napalm qtiyuqlantirixvchisi
sifatida qo'llanishi
bilan belgilandi. Ikkinchi jahon urushi yillarida stirolli kauchuk
qo'shib tayyorlangan, uzoq yonadigan va suv bilan o'chmaydigan
benzinli napalmlar
dahshatli qurolga aylandi. Jumladan, amerikaliklar
V ’etnamda
polistirol napalmidan
foydalanishgan va millionlab gektar
o'rmonlar kuyib kulga aylangan. 1931-yildan boshlab Germaniyada
polistirol
ishlab
chiqarilishi
yo'lga
qo'yilgan,
Bu
reaksiya
mexanizmini 1946-yilda G. Shtaudinger aniqladi. Hozirgi paytda bu
polimer svetotexnik vositalarda shisha o'rniga ishlatilmoqda, qurilish,
dekorativ va o'rov materiali sifatida alohida o'rin egalladi. Bugungi
kunda
stirol
bilan
a-metilstirol,
metilmetakrilat
va
boshqa
Mjpolimerlar kabi qo'llanilmoqda, ayniqsa kauchuk bilan qo'shib
olingan va qattiq zarbaga chidaydigan sopolimerlar keng o'rin topdi.
1950-yilda
nemislaming
BASF
kompaniyasi
mutaxasssislari
“
ko'piradigan”
polistirolni kashf etdilar.
1959-yil. Amerikalik
Koppers Company
kimyogari J. Stoves hajrni
kengayadigan polistirol
(expendable polystyrene ~ EPS) olishga erishdi. Bugungi kunda jahon
miqyosida polistiroldan foydalanish ko'lami jihatidan polietilen va
PVXdan keyin
uchinchi o'rinni
egallab turibdi.
Polimetilmetakrilat (PMMA).
1928-yilda yaratilgan bu polimer
pleksiglas
yoki
organik shisha
deb ataladi. 1931-yilda AQSHning
Dyupon kompaniyasi kimyogarlari juda mustahkam shaffof akril
materiali (organik shisha)ni yaratdilar va uni
Lucite
nomi bilan
atadilar. Shu davrda Amerikaning Rohm & Haas Chemical Company
kompaniyasi tez orada
Plexiglas
(pleksiglas) materialini ishlab
chiqarishni yo'lga qo'ydi.
1933-yil PMMA ishlab chiqarish
Germaniyada, 1936- yil - sobiq SSSRda boshlandi. Bu polimer asosan
aviasozlikda, avtomobilsozlik sanoati va qurilishda keng ishlatiladi.
Polivinilxlorid.
1872-yilda vinil xloridining polimerlanishi ilk
bor nemis kimyogari Eygen Bauman tomonidan amalga oshirilgan.
Bu olimning xizmati shundaki, u vinil xloridini organik peroksidlar
ishtirokida radikal polimerlanish usulini yaratdi. Ammo
PVXning
turli sohalarga jadal kirib kelishi XX asrning o'rtalarida boshlandi.
Muammo shundan iboratki, sof holdagi PVX ko'pgina nuqsonlarga
ega. Xona haroratida u mo'rt va elastiklik xossasini yo'qotadi, uni
eritisb yoki yumshatish va suyuqlantirish ham muammoligi PVXdan
foydalanishni anchagina chegaralaydi. 1912-yilda rus kimyogar-
texnologi 1.1. Ostromislenskiy vinil xloriddan sanoat usulida sifatli
polivinilxlorid olish usulini yaratdi. 1930- yillarda olimlar tomonidan
issiqlik va yorug’lik ta'siriga bardosh beruvchi PVX stabilizatorlarini
topdilar. PVXIi pastalar (plastizollar) sun'iy charm olish, yumshoq
o'yinchoqlar, pol to'shamalari tayyorlash uchun ishlatiladi. Plastifika-
tsiyalangan PVX - yangi material sifatida keng ko'lamda qo'llanish
sohalari aniqlandi. Olib borilgan izlanish va yaratilgan texnologiyalar
PVXni ishlatilishi bo'yicha jahonda polietilendan keyin
ikkinchi
о 'rinni
egallashiga imkon yaratdi.
403
Do'stlaringiz bilan baham: |