“Tasdiqlayman”


Sinflar: 8 - “A” ______ 8 - “B”______ 8 - “V”______ 8 - “G” ______ 8 - “D”______ 8 - “E”



Download 438,5 Kb.
bet2/9
Sana03.01.2020
Hajmi438,5 Kb.
#31924
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-sinf o`zbek tarix 2018-2019

Sinflar: 8 - “A” ______ 8 - “B”______ 8 - “V”______ 8 - “G” ______ 8 - “D”______ 8 - “E”______

Darsning mavzusi: 7-& Buxoro xonligining tashqi siyosati

Darsning maqsadi:

Ta'limiy maqsado’quvchilarga XVI-XVII asrlarda Buxoro xonligining qo’shni davlatlar bilan olib borgan savdo-sotiq, diplomatik aloqalari haqida haqida umumiy tushunchalar berish.

Tarbiyaviy maqsadO’quvchilarni boshqa xalqlarning urf-odatlar, turmushi va an’analarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi maqsad – mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.

Dars turi: o’quvchilarning yangi bilim, ko’nikma va malakalarini hosil qilish.

Darsda foydalaniladigan metodlar: an'anaviy, zamonaviy, interfaol metodlar

Darsning jihozi: Darslik, dunyo siyosiy xaritasi, O’zbekiston xaritasi


I.Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.

II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)

III.Yangi mavzu: Buxoro xonligining tashqi siyosati

Movarounnahrda hukmronlik qilayotgan Abdullaxon II safaviylarga qarshi kurashda boburiylar bilan birga harakat qilishga intilgan. Shu sababdan 1572-yili Abdullaxon II Akbarshoh huzuriga o’zining elchilarini yubordi. Buxorolik elchilar o’z hukmdorining sovg’a-salomlari va maktubini olib borganlar. Bir qancha vaqtdan so’ng yana javob sovg’a-salomlari va maktubini olib, o’z vatanlariga qaytganlar. Abdullaxon o’z maktubida ikki davlat o’rtasida do’stlik munosabatlarini mustah-kamlash istagini bay on qilgan edi. Bundan ko’zlangan maqsad boshqa davlatlar tomonidan bo’lishi mumkin bo’lgan hujum xavfiga qarshi ittifoq tuzish edi. 1577-yili Abdullaxon II Hindistonga ikkinchi marta elchi yuborgan. Bu elchi almashishdan siyosiy maqsad ko’zlangan edi. Abdullaxon II to’g’ridan to’g’ri Eronni o’zaro taqsimlab olishni taklif qildi. Lekin Akbarshoh bunga rozi bo’lmadi. Chunki bu davrda Hindiston-ning shimolidagi mustaqil knazliklar-Sing va Kasnmirni bosib olish uchun tayyorgarlik ko’rayotgan edi. Akbarshoh Sing va Kasnmirni bosib olib, shayboniylar davlatining janubiy chega-ralariga yaqinlashdi. Shunday sharoitda, 1584-yili Badaxshon Abdullaxon tomonidan egallandi.

Abdullaxon II endi Akbarshoh huzuriga 1585-yilda uchin-chi marta elchi yubordi. Elchi Buxoro xoni yuborgan maktubni Akbarshohga topshirdi. Maktubda Abdullaxon Badaxshonning fath etilish sabablarini tushuntirishga harakat qilgan edi. Abdul-laxonning fikricha, musulmonlarning muqaddas shaharlari bo’lgan Makka va Madinaga boradigan yo’l Badaxshon orqali o’tardi. G’ayridinlardan tozalash maqsadida u Badaxshonni egal-laganini bildiradi.

1586-yilning 23-avgustida Akbarshoh o’zining elchisini Abdullaxonning elchilariga qo’shib Buxoroga yuboradi. Akbarshoh o’z maktubida Abdullaxonga Turkiya Eronning bir qismini bosib olganligidan tashvishlanayotganligini, Buxoro va Hindiston birgalikda Eronga yordam ko’rsatishi zarurligini ma’lum qilgan edi. Akbarshohning asl maqsadi Balx va Badaxshonni, imkoni bo’lsa, Xurosonni ham o’ziga bo’ysundirish edi. Shu tufayli, Abdullaxon II bunday ittifoqqa rozi bo’lmaydi. Bu paytda Eron hukmdori shoh Abbos I Eronni birlashtirishga, mustahkamlab olishga erishgan edi. Ana shunday sharoitda Badaxshonda Abdullaxonga qarshi isyon ko’tarildi. Buxoroda bu isyonda Akbarshohning qo’li bor degan gumon paydo bo’ladi. Badaxshon hukmdori Abdullaxon II ning o’g’li Abdulmo’min Akbarshohga maktub yo’llab, undan boshpana berilgan badaxshonlik isyonchilarni Buxoroga qaytarib yuborishini, qizini o’ziga nikohlab berishni, hatto Hindistonning bir qismini tortiq qilishini talab qildi. Natijada ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarga sovuqchilik tushadi. Keyinchalik Abdullaxon II Akbarshoh huzuriga navbatdagi elchisini yuborib, o’g’lining xatti-harakati uchun undan uzr so’ragan.

Buxoro va Eron manfaatlari to’qnashgan asosiy nuqta Xuroson edi.

Buning sababi-Xurosonning ham harbiy-siyosiy, ham savdo-iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyatga ega ekanligida edi.

Bundan tashqari, Xuroson Buxoro xonligi, Eron va Hindiston yo’nalishida o’ziga xos darvoza vazifasini ham o’tar edi.

Xurosonni nazorat qilish masalasida shayboniylar va safaviylar o’rtasida keskin kurash ketgan. Bu masalada Muhammad Shayboniyxon, Ubaydullaxon va Abdullaxon II hukmronligi davrida shayboniylar ustunlik qildilar. Abdullaxon II Xuro-sonning Marv, Nishopur va Mashhad kabi yirik shaharlarini egallagan.

Buxoro xonligining Rossiya bilan munosabatlari XVI asrning ikkinchi yarmidan rivojlana bordi. Abdullaxon II Rossiya bilan savdo aloqalarini yaxshilashga harakat qilar ekan, bu orqali o’z davlatining siyosiy ahvolini mustahkamlashga erishmoqchi edi. Chunki podsho Ivan Grozniy (1533-1584) davrida Rossiyaning mavqeyi kuchaya bordi. Ivan Grozniy davrida Qozon xonligi (1552), Hojitarxon xonligi (1556), Volga bo’ylari va G’arbiy Sibir hududlari Rossiya tomonidan bosib olingan edi. Bu hol Rossiyaga savdo yo’llarini nazorat qilish imkonini berdi.

Volga atrofidagi viloyatlarda savdo-sotiq ishlarini olib borish Buxoro xonligidan kelgan savdogarlar uchun ancha qulay edi. Ularga eng yaqin qo’shni mamlakat Rossiya bo’lib qolgandi. Bu hoi ko’p jihatdan Qozon tatarlari hamda boshqirdlar bilan din va til yaqinligi bilan izohlanar edi. Shuning uchun ham Abdullaxon II tomonidan 1557-1558-yillarda Moskvaga elchilar yuborilgan. Elchilar Astraxan orqali Moskvaga borib Ivan Grozniy huzurida bo’ladilar. Ular o’z xonlari nomidan savdogarlarning Volga bo’ylab erkin o’tishlariga ijozat so’raydilar. Qaytib kelgan elchilar Moskvadan juda ko’p o’q-dori, ov qushlari va matolar bilan qaytgan.

Ayni paytda, Rossiya ham Buxoro xonligi bilan savdo-sotiq ishlarini rivojlantirishdan manfaatdor edi. Bu manfaatdorlik, avvalo, Buxoroning Rossiya tovarlarini sotish uchun qulay bozorligida edi. Ikkinchidan esa, Rossiya Buxoro xonligi orqali Osiyoning boshqa mamlakatlari bilan savdo aloqalarini rivojlantirish imkoniga ega bo’lardi. Bunda, birinchi navbatda, Hindistonga chiqish maqsadi hisobga olingan edi. 1555-yili Moskvada tashkil etilgan «Moskva savdo kompaniyasi» vakili Antoniy Jenkinson boshliq elchilar rus podshosining guvohnomasi bilan 1558-yili Buxoroga yuboriladi. Elchi Antoniy Jenkinson Buxoro xoni

Abdullaxon II tomonidan qabul qilindi. Elchi xonlikning xalqaro va ichki savdo imkoniyatlarini «Rossiyadagi Moskva shahridan Baqtriyadagi Buxoro shahrigacha 1558-yilgi sayohat» nomli esdaliklarida bayon etadi.

Antoniy Jenkinson elchiligi natijasida Rossiya va Buxoro xonligi o’rtasida yaxshi savdo va diplomatik aloqalar yo’lga qo’yildi.

XVI asrda uchta harbiy-siyosiy kuch (shayboniylar, safaviylar va boburiylar) kurash maydoniga chiqdi.

Abdullaxon II o’z davlatining siyosiy ahvolini yaxshilash maqsadida Rossiya bilan savdo aloqalarini yaxshilashga harakat qilgan.
IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.

V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan, uyga vazifani a’lo darajada bajargan o’quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa. Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzish va mavzuni o’qib kelish.

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________

Sinflar: 8 - “A” ______ 8 - “B”______ 8 - “V”______ 8 - “G” ______ 8 - “D”______ 8 - “E”______
MAVZU: XVI asrda Buxoro xonligida madaniy xayot

Dars maqsadi:


  1. Ta`limiy maqsad: XVI asrda Buxoro xonligida madaniy xayot haqida bilimlarga ega bo’ladilar

  2. Tarbiyaviy maqsad: Yurtga fidokorlik, uni asrash kabi tuyg’ularni shakillantirish.

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: Tarixiy bilimlarini shakillantirish

  4. Shakllantirilayotgan kompetensiya:Ushbu mavzuda tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish va tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi shakllantirildi. Kommunikativ kompetensiya ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Dars turi:

Yangi bilimlarni bayon qilish va egallash darsi.



Darsda foydalanilgan metodlar

an’anaviy, zamonaviy, interfaol metodlar



Dars jiхozi: Darslik, dunyo siyosiy xaritasi, O’zbekiston xaritasi

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism

a) Davomadni aniqlash va o’quvchilarni darsga tayyorgarligini aniqlash.

b)Bugungi kun yangiliklari bilan tanishish

2.O`tilgan mavzuni mustahkamlash va baholash

Voqeliklar bilan ishlash

1. Abdullaxon II tomonidan nechanchi yillarda Moskvaga elchilar yuborilgan.

2. Abdullaxon II Akbarshox xuzuriga nechanchi yilda uchinchi marta elchi yubordi

3. Abdullaxon II endi Akbarshox xuzuriga 1585-yilda uchinchi marta elchi yuboradi. Bundan maqsad nima bo’lgan?

4. Xuroson qaqyerlar uchun o’ziga xos darvoza vazifasini o’tagan.

3. Yangi mavzu bayoni:

Ta'lim soxasidagi isloxotlar. Shayboniylar ta'lim soxasida xam isloxot o’tkazdi. Bu isloxotning o’tkazilishiga amaldorlar guruxini vujudga keltirish va ularni jamiyatning asosiy tayanchiga aylantirish zarurati sabab bo’ldi. Xonlarga va sultonlarga barcha soxalar bo’yicha ilmli, diplomatik qobiliyatga ega bo’lgan amaldorlar zarur edi. Isloxotga ko’ra, ko’p bosqichli o’qitish tizimi joriy etildi. Xar 1 maxallada maktab ochildi, ba'zi xonadonlarda uy ta'limi joriy etildi. Bolalarga 6 yoshdan ta'lim beriladigan bo’ldi. Maktabda 2 yil o’qigach, o’quvchilar madrasaga o’tkazilardi.

XVI asrda Samarqandda Shayboniyxon madrasasi, Buxoroda Abdullaxon, Toshkentda Baroqxon va Ko’kaldosh madrasalari xamda boshqa ta'lim muassasalari quriladi va faoliyat yuritadi. Madrasada uch bosqichli ta'lim joriy etilgan bo’lib, uning xar 1 bosqichi 7 yildan bo’lib, 21 yil davom etardi. O’quvchilar iloxiyot ilmi, xisob-kitobdan, xandasa, fiqx, mantiq, musiqa, she'r san'atidan ilm olardi. Albatta, ta'lim olishga xammaning xam imkoni bo’lmas edi.

Savodxonlikning Movarounnaxrda XVI asrdagi ana shunday rivojlanishi o’zbek tili rivojlanib, keng tarqalishiga, adabiy aloqalar rivoj topishiga ancha ijobiy ta'sir ko’rsata oldi.

Ilm-fan. Shayboniylar davrida fan va madaniyat sezilarli darajada rivojlangan. Bunga-ushbu sulola xukmdorlari orasidan o’z davrining yetuk ilm-fan arboblari yetishib chiqqanligi xam ta'sir ko’rsatgan. Chunonchi, Muxammad Shayboniyxon, Ko’chkunchixon va Ubaydullaxonlar o’z davrining nixoyatda o’qimishli kishilari bo’lganlar.

Shuningdek, Muxammad Shayboniyxon, Abdulazizxon va Abdullaxonlar kutubxonalarida o’z zamonasining ajoyib kitob xazinalari bo’lgan. Bundan tashqari, Movarounnaxrda Mirzo Ulug’bek akademiyasi an'analarini davom ettiruvchi fidokor olimlar yetishib chiqdi. Masalan, Samarqand va Buxoro madrasalarida mudarrislik qilgan mavlono Kamoliddin Ibroxim, Abdullaxonning muallimi Xoja Muxammad, yulduzshunos Qiyomiddin Shaydo, iftixor ul-atibbo (tabiblar iftixori) unvonini olishga sazovor bo’lgan Muxammad Mazid, jarrox mavlono Baqo, 1541-yilda ilmi tib va dori-darmonlar xaqida asar yozgan Muxammad Xusayn Samarqandiy, ko’z kasalliklarini davolashda nom chiqargan Shoxali ibn Sulaymon, natijat-ul-atibbo unvonini olgan Abdulxakim ibn Sulton Maxmud kabilar shular jumlasidandir. Xoja Xasan Nisoriy "Muzakkir al-axbob" asarida matematika va astronomiya ilmida shuxrat topgan mavlono Kavkabiyni aloxida qayd etadi.

Matematika va astronomiya soxasida yozilgan asarlardan Muxammad Amin ibn Ubaydulla Mo’minobodiyning "Xisobi amali shabaka", (Shabaka jadvali amali xisobi; 1550), Bobokalon muftiy Samarqandiyning "Risola dar ilmi xisob", "Vaziyat bar chaxor qism", Tursun Zominiyning "Tuxfayi amir", Muxammad Xusayn munajjim Buxoriyning "Ma'rifati samti qibla" (Qibla tomonni topish ma'rifati). Maxmud ibn Axmad Foriziyning "Risola dar muaddili qamar" (Oy fazolarining tengligi xaqida risola; 1517), Said Muxammad Toxir ibn Abulqosimning "Ajoyib ut-tabaqot" (1545-1550) asarlari va boshqalarni ko’rsatish mumkin.

Tibbiyot soxasida Sultonali Samarqandiy 1526-yili "Dastur al-iloj", "Muqaddimoti dastur al-iloj" (Davolash bo’yicha dastur) asarlarini yozgan.

Ubaydullox Kaxxol ibn Muxammad Yusuf xam o’z davrining yetuk tabibi, tib olimi edi. U Navro’z Axmadxon (Baroqxon)ning o’rtancha o’g’li Toshkand xokimi Darvishxonning buyrug’iga binoan 1598-yilda "Shifo ul-ilal" asarini yozadi. Asar 500 varaqdan ko’p bo’lib, uzoq vaqtgacha tib ilmidan asosiy qo’llanma tarzida undan foydalanilgan. 1 necha bitik nusxasi bizgacha yetib kelgan. Uning yana "Umdat ul-kuxliya fil-amrorul-basariya" (Ko’z kasalligiga doir asosiy kitob) asari xam bo’lgan.

Shayboniylar davrida tarix fani xam rivojlangan, ko’plab tarixiy asarlar yozilgan. Kamoliddin Binoiy, Mulla Shodiy, Muxammad Solix, Fazlullox ibn Ro’zbexon Isfaxoniylar

Ayni paytda, o’zi "Ubaydiy" taxallusi bilan o’zbek, fors, arab tillarida ijod qilgan, she'rlar bitgan. Uning uch tilda bitgan shu'rlaridan iborat uch devoni 1 kitobga jamlangan. Ubaydiyning o’zbek tilidagi devoni 306 g’azal. 435 ruboiydan iborat.

Me'morchilik. Shayboniy xukmdorlar poytaxt Buxoro va uning atroflarini obod qilishga xarakat qildilar. XVI asr davomida shu davrning barcha muxandislik imkoniyatlari va jamiyatning ma'naviyat va madaniyati darajasiga mos ravishda ko’plab binolar, me'moriy majmualar, inshootlar bunyod etildi. Mir Arab madrasasi. Masjidi Kalon, Mag’oki Attori masjidi, Toqi Zargaron, Toqi Sarrofon, Toqi Telpakfurushon, Karmanadagi Xazrati Qosimshayx xonaqoxi, Timi Kalon, Modarixon madrasasi, Oyposhsha oyim madrasasi, Govkushon madrasasi, Fatxulla qushbegi madrasasi, Fayzobod xonaqoxi, Do’stum madrasasi, Abdullaxon madrasasi, Tim, Chorsu fikrimizning dalilidir. Samarqandda xam shayboniylar nomi bilan bog’liq binolar anchagina. Chunonchi, Shayboniyxon madrasasi va Abduraxim Sadr madrasasi. Toshkentda bino qilingan Baroqxon madrasasi, Karmana yaqinida Zarafshon daryosi ustiga qurilgan ko’prik mashxurdir.
4.Yangi o’tilgan mavzuni mustahkamlash va o’quvchilarni baholash

Voqeliklar bilan ishlash

1. “Shifo ul-ilal” asari muallifi kim?

2. Ubaydiyning o’zbek tilidagi devoni nechta g’azal nechta ruboiydan iborat?

...1584-yili vafot etadi. U "Tarixi jadidayi Toshkand", "Tarixi oliy Chingiz", "Risolayi fifanniy at tafsir val kalom" ("E'tiqodga oid ilmlar xaqida") kabi asarlar muallifidir.


5.Darsni xulosalash, uyga vazifa berish; Mavzuni o’qish, savollarga javob topish va berilgan atamalarni yod olish

O’quv tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

Sinflar: 8 - “A” ______ 8 - “B”______ 8 - “V”______ 8 - “G” ______ 8 - “D”______ 8 - “E”______
MAVZU: Ashtarxoniylarning xokimiyat tepasiga kelishi
Dars maqsadi:

  1. Ta`limiy maqsad: Ashtarxoniylarning xokimiyat tepasiga kelishi haqida bilimlarga ega bo’ladilar

  2. Tarbiyaviy maqsad: Yurtga fidokorlik, uni asrash kabi tuyg’ularni shakillantirish.

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: Tarixiy bilimlarini shakillantirish

  4. Shakllantirilayotgan kompetensiya:Ushbu mavzuda tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish va tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi shakllantirildi. Kommunikativ kompetensiya ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Dars turi:

Yangi bilimlarni bayon qilish va egallash darsi.



Darsda foydalanilgan metodlar

an’anaviy, zamonaviy, interfaol metodlar



Dars jiхozi: Darslik, dunyo siyosiy xaritasi, O’zbekiston xaritasi

.Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism

a) Davomadni aniqlash va o’quvchilarni darsga tayyorgarligini aniqlash.

b)Bugungi kun yangiliklari bilan tanishish

2.O`tilgan mavzuni mustahkamlash va baholash

Voqeliklar bilan ishlash

1. “Shifo ul-ilal” asari muallifi kim?

2. Ubaydiyning o’zbek tilidagi devoni nechta g’azal nechta ruboiydan iborat?

...1584-yili vafot etadi. U "Tarixi jadidayi Toshkand", "Tarixi oliy Chingiz", "Risolayi fifanniy at tafsir val kalom" ("E'tiqodga oid ilmlar xaqida") kabi asarlar muallifidir.



3. Yangi mavzu bayoni:

Buxoroda xokimiyatning ashtarxoniylarga o’tishi Ashtarxoniylar Jo’jixon naslidan bo’lib, XIV asrning 80-yillaridan boshlab Ashtarxon (Xoji Tarxon, Astraxan) va uning atrofidagi yerlar va xalqlar ustidan xukmronlik qilgan. 1556-yilda Astraxanni Rusiya bosib olgach, Yormuxammadxon oila a'zolari va qarindosh-urug’i bilan Buxoroga keladi. Ularni Buxoro xoni Iskandarxon (Abdullaxon II ning otasi) izzat-ikrom bilan kutib oladi. Iskandarxon qizi Zuxrabegimni Yormuxammadxonning o’g’li Jonibek Sultonga beradi. Jonibek Sulton Zuxrabegimdan uch o’g’il (Dinmuxammad, Boqi Muxammad, Vali Muxammad) ko’radi. Jonibek Sulton va uning o’g’illari Buxoro xonligida yuksak mavqega erishib, Buxoro xonligi viloyatlarida xokim vazifasida faoliyat yuritadilar.

1601-yilda Jonibek Sultonning o’g’li Boqi Muxammad Buxoro taxtiga o’tqizildi. Buxoro xonligi tarixida yangi sulola-ashtarxoniylar sulolasi xukmronligi boshlanib, qariyb 1,V asr davomida mamlakat shu sulola tomonidan boshqariladi.

Boshqaruv xokimiyatini mustaxkamlash uchun kurash Boqi Muxammad (1601-1605) mamlakat sarxadlari jipsligini mustaxkamlash, boshqaruv tizimini izga solish uchun ko’p urindi. 1602-yilda Eron safaviylariga zarba berib, Balxni kuch bilan bo’ysundirdi va ukasi Vali Muxammadni xokim etib tayinladi. 1603-yilda Eron safaviylarining Balxga xujum qilgan qo’shinlarini mag’lubiyatga uchratdi. Boqi Muxammad Toshkent uchun qozoq sultonlariga qarshi kurashdi. 1604-yilda qozoq xoni Keldimuxammad qo’shinlarini mamlakat xududidan xaydab chiqarib, qator xududlarni Buxoro xonligiga bo’ysundirdi.

1605-yilda Boqi Muxammad vafot etgach, uning ukasi Vali Muxammad taxtga o’tqizildi. Ichki kurash yana avj oldi. Qabila beklari xon xokimiyatiga bo’ysunmay, muxolifatchilikni kuchaytirdilar. Buxorolik amirlar xonga qarshi isyon uyushtirganligidan xabar topgan Vali Muxammad farzandlarini olib Eronga qochadi. Amirlar taxtga Boqi Muxammadxonning o’g’li Imomqulixonni (1611-1642) o’tqizdilar. U Vali Muxammad boshlab kelgan Eron qo’shinlarini tor-mor keltirib, mamlakat mustaqilligini saqlab qoldi. Vali Muxammad asir olinib, qatl etildi. Imomqulixon Toshkent va xonlikning shimoli-sharqiy chegaralari uchun qozoqlar, asosiy negizi oyrotlardan kelib chiqqan jung’orlar va qalmiqlarga xamda qoraqalpoqlarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib bordi. 1613-yilda Toshkent yerlarini egallagan qozoqlarga xujum qilib, Toshkentni o’z tasarrufiga kiritdi. O’g’li Iskandar Sultonni Toshkent xokimi etib tayinladi. Iskandar Sulton boj, xiroj va boshqa soliqlarni ko’paytirib, axoliga qattiq zulm o’tkazdi. Bunga qarshi Toshkentda qo’zg’olon ko’tarildi va Iskandar Sulton o’ldirildi. Bu voqeadan xabar topgan Imomqulixon Toshkent ustiga qo’shin tortdi. Qo’zg’olonchilar ayovsiz jazolandi, Iskandar xuni uchun axoli qirg’in qilindi.

Imomqulixon davrida markaziy davlat xokimiyati nisbatan mustaxkamlandi. Imomqulixondan keyin taxtni egallagan Nodir Muxammad (1642-1645) davrida ijtimoiy-siyosiy tarqoqlik yana kuchaydi. Xonning o’zi mamlakatning asosiy viloyatlarini 12 nafar o’g’li, 2 nafar jiyani va nabirasiga mulk qilib taqsimlab berdi. Oqibatda davlatchilik asoslarini zaiflashtirdi. 1645-yilda qozoqlar yana Movarounnaxrga yurish qilib, Xo’jandgacha yetib keladilar. Nodir Muxammad ularni quvib chiqarish uchun o’g’li Abdulaziz boshchiligidagi katta qo’shinni safarbar etadi. Xondan norozi bo’lgan 1 gurux amirlar yurish davrida Abdulazizni xon deb e'lon qiladilar. Abdulaziz Buxoroga keladi, aslzodalar uni taxtga o’tqizadilar.

Nodir Muxammad Balxga qochib ketadi va toj-u taxtni qaytarib olish maqsadida Xindiston podshoxi temuriyzoda Shox Jaxondan yordam so’raydi. Shox Jaxon Balx viloyatini o’ziga bo’ysundirish maqsadida u yerga o’g’illari Murodbaxsh va Avrangzeb boshchiligida katta qo’shin yuboradi. Nodir Muxammad Shox Jaxon o’g’illari yordamga emas, Balx viloyatini egallash uchun kelayotganini bilgach, ularga qarshi chiqadi. Maymana yo’lida bo’lgan jangda Nodir Muxammad yengilib, Eronga qochadi va shox Abbos xuzurida panox topadi.

1647-yilda Shox Jaxon o’g’illari Balxni egallaydi. Nodir Muxammad shox Abbos yordamida Balxni qayta egallaydi. Bu voqealardan tashvishga tushgan Abdulazizxon ukasi Subxonquli yetakchiligida Balxga katta qo’shin yuboradi, 1651-yilda Subxonquli Balxni egallaydi va u Balx xokimi etib tayinlanadi. Nodir Muxammad Makkaga xajga borayotib yo’lda vafot etadi.

Abdulazizxon davrida (1645-1681) Xiva xonlarining talonchilik yurishlari kuchayadi. 1655-yilda Xiva xoni Abulg’oziyxon katta qo’shin bilan yurish qilib, Buxoro atroflarini 2 bor talon-taroj qiladi. Qorako’l axolisining 1 qismini asir olib, Karmanani vayronaga aylantiradi. 1658-yilda Vardonzeni talab, 1662-yilda Buxoro shaxrigacha yetib boradi.

Tinimsiz urushlar, ichki ziddiyatlar Buxoro xonligining ijtimoiy-iqtisodiy axvolini murakkablashtirib yuborgandi, siyosiy vaziyat izdan chiqqandi. Keksayib qolgan Abdulazizxon 1681-yilda taxtdan voz kechib, Makkaga xajga ketadi va o’sha yerda vafot etadi.

Abdulazizxondan keyin taxtga o’tirgan Subxonqulixon (1681-1702) davrida xam axvol o’nglanmadi. Subxonqulixon, 1 tomondan, Balx viloyatlarida xokimlik qilayotgan o’g’illariga qarshi, 2-tomondan, Movarounnaxr viloyatlaridagi amir va beklarga qarshi urushlar qilishga majbur bo’ldi. Uchinchi tomondan, Samarqandda Anushaxon nomiga xutba o’qitilib, uning nomidan tanga pullar zarb etiladi
4.Yangi o’tilgan mavzuni mustahkamlash va o’quvchilarni baholash

Voqeliklar bilan ishlash

- Ashtarxondan Buxoro xonligiga ko’chib kelgan Jo’ji avlodlari ashtarxoniylar deb atalgan.

-1601-yilda Buxoro xonligida ashtarxoniylar sulolasi xukmronligi o’rnatildi.

-Ashtarxoniylar sulolasi xukmronligi Buxoro xonligida 1,5 asrcha davom etdi.

5.Darsni xulosalash, uyga vazifa berish; Mavzuni o’qish, savollarga javob topish va berilgan atamalarni yod olish

O’quv tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

Sinflar: 8 - “A” ______ 8 - “B”______ 8 - “V”______ 8 - “G” ______ 8 - “D”______ 8 - “E”______



MAVZU: XVIII asrning 1-yarmida Buxoro xonligida siyosiy tarqoqlikning kuchayishi va uning oqibatlari

Dars maqsadi:


  1. Ta`limiy maqsad; XVIII asrning 1-yarmida Buxoro xonligida siyosiy tarqoqlikning kuchayishi va uning oqibatlari haqida bilimlarga ega bo’lish

  2. Tarbiyaviy maqsad: Yurtga fidokorlik, uni asrash kabi tuyg’ularni shakillantirish.

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: Tarixiy bilimlarini shakillantirish

  4. Shakllantirilayotgan kompetensiya:Ushbu mavzuda tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish va tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi shakllantirildi. Kommunikativ kompetensiya ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Dars turi:

Yangi bilimlarni bayon qilish va egallash darsi.



Darsda foydalanilgan metodlar

an’anaviy, zamonaviy, interfaol metodlar



Dars jiхozi: Darslik, dunyo siyosiy xaritasi, O’zbekiston xaritasi

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism

a) Davomadni aniqlash va o’quvchilarni darsga tayyorgarligini aniqlash.

b)Bugungi kun yangiliklari bilan tanishish

2.O`tilgan mavzuni mustahkamlash va baholash

Voqeliklar bilan ishlash

- Ashtarxondan Buxoro xonligiga ko’chib kelgan Jo’ji avlodlari ashtarxoniylar deb atalgan.

-1601-yilda Buxoro xonligida ashtarxoniylar sulolasi xukmronligi o’rnatildi.

-Ashtarxoniylar sulolasi xukmronligi Buxoro xonligida 1,5 asrcha davom etdi.
3. Yangi mavzu bayoni:

Buxoro xonligi Ubaydullaxon 2 davrida. 1702-yili Subxonqulixon vafot etgach, toj-u taxtni uning o’g’li Ubaydullaxon (1702-1711) egallaydi. Ubaydullaxon 2 gox isyonkor qabilalarga qarshi, gox bo’ysunmas maxalliy xukmdorlarga, gox davlat sarxadlariga bostirib kirgan ko’chmanchilarga qarshi urush olib borishga majbur bo’ldi. Ubaydullaxonning asosiy maqsadi siyosiy tarqoqlikni tugatishdan iborat edi. U ana shu maqsad yo’lida xarakat qildi.

Dastlab u Balxni bo’ysundirish yo’lini izladi. Ma'lumki, Ubaydullaxon 2 ning otasi Subxonqulixon Balxni qatag’on qabilasi boshlig’i Maxmudbiy otaliqqa aloxida xizmatlari uchun tortiq qilgan edi. Ubaydullaxon davrida Maxmudbiy Balxda xokimiyatni to’liq o’z qo’liga oladi va o’zini 1706-yilda xon deb e'lon qiladi. Tez orada u Termizni xam egallaydi. Ubaydullaxon avval Termizga, so’ngra Balxga yurish qilib, 1707-yilda Balxni egallaydi. Maxmudbiy qochib ketadi. Ubaydullaxon Buxoroga qaytgach, Balxni yana Maxmudbiy egallaydi. Uning mustaqilligini Ubaydullaxon tan olishga majbur bo’ladi.

Buxoro xonligi tasarrufida bo’lgan Farg’ona vodiysida xam XVIII asr boshlarida ajralib chiqish xarakati boshlanib, xokimiyat avval Chust yaqinidagi Chodak xo’jalari qo’liga o’tadi. 1710-yilda esa xokimiyatni ming qabilasi boshlig’i Shoxruxbiy egallab, mustaqil Qo’qon xonligiga asos soladi.

Ubaydullaxon davrida ijtimoiy-siyosiy parokandalik kuchaydi. Xar 1 viloyat xokimi mustaqil bo’lish uchun Ubaydullaxonga qarshi fitna uyushtirildi va 1711-yilning 16-martida u o’ldirildi.

Taxtga Ubaydullaxonning inisi Abulfayzxon (1711-1747) o’tqizildi. Abulfayzxon tomonidan fitnaning xamma ishtirokchi va ijrochilari saxiylik bilan mukofotlandi. Ular katta-katta lavozim egalari bo’ldilar. Ubaydullaxonning yaqinlari, amaldorlarining mol-mulklari talandi, o’zlari esa qatl etildi.

Shunday qilib, parokandalikka qarshi, oliy xokimiyatni kuchaytirish va mamlakat birligini ta'minlash uchun kurashgan Ubaydullaxonning xukmronligi fojiali yakunlandi.

Xonlikda parokandalikning kuchayishi. Abulfayzxon kundan kunga mamlakat xayotida nufuzi kuchayib borayotgan amirlar va zodagonlar qo’lida 1 qo’g’irchoq xukmdor edi, xolos. Bu davrga kelib, xonning axvoli shu darajaga borib yetdiki, uning farmonlari saroy ostonasidan nariga o’tmaydigan bo’lib qoldi. Zamondosh tarixchilarning ma'lumotlariga qaraganda, Abulfayzxon "Registon (ya'ni Saroyning oldi) tinch bo’lsa bo’lgani", degan gapni doimo takrorlab turgan.

Abulfayzxon davrida o’zbeklarning mang’it qabilasidan kelib chiqqan Muxammad Xakimbiy katta nufuzga ega bo’lib oladi. U barcha shaxzodalar otaliqlarining boshlig’i deb tan olingan edi. Bu boshqa qabilalar aslzodalarining qat'iy noroziligiga sabab bo’ladi.

Shaxrisabz xokimi, kenagas qabilasidan chiqqan Ibroximbiy Urgut va Miyonqol xokimlari bilan til biriktirib, Buxoro xonligidan mustaqil, poytaxti Samarqand bo’lgan davlat tuzishga qaror qildi. Bu maqsadini amalga oshirish uchun 1716-1719-yillarda Qarshiga va Buxoroga xujum qilib, xokimiyatni qo’lga olishga xarakat qildi. Bu urinish natijasiz tugagach, 1722-yilda Samarqandni egallab, kuyovi Rajab Sultonni xon deb e'lon qildi. Natijada mustaqil Samarqand xonligiga asos solindi va 1730-1731-yillargacha bu xonlik mustaqilligi saqlanib turildi. Ibroximbiy o’ziga "amir ul-umaro" (ulug’ amir) unvonini berdi.

Ibroximbiyning navbatdagi maqsadi Buxoro taxtini egallash, Rajab Sultonni Buxoro taxtiga o’tqizish xamda shu yo’l bilan xonlikning eng nufuzli kishisi bo’lish edi. Abulfayzxon siyosatidan norozi bo’lgan beklar Ibroximbiyga qo’shiladilar. Ibroximbiy katta qo’shin to’plab Buxoroga yurish boshlaydi. Ibroximbiy va Rajab sultonlar kimki ularga qo’shilsa, g’alabadan so’ng juda katta boylik va amalni va'da qiladilar. Jangda Muxammad Xakimbiy otaliq boshchiligidagi Buxoro qo’shinlari mag’lubiyatga uchraydi. Lekin Rajab Sulton Buxoro shaxrini egallay olmaydi.

Qanday bo’lmasin Buxoro taxtini egallash ishtiyoqida yonayotgan Ibroximbiy va Rajab Sulton oqibatini chuqur o’ylab ko’rmasdan turib ko’chmanchi qozoqlardan yordam so’raydilar. Ularga katta o’ljalar va'da qiladilar. Jung’or-qalmoq ko’chmanchilarining bosqinidan katta talafot ko’rgan, talangan xamda ocharchilikka duchor etilgan qozoqlar bu taklifga rozi bo’ladilar. Mamlakatga kirib kelgan qozoqlar talon-tarojni avj oldiradilar. Ular 7 yil mobaynida Zarafshon va Qashqadaryo voxalariga talonchilik yurishlarini uyushtirib, xamma yoqni talab, xonavayron qiladilar. Na Buxoroda, na Samarqandda ularni to’xtatishga qodir kuch topilmadi. Bunday sharoitda ichki nizolar yanada avj oldi. Axolining Abulfayzxondan noroziligi kuchayib ketdi. Nixoyat, Abulfayzxon yaqinlarining talabi bilan Muxammad Xakimbiyni Buxorodan chiqarib yuborishga qaror qiladi. Xakimbiy Qarshiga jo’nab ketadi, biroq u qulay fursat tug’ilishi bilanoq, Buxoroda xokimiyatni yana o’z qo’liga olish niyatidan qaytmagan edi.

Bunday og’ir sharoitda Buxoro xoni Xiva xonidan yordam so’rashga majbur bo’ldi. Xiva xoni Elbarsxonning yordamga kelayotganidan xabar topgan Nodirshox buyrug’iga binoan Rizoqul qo’shinlari orqaga qaytib ketadilar.


4.Yangi o’tilgan mavzuni mustahkamlash va o’quvchilarni baholash

Voqeliklar bilan ishlash

* Ashtarxoniy Ubaydullaxon II davri (1702-1711) da mamlakatdagi ichki ziddiyatlar yanada keskinlashdi.

*Abulfayzxon (1711-1747) davrida mamlakatdagi eng asosiy viloyatlar va shaxarlar mustaqil xokimliklarga bo’linib ketdi

- Miyonqol-Samarqand atrofidagi Oqdaryo va Qoradaryo oralig’idagi xudud. Keyinchalik Samarqand bilan Xatirchi oralig’idagi yerlar Miyonqol deb atalgan

5.Darsni xulosalash, uyga vazifa berish; Mavzuni o’qish, savollarga javob topish va berilgan atamalarni yod olisish

O’quv tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

Sinflar: 8 - “A” ______ 8 - “B”______ 8 - “V”______ 8 - “G” ______ 8 - “D”______ 8 - “E”______
MAVZU: Ashtarxoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy xayot
Dars maqsadi:


  1. Ta`limiy maqsad: Ashtarxoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy xayot haqida bilimlarga ega bo’ladilar

  2. Tarbiyaviy maqsad: Yurtga fidokorlik, uni asrash kabi tuyg’ularni shakillantirish.

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: Tarixiy bilimlarini shakillantirish

  4. Shakllantirilayotgan kompetensiya:Ushbu mavzuda tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish va tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi shakllantirildi. Kommunikativ kompetensiya ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Dars turi:

Yangi bilimlarni bayon qilish va egallash darsi.



Darsda foydalanilgan metodlar

an’anaviy, zamonaviy, interfaol metodlar



Dars jiхozi: Darslik, dunyo siyosiy xaritasi, O’zbekiston xaritasi

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism

a) Davomadni aniqlash va o’quvchilarni darsga tayyorgarligini aniqlash.

b)Bugungi kun yangiliklari bilan tanishish

2.O`tilgan mavzuni mustahkamlash va baholash

Voqeliklar bilan ishlash

* Ashtarxoniy Ubaydullaxon II davri (1702-1711) da mamlakatdagi ichki ziddiyatlar yanada keskinlashdi.

*Abulfayzxon (1711-1747) davrida mamlakatdagi eng asosiy viloyatlar va shaxarlar mustaqil xokimliklarga bo’linib ketdi

- Miyonqol-Samarqand atrofidagi Oqdaryo va Qoradaryo oralig’idagi xudud. Keyinchalik Samarqand bilan Xatirchi oralig’idagi yerlar Miyonqol deb atalgan
3. Yangi mavzu bayoni:

Davlat boshqaruvi. Ashtarxoniylar davrida davlat tizimi va boshqaruvi o’z tuzilishi, moxiyati jixatidan shayboniylar davridagidan deyarli farq qilmas edi. Davlatning ichki va tashqi siyosatiga doir masalalar rasman oliy xokimiyat boshlig’i -Xon ixtiyori bilan xal qilinardi. Markaziy va maxalliy xokimiyat boshqaruvida xam shayboniylar davrida amalda bo’lgan lavozimlar saqlanib qolgan (7-§ ga qarang).

Ashtarxoniylar davrida saroy qutlovi davlat lavozimi joriy etilib, u davlat mablag’i xisobiga amalga oshiriladigan qurilish, suv inshootlari barpo etish va obodonchilik ishlarini boshqargan.

Buxoro xonligi ma'muriy jixatdan viloyatlarga, viloyatlar tumanlarga bo’linib boshqarilgan. Viloyat xokimlari xon tomonidan tayinlangan. Xarbiy soxada doimiy qudratli xarbiy qo’shin, markaziy xarbiy qo’mondonlikning yo’qligi, qo’shinning zamonaviy qurol-yarog’lar, zambaraklar bilan ta'minlanmaganligi Buxoro xonligining xarbiy jixatdan o’ta zaiflashuviga olib keldi.

Yer egaligi munosabatlari. Ashtarxoniylar davrida yerga egalik qilishning ilgarigi asrlarda amalda bo’lganidek mulki sultoniy, xususiy mulk, vaqf yerlari shakllari mavjud edi.

Mulki sultoniy davlat yerlari xisoblanib, undan keladigan daromad xon xazinasiga kelib tushardi. Davlat yerlaridan o’sha joylarda yashagan dexqonlar foydalangan, ular yerni ishlatib, olingan xosildan xiroj solig’i to’laganlar.

Xon davlat tasarrufidagi yerlarni, axoli yashaydigan qishloqlarni shaxzodalarga, yirik din ulamolari va sayyidlarga suyurg’ol shaklida, xarbiy qism boshliqlari saroy amaldorlariga tanxo shaklida in'om qilardi.

Suyurg’ol qilingan katta yer egalari xon xazinasiga soliq to’lamas edi. Tanxo shaklida in'om qilingan yerlar tanxodorning xususiy mulki bo’lmay, o’sha yerlarda ishlayotgan dexqonlardan soliq olish xuquqi berilar edi. Xon ayrim shaxslarga xukmdorga ko’rsatgan aloxida xizmatlari uchun xam yer-mulklar in'om etardi. Bunday mulklar soliqlardan ozod qilinardi va shu boisdan ular "Mulki xurri xolis" deb atalardi.

Xususiy mulkchilik tobora kuchayib bordi. Xon tomonidan davlat yerlarini soliqqa tortmaslik sharti bilan yirik boylar va saroy amaldorlariga sotish xollari xam yuz berdi. Xususiy mulk egalari u yerlarda o’zlari ishlamas edi, yersiz dexqonlarga ijaraga berib, ularni zo’ravonlik bilan ishlatib, katta daromad olardilar.

Diniy maxkamalarga mulki sultoniy xisobidan berilgan yerlar, masjidlar, xonaqoxlar, qabristonlar vaqf mulki xisoblanardi. Vaqf mulkidan xam soliq olinmas edi.

Ko’chmanchi chorvador qabilalar xam katta-katta yerlarni egallab, o’troqlashib, dexqonchilik bilan shug’ullanadigan bo’ldilar. Natijada Qo’ng’irot, Mang’it, Nayman, Do’rmon va boshqa axoli yashaydigan yirik manzilgoxlar vujudga keldi.

Barcha mulk shakllariga xos xususiyat shunda ediki, ularda yersiz kambag’al dexqonlar ijara xisobiga mexnat qilganlar. Buxoro xonligidagi yerga egalik qilishning bunday tartibi oqibatda:

-qishloq xo’jaligidan tushadigan daromadlarning aloxida shaxslar qo’lida to’planib borishiga;

-xon xazinasiga tushadigan daromadlarning kamayib, davlatning kuchsizlanishiga;

-yerda ter to’kib ishlovchi, maxsulot yetishtiruvchi mexnatkash axoli moddiy axvolining og’irlashuviga olib keldi.

Dexqonchilik va chorvachilik. Tinimsiz urushlar, qabila boshliqlari va amirlar o’rtasidagi ichki kurashlar mamlakat iqtisodiy xayotini, axolining moddiy turmushini ayanchli axvolga tushirdi.

Sug’oriladigan yerlarda bug’doy, arpa, jo’xori, loviya, mosh, sholi, paxta, sabzavot va poliz ekinlari ekilgan. Dasht va tog’oldi lalmi yerlarda xam boshoqli ekinlar, kunjut, tarvuz, qovun ekilib, dexqonchilik qilingan.

Dexqonchilik mamlakat iqtisodining butunlay inqirozga tushib qolishidan saqlab turgan asosiy omil bo’lib, axolining oziq-ovqatga bo’lgan extiyojini qondirishga xizmat qilgan. Imomqulixon davrida, 1614-1615-yillarda Qashqadaryodan Qarshi cho’liga, 1633-1634-yillarda Qo’shqo’rg’onda kanal qazilib, voxalarga suv chiqarilgan. Biroq ashtarxoniylar davrida suv inshootlari qurilishiga yetarli e'tibor berilmadi.

Chorvachilik xam qishloq xo’jaligining yetakchi tarmog’i bo’lgan. Mexnatkash axoli chorva mollarini boqib, go’sht, sut maxsulotlari yetishtirgan. Ammo katta yaylovlar xon, saroy amaldorlari, din peshvolari, qabila boshliqlariga tegishli bo’lib, ming-minglab qo’ylar, podalar, yilqilar, tuyalar boqilardi. Jun, teri va boshqa chorvachilik maxsulotlari yetishtirilar, ichki va tashqi bozorda sotilar edi. Xo’kizlardan yer xaydashda, omoch va mola tortishda keng foydalanilar edi.

Xunarmandchilik va savdo. Xunarmandchilik maxsulotlari asosan shaxarlarda, yirik qishloqlarda yetishtirilar edi. Xunarmandchilikning to’qimachilik tarmog’ida ip yigirish, gazlamalar tayyorlash, kiyimlar tikish, gilam to’qish, kashtachilik rivojlandi.

XVII-XVIII asrlarning 1-yarmida savdo-sotiq ishlari xam 1 qadar o’sib bordi, Savdo-sotiq ishlarida Buxoro, Samarqand, Qarshi, Toshkent, Balx va boshqa yirik shaxarlarning mavqeyi baland edi. Ichki savdoda dexqonchilik, Chorvachilik maxsulotlariga, xunarmandchilik buyumlariga extiyoj kattaligi sababli bozorlar gavjum bo’lardi.

Tashqi savdo xam to’xtab qolmadi. Rossiya, Xitoy, Xindiston, Eron, Qashqar, Turkiya mamlakatlariga paxta, teri, jun, turli matolar va boshqa qishloq xo’jalik maxsulotlari chiqarilar edi. Buxorolik savdogarlarning Sibir shaxarlarida o’z savdo rastalari bo’lgan.
4.Yangi o’tilgan mavzuni mustahkamlash va o’quvchilarni baholash

Voqeliklar bilan ishlash

* Yerga egalik qilishning mulki sultoniy, suyurg’ol, tanxo, xususiy mulk, mulki xurri xolis, vaqf mulkchiligi shakllari bor edi.

*Daromad aloxida shaxslar qo’lida to’planib, xon xazinasi kambag’allashib, raiyat axvoli og’irlashib bordi.



5.Darsni xulosalash, uyga vazifa berish; Mavzuni o’qish, savollarga javob topish va berilgan atamalarni yod olisish


O’quv tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

Download 438,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish