“Tasdiqlayman”


Darsning mavzusi: Buxoroda mang’itlar sulolasi hukmronligining o’rnatilishi



Download 438,5 Kb.
bet4/9
Sana03.01.2020
Hajmi438,5 Kb.
#31924
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-sinf o`zbek tarix 2018-2019

Darsning mavzusi: Buxoroda mang’itlar sulolasi hukmronligining o’rnatilishi

Ta'limiy maqsad – ashtarxoniylarning inqirozga yuz tutib, mang’itlar sulolasining tepasiga qay tariqa kelishi sabablarini ochib berish;

Tarbiyaviy maqsad – o’quvchilarga kuch birlikda ekanligini ko’rsatib’ ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;

Rivojlantiruvchi maqsad – mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.

Dars turi: o’quvchilarning yangi bilim, ko’nikma va malakalarini hosil qilish.

Darsda foydalaniladigan metodlar: an'anaviy, zamonaviy, interfaol metodlar

Darsning jihozi: :”O’zbekiston tarixi” 8-sinf uchun darslik, “O’zbekiston tarixi” 8-sinf uchun metodik qo’llanma, siyosiy xarita.


I.Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.

II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)

III.Yangi mavzu: Buxoroda mang’itlar sulolasi hukmronligining o’rnatilishi


Buxoro xonligining davlat mustaqilligini yo’qotishi. 1740-yilda Eron qo’shinlari Nodirshoh boshchiligida Buxoroga qarshi yana hujum boshladi. Buxoro va Xiva xonlari umumiy dushmanga qarshi kurashish uchun birlasha olmadilar.

Bu ham yetmaganidek, Buxoroning o’zida xoinlik yuz berdi. Xonlikda yetakchi mavqega ega bo’lib olish niyatidan qaytmagan Qarshi hokimi Muhammad Hakimbiy Nodirshoh tomoniga o’tib ketdi. Abulfayzxon Eron bosqiniga qarshi kurashni uyushtira olmadi va taslim bo’ldi.

Nodirshoh Buxoro xonligining taslim bo’lish shartlarini Muhammad Hakimbiy orqali Abulfayzxonga jo’natdi.

Muhammad Rahimbiy. Buxoroda ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi davrida o’zbek qabilalaridan mang’itlar va qo’ng’irotlarning nufuzi baland edi. Bu ikki qabila " haqiqiy hokimiyat ashtarxoniylar qo’lida bo’lib turgan davrlarda ularga sadoqat bilan xizmat qilgan edilar. Biroq, keyinchalik,

Buxoroda mang’itlar alohida nufuzga ega bo’lish uchun astoydil kurashdilar. Hakimbiy davrida bu maqsadga erishdilar.

Muhammad Hakimbiy 1743-yilda vafot etgan edi. Uning o’g’li Muhammad Rahimbiy o’zining muntazam qo’shinga egaligidan foydalanib, hokimiyatda otasi kabi alohida mavqe uchun da’vogarlik qila boshladi. So’nggi ashtarxoniy Abulfayzxon unga Bosh vazirlik lavozimini berishga majbur bo’ldi va oxir-oqibatda markaziy hokimiyat uning qo’lida to’plandi.

Nodirshoh 1747-yilda o’ldirilganidan so’ng Eronda boshlangan ichki kurashlar Muhammad Rahimbiyning Buxoro taxtini egallashiga yo’l ochib berdi. Uning buyrug'i bilan Abulfayzxon ham 1747-yili o’ldirildi. Muhammad Rahimbiy taxtga Abulfayzning o’g’li Abdulmo’minni o’tqizdi (soxta xon) va uni o’ziga kuyov qilib oldi. Ko’p o’tmay Muhammad Rahimbiy kuyovi Abdulmo’minni, uning o’rniga o’tqizilgan soxta xonlar — Ubaydullaxon va Sherg’oziyxonlarni ham qatl ettirdi. Muhammad Rahimbiy Buxoro aslzodalari va ruhoniylarining qo’llab-quvvatlashi bilan 1756-yilda o’zini hukmdor deb e’lon qildi. Biroq mang’itlar chingiziylar nasliga mansub bo’lmaganligi uchun mang’it hukmdorlari o’zlarini xon deb emas, amir deb ataganlar. Ular Buxoro mintaqasining diniy hukmdori — amir ul-mo’minin hisoblanganlar.

Shunday qilib, 1756-yili Buxoroda hokimiyat tepasiga yangi sulola — mang’itlar sulolasi keldi va davlatni 1920-yilgacha idora qildi. Shundan boshlab Buxoro xonligi endilikda Buxoro amirligi deb ataladigan bo’ldi. Mang’itlar 92 o’zbek qabilasining biri edi.

Mang’it hukmdori Muhammad Rahimbiy (1756—1758) mamlakatda o’zining mutlaq hukmdorligini o’rnatish hamda ichki boshboshdoqlikni tugatish siyosatini tutdi. Bunday siyosatdan ko’zlangan maqsad — markazlashgan davlatni tiklash edi. Muhammad Rahimxon bu siyosatni ro’yobga chiqarishga qat’iy kirishdi. U barcha mahalliy hukmdorlarni o’z huzuriga chorlab, ularga o’zining asl maqsadini, o’z boshqaruv dasturini ma’lum qildi Lekin davom etayotgan ichki nizolar, urushlar mamlakatnvv ^onavayron qilayotganligi, xo’jalik, savdo-sotiq ishlarining izdan chiqayotganligi, agar bu jarayonlar bundan buyon ham davom etadigan bo’lsa, davlat s halokati muqarrar ekanligini alohida ta’kidladi. Qaysi mahalliy

hukmdor markaziy hokimiyatga bo’ysunmasa, ayovsiz jazoga tortilishini ogohlantirdi.

Doniyolbiy otaliq va Amir Shohmurod. Muhammad Rahimxon yirik yer egalarining davlatni boshqarish ishlarida shu vaqtgacha davom etib kelgan aralashuvlarini keskin kamaytirishga erisha oldi. Shunday bo’lsa-da, u barcha bekliklarning markaziy hokimiyatni tan olishlariga to’la erisha olmadi.

Muhammad Rahimxon vafotidan so’ng uning amakisi Doniyolbiy otaliq hokimiyatni o’z qo’liga oldi (1758—1785). U o’zini xon atamadi va Abulfayzxonning nabirasi Abulg’oziyni taxtga o’tqizdi. Doniyolbiy ham otaliq mansabini, ham amaldagi hukmdorlikni o’z qo’lida saqlab qoladi. U o’z qo’shinlarini mustahkamlashga, unga tayanib ish ko’rishga harakat qildi. Barcha mang’it beklariga katta yer-mulkni tanho qilib berdi. Xalqdan olinadigan soliqlarni ko’paytirdi. Uning davrida Balx, Hisor, Ko’lob, O’ratepa bekliklarining mustaqillikka intilishlari kuchaydi. Katta yer egalari, qushbegi va qozikalonlarning o’zboshimchaligini esa sindira olmadi. O’g’illaridan biri Shoh­murod darvishona hayot kechirar, shayx maslahati bilan bozorda yuk tashuvchilik qilardi. Keyin esa pichoqqa qin yasab sotib, shu orqali ro’zg’or tebratardi. Xalq orasida obro’si katta bo’lgani uchun Doniyolbiy unga hokimiyatni topshirdi.



Amir Shohmurod (1785—1800) Amir Doniyolbiy otaliqning to’ng’ich o’g’li bo’lib, yoshligidan xudojo’y, porso bo’lib o’sgan. Madrasani bitirib, darvishlik suluki tarafdori, targ’ibotchisidan biriga aylanadi. Shohmurod Abulg’oziyni hokimiyatdan chetlatib, o’zini Buxoro amiri deb e’lon qiladi va taxtni egallaydi. Xalq unga hurmat bilan „amiri ma’sum“ (begunoh amir)' unvonini bergan.

Shohmurod o’z faoliyatida ommaga tayanib ish tutdi. Adolat tamoyillariga qattiq amal qildi. O’zi ham nihoyatda kamtarin hayot kechirgan. Masalan, bir yilda bir olacha chopon, bir bo’z ko’ylak kiygan. Boshiga olti gazli bo’z salla, oyog’iga echki terisidan tikilgan saxtiyon mahsi hamda kavush kiygan.

Amir Shohmurod Samarqand shahrida katta bunyodkorlik ishlarini amalga oshirdi. Shahar markazida olti qirrali chorsu qurilib, „Toqi musaddas“ deb atalgan. Samarqandning har bir madrasasiga imom, muazzin, mudarrislarni o’zi tayinlagan. Talabalar va mudarrislarning maoshi uchun vaqf yerlari va mulklar ajratgan.

Amir Shohmurod ba’zi islohotlar o’tkazib, davlatni mustahkamlashga erishdi. Boj va xirojdan boshqa barcha soliqlarni kamaytirdi. Rais mansabini va qo’shin tarkibida qozi askar lavozimini joriy qildi.

Mamlakat iqtisodini yo’lga qo’yishda Shohmurod o’tkazgan pul islohoti muhim ahamiyat kasb etdi. Ashtarxoniylar davrida zarb qilingan tangalarda kumush miqdori kamaytirib yuborilgan edi.

