PECHNING OSTKI QISMI (tubi).
Marten pechlarining ostki qism futerovkalari shlaklarning xususiyatlariga qarab tanlanadi. Marten jarayonlarida shlaklar kislotali oksidlar hosil qilsa unda bu jarayon kislotali marten jarayoni deb ataladi, agarda huddi shu pechning ostki qismi kislotali olov bardosh materiallardan tayyorlangan bo‘lsa bu pech kislotali Marten pechi deb ataladi. . Agar Marten jarayonlarida shlak asosli oksidlar hosil qilsa, demak jarayon asosli Marten jarayonlari, pechning o‘zi esa asosli Marten pechi deb nomlanadi.
Kislotali ostning yuqori (ishchi) qatlami oldindan terilgan dinas g'ishtlariga qadoqlangan yoki payvandlangan kvarts qumidan tayyorlanadi. Asosli ostning yuqori qatlami odatda magnezit kukunidan (kam hollarda dolomitdan) ishlab chiqariladi, u asos bo'lib xizmat qiluvchi magnezit g'ishti ustiga to'ldirilgan yoki payvandlangan bo‘ladi (16.3-rasm).
Marten pechlarining orqa yoki old devorlari (asosan ostki qismi) deyarli xuddi tibidagidek sharoitda ishlaydi. Kislotali marten pechining old va orqa devorlariga dinas g'ishtlari teriladi, asosli marten pechlariga esa – magnezitdan tayyorlangan g‘ishtlar teriladi.
MARTEN PECHINING SHIPI (gumbaz)deyarli shlak bilan aloqa qilmaydi, shuning uchun jarayonning turiga qaramasdan kislotali va asosli olovga chidamli materiallardan foydalanish mumkin. Marten pechlarining shiplari dinasli yoki issiqga chidamli magnezitoxromitli g‘ishtlardan tayyorlanadi.
Magnezitoxromit g'ishtlarining yuqori olovbardoshligi bilan (1800 ° C) bilan ifodalanadi, bu esa pechlarning unumdorligini oshirishga yordam beradi. Magnezitaxromit g'ishtlaridan ishlangan shipning chidamliligi (ta‘mirlashdan ta‘mirlashgacha bo‘lgan orqaliqdagi erishlar soni) dinasli g‘ishtlardan ishlangan shipning chidamlilligidan 2-3 marotaba yuqori. Biroq, magnezitoxromit g'ishtlarini gumbas materiallari sifatida ishlatishda uning ekspluatatsiyadagi qator xossalarini hisobga olish lozim.
Magnezitoxromitli shiplarning eng keng tarqalgan konstruktsiyasi kengaytirish osma shiplar dir. Odatda shipning xalqalari qatoriga kirgan g‘ishtlar bir biriga g‘ishtlar ichidagi tishiklardan o‘tgan temir qoziqlar orqali bog‘langan. Gishtlar orasiga temir listlardan yasalgan prokladkalar o‘rnatiladi. Prokladakalarda g‘shtlarni bog‘ljvchi qoziqlar o‘tishi uchun tishiklar mavjud.
Magnezit-xromitli shipning chidamliligi 600-1000 erishgacha.Osma shipni o‘rnatishning ko'plab usullari mavjud, bunda hatto alohida g'ishtlar tushib qolganda ham uning uzoq muddatli mustahkamligi ta'minlanadi.
Marten pechlarining kislotali va asosli poydevorlarining qurilmalari.
1 - payvandlovchi (kvarts qumi); 2 - payvandlovchi (magnezit kukuni, maydalangan kuydirilgan dolomit); 3 – dinasli g'isht; 4 - magnezitli g'isht; 5 - shamotli g'isht; 6 - issiqlik izolyatsiyasi (g‘ovakli shamot); 7- po'lat listi.
Pechning boshchalari.
Ishchi kameraning toreslari boshchalar bilan tugallanadi. Boshchalar quyidagilarni ta'minlashi kerak:
1) vannaning butun uzunligi bo'ylab mash'alning yaxshi tarqalishini (issiqlikning maksimal miqdorini vannaga va minimal miqdorini shipga va devorlarga o'tkazish uchun);
2) yoqilg'ining to'liq yonishi uchun yoqilgi va havoni pechning ish maydonida yaxshi aralashishi;
3) ish maydonidan yonish mahsulotlarini chiqarishda minimal qarshilik.
1- va 2- talablarini qondirish uchun, chiqish teshiklarining kesimi kichik bo'lishi kerak, biroq havo va yoqilg'ining maksimal darajaga chiqish tezligi uchun yetarli bo'lishi lozim; 3) talabni qondirish uchun kesim, aksincha, maksimal bo'lishi kerak. Boshchalarning bu ikki tomonlama roli (bir tomondan, pechga havo va yoqilg'ini kiritish uchun xizmat qilish, boshqa tomondan yonish mahsulotlarini chiqarish uchun xizmat qilish) pechlarni loyihalovchi konstruktorlarning juda murakkab muhandislik masalasidir.
Yuqori kaloriyali yoqilg'ida ishlaydigan pechlarda (tabiiy gaz, mazut) bitta kanalli boshchalar keng qo'llaniladi (16.5-rasm). Ushbu boshchalar yasalish jihatidan sodda va ularga kamroq olovbardosh g‘ishtlar sarflanadi. Havoni yoqilg'i bilan aralashtirish uchun zarur shartlari, shuningdek, mash‘alani texnologik jihatdan samarali tarqakishi yoqilg'ining oqimi yuqori tezligi bilan ta'minlanadi.
Martenli pechining ish kamerasidan chiqadigan gazlarda chang miqdori 2,0-4,5 g 1 m3 ni tashkil qiladi, vannada havo puflash vaqtida chang chiqishi deyarli 10 barobar ko'p miqdorda ko‘payadi. Shlakchilarni o‘lchamini hisoblaganda 1 tonna eritilgan po‘latga 7-10kg chang yig‘ilishi tig‘ri keladi deb qabul qilinadi, masalan, ya‘ni, 600 tonnali marten pechida bitta eristishhda shlakchilarda taxminan, 4 tonnaga yaqin shlak yig‘iladi. Ish sharoitlarini soddalashtirish maqsadida, shlakchilarni tozalash jarayonini olib borishda ularni dumalatib chiqadiga qilib, devorlari esa metall kassetalar bilan bog‘langan bloklardan yasaladi. Ta'mirlash paytida pech tagidan shlakchi dumalatib chiqariladi, blok-kasetlar kran bilan olib tashlanadi va shlak temir yo'l platforma orqali sexdan olib ketiladi.