Qurilish obyektlarining murakkablik (xavflilik) darajasiga ko‘RA, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish jarayonida tekshirishlarni tayinlash va o‘tkazish tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Konstruktorlik hujjatlarning me’yoriy nazoratini o’tkazish
Reja: 1.Konstruktorlik haqida tushunhalar
2.Konstruktorlik hujjatlarning me’yoriy nazoratini o’tkazish
Tayyorladi: 7a-18MSM talabasi Nurmanov B
O’qtuvchi: Sodiqov B
QURILISH OBYEKTLARINING MURAKKABLIK (XAVFLILIK) DARAJASIGA KO‘RA, QURILISH-MONTAJ ISHLARINI AMALGA OSHIRISH JARAYONIDA TEKSHIRISHLARNI TAYINLASH VA O‘TKAZISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-son Farmoni ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qurilish obyektlarining murakkablik (xavflilik) darajasiga ko‘ra, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish jarayonida tekshirishlarni tayinlash va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV Qurilish obyektlarining murakkablik (xavflilik) darajasiga ko‘ra, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish jarayonida tekshirishlarni tayinlash va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish xususiyatlarini tasniflashni belgilaydi, shuningdek obyektlarni qurish hamda rekonstruksiya qilishni davlat tomonidan arxitektura-qurilish nazorat qilish tartibi va tartib-taomillarini tartibga soladi.
2. Ushbu Nizom yakka tartibdagi uy-joy qurish obyektlari (Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibda uy-joy qurish dasturiga kiritilgan obyektlardan tashqari), turar-joy toifasidan noturar-joy toifasiga o‘tkaziladigan binolar, mavsumiy ishlar va yaylovdagi chorvachilik uchun vaqtinchalik uylar hamda maishiy binolar, mobil aloqa stansiyalarni montaj qilish, kichik hajmdagi (300 kub metrdan katta bo‘lmagan) alohida quriladigan va foydalanilayotgan muhandislik tarmoqlarini o‘zgartirishni talab qilmaydigan obyektlar, tog‘ kavlash ishlari, texnologik resurslari ishlatib bo‘lingan va obyektni rekonstruksiya qilish talab etilmaydigan texnologik hamda muhandislik uskunalarini ta’mirlash va almashtirishga joriy etilmaydi.
3. Respublika hududida qurilish-montaj ishlarini boshlash to‘g‘risida xabarnoma yuborish talab etadigan qurilish va rekonstruksiya obyektlari davlat tomonidan majburiy tartibda arxitektura-qurilish nazoratiga olinadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 961-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/961/4092-son) 4. Davlat arxitektura-qurilish nazorati qurilish obyektlarining xavfsizligi, sifati, zilzilabardoshligi va foydalanishda ishonchliligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.
5. Davlat arxitektura-qurilish nazorati o‘rta va yuqori xavflilik omillariga ega obyektlarni nazorat qilish bo‘yicha vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
6. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi: