“Neopren
” deb ataluvchi xloropren kauchugining ishlab chiqarilishini
yo'lga qo'ydi.
Sobiq sovet davlati ham xomashyo mustaqilligiga erishish va
mamlakatning himoya qobiliyatini oshirish choralarini ko'ra boshladi.
1926-yil aprelda sintetik kauchuk olishning eng yaxshi va qulay
usuliga tanlov e'lon qildi.
Tanlov shartiga ko'ra 1928-yil 1-
yanvargacha sintetik kauchuk olish texnologik jarayoni yozma bayoni
va shu usulda olingan
2
kg namuna tanlov hay’atiga topshirilishi
lozim edi. Eng qulay va mukammal loyiha S.V. Lebedev va В. V.
Vyzov tomonlaridan tavsiya etildi, har ikki loyiha bo'yicha polimer
kauchuk butadiyendan din ar edi. S.V. Lebedevning loyihasi bo'yicha
butadiyen etil spirtidan maxsus degidrogenlovchi va degidratlovchi
katalizator ishtirokida bir bosqichda olinadi. B.V. Byzov loyihasi
bo’yicha butadiyen neft uglevodorodlarini
qayta ishlab, olinishi
mo'ljallangan edi, bu usul uchun kerak bo'lgan xomashyo bazasi hali
sobiq SSSRda mavjud emasdi va shuning uchun bu usul
keng
ommalashmadi. E'lon qilingan tanlovda S.V. Lebedev g ’olib chiqdi
va butadiyen kauchuk ishlab chiqarishning texnologik sxemasini
amalda joriy qilish bo'yicha ishlarga rahbarlik qildi. Shunisi qiziqki,
amerikalik buyuk ixtirochi Tomas Alva Edison kauchuk olish
sohasidagi Rossiya olimlarining yutuqlarini eshitib, butun dunyoga
bu ishning amalga oshirish mumkin emasligi haqida jar solib, bu
gaplar yolg’on ekanligi, uning o'zi sintetik kauchuk olish bilan
mashg’ul bo'lgani va bu ish mumkin emasiigini e'lon qiladi.
S.V. Lebedev
(1874-1934 yy.) - akad. A.E. Favorskiy shogirdi,
Ш
1931 -yiIda tarixda rasman birinchi etil spirti asosida
260 kg
butadien
- sintetik kauchukni sintez qildi.
Bu usulda ishlab chiqarilgan kauchukning mexanik
xususiyatidagi ayrim kainchiliklariga ko'ra uning
qo'Uanishi
ma'lum
darajada
cheklandi.
Bu
kamchiliklarga
qaramasdan
1931-yil
yanvarida
SSSR mehnat va mudofaa qo'mitasi S.V. Lebedev
usuli bilan ishiaydigan bir xil loyihadagi uchta
sintetik kauchuk zavodi qurish haqida qaror qabul
qiladi.
Leningrad shahrida
“Liter B” hozirgi
Butunrossiya sintetik kauchuk ilmiy-tadqiqot instituti
(ВНИИСК -
Всероссийский научно-исследовательский институт синтетичес
кого каучука) tajriba zavodi barpo qilindi va shu yilning o'zida bu
398
erda divinii kauchugining dastlabki partiyasi ishlab chiqarildi. 1932-
1933-yillar davomida Yaroslavl, Voronej, Yefremovo va Qozonda ana
shunday sintetik kauchuk zavodlari ish boshladi. 1935-yildan sintetik
kauchuk ishlab chiqarishning yangi davri boshlandi. 1941-yilda
Erevanda xloropren kauchugi ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi
tugallandi va ishga tushirildi. Butadiyen-1,3 bilan stirol, akrilonitril
kabi rnonomerlarni qo'shish bilan sopolimerlanish reaksiyalari
yordamida sintetik kauchuk ishlab chiqarildi. Shuni ta'kidlash zarurki,
endilikda 1945-yildan keyin spirtdan xomashyo sifatida foydalanish
o'rniga neftni qayta ishlab olingan uglevodorodlardan
butadiyen
monomeri olinadigan bo'ldi.
Butadiyen va uning sopolimerlari asosida olingan
sintetik
kauchuk barcha shinalar va rezinalarga bo'lgan talabni qondiradi va
tabiiy kauchukdan olinadigan rezinadan yuqori sifati bilan ajralib
turardi. Bunday yuqori sifatli sintetik kauchuk tarkibi litiyorganik.
birikmalar
ishtirokida olinadigan
1,4-,s/.v-polimer zanjirlarining
mavjudligi bilan belgilanadi. 1956-yiIda stereoregulyar polibutadiven
kauchuk (SKD) olish usuli joriy qilindi, bu jarayonda olingan rezina
past haroratga, yedirilishga chidamliligi bilan tabiiy kauchuk
rezinalaridan ustun edi. Sigler-Natt yaratgan litiyorganik kataliza-
torlari ishtirokida olingan kauchuk SKI-3 abbreviaturasi bilan
belgilangan. 1960-yilda SKD va SKI-3 kaucluiklari ishlab chiqarish
Sterlitamak, Tol’yatti, Voljsk shaharlarida joriy qilindi. Borgan sari
butadiyen va izopren
sopolimerlari avtomobil shinalari ishlab
chiqarishda tabiiy kauchukni siqib chiqara boshladi. Masalan, 1950-
yilda sintetik kauchuk butun polimerlar hajmining
2 2
%
yaqin
qismini tashkil etgan bo'lsa, 1960-yilda 48 %, 1971-yilda esa bu
nisbat -6 0 % (5 mln tonna sintetik, 3 mln tonna tabiiy kauchuk) ni
tashkil etdi. 1985-yilga kelib esa jahonda 12 mln tonna sintetik va 4
mln tonna tabiiy kauchuk ishlab chiqarildi. 1970-yillarning boshlarida
sintetik kauchuk tabiiy kauchukni siqib chiqaradi degan fikr ham
tug’ilgan edi, ammo neft ernbargosi natijasida 1973-yilda neft
mahsulotlari keskin qimmatlashib ketdi. Ayni shu davrda Malayziya
tabiiy kauchuk ishlab chiqarish borasida katta yutuqlarga erishib,
uning tannarxini keskin pasaytirdi. Buning oqibatida bugungi
kungacha rezina ishlab chiqarishda tabiiy kauchukni to'liq sintetik
kauchuk bilan almashtirishga erishish nasib etmadi. Masalan, o'z neft
zaxiralariga ega bo'lmagan Yaponiya davlati uchun Malayziya va
399
Indoneziyadan tabiiy kauchuk sotib olish iqtisodiy foydali bo'lib
chiqdi.
13.3. Plastmassa!ar olish texnologiyasi rivoji
Fenolformal’degid smolalaru
1907-yilda L. Bakeland
bakelit
smolasi ~ fenol bilan chumoli aldegidining sopolimerlanishi bo'yicha
birinchi patent olgani haqida ma'lum qilgan edik.
Bu smola
qizdirilganda chiziqli emas, balki to'rsimon tuzilish hosil qiladi va
mustahkam materialga aylanadi. Juda ko'p yillar davomida bu
materialdan elektrotexnik uskunalaming korpuslari yasalgan bo'lsa,
hozirgi kunda undan bog'lovchi va adgeziv material
sifatida
foydalanishadi. 1940-1970-yillar oralig’ida yangi plastmassalar kashf
etilgani uchun fenol-formaldegid smolalari ishlab chiqarish dunyo
bo'yicha birmuncha kamaydi.
Ammo 1975-yildan boshlab bu
poiimerning ishlab chiqarish hajmi keskin yuksaldi va uning
mahsulotlari aviatsiya, raketasozlik texnikasi, kosmonavtika va
boshqa sohaiarda qo'llanilishi ortdi. Bunday o'zgarishning bosh omili
neft zaxiralarining kamayishi bilan belgilanadi, arnmo fenol asosan
toshko'mir smolasidan olinganligi va toshko'mir konlari neftga
nisbatan ko'p marta ortiq ekanligi fenolformaldegid smolalar ishlab
chiqarish istiqbolli ekanligini ko'rsatdi. Bundan tashqari energetik
krizisni yengish jarayonida fenolformaldegid smolasi mahsulotlari o'z
dolzarbligi va yuqori sifati bilan ajralib turadi.
Bugungi kunda muhim teploizolyatsion materiallardan ayrim-
larini qayd qilamiz. Masalan, yog’och tolali piitalar (YTP, DVP),
yog’och-qipiqli plitalar (YQP, DSP) kabi kundalik jihozlar shular
jumlasidandir. Shu o'rinda plastmassalardan mahsulotlar qanday
olinishiga bir nazar solaylik. 1912-yilda AQSHning mashhur Vestin-
gauz elektr jihozlari ishlab chiqaruvchi kompaniyasi mutaxassislari
D.O. Konnor va G. Faber birinchi marta qatiamli plastik olish usulini
ixtiro qildiiar va uni
Formika
deb atadi lar. 1913-yilda ular shu nom
bilan o'zlarining kompaniyalariga asos soldi lar. 1921-yilda
bosim
ostida plastmassalarni quyish uchun maxsus
injeksion mashina
ixtiro
qilindi. 1923-yilda F. Poliak karbamid smolasi va yog’och kukuni
qo'shilgan aralashmadan
Pollapas
nomi bilan plastmassa chiqarishga
patent olds. 1924-yilda amerikalik muhandis V. Meyson yog’och
tolasi olish uchun maxsus mashina yaratdi. Birinchi YTPlar 1929-
400
yilda
Laurel
zavodida
Masonite
nomi bilan ishlab chiqarildi. 1931 -yil,
shved muhandisi Arne Apslund yog’och tolalari olish uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |