“Tasdiqlayman”


O`tilgan mavzuni mustahkamlash va baholash



Download 438,5 Kb.
bet9/9
Sana03.01.2020
Hajmi438,5 Kb.
#31924
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-sinf o`zbek tarix 2018-2019


2.O`tilgan mavzuni mustahkamlash va baholash

Manbalar bilan ishlash

Zaxiriddin Bobur davrida Andijonda xo’jalik, fan va madaniyat ravnaq topgan. U "Boburnoma"da Andijon xaqida: "Oshlig’i vofir, mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi bo’lur... Movarounnaxrda Samarqand va Kesh qo’rg’onidin so’ngra mundin utug’roq qo’rg’on yo’qtur. Uch darvozasi bor. To’qqiz tarnov suv kirar".
3. Yangi mavzu bayoni:

Umarxon va ilmiy-madaniy muxit. Qo’qon xonligida madaniyat xam rivojlanib bordi. Shaxar va qishloqlarda ko’plab maktab, madrasa va masjidlar qurilib, yoshlar o’qitilgan, ularga xunar o’rgatilgan. Qo’qonda 120 ta maktab, 40 ta madrasa va masjid, Marg’ilonda 80 ta maktab, 10 ta madrasa va masjidning faoliyat yuritganligi buning guvoxidir.

Qo’qon xoni Umarxon ilm, madaniyat, san'at, adabiyot rivojiga, madrasalarda o’qish-o’qitish ishlarini yaxshilashga, turli kasb-xunar maktablarining ochilishiga e'tibor bergan, qo’llab-quvvatlagan.

Umarxon sa'y-xarakatlari natijasida Qo’qonda XIX asr boshlarida o’ziga xos ilmiy-madaniy muxit vujudga keladi. Uning asoschisi ma'rifatparvar xukmdor va xassos shoir Umarxon (1787-1822) edi. Qo’qon ilmiy-madaniy muxitining rivojida Umarxonning umr yo’ldoshi, mashxur shoira Nodirabegimning xissasi katta bo’ldi.

Umarxon Amiriy taxallusi bilan ko’plab she'rlar yozgan. Uning atrofida 70 dan ortiq shoir yig’ilgan. 1821-yilda Fazliy Namangoniy Umarxon amriga binoan, 63 shoirning she'rlarini o’z ichiga olgan "Majmuayi shoiron" to’plamini tuzgan. 10 ming misradan ortiq o’zbek, fors-tojik tilidagi g’azal, muxammas, tuyuq janrlaridagi she'rlar to’plangan devon yaratilgan.



Maxmur va Gulxaniy. Amir Umarxon davridagi yirik shoirlardan biri Maxmur (asl ismi Maxmud) XVIII asr oxirida tug’ilib, 1844-yili vafot etgan. Qo’qondagi Madrasayi Mirda o’qigan, keyin Amir Umarxon qo’shinida sipoxilik qilgan. Maxmurning xajviy she'rlar devoni saqlangan bo’lib, unda 69 asar (3717 misra) jamlangan. She'rlarida xalqqa jabr yetkazgan amaldorlarni keskin tanqid ostiga oladi. U milliy adabiyotda ijtimoiy xajviyani yuksak pog’onaga ko’taradi. "Xapalak" she'rida Xapalak qishlog’idagi manzarani aks ettirsa-da, aslida bu she'r butun xonlik xududidagi manzarani ifodalar edi.

O’zbek mumtoz adabiyotining tanqidiy yo’nalishini rivojlantirgan Maxmur merosi keyingi davrdagi qalam axlining xajviygo’ylik ijodiga samarali ta'sir ko’rsatdi.

Bu davr adabiyotining yana 1 yirik namoyandasi Gulxaniy (Muxammad Sharif) bo’lgan. U 1770-yilda xozirgi Tojikistonning Tavildara tumanida tug’ilgan. Boshlang’ich ta'limni qishlog’ida olgan. Muxtojlik oqibatida Namanganga kelib mardikorlik qilgan. Keyinchalik Qo’qonda istiqomat qiladi. Bu yerda xammomda go’lax (o’t yoquvchi) bo’lib ishlaydi. Shu boisdan "Gulxaniy" taxallusi bilan ijod qilgan.

Gulxaniy o’zbek adabiyotida poeziyaga masalni mustaqil janr sifatida 1-bo’lib kiritgan ijodkor edi. Gulxaniyning butun sharq adabiyotida mashxur xisoblangan asari "Zarbulmasal"dir. Asardagi "Maymun va Najjor", "Tuya bilan Bo’taloq", "Toshbaqa bilan Chayon" kabi masallari chuqur axloqiy-ta'limiy axamiyatga ega.

Asardagi Yapaloqqush va Boyo’g’li, Ko’rqush va Xudxud, Kulonkir sulton va Malik shoxinlarning o’zaro murakkab munosabatlari asosida o’z davri ijtimoiy xayotining xaqiqiy manzarasini tanqidiy ifodalab beradi.

Uvaysiy. Qo’qon adabiy muxitini Jaxon otin-taxallusi Uvaysiy (1780-1841) va Moxlaroyim-Nodiralar ijodisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.

Uvaysiy oilasi o’z davrining ilg’or va ma'rifatli oilalaridan edi. Otasi xam o’zbek, xam tojik tilida qalam tebratgan. Oiladagi muxit Uvaysiyda ijod qobiliyatini yuzaga chiqardi, Uvaysiy Navoiy, Lutfiy, Bobur, Fuzuliy va Jomiy ijodlarini qunt bilan o’rgandi.

Amir Umarxon Marg’ilon xokimi bo’lib turgan yillarda (1806-1807) Uvaysiy el orasida tanilgan shoira edi. Undagi shoiralik iste'dodi Umarxonning xotini Nodirani o’ziga rom etgan. Umarxon Qo’qon taxtiga o’tirgach, Uvaysiy Qo’qonga taklif etilgan. Bu yerda u juda ko’p yoshlarga murabbiylik qilgan. Nodira bilan ijodiy xamkorligi qaror topgan. Uning ijodi xalqparvarligi bilan ajralib turadi. Uvaysiyning adabiy merosida 269 g’azal, 29 muxammas, 3 doston va boshqalar bor. Asarlarida insonni e'zozlash, do’stlik, vafo, sadoqat g’oyalari, el-yurt dardi, xalq xasrati kuylanadi.

Moxlaroyim-Nodira. O’zbek shoirasi, ma'rifatparvar davlat arbobi Moxlaroyim-Nodira (1792-1842) Andijonda tug’ilgan. Otasi Raxmonqulbiy Andijon xokimi bo’lib, Qo’qon xoni Olimxonning tog’asi edi.

Nodira olimlar, xattot va naqqoshlarni Qo’qonga to’plagan, ko’p kitoblarni qayta ko’chirtirgan. Kitob muqovasining did bilan ishlanishiga e'tibor beradi. Yaxshi xattotlarga, naqqoshlarga tilla qalam, kumush qalamdon sovg’a qilgan. .

Bundan tashqari, Nodira Navoiy, Fuzuliy va Bedil g’azallariga muxammaslar xam yozgan

Qo’qon xonligida ijod qilgan ulug’ insonlardan biri iste'dodli shoir Boboraxim Mashrab edi (1640-1711).


4.Yangi o’tilgan mavzuni mustahkamlash va o’quvchilarni baholash.

Manbalar bilan ishlash

Mashrab o’z she'rlarida xukmron tabaqalarning mexnatkash xalqqa o’tkazgan jabr-zulmlarini, ochko’zligini, ba'zi ruxoniylarning, eshonlarning avom xalq ruxini do’zax va oxirat azoblari bilan daxshatga solayotganligini ayovsiz fosh etadi. Xalqning og’ir, ayanchli axvoliga achinadi. Mashrab bitgan quyidagi satrlar buning dalilidir.

Dili tig’i sitamdin pora bo’lg’on xalqni ko’rdim,

Tani dard-u alamdan yora bo’lg’on xalqni ko’rdim.

Mashrab asarlari to’plangan devon xaqida manba topilmagan. Uning "Devoni Mashrab", "Devonayi Mashrab", "Eshoni Mashrab" nomlari ostida xalq orasida tarqalgan qo’lyozma va toshbosma shaklidagi qissalari qolgan.


5.Darsni xulosalash, uyga vazifa berish; Mavzuni o’qish, savollarga javob topish va berilgan atamalarni yod olish

O’quv tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

Sinflar: 8 - “A” ______ 8 - “B”______ 8 - “V”______ 8 - “G” ______ 8 - “D”______ 8 - “E”______
MAVZU: V NAZORAT ISHI
1. Hаrbiy хаvf yuz bеrgаndа qоrаqаlpоqlаrdаn qаndаy sоliq undirilаr edi?

A) qоzоn sоlig’i B) sаlg’ut

C) zаkоt D) ushr

2. 1827-yilda qoraqalpoqlarning Xiva xonligiga qarshi ko’tarilgan qo’zg’oloniga kim boshchilik qildi?

A) Eshimxon B) Gadoyniyoz

C) Rismambet D) Oydo’stbiy

3. Оydo’stbiyning o’g’illаri – Rizо vа To’rа qаysi qo’rg’оngа hujum qildilаr?

A) Mаng’it B) Chimbоy

C) Qo’ng’irоt D) Хo’jаyli

4. Qаyеrdа Хivа хоni qo’shinlаri Оydo’stbiy bоshchiligidаgi qo’zg’оlоnchilаrni tоr-mоr qildilаr?

A) Quvоdnаryo sоhilidа

B) Chirikrаbоt mаvzеyidа

C) Jаnаdаryo bo’ylаridа

D) Rаbоti Mаlik mаvzеyidа

5. Qo’zg’olon rahbari Oydo’stbiy o’limiga bag’ishlab marsiya yozgan shoirni aniqlang.

A) Kunxoja B) Berdaq

C) Ajiniyaz D) Munis

6. Xonlik poytaxtini Tepaqo’rg’ondan Qo’qonga ko’chirgan xonni aniqlang.

A) Xudoyorxon B) Mallaxon

C) Abdulkarimbiy D) Sheralixon

7. Erdona hukmronligi davrida Qo’qon xonligiga qo’shib olingan shaharlarni aniqlang.

A) O’sh, Jalolobod B) Toshkent, Sayram

C) Chimkent, Turkiston D) O’sh, O’zgan

8. Norbo’tabekni mustaqil xon sifatida tan olgan davlatni aniqlang.

A) Afg’oniston B) Buxoro amirligi

C) Xitoy D) Xiva xonligi

9. Olimbek qachon o’z davlatini Qo’qon xonligi deb e’lon qildi?

A) 1798-yili B) 1805-yili

C) 1810-yili D) 1804-yili

10. Qo’qоn хоnligidа qаysi mаnsаbdоr bоsh vаzir hisоblаngаn?

A) mеhtаr B) inоq

C) mingbоshi D) qushbеgi

11. Mа’muriy jihаtdаn Qo’qоn хоnligi nеchtа vilоyatgа bo’lingаn?

A) 5 tа B) 10 tа C) 15 tа D) 20 tа



12. Daftardоr lаvоzimini egаllаgаn shахsning vаzifаlаri nimаdаn ibоrаt edi?

A) Dаvlаt хаzinаsigа tushаdigаn mаhsulоtlаrni sаqlоvchi аmаldоr

B) Хоnning shахsiy dаrоmаdi hisоb-kitоbini оlib bоruvchi аmаldоr

C) Mаnsаbdоrlаr ishi ustidаn nаzоrаt оlib bоruvchi аmаldоr

D) Shаriаt qоidаlаrining bаjаrilishini nаzоrаt qiluvchi аmаldоr

13. XVIII asrning oxirida Toshkent shahrining hokimi etib tayinlangan shaxs kim?

A) Yunusxoja B) Salimsoq to’ra

C) Odil to’ra D) Rustam to’ra

14. Tоshkеnt hоkimligi qаchоn tаshkil tоpdi?

A) 1784-yildа B) 1786-yildа

C) 1799-yildа D) 1800-yildа

15. Yunusxoja qo’shinida asosiy kuchni kimlar tashkil etgan?

A) Qipchoq qabilalari B) Katta Juz qabilalari

C) O’rta Juz qabilalari D) Qalmoq qabilalari

16. 1799-yilda Yunusxoja Qo’qon xonligi qo’shinlariga zarba berib, Sirdaryoning o’ng sohilidagi

Qurama mavzesini Toshkent bekligiga qo’shib oldi. Ushbu jang qayerda bo’lib o’tdi?

A) Ohangaron vodiysida

B) Xo’jand shahri yaqinida
C) Chirchiq bo’yidagi Qorasuv mavzesida

D) Bo’zsuv sohilidagi yerlarda



17. Yunusxoja davrida Toshkent shahrini o’rab turgan devorning uzunligi qancha bo’lgan?

A) 20 farsax B) 18 kilometr

C) 24 chaqirim D) 18 chaqirim

18. Yunusxoja davrida Toshkentda zarb etilgan pullar qanday nomlanar edi?

A) dinor va dirxam B) dirxam va pul

C) tilla va so’m D) rupiya va tanga

19. XVIII аsr охirlаridа Tоshkеntdа ... хоnаdоn bоr edi.

A) 5 ming B) 10 ming

C) 15 ming D) 20 ming

20. XVIII аsrning 90-yillаridа Rаhmаtillа Kаrvоnbоshi rаhbаrligidаgi bir guruh Tоshkеnt sаvdоgаrlаri dоimо ... qаtnаb turgаn.

A) Pеtrоpаvlоvskkа B) Оrеnburggа

C) Sеmipаlаtinskkа D) Оmskkа

21. Tоshkеnt elchilаri qаchоn Sаnkt-Pеtеrburggа bоrib, rus impеrаtоri Аlеksаndr I huzuridа bo’ldilаr?

A) 1802-yildа B) 1803-yildа

C) 1804-yildа D) 1805-yildа

22. 1800-yilda G’urumsaroy yaqinidagi jangda kimlar to’qnashdilar?

A) Qo’qon xonligi va Toshkent bekligi qo’shinlari

B) Buxoro amirligi va Qo’qon xonligi qo’shinlari

C) Xiva va Qo’qon xonliklari qo’shinlari

D) Buxoro amirligi va Xiva xonligi qo’shinlari

23. Yunusxoja vafotidan so’ng Toshkent taxtiga o’tirgan shaxsni aniqlang.

A) Bukey sulton B) Eshim sulton

C) Sultonxoja D) Olimxon

24. Qachon Toshkent Qo’qon xonligiga qo’shib olindi?

A) 1806-yilda B) 1807- yilda

C) 1808-yilda D) 1809-yilda

25. Umаrхоn hukmrоnlik qilgаn yillаrni аniqlаng.

A) 1798-1810-yy. B) 1810-1822-yy.

C) 1822-1842-yy. D) 1842-1845-yy.

O’quv tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

Sinflar: 8 - “A” ______ 8 - “B”______ 8 - “V”______ 8 - “G” ______ 8 - “D”______ 8 - “E”______
MAVZU: Yakuniy umumlashtiruvchi dars

Dars maqsadi:


  1. Ta`limiy maqsad: O’tilgan mavzu xaqida bilimlarga ega bo’ladilar

  2. Tarbiyaviy maqsad: Yurtga fidokorlik, uni asrash kabi tuyg’ularni shakillantirish.

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: Tarixiy bilimlarini shakillantirish

  4. Shakllantirilayotgan kompetensiya:Ushbu mavzuda tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish va tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi shakllantirildi. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Dars turi:

Umumlashtirish darsi.



Darsda foydalanilgan metodlar

an’anaviy, zamonaviy, interfaol metodlar



Dars jiхozi: Darslik, dunyo siyosiy xaritasi, O’zbekiston xaritasi

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism

a) Davomadni aniqlash va o’quvchilarni darsga tayyorgarligini aniqlash.

b)Bugungi kun yangiliklari bilan tanishish

2.O`tilgan mavzuni mustahkamlash va baholash

Manbalar bilan ishlash



3. Yangi mavzu bayoni:

  1. Shohruh vafot etgach, Xuroson davlati necha qismga bo’linib ketdi?

  2. Shаybоniy Ubаydullа sultоn qаchоn vа qаyеrdа Bоbur vа Nаjmi Sоniy qo’shinlаrini tоr-mоr qildi?

  3. “Оddiy xalq va kambag’allar mushkul ahvоlda qоldilar, kundalik eyish-ichishdan mahrum bo’ldilar, hattо kafan uchun matо tоpоlmay, jоnlarini xudоga tоpshirdilar”. Ushbu so’zlar qaysi asardan оlingan?

  4. Samarqand xonligiga asos solgan va o’zini “amir-ul umaro” deb e’lon qilgan shaxs kim?

  5. Davlat yerlarini “tanhо” deb atalgan shaklda inhоm etish nechanchi asrdan bоshlangan?

  6. To’pchilar qo’shinini tuzgan Buxоrо amirini belgilang?

  7. Buxoro amirligida 1 chilvir va arqon nechaga teng edi?

  8. Amudaryo nechanchi yildan bоshlab Kaspiy dengiziga оqmay qo’ygan?

  9. “Shajarai turk” asarining nechanchi bоbi bevоsita Xivaning 1512-1663 yillar оralig’idagi tarixini bayon qilgan?

  10. “Abulg’оziyning “Shajarai turk”i uchun butun dunyo undan minnatdоr”. Ushbu so’zlar kim tоmоnidan aytilgan?


4.Yangi o’tilgan mavzuni mustahkamlash va o’quvchilarni baholash.

Manbalar bilan ishlash” .

XVIII asrning 2-yarmida asbob-uskunalarni xarakatga keltiruvchi bug` mashinasi (motor) ixtiro qilindi. Natijada asosiy ishlarni mashinalar bajaruvchi fabrika-zavodlar vujudga keldi.

Bug` mashinasi bilan xarakatlanuvchi parovoz, paroxod, cho’yan va po’lat oluvchi domna pechlar yaratildi, temiryo’llar qurildi.


5.Darsni xulosalash, uyga vazifa berish; Mavzuni o’qish, savollarga javob topish va berilgan atamalarni yod olish

O’quv tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________
Download 438,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish