1940-yilning 4-iyulida yangi alifbe hukumat komissiyasi yig‘ilishida «O‘zbek adabiy
tilining orfografiyasi» (loyiha) ham ba`zi o‘zgarish va tuzatishlar bilan tasdiqlandi. Shunday
qilib, O‘zbek yozuvi tarixining yangi bosqichi – rus grafikasiga asoslangan davri boshlanadi.
1940-1941 O‘quv yilida maktablarning quyi sinflarida O‘quv jarayoni yangi yozuvga
ko‘chiriladi.
1941-1942-O‘quv yilida maktablarning yuqori sinflarida ham O‘quv jarayoni yangi
(kirillcha O‘zbek) yozuvga ko‘chiriladi.
1943-1946-yillarda alifbe va imlo asoslarini ommaga singdirish ishlari olib boriladi. Shu
yillar ichida yozuv amaliyotida imlo qoidalaridan chetga chiqish, ularga g‘ayri qonuniy
o‘zgartirishlar kiritish, adabiy tilning tayanch shevalariga etarli amal qilmaslik kabi nuqsonlarga
yo‘l qo‘yilayotganligi ham ma`lum bo‘ladi. Bunday nuqsonlarga barham berish, kamchiliklarni
tuzatish maqsadida 1946 yilda orfografiya qoidalarining yangi to‘plami yaratiladi, imlo lug‘ati
va qiyin so‘zlar lug‘atini tuzishga kirishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |