Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim fakultеti 4 bosqich tt-13-18 guruh talabasining



Download 1,27 Mb.
bet2/6
Sana23.07.2022
Hajmi1,27 Mb.
#840253
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-mustaqil ish

IMS arxitekturasi Yevropaning aloqa standartlari instituti – ETSI va Parlay forumi tomonidan 3GPP (3rd Generation Partnership Project)ko‘rinishidagi standart bilan aniqlanadi.

2-rasm. IMS arxitekturasining soddalashtirilgan variant
U kirish texnologiyasidan mustaqil, xizmatlarni etkazib berishning ochiq mexanizmini amalga oshirishga yo‘l beradi, u xizmatlarni chetdan etkazib beruvchilarning ilovalarini tarmoqda ishga tushirish imkoniyatini beradi.
IMS tarkibida uchta daraja ajratiladi: transport daraja, boshqarish darajasi va xizmatlar darajasi .
Transport daraja (User Equipment – UE) foydalanuvchi uskuna vositasida, IMS infrastrukturasiga abonentlarni ulashga javob beradi. Shu uskuna rolida xohlagan IMS terminali (masalan telefon (smartfon) 3G, Wi-Fi quvvatlash bilan, yoki keng polosali kirish) bo‘lishi mumkin. SHuningdek shlyuzlar orqali IMS bo‘lmagan terminallar (masalan UfTT terminallari) ulanishi mumkin.
Transport tekisligining asosiy uskunasi:
MRF(MediaResourceFunction)multimedia resurslar protsessoridan MRFP(Media Resource Function Processor) va MRFC kontrolleridan iborat:
- MRFC konferens-aloqa, xabar berish va uzatilayotgan signalni qaytadan kodlash xizmatlarini amalga oshirishni ta’minlaydi. Faraz qilingan, MRFC S-CSCF (Serving Call Session Control Function) tugun orqali olayotgan SIP-xabarga ishlov berishi kerak va MRFP protsessorini boshqarish uchun (MGCP, H.248 MEGASO) mediashlyuzlarni boshqarish protokoli buyruqlarni ishlatishi kerak. Lekin xozir MRFC va MRFP orasida o‘zaro hamkorlik uchun SIP/XML asosida protokolni ilgari siljitish uchun harakat qilinadi. Buni ustiga MRFC tarifikatsiya va billing tizimlariga taqdim etishni ta’minlaydi;
- MRFP – protsessor MRFP MRFC dan buyruqlarga muvofiq tarmoq media resurslarni taqsimlaydi. Uning asosiy funksiyalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
- xabar berish xizmatlari va boshqalar uchun multimediali ma’lumot-lar oqimlariga xizmat ko‘rsatish;
- kirish multimedia oqimlarni qo‘shish;
- multimediali ma’lumotlar oqimlariga ishlov berish, masalan transkodlash;
- MGW(MediaGateWay)–transport_shlyuzi; --
- BGF (InterconnectBorderGatewayFunction) – tarmoqlararo chegaraviy shlyuz; IPv4 va IPv6 tarmoqlar orasida o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi. Xavfsizlik funksiyasini ta’minlashga javob beradi (NAPT manzillari va portlarini translyasiya qilish, firewall funksiyasi, QoS asboblari (instrumentlari)).
- GGSN (Gateway GPRS SupportNode) – GPRS shlyuz tuguni yoki marshrutlash tuguni; 
- uyali tarmoqlar va IMS orasidagi shlyuzdan iborat (uning qismi–GPRS). GGSN tarmoqlar to‘g‘risidagi hamma kerakli axborot bor, GPRS abonentlari unga kirishga imkon olishligi mumkin, shuningdek ulash parametrlari bor. GGSN ning asosiy funksiyalari bo‘lib, SGSN orqali abonentga ketuvchi va undan keluvchi, ma’lumotlar routingi (marshrutlash) hisoblanadi;
- SGSN (Serving GPRS SupportNode) – GPRS abonentlariga xizmat ko‘rsatuvchi tugun; paketli axborotga ishlov berishning hamma funksiyalarini amalga oshirish bo‘yicha GPRS-tizimining asosiy komponentidir;
- RAN – Radio Access Network –radio kirish uskunasi; IMS va elektraloqaning uyali aloqa tizimini o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi;
Keyingi avlod tarmog‘iga yo‘nalishda tarmoqlar evolyusiyadagi IMS ning kalitli roli tufayli, IMS arxitekturasini standartlash xalqaro tashkilotlarning keng doirasidagi e’tiborli predmet hisoblanadi. IMS konsepsiyasi o‘zining haqiqiy ko‘rinishida, hammadan avval, standartlash bo‘yicha uchta xalqaro tashkilotlarning– 3GPP, 3GPP2 va ETSI ish natijasi hisoblanadi.
Rivojlanayotgan GSM tarmoqlarida asoslangan mobil aloqa tarmoqlarning 3-avlodi (UMTS tarmoqlari) uchun texnik spetsifikatsiya va standartlarni ishlab chiqish maqsadida, ETSI instituti tashabbusi bo‘yicha, 3GPP sherikchilik 1998 yil oxirida yaratilgan edi.
3GPP2 sherikchilik 1998 yilda, shuningdek EXI homiyligi ostida yaratilgan, IMT-2000 loyiha ramkasida 3G (CDMA-2000 tarmoqlar) tarmoqlar standartini ishlab chiqish uchun, ETSI instituti va elektr aloqaning xalqaro ittifoqi (EXI) tashabbusi bo‘yicha paydo bo‘ldi. U 3GPP holidagi kabi, amaliy o‘sha tashkilotlar bilan hosil qilingan. 3GPP2 tashkil qilishda 3G mobil tarmoqlar uchun standartlarni rivojlanishiga asosiy kiritma bo‘lib, IMS konsepsiyasini, Multi Media Domain (MMD) umumiy nom ostida spetsifikatsiyasida bayon qilingan, CDMA2000 tarmog‘iga (IP-transport, SIP-signalizatsiya) tarqatish hisoblandi.
Ikkila sherikchilik 3G tarmoq standartlarini, IP-orientatsiya qilingan protokollarini qo‘llashga orientatsiya qilib, IETF qumitasi tomonidan standartlashtirilgan, va keyingi avlod tarmog‘i arxitekturasining asosiy g‘oyalarini ishlatib, ishlab chiqarishmoqda.
Birinchi bo‘lib IMS konsepsiyasi 3GPP Release 5 (mart 2002 y.) xujjatda taqdim etilgan. Unda asosiy uning maqsadi shakllantirilgan – IP protokoli bazasida mobil tarmoqlarda multimediali xizmatlarni quvvatlash – va IMS arxitekturasi bazasida, 3G mobil tarmoqlarini 2G simsiz tarmoqlar bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmini ixtisoslashtirilgan.
3G tarmoq arxitekturasi IMS konsepsiyasi bilan moslikda, transport, chaqiruvlarni boshqarish va ilovalar darajalari bo‘yicha ajratilgan, bir necha darajalarga (tekisliklarga) ega. IMS tizimchasi kirish texnologiyasidan to‘liq mustaqil bo‘lishi kerak va hamma mavjud bo‘lgan tarmoqlar – mobilva statsionar, telefon, kompyuter va hokazolar bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlashi kerak.
Dastlabki telegraf va telefon liniyalari bir tomonlama ishlovchi sxema bo’yicha havo aloqa liniyalari orqali tashkil etilgan. 1886 yildan boshlab shahar telefon tarmoqlarida ikki tomonlama ishlovchi abonent liniyalaridan foydalana boshlandi . XX asrning oxiriga kelib kirish tarmoqlarida turli simli (kabel va optik tolali) va simsiz texnologiyalar keng tarqaldi (bunday tarmoqlarning rivojlanish tarixi 3- rasmda ko’rsatilgan).

3- rasm. Kirish tarmoqlaridagi qabul qiluvchi texnologiyalar hajmining tarixiy o’zgarishi
So’nggi yillarda ko’pgina echimlar bir vaqtda paydo bo’ldi va ularni uchta yirik yo’nalishga ajratish mumkin: - xDSL (Digital Subscriber Line) -fizik zanjir bo’yicha raqamli traktni tashkil qilish imkonini beruvchi raqamli abonent liniyalari texnologiyalari yig’indisi;
- FTTx (Fiber To The x), optik toladan boshlab, qandaydir x nuqtagacha kabelni etkazuvchi bir qator yechimlar, axborotli signallarni tarqatishning boshqa muhitidan foydalanib uzatish
-BWA (Broadband Wireless Access), kabel aloqasidan foydalanmasdan terminallarni ulashga mo’ljallangan keng polosali simsiz kirish vositasi.
Kirish tarmoqlari uchun ko‗pgina jarayonlar orasida infokommunikatsiya tizimlarining rivojlanishiga xos bo‗lgan quyidagi tendensiyalar aks ettiriladi:
- axborotlarni almashlash traktining o’tkazuvchanlik qobiliyatini o’sishi (ba‘zan katta miqdorda);
- xizmat ko‗rsatish sifati ko’rsatkichlariga bir qator foydalanuvchilarning talablarini kuchayishi;
- bir qator ilovalar, shu jumladan Triple Play xizmatlarining funksional imkoniyatlarini terminal tezkorlik funksiyasini saqlab turish;
-infokommunikatsiya tizimlarining barcha elementlarini yaratish va rivojlantirish uchun zarur bo’lgan xarajatlarni qisqartirish.


Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish