarni ommaviy joriy etilishini ta’minlash uchun Internet tarmog‘i texnologiyalarini monand ishlatadigan protokol qo‘llanilishida sodda va qator absolyut yangi ilovalar va xizmatlarni joriy etishga imkon berishi talab qilindi. SIP-protokol o‘zida bu funksiyalarni ideal mujassamlantirgan.
9-rasm. Boshqarish funksiyalari va ma’lumotlarni o‘tkazishda ajratilgan arxitektura
10-rasm. NGN tarmog‘ida protokollarning o‘zaro bog‘lanish sxemasi
Do'stlaringiz bilan baham: |