1939-yilning 22-oktabrida O‘zbekiston Xalq Komissarlari Kengashi Raisining o‘rinbosari
qori Niyozov huzurida rus grafikasi asosidagi yangi O‘zbek alifbosining proektini muhokama
qilishga bag‘ishlangan yana bir muhim kengash bo‘lib ota’di. Unda Faxri Kamolov proekt
haqida doklad qiladi. Muzokaraga chiqqanlar proektni asosan ma`qullab, uni tezroq omma
muhokamasiga qo‘yish va joriy qilish zarurligini aytishidi.
1939-yilning 23-oktabrida «o‘qituvchilar gazetasi»da «O‘zbek adabiy tilining rus
grafikasi asosidagi yangi alfaviti» nomli bosh maqola chop etiladi. Unda shunday deyiladi,
«Hozirgi kunda RSFSR da q6 millat rus grafikasi asosidagi yangi atfavitga ko‘chdi. Ozarbayjon,
Tojikiston, qozog‘iston va bohqa qardosh respublikalar yangi alfavitga o‘tish oldida
turadilar...». «Rus grafikasi asosidagi yangi alfavitga o‘tish – kelajakda ham shakl, ham mazmun
jihatdan bir... madaniyat va tilga qo‘shilib ketuvchi O‘zbek halqi madaniyati va tilining
taraqqiyotini tezlatish demakdir».
Do'stlaringiz bilan baham: |