QO‘SHIMCHA TESTLAR
39. Qaysi qatorda Antuan de Sent-Ekzyuperi hayotiga doir ma’lumotlar to‘g‘ri berilmagan?
1) Otasi o‘g‘illarini Shveysariyadagi xususiy kollejlardan biriga o‘qishga yuboradi.
2) Antuanning Shveysariyaga yuborilishiga sabab birinchi jahon urushining boshlanishi bo‘ladi.
3) 1917-yilda akasi Fransua bevaqt olamdan o‘tadi.
4) Antuan Nafis san’at akademiyasining arxitektura fakultetiga o‘qishga kiradi.
5) 1921-yilda o‘qishni tark etib, Fransiya harbiy havo kuchlari safiga xizmatga kiradi.
6) 1925-yili «Latiko-Eyr» aviakompaniyasiga ishga kiradi.
A) 1, 6# B) 1, 2, 6 C) 2, 4, 6 D) 1, 3, 4, 5
40. 1926-yili Sent-Ekzyuperi uchun qanday muhim voqealar sodir bo‘ladi?
A) Fransuz aviakompaniyasining Argentinadagi bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi va o‘zining ilk yirik asari «Janub chopari»ni e’lon qildi.
B) G‘arbiy Saxara (hozirgi Mavritaniya)ning Kap-Jubi shahri aeroportining boshlig‘i etib tayinlanadi va o‘zining ilk yirik asari «Janub chopari»ni e’lon qiladi.
C) O‘qishni tark etib, Fransiya harbiy havo kuchlari safiga xizmatga kiradi va o‘zining «Uchuvchi» nomli birinchi hikoyasini e’lon qiladi.
D) «Latiko-Eyr» aviakompaniyasiga ishga kirib, o‘zining «Uchuvchi» nomli birinchi hikoyasini e’lon qiladi. #
41. Antuan de Sent-Ekzyuperi 1926-, 1929-, 1931-yillarda qaysi asarlarni e’lon qilgan?
A) «Erkaklar zamini», «Uchuvchi», «Harbiy uchuvchi»
B) «Kichkina shahzoda», «Janub chopari», «Erkaklar zamini»
C) «Uchuvchi», «Janub chopari», «Tungi parvoz»#
D) «Janub chopari», «Erkaklar zamini», «Harbiy uchuvchi»
42. Sent-Ekzyuperi nechanchi yili Fransiya akademiyasi tomonidan eng yaxshi roman uchun Gran Pri mukofotiga sazovor bo‘lgan?
A) 1926-yili B) 1929-yili C) 1939-yili# D) 1942-yili
43. Antuan de Sent-Ekzyuperining «Kichkina shahzoda» asari qachon yaratilgan?
A) 1929-yili B) 1939-yili C) 1942-yili D) 1943-yili#
44. Antuan de Sent-Ekzyuperi ikkinchi jahon urushi davrida qayerda turib fashistlarga qarshi kurashgan va qachon uning samolyoti fashist qiruvchisi tomonidan urib tushirilgan?
A) janubiy Angliyada, 1934-yil 1-iyunda
B) shimoliy Fransiyada, 1944-yil 1-iyunda
C) janubiy Avstraliyada, 1934-yil 31-iyulda
D) shimoliy Afrikada, 1944-yil 31-iyulda#
45. «Kichkina shahzoda» asarida uchuvchi olti yoshida bahaybat bo‘g‘ma ilonning bir yirtqich hayvonni tiriklay yutayotgani qaysi kitobda aks ettirilganligini aytadi?
A) «G‘aroyib voqealar» B) «Qiziqarli voqealar»
C) «Bo‘lgan voqealar» # D) «Sirli voqealar»
46. «Kichkina shahzoda» asarida uchuvchi necha yoshida rassomlikning porloq istiqbolidan voz kechishga majbur bo‘ladi?
A) besh B) olti # C) yetti D) sakkiz
47. «Kichkina shahzoda» asarida uchuvchi necha yil muqaddam samolyotining motori buzilib, Sahroyi Kabirga qo‘nishga majbur bo‘lgani va Kichkina shahzoda bilan uchrashib qolganini so‘zlab beradi?
A) besh B) olti # C) yetti D) sakkiz
48. «Kichkina shahzoda» asarida shahzoda uchuvchiga qanday sovg‘a hozirlagan edi?
A) tillarang sharf B) gul
C) pok ko‘ngil mehri D) quvnoq kulgi#
49. «Kichkina shahzoda» asarida shahzoda bilan piyonistaning suhbatida nimaning uyatligi haqida fikr bildiriladi?
A) kuylashning B) so‘kishning C) ichishning# D) chekishning
50. Quyidagi parcha qaysi qahramon tilidan aytilgan?
«Naql qilishlaricha, bu uyga katta bir xazina ko‘milgan ekan. Ravshanki, uni biror kimsa hech qachon topib ololmadi, kim bilsin, balki biror kimsa hech qachon qidirib ham ko‘rmagandir. Ammo o‘sha mish-mish tufayli uy go‘yo tilsim qilingandek sehrli ko‘rinardi – uning bag‘rida sir pinhon edi...»
A) uchuvchi # B) Kichkina shahzoda
C) muallif D) ilon
51. «Kichkina shahzoda» asaridagi quyidagi fikrlar kimning tilidan aytilgan?
«Sahro ham chiroyli... Bilasanmi, sahro nima uchun yaxshi? …Chunki uning bag‘rida, ko‘z ilg‘amas allaqayerlarda buloqlar yashiringan bo‘ladi...»
A) uchuvchi B) Kichkina shahzoda#
C) muallif D) ilon
52. «Kichkina shahzoda» asarida «Eng asosiy narsani ko‘z ilg‘amaydi, u siyratda, botinda pinhon…» gapi qaysi qahramonga tegishli?
A) uchuvchi# B) Kichkina shahzoda
C) muallif D) ilon
53. «Kichkina shahzoda» asarida «Yulduzlar judayam chiroyli, chunki qayeridadir guli bor, faqat ko‘rinmaydi, xolos…» gapi qaysi qahramonga tegishli?
A) uchuvchi B) Kichkina shahzoda#
C) muallif D) ilon
54. «Kichkina shahzoda» asaridagi quyidagi fikrlar kimning tilidan aytilgan va kim haqida gap ketmoqda?
«Nazarimda, qo‘limda nafis bir xazinani ko‘tarib borayotgandek edim. Nazarimda, Yer yuzida bundan ko‘ra nozik va nafisroq hech narsa yo‘qdek tuyulardi».
A) uchuvchi, Kichkina shahzoda#
B) Kichkina shahzoda, feruza gul
C) uchuvchi, o‘zi chizgan surati
D) Kichkina shahzoda, uchuvchi chizgan surat
55. Quyidagi fikr «Kichkina shahzoda» asarida kim tomonidan qayer haqida aytiladi?
«Bu yer, meningcha, dunyodagi eng go‘zal va eng hasratli makon bo‘lsa kerak».
A) uchuvchi, shahzodaning sayyorasi
B) uchuvchi, sahro#
C) Kichkina shahzoda, sahro
D) Kichkina shahzoda, shahzodaning sayyorasi
56. «Kichkina shahzoda» asarida halokatga uchragan paytda samolyot egasi (muallif)ning qanchaga yetadigan suvi qolgan edi?
A) ikki kunga B) uch kunga C) bir haftaga# D) ikki haftaga
57. «Kichkina shahzoda» asarida yirtqich hayvonni yutgan bo‘g‘ma ilon o‘ljasini hazm qilgunicha qancha muddat uyquga ketishi aytilgan?
A) chorak yil B) yarim yil # C) bir yil D) o‘n kun
58. «Kichkina shahzoda» asarida uchuvchi uchta qo‘zichoq rasmidan keyin Kichkina shahzodaga nimaning rasmini chizib beradi?
A) shlyapaning B) gugurt qutisining
C) fil yutgan ilonning D) qutichaning#
59. «Kichkina shahzoda» asarida uchuvchi kichkina shahzodaga qo‘zichoq uchun nimani chizib berishni unutadi?
A) no‘xtani B) tasmachani#
C) taqani D) qo‘ng‘iroqchani
60. Antuan de Sent-Ekzyuperi qachon va qayerda tug‘ilgan?
A) 1905-yil 29-iyunda Fransiyaning Lion shahrida qashshoq-lashgan zodagonlar oilasida
B) 1905-yil 19-iyunda Angliyaning poytaxti London shahrida zodagonlar oilasida
C) 1900-yil 29-iyunda Fransiyaning Lion shahrida qashshoq-lashgan zodagonlar oilasida #
D) 1900-yil 19-iyunda Angliyaning poytaxti London shahrida zodagonlar oilasida
Do'stlaringiz bilan baham: |