24-§. SA’DIY SHEROZIY
«GULISTON»DAN. BO‘STON»DAN.
«MUFRADOT»DAN. HIKMATLAR.
(Darslikda 123–133 betlar)
1. Sa’diy Sheroziy davrida shayx deb kimlarga aytilgan?
A) so‘fiylar boshlig‘iga B) din arboblariga
C) ijodkorlarga D) A va B#
2. Quyidagi hikmat Sa’diy Sheroziyning qaysi asaridan olingan?
Do‘stlar oldida poband o‘lsam erdi jovidon,
Yaxshi erdi ajnabiy birla kezardim bo‘ston.
A) «Bo‘ston» B) «Guliston» #
C) «Mufradot» D) «Hikmatlar»
3. Sa’diy Sheroziy qalamiga mansub «Ey sarbon, ohista ron k-oromi jonam meravad» misralarining forschadan o‘zbekchaga tarjimasini toping.
A) Ey sarbon, ohista gapir, oromijonim uxlayapti
B) Ey sarbon, ohista yur, oromijonim charchamasin
C) Ey sarbon, ohista yur, oromijonim boradur#
D) Ey sarbon, ohista kul, oromijonim uyg‘onmasin
4. Sa’diy Sheroziyning «Ey sarbon, ohista ron k-oromi jonam meravad» misralaridagi ichki qofiyani yuzaga keltirgan so‘zlarni toping.
A) sarbon, ohista ron B) sarbon, oromi jon
C) ohista ron, oromi jon D) sarbon, ohista ron, oromi jon#
5. Qaysi fransuz va nemis ijodkorlari o‘z asarlarida Sa’diy Sheroziy she’rlariga murojaat qilganlar?
A) Gyote va Kane B) Hayne va Gyote
C) Volter va Hayne D) Volter va Gyote#
6. Sa’diy Sheroziy umrining necha yilidan ko‘prog‘ini sayohatda o‘tkazgan?
A) 10 B) 15 C) 20# D) 25
7. Sa’diy Sheroziy sayohatlari davomida ko‘rgan-bilganlarini umumlashtirib, sayqallab qaysi asariga ixcham hikoyalar qilib kiritgan?
A) «Bo‘ston» B) «Guliston» C) «Mufradot» D) A va B#
8. Shahar qozisi va eski to‘n kiygan darvesh bilan bog‘liq voqea qaysi asardan olingan?
A) «Bo‘ston»# B) «Guliston» C) «Mufradot» D) A va B
9. Sa’diy Sheroziyning qaysi hikoyatida qozi o‘rnidan turib, salla-to‘nini darveshga in’om etadi?
A) « Darvesh hikoyati»da
B) «Hunar o‘rganmoq haqida» hikoyatida
C) «Daryo ko‘rmagan qul hikoyati»da
D) Shahar qozisi huzuridagi voqea bayon qilingan hikoyatda#
10. «Gap insonning salla-to‘nida emas, ilm-u donishda, agar kiyimda bo‘lsa edi, salla ilingan qoziq yoki to‘qim urilgan eshak eng e’tiborli bo‘lardi» fikrlari qaysi asardan olingan?
A) «Qutadg‘u bilig» B) «Hibat ul-haqoyiq»
C) «Bo‘ston»# D) «Guliston»
11. «Gap insonning salla-to‘nida emas, ilm-u donishda, agar kiyimda bo‘lsa edi, salla ilingan qoziq yoki to‘qim urilgan eshak eng e’tiborli bo‘lardi» fikrlari qaysi hikoyatdan olingan?
A) Shahar qozisi huzuridagi voqea bayon qilingan hikoyatdan#
B) «Hunar o‘rganmoq haqida» hikoyatidan
C) «Daryo ko‘rmagan qul hikoyati»dan
D) «Darvesh hikoyati»dan
12. Sa’diy Sheroziy qaysi hikoyasini «O‘sha darvesh men o‘zim edim», – deb tugatadi?
A) «Daryo ko‘rmagan qul hikoyati»ni
B) «Hunar o‘rganmoq haqida» hikoyatini
C) Shahar qozisi huzuridagi voqea bayon qilingan hikoyatini #
D) «Darvesh hikoyati»ni
13. Sa’diy Sheroziyning «Guliston» asari keyingi necha asr davomida o‘zbek tiliga bir necha marta tarjima qilingan?
A) 2–3 B) 4–5 C) 6–7# D) 8–9
14. Sa’diy Sheroziyning «Guliston» asarida keltirilgan hikoyatlarni toping.
1) «Ayb qidirmaslik haqida»; 2) «Daryo ko‘rmagan qul hikoyati»;
3) «Darvesh hikoyati»; 4) «Hunar o‘rganmoq haqida»;
5) «Hayit kuni adashib qolganim va otamning sabog‘i».
A) 2, 3, 4# B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2, 5 D) 3, 4, 5
15. «Hayit kuni adashib qolganim va otamning sabog‘i» hikoyati Sa’diy Sheroziyning qaysi asarida uchraydi?
A) «Bo‘ston»# B) «Guliston» C) «Mufradot» D) «Hikmatlar»
16. «Ayb qidirmaslik haqida» hikoyati Sa’diy Sheroziyning qaysi asarida uchraydi?
A) «Bo‘ston»# B) «Guliston» C) «Mufradot» D) «Hikmatlar»
17. Quyidagi misralar Sa’diy Sheroziyning qaysi hikoyati boshlanmasi hisoblanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |