Telegram kanalida bepul tarqatdi


-§. ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR



Download 1,87 Mb.
bet44/73
Sana09.04.2022
Hajmi1,87 Mb.
#539981
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   73
Bog'liq
5-adabiyot 1500 test GOLDEN BOOKS

22-§. ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR


RUBOIYLAR. RUBOIY HAQIDA TUSHUNCHA.
(Darslikda 107–114 betlar)

1. Boburning musiqaga oid qobiliyatlari nimalarda ko‘ringan?


1) sozni go‘zal chalgan; 2) kuylar yaratgan;
3) musiqaga oid ilmiy kitob yozgan; 4) qo‘shiqlar kuylagan.
A) 1, 4 B) 2, 3
C) 1, 2, 3 # D) 1, 2, 3, 4

2. «Bobur» so‘zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni anglatadi?


A) fors tilida «sher» degani B) fors tilida «yo‘lbars» degani
C) arab tilida «yo‘lbars» degani D) arab tilida «sher» degani#

3. Bobur nechta devon tuzgan va bizgacha shulardan nechtasi yetib kelgan?


A) to‘rtta, ikkita B) uchta, ikkita
C) uchta, bitta D) ikkita, bitta#
4. Hozirda adabiyotshunoslar qo‘lida Boburning qancha she’ri bor?
A) yuzga yaqin B) ikki yuzdan ortiq
C) uch yuzga yaqin D) to‘rt yuzdan ortiq#

5. Boburning bizgacha yetib kelgan she’rlarining qanchasi ruboiy hisoblanadi?


A) yuzga yaqini B) ikki yuzdan ortig‘i#
C) uch yuzga yaqini D) uch yuzdan ortig‘i

6. Quyidagi ruboiyning yozilish tarixi bilan bog‘liq voqealarni toping.


Ko‘ngli tilagan murodig‘a yetsa kishi
Yo barcha murodlarni tark etsa kishi.
Bu ikki ish muyassar bo‘lmasa olamda,
Boshini olib bir sorig‘a ketsa kishi.
1) Samarqandni ikki marta qo‘lga kiritib, ikki marta ham tashlab chiqishga majbur bo‘lgan paytlar.
2) 19–20 yoshlarida, g‘ayrati dunyoga sig‘magan paytlar.
3) Andijon xiyonatchilar qo‘liga o‘tgan paytlar.
4) Ikki-uch yil tog‘-u toshlarda sarson-sargardon yurgan paytlar.
5) Hindistonni zabt etgan paytlar.
A) 1, 2, 5 B) 3, 4, 5 C) 1, 2, 3, 5 D) 1, 2, 3, 4#
7. Boburning qaysi she’rida oshiqning yor vasliga yetolmagani fojiasi hazil bilan beriladi?
A) «Hajringda bu tun ko‘ngulda qayg‘u erdi»#
B) «Beqaydmen-u xarobi siym ermasmen»
C) «Ko‘ngli tilagan murodig‘a yetsa kishi»
D) «Jismimda isitma kunda mahkam bo‘ladur»

8. Bobur ruboiylarida qaysi mavzu yetakchilik qiladi?


A) go‘zal yor sog‘inchi va ilohiy muhabbat mavzusi
B) Vatan sog‘inchi va ilohiy muhabbat mavzusi
C) Vatan sog‘inchi, ona diyorni qo‘msash mavzusi#
D) ona tabiatga muhabbat mavzusi

9. Bobur ruboiylarining ko‘pchiligida sevimli yor, vasl va hajr qanday ma’nolarni anglatgan?


A) Olloh, Ollohga yetishmoq, Ollohdan uzoqda bo‘lmoq
B) go‘zal yor, go‘zalga yetishmoq, go‘zaldan uzoqda bo‘lmoq
C) Vatan, Vatanga yetishmoq, Vatandan uzoqda bo‘lmoq#
D) tabiat, tabiat go‘zalligidan bahra olmoq, tabiat go‘zalligidan yiroqda bo‘lmoq

10. Boburning qaysi ruboiysi mazmunini shoirning hayotdagi shiori edi deyish mumkin?


A) «Hajringda bu tun ko‘ngulda qayg‘u erdi»
B) «Beqaydmen-u xarobi siym ermasmen»
C) «Har kimki, vafo qilsa, vafo topqusidur» #
D) «Jismimda isitma kunda mahkam bo‘ladur»

11. Bobur «Ey bodi sabo» deb boshlanuvchi ruboiysida qayerdagi yoriga xabar yuboradi?


A) Hindistondagi B) Andijondagi
C) Farg‘onadagi D) Xurosondagi#

12. Boburning qaysi ruboiysida yaxshilikning sharofati, yomonlik-ning kasofati, vafoga vafoning, jafoga jafoning qaytajagi haqida so‘z ketadi?


A) «Har kimki, vafo qilsa, vafo topqusidur»#
B) «Beqaydmen-u xarobi siym ermasmen»
C) «Hajringda bu tun ko‘ngulda qayg‘u erdi»
D) «Jismimda isitma kunda mahkam bo‘ladur»

13. Bobur qaysi janrning tengsiz namunalarini yarata olgan?


A) ruboiy# B) g‘azal C) qit’a D) tuyuq
14. Boburning qaysi she’rida yo‘lning balchiqligi shoirning «ko‘z yoshi»dan, kechaning qorong‘iligi «ohi», «tutuni»danligi aytiladi?
A) «Jismimda isitma kunda mahkam bo‘ladur»
B) «Beqaydmen-u xarobi siym ermasmen»
C) «Ko‘ngli tilagan murodig‘a yetsa kishi»
D) «Hajringda bu tun ko‘ngulda qayg‘u erdi» #

15. Boburning quyidagi ruboiysi necha yoshlarida yozilgan?


Ko‘ngli tilagan murodig‘a yetsa kishi,
Yo barcha murodlarni tark etsa kishi...
Bu ikki ish muyassar bo‘lmasa olamda,
Boshini olib bir sorig‘a ketsa kishi.
A) 12–14 B) 15–18 C) 19–20# D) 25–28

16. Bobur butun ko‘rgan-kechirganlarini qaysi asarida mufassal bayon qilgan?


A) «Xatti Boburiy»da B) «Mubayyin al-zakot»da
C) «Muxtasar»da D) «Boburnoma»da #

17. Bobur qalamiga mansub quyidagi misralar qanday janrda yozilgan va «sarrishtayi aysh» birikmasining ma’nosi nima?


Tuz, oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,
Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur.
Sarrishtayi ayshdin ko‘ngulni zinhor
Uz, oh, Zahiriddin Muhammad Bobur.
A) ruboiy; maishat, turmush tutumi#
B) ruboiy; tong shamoli, mayin shabada
C) tuyuq; maishat, turmush tutumi
D) tuyuq; tong shamoli, mayin shabada

18. Umarshayx Mirzo qayerning hokimi edi?


A) Toshkentning B) Samarqandning
C) Farg‘onaning# D) Qo‘qonning

19. Bobur Samarqandni ne­cha marta egallagan?


A) 1 marta B) 2 marta C) 3 marta# D) 4 marta

20. Bobur qalamiga mansub ruboiyning misralarini o‘z o‘rniga qo‘ying.


1) Jismimda mening ruhi ravonim sensen;
2) Alqissaki, umri jovidonim sensen.
3) Boburni seningdek o‘zga yo‘q yori azizi;
4) Jonimda mening hayoti jonim sensen.
A) 1, 4, 3, 2 B) 1, 3, 2, 4 C) 3, 4, 1, 2 D) 4, 1, 3, 2#

21. Boburning quyidagi ruboiysida qo‘llanilgan «umri jovidon» birikmasining ma’nosini toping.


Jonimda mening hayoti jonim sensen,
Jismimda mening ruhi ravonim sensen.
Boburni seningdek o‘zga yo‘q yori azizi,
Alqissaki, umri jovidonim sensen.
A) umrim gulshani B) umrim bahori
C) boqiy bahorim D) abadiy yashash, boqiy umr#

22. Bobur ruboiylarida ko‘pincha nimalar aks etadi?


A) tabiat tasviri B) go‘zal yorga bo‘lgan sof muhabbat
C) ilohiy ishq talqinlari D) shoirning hayoti manzaralari#

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish