195q-1955-yillarda matbuotda bildirilgan tanqidiy fikrlar va takliflar asosida «O‘zbek
orfografiyasi asosiy qoidalari»ning bir necha yangi loyihalari yaratiladi, ulardan so‘nggisi
O‘zbekiston Oliy Kengashi Prezidiumiga topshiriladi.
1956-yilning 4-aprelida «O‘zbek orfografiyasining asosiy qoidalari» (qayta ishlangan va
takomillashtirilgan varianti) O‘zbekiston Oliy Kengashi Prezidiumi tomonidan tasdiqlandi.
1956-1991-yillarni rus grafikasiga asoslangan O‘zbek yozuvi uchun jiddiy sinov yillari
bo‘ldi deb baholash mumkin, bu yillar ichida alifbo va imlo qoidalarining ijobiy baholanishi
mumkin bo‘lgan jihatlari bilan birga, anchagina kamchiliklari borligi ham ma`lum bo‘lib qoldi,
O‘zbek tilining ayrim milliy tovushlari uchun maxsus harflarning yo‘qligi, grafika va
orfografiyaning ortiq darajada rus tili fonologik xususiyatlariga moslashtirilganligi bir qator
mutaxassislar tomonidan salbiy hodisa sifatida baholanib kelindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |