QO‘SHIMCHA TESTLAR
35. 1457-yilda qaysi hukmdor taxtga chiqqan va bu paytda Navoiy…
A) Abusaid Mirzo, Mashhad madrasalarida o‘qishni davom ettirdi#
B) Abulqosim Boburmirzo, Samarqandga ketishga majbur bo‘ladi
C) Abulqosim Boburmirzo, Mashhad madrasalarida o‘qishni davom ettirdi
D) Abusaid Mirzo, Samarqandga ketishga majbur bo‘ladi
36. «Hayrat ul-abror» dostonidan olingan quyidagi baytda keltirilgan «mistar» nima?
Bo‘ldi chu mistar xatig‘a tuz raqam,
Boshini olmas raqamidin qalam.
A) qalam B) chizg‘ich #
C) qog‘oz D) siyohdon
37. Alisher Navoiy tug‘ilgan Hirot shahri hozirda qaysi davlat hududida joylashgan?
A) Arabiston B) Afg‘oniston #
C) Pokiston D) Eron
38. Navoiyning ota-onasi bilan bog‘liq to‘g‘ri ma’lumotlar berilgan javobni toping.
1) Otasi – Ilyosiddin Muhammad.
2) Onasi – Oychechak.
3) Otasini «Kichkina bahodir» deb ham atashgan.
4) Otasi – G‘iyosiddin Muhammad.
5) Onasining ismi ma’lum emas.
6) Otasi temuriylar xonadoniga yaqin odamlardan edi.
7) Otasini «Kichkina Mahmud» deb ham atashgan.
A) 3, 4, 5, 6 # B) 1, 2, 3, 6
C) 4, 6, 7 D) 4, 5, 7
39. «Hayrat ul-abror» dostonining «Rostlik va to‘g‘rilik» haqidagi maqolatida «mistar» nimaning ramzi sifatida ishlatilgan?
A) to‘g‘rilik# B) boylik
C) tinchlik D) ahillik
40. Alisher Navoiyning maktabdosh do‘sti kim edi?
A) Husayn Boyqaro # B) Shohrux Mirzo
C) Abulqosim Bobur D) Abusaid Mirzo
41. Alisher Navoiy yo‘lda tasodifan zamonasining mashhur tarixchisi Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashib qolganda necha yoshda edi?
A) to‘rt B) besh
C) olti # D) yetti
42. Alisher Navoiyning otasi qayerga hokim bo‘lgan va ulg‘aygach shoirning o‘zi ham qayerga hokimlik qilgan?
A) Astrobodga, Sabzavorga B) Sabzavorga, Astrobodga#
C) Mashhadga, Sabzavorga D) Mashhadga, Astrobodga
43. 1447-yilda qaysi hukmdorning vafot etishi sabab yurtda notinchlik boshlanadi va Alisher Navoiylarning oilasi Iroqqa ko‘chadi?
A) Husayn Boyqaro B) Shohrux Mirzo #
C) Abulqosim Boburmirzo D) Abusaid Mirzo
44. 1452-yilda taxtga chiqqan qaysi hukmdor Alisherning otasini Sabzavorga hokim qilib tayinlaydi?
A) Husayn Boyqaro B) Shohrux Mirzo
C) Abulqosim Bobur# D) Abusaid Mirzo
45. Alisher Navoiy nechanchi yillarda Sabzavorda, so‘ng Mashhadda yashagan?
A) 1452–1457-yillarda# B) 1452–1459-yillarda
C) 1453–1458-yillarda D) 1453–1459-yillarda
46. Alisherning maktabdosh do‘sti Husayn Boyqaro taxt uchun kurashga tushib ketgach, Navoiy nechanchi yili Hirotga keladi va ko‘p o‘tmay Samarqandga ketishga majbur bo‘ladi?
A) 1457-yilda B) 1464-yilda #
C) 1467-yilda D) 1469-yilda
47. Alisher Navoiy Samarqandda nechanchi yilgacha yashagan?
A) 1457-yilgacha B) 1464-yilgacha
C) 1467-yilgacha D) 1469-yilgacha #
48. Husayn Boyqaro taxtga chiqqach, nechanchi yilda Navoiyni Samarqanddan Hirotga chaqirib oladi va qaysi lavozimga tayinlaydi?
A) 1469-yilda, muhrdor # B) 1464-yilda, vazir
C) 1476-yilda, Astrobod hokimi D) 1457-yilda, mirzaboshi
49. Navoiy nechanchi yillarda Astrobodda hokim bo‘ladi?
A) 1468–1469-yillarda B) 1477–1478-yillarda
C) 1487–1488-yillarda # D) 1488–1491-yillarda
50. Navoiy nechanchi yilda vazirlik martabasiga ko‘tariladi?
A) 1469-yilda B) 1472-yilda #
C) 1487-yilda D) 1488-yilda
Do'stlaringiz bilan baham: |