QO‘SHIMCHA TESTLAR
20. «O‘zbekiston» qasidasida kimlarning nomlari uchraydi?
1) H. Olimjon; 2) G‘. G‘ulom; 3) Ulug‘bek;
4) Kolumb; 5) Beruniy; 6) A. Temur;
7) Alisher Navoiy; 8) Chingizxon; 9) Sobir Rahimov;
10) Oybek; 11) Habib Abdullayev;12) Jaloliddin Manguberdi.
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9
B) 2, 3, 4, 5, 6, 7, 10, 11, 12
C) 1, 2, 3, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12
D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12#
21. Abdulla Oripovning birinchi maslahatchilari kimlar bo‘lgan deyishimiz mumkin?
A) onasi va buvisi B) bobosi va buvisi
C) akalari va muallimlari# D) onasi va muallimlari
22. Abdulla Oripovning «O‘zbekiston» qasidasi jami necha satr?
A) 100 satr B) 120 satr C) 140 satr # D) 160 satr
23. Abdulla Oripovning onasining ismini toping.
«Onasi … qizi shoirtabiat, xalq adabiyotini nozik his qiluvchi fozila ayollardan edi. Erta vafot etdi. Lekin suyukli o‘g‘lining birinchi kitobini ko‘rib ketdi. Ehtimolki, Abdullaning kelajagini bashorat qilib ketdi».
A) Turdixol Sarbon qizi B) Turdixol Karvon qizi
C) Turdi Sarbon qizi D) Turdi Karvon qizi #
24. Abdulla Oripovning otasining ismini toping.
«Otasi … ko‘pni ko‘rgan, donishmand kishilardan edi. Elda e’tiborli, ko‘p yillar rahbar bo‘lib kelgan, so‘zni topib so‘zlaydiganlardan edi. Mustaqillik kunlariga yetishib, o‘g‘lining shon-shuhratini ko‘rib vafot etdi».
A) Orif bobo # B) Odil bobo
C) Mirorif bobo D) Abdulloh bobo
25. Abdulla Oripov qachon o‘rta maktabni bitiradi va qayerga o‘qishga kiradi?
A) 1955-yilda, Moskvadagi pedagogika institutining tarix fakultetiga
B) 1956-yilda, Toshkent pedagogika instituti til va adabiyot fakultetiga
C) 1957-yilda, O‘rta Osiyo davlat universitetining filologiya fakultetiga
D) 1958-yilda, hozirgi O‘zbekiston Milliy Universitetining filologiya fakultetiga#
26. Abdulla Oripov qachon jurnalistika bo‘limini tamomlaydi va nashriyotlarda ishlay boshlaydi?
A) 1961-yilda B) 1963-yilda#C) 1965-yilda D) 1968-yilda
27. Abdulla Oripovning birinchi kitobi qachon bosilib chiqadi?
A) 1962-yilda B) 1965-yilda#C) 1967-yilda D) 1968-yilda
28. Abdulla Oripov «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan nechanchi yili taqdirlangan?
A) 1991-yili B) 1993-yili C) 1995-yili D) 1998-yili#
29. Abdulla Oripovning «O‘zbekiston» qasidasi qachon yaratilgan?
A) 1958-yili B) 1968-yili# C) 1978-yili D) 1988-yili
30. Abdulla Oripovning «O‘zbekiston» qasidasi qachon yaratilgan?
A) XX asrning 40-yillarida B) XX asrning 60-yillarida#
C) XX asrning 80-yillarida D) XX asrning 20-yillarida
31. Abdulla Oripov qachon va qayerda tug‘ilgan?
A) 1944-yil 21-aprelda Surhondaryo viloyatining Marhamat tumani Qovunchi qishlog‘ida
B) 1941-yil 21-martda Qashqadaryo viloyatining Kosonsoy tumani Bo‘tako‘z qishlog‘ida
C) 1941-yil 21-martda Qashqadaryo viloyatining Koson tumani Neko‘z qishlog‘ida#
D) 1944-yil 21-aprelda Surhondaryo viloyatining Koson tumani Neko‘z qishlog‘ida
Do'stlaringiz bilan baham: |