QO‘SHIMCHA TESTLAR
22. Abdulla Avloniy qanday oilada tug‘ilgan?
A) bog‘bon B) temirchi
C) hunarmand-to‘quvchi# D) baqqol
23. A. Avloniy qayerdagi madrasada qish kunlarida o‘qib, yoz kunlarida mardikorlik bilan mashg‘ul bo‘lgan?
A) Buxorodagi B) Samarqanddagi
C) Shayxontohurdagi# D) Qo‘qondagi
24. Avloniy qaysi gazetaning har bir sonini zahmat bilan, yog‘ochdan ishlangan qo‘lbola harflar yordamida qo‘lda bosib, o‘z uyida – hozirgi Mirobod tumanida tayyorlab, chop etgan?
A) «Taraqqiy» B) «Xurshid» C) «Osiyo» D) «Shuhrat»#
25. Avloniy tashkil qilgan «Turon» jamiyatining asosiy vazifasi nima edi?
1) Aholi o‘rtasida sahna ishlariga qiziqish uyg‘otish;
2) Xalq uchun spektakllar qo‘yib berish;
3) Ommaga ma’naviy oziq berish;
4) Klub, musiqa kurslari, kutubxona va qiroatxonalar ochish;
5) O‘quvchilarga moddiy yordam ko‘rsatish.
A) faqat 5 B) faqat 4 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 3, 4, 5#
26. Abdulla Avloniy qaysi mahalladagi maktabga borgan va uni nechanchi yilda tugatgan?
A) O‘qchi, 1890-yil # B) Dukchi, 1891-yil
C) Mergancha, 1892-yil D) Begvachcha, 1893-yil
27. Abdulla Avloniyning ilk she’riy mashqlari nechanchi yilda bitilgan?
A) 1890-yilda B) 1892-yilda
C) 1894-yilda # D) 1896-yilda
28. Abdulla Avloniy nechanchi yildan boshlab o‘z mashqlari bilan matbuot sahifalarida qatnasha boshlagan?
A) 1894-yildan B) 1895-yildan
C) 1904-yildan D) 1905-yildan #
29. Abdulla Avloniy nechanchi yillarda gazetchilik bilan shug‘ullangan?
A) 1903–1906-yillarda B) 1905–1908-yillarda#
C) 1905–1910-yillarda D) 1908–1910-yillarda
30. Abdulla Avloniy 1906-yilda chiqa boshlagan qaysi gazetalarda ishlaydi?
A) «Taraqqiy», «Shuhrat» gazetalarida
B) «Taraqqiy», «Xurshid» gazetalarida#
C) «Shuhrat», «Osiyo» gazetalarida
D) «Osiyo», «Xurshid» gazetalarida
31. 1907-yil 4-dekabrda Avloniy muharrirligida qaysi gazetaning birinchi soni bosmadan chiqadi?
A) «Taraqqiy» B) «Xurshid»
C) «Osiyo» D) «Shuhrat» #
32. 1908-yildan nashr etila boshlagan qaysi gazeta yopilgach, Abdulla Avloniy Mirobod mahallasida maktabdorlik bilan shug‘ullana boshlaydi?
A) «Taraqqiy» B) «Xurshid»
C) «Osiyo» # D) «Shuhrat»
33. Avloniyning 1909–1916-yillar oralig‘ida yozilgan kitobini toping.
A) «Birinchi muallim»
B) «Turkiy Guliston yoxud axloq»
C) «Adabiyot yoxud milliy she’rlar»#
D) «Maktab gulistoni»
34. Avloniy nechanchi yillarda diplomatik vazifalarda ishlagan va so‘ngra umrining oxirigacha O‘rta Osiyo davlat universitetida dars bergan?
A) 1905–1908-yillarda B) 1909–1916-yillarda
C) 1919–1920-yillarda # D) 1927–1930-yillarda
35. Abdulla Avloniy 1927-yilda va 1930-yilda qanday unvonlar bilan taqdirlangan?
A) «Mehnat qahramoni», «O‘zbekiston xalq maorifi zarbdori» #
B) «O‘zbekiston xalq yozuvchisi», «O‘zbekiston xalq maorifi zarbdori»
C) «O‘zbekiston xalq maorifi zarbdori», «O‘zbekiston Qahramoni»
D) «O‘zbekiston Qahramoni», «Mehnat qahramoni»
36. Abdulla Avloniy qachon va qayerda tug‘ilgan?
A) 1878-yil 10-iyulda Qo‘qonning Begvachcha mahallasida
B) 1876-yil 10-iyulda Toshkent shahrining Mergancha mahallasida
C) 1878-yil 12-iyulda Toshkent shahrining Mergancha mahallasida#
D) 1876-yil 12-iyulda Qo‘qonning Begvachcha mahallasida
Do'stlaringiz bilan baham: |