Shohmurod joriy qilgan qonun bo’yicha kim mol-mulkka xiyonat qilsa, jamiyatdagi martabasidan qat’iy nazar qattiq jazoga tortilishi lozim edi. Bu tadbir xalq manfaatlariga tajovuzning oldini oldi.

Suluk -jamoa

Xarvor — bir eshakka yuk bo’ladigan og’irlik o’lchovi.

• 1747-yilda Buxoroda hokimiyat amalda mang’itlar sulolasi gn qo’liga o’tdi. Rasman esa bu voqea 1756-yilda amalga oshdi. « • 1756-yildan boshlab Buxoro xonligi Buxoro amirligi deb atala boshlandi.

• Mang’itlar sulolasi 1920-yilgacha Buxoro xonligida hukmronlik qildi.


IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.

V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan, uyga vazifani a’lo darajada bajargan o’quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa. Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzish va mavzuni o’qib kelish.

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________


Sinflar: 8 - “A” ______ 8 - “B”______ 8 - “V”______ 8 - “G” ______ 8 - “D”______ 8 - “E”______
MAVZU: Amirlik davlat tuzumi va uning ma'muriy boshqaruvi
Dars maqsadi:

  1. Ta`limiy maqsad: Amirlik davlat tuzumi va uning ma'muriy boshqaruvi haqida bilimlarga ega bo’ladilar

  2. Tarbiyaviy maqsad: Yurtga fidokorlik, uni asrash kabi tuyg’ularni shakillantirish.

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: Tarixiy bilimlarini shakillantirish

  4. Shakllantirilayotgan kompetensiya:Ushbu mavzuda tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish va tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi shakllantirildi. Kommunikativ kompetensiya ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Dars turi:

Yangi bilimlarni bayon qilish va egallash darsi.



Darsda foydalanilgan metodlar;

an’anaviy, zamonaviy, interfaol metodlar



Dars jiхozi: Darslik, dunyo siyosiy xaritasi, O’zbekiston xaritasi

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism

a) Davomadni aniqlash va o’quvchilarni darsga tayyorgarligini aniqlash.

b)Bugungi kun yangiliklari bilan tanishish

2.O`tilgan mavzuni mustahkamlash va baholash

Voqeliklar bilan ishlash

* Muhammad Raximxon mustaqillikni da'vo etib yurgan Miyonqol, Nurota, Qo’bodiyon, Boysun, Shaxrisabz xamda Urgut bekliklarini to’rt yil davomida o’ziga bo’ysundirdi. Ayni paytda, u markaziy xokimiyatga bo’ysunmaslikka urinayotgan qabilalarni turgan joyidan ko’chirtirib yuborish siyosatini tutdi. Masalan, burqut, qipchoq, 7 urug’, baxrin, yuz, kenagas, saroy va boshqa qabilalarga nisbatan ana shunday siyosat yuritildi.
3 Yangi mavzu bayoni:

Davlat tuzumi. Buxoro davlat tuzumiga ko’ra monarxiya davlati edi. Davlat tepasida amir, ya'ni yakka mustabid xukmdor turgan. Xukmdor rasman cheklanmagan xuquqqa ega bo’lib, butun xokimiyat uning qo’lida to’plangan. U o’zi ishongan eng oliy toifadagi amaldorlar (arkoni davlat) xamda qabilalarning boshliqlari bilan xisoblashib ish tutgan.

Ma'muriy bo’linish. Buxoro amirligi ma'muriy jixatdan viloyatlarga va tumanlarga bo’lingan. Chunonchi, amirlik davlati 40 viloyat va tumanliklardan iborat edi. Amirlikning yer maydoni taxminan 270 ming km2, axolisi esa 2 mln atrofida bo’lgan. Axolisini o’zbeklar, tojiklar, turkmanlar, qolgan qismini esa qoraqalpoqlar, qozoqlar va boshqa xalqlar tashkil etgan. Amir tayinlaydigan xokim boshqaradigan xudud viloyat deb atalgan. Amirlikning poytaxti Buxoro shaxri va viloyatini qo’shbegi boshqargan. Amirlikning aloxida davlat xazinasi bo’lmagan. Xazina amirning mulki bo’lgan.

Yuqori davlat lavozimlari. Amirlikning davlat muassasalari ma'muriy, moliya, qozilik, mirshablik va xarbiy idoralardan iborat bo’lgan. Ularning xar biriga tayinlangan amaldor raxbarlik qilgan. Buxoro xonligi saroyida 30 ga yaqin amaldor xizmat qilgan. Maxalliy boshqaruv muassasalarida xizmat qiluvchilarning soni 30 ming atrofida bo’lgan. Bundan tashqari, 40 beklik - viloyat tepasida maxalliy qabila boshliqlari turardi.

Markaziy xokimiyatda devonbegi, ko’kaldosh, qo’shbegi, mushrif, mirshab, dodxox, inoq, miroxur, dasturxonchi, kitobdor, to’qsabo, parvonachi, sadr, shayxulislom, qozikalon, muftiy, muxtasib kabi yuqori martabali lavozimlar joriy etilgan. Eng katta davlat lavozimi - qo’shbegi (vaziri buzruk), ya'ni bosh vazir lavozimi edi. Davlatning barcha boshqaruv idoralari unga bo’ysunar edi. 1 so’z bilan aytganda, barcha ijroiya xokimiyat qo’shbegining qo’lida edi. Viloyat va tuman xokimlari xam qo’shbegi tavsiyasiga binoan tayinlanar edi. Qo’shbegi xon Arkida yashagan.

Xullas, amirlikdagi yuqori davlat lavozimlari o’sha davrdagi boshqaruv tizimiga to’la mos bo’lib, amirning yakka xukmronligini ta'minlar edi.

XIX asr boshlarida Buxoro amirligi axolisi 2 mln.kishini tashkil etgan.

Buxoro amirligida eng katta davlat lavozimi - qo’shbegi


4.Yangi o’tilgan mavzuni mustahkamlash va o’quvchilarni baholash

Devonbegi - xonlikning moliya-xazina ishlarini boshqargan. Soliqlar undirilishi ustidan nazorat olib borgan.

Ko’kaldosh - butun amirlik xududida do’stona yoki dushmanlik munosabatida bo’luvchilar xaqida ma'lumotni to’plagan.

Mushrif - amaldorlar xonga in'om etgan buyumlarni xamda xarbiy anjomlarni ro’yxatga olgan. Soliq tushumlarini yozib borgan.

Mirshab - tungi shaxar soqchilari boshlig’i vazifasini bajargan.

Dodxox - fuqarolarning arz va shikoyatlarini tinglovchi va xal etuvchi amaldor bo’lgan.

Inoq - vazifasi amir farmoyishlarini beklardan boshqa tabaqaga yetkazishdan iborat bo’lgan.

Otaliq - "Ota o’rniga ota" amirning ishonchi, e'tiborini qozongan kishi.

Miroxur - amir otxonasining boshlig’i bo’lgan.

Dasturxonchi - amir xuzurida uyushtiriladigan ziyofatlar uchun mas'ul amaldor.

Kitobdor - amir kutubxonasi boshlig’i.

To’qsoba - xarbiy qism sarkardasi.

Parvonachi - biror-bir shaxs biror lavozimga tayinlanganida yorliqni o’sha shaxsga yetkazuvchi amaldor.

Sadr - vaqf mulklarini boshqaruvchi.

Shayxulislom - musulmon jamoasi boshlig’i; qozilik ishlarida xamda kundalik xayotda qonunlarga rioya etilishini ta'minlovchi, xukmdorning eng yaqin kishisi. Bu lavozim avloddan avlodga meros bo’lib xam o’tgan.

Poytaxt qozisi (qozikalon) - davlatning oliy qozisi (sudyasi), amir aralashmaydigan barcha qozilik ishlariga raxbarlik qiluvchi oliy davlat lavozimi.

5.Darsni xulosalash, uyga vazifa berish; Mavzuni o’qish, savollarga javob topish va berilgan atamalarni yod olisish
O’quv tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

Sinflar: 8 - “A” ______ 8 - “B”______ 8 - “V”______ 8 - “G” ______ 8 - “D”______ 8 - “E”______
MAVZU: Amirlikning xo’jalik xayoti

III. Dars maqsadi:

  1. Ta`limiy maqsad: Amirlikning xo’jalik xayoti haqida bilimlarga ega bo’lish

  2. Tarbiyaviy maqsad: Yurtga fidokorlik, uni asrash kabi tuyg’ularni shakillantirish.

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: Tarixiy bilimlarini shakillantirish

  4. Shakllantirilayotgan kompetensiya: Ushbu mavzuda tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish va tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi shakllantirildi. Kommunikativ kompetensiya ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Dars turi:

Yangi bilimlarni bayon qilish va egallash darsi.



Darsda foydalanilgan metodlar;

an’anaviy, zamonaviy, interfaol metodlar



Dars jiхozi: Darslik, dunyo siyosiy xaritasi, O’zbekiston xaritasi

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism

a) Davomadni aniqlash va o’quvchilarni darsga tayyorgarligini aniqlash.

b)Bugungi kun yangiliklari bilan tanishish

2.O`tilgan mavzuni mustahkamlash va baholash

Devonbegi - xonlikning moliya-xazina ishlarini boshqargan. Soliqlar undirilishi ustidan nazorat olib borgan.

Ko’kaldosh - butun amirlik xududida do’stona yoki dushmanlik munosabatida bo’luvchilar xaqida ma'lumotni to’plagan.

Mushrif - amaldorlar xonga in'om etgan buyumlarni xamda xarbiy anjomlarni ro’yxatga olgan. Soliq tushumlarini yozib borgan.

Mirshab - tungi shaxar soqchilari boshlig’i vazifasini bajargan.

Dodxox - fuqarolarning arz va shikoyatlarini tinglovchi va xal etuvchi amaldor bo’lgan.

Inoq - vazifasi amir farmoyishlarini beklardan boshqa tabaqaga yetkazishdan iborat bo’lgan.
3. Yangi mavzu bayoni:

Davlat yerlarining suvsiz dasht, to’qayzor qismi ko’chmanchi jamoalarga bo’lib berilgan bo’lib, ular bu yerlardan foydalanganliklari uchun davlatga xiroj to’lar edilar. Bunday yerlar sotilmasdi va ayirboshlanmasdi. Davlat yerlarining boshqa 1 qismi xukmron sulola a'zolariga, yirik davlat mansabdorlariga, lashkarboshilariga davlat oldidagi xizmatlari evaziga suyurg’ol shaklida in'om etilgan edi. Suyurg’ol olganlar u yerni boshqarish xuquqini xam olganlar. Suyurg’ol egasi davlat xazinasiga xiroj to’lashi xamda oliy xukmdorning chaqirig’iga ko’ra, o’z qo’shini bilan xarbiy yurishlarda ishtirok etishi lozim edi.

XVI asrdan boshlab davlat yerlarini "tanxo" deb nom olgan shaklda in'om etish qaror topa borgan. Bunday in'omga sazovor bo’lgan kishi yerga emas, shu yerdan olinadigan soliqqa egalik qilgan. XIX asrning 1-choragida amirlikda tanxolarning soni 12 mingdan 36 ming nafarga yetgan. Eng kichik tanxo yeri 3-5 gektarni tashkil etgan.

Davlat yerlarining yana 1 qismi dexqonlarga ijaraga berilgan. Xazinaga eng ko’p soliq xam ana shu yerlardan tushar edi.

Xususiy yerlar (mulk) ning 1 qismi xususiy shaxslarning yerlari bo’lib, ularning bu yerlarga egalik qilishlari davlat xizmati bilan bog’liq bo’lmagan. Bunday yerlar, asosan, amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan arablarga qarashli bo’lgan. Bu yerlardan 1/10 qismi miqdorida o’lpon to’lanardi. Mulk yerlarining 2-qismi (mulki xur yoki mulki xurri xolis) davlat xizmati bilan bog’liq bo’lib, bunday yerlar urushlarda jasorat ko’rsatgan yoki xukmdorning aloxida topshiriqlarini bajarishda namuna ko’rsatgan shaxslarga berish natijasida vujudga kelgan. Bunday yerga ega bo’lgan shaxslarga maxsus yorliqlar berilgan xamda ular barcha soliqlardan ozod etilganlar.

Vaqf yerlari-bu masjid, mozor, xonaqox, madrasa va maqbaralar uchun ajratilgan yerlar edi. Bunday yerlar musodara etilgan, davlat xamda yirik yer egalari tomonidan xadya etilgan yerlar xisobiga vujudga keltirilar edi. Masjid, madrasa, qabristonlarning asosiy sarf-xarajatlari, shuningdek, talaba, mudarris xamda mutavallilarga beriladigan nafaqa va maoshlar vaqf yerlaridan olinadigan daromad xisobidan qoplanar edi. Vaqf mulkini mutavalli tasarruf etishi belgilab qo’yilgan edi.

Soliq tizimi. Shoxmurod zamonida xar 1 ziroatchidan qo’shpuli (xar qo’sh (48-50 tanob) yerdan 40 tiyin) olingan. 1807-yili amir Xaydarning 1 yorlig’ida xar tanob yerdan 1 tillodan tanobona olinishi zarurligi ko’rsatilgan. Agar ekinzor egasi tanobona to’lashdan bosh tortsa, xosilning uchdan 1 qismi mol (xiroj) tariqasida olingan. Ba'zida xiroj xosilning yarmini tashkil etgan.

XV-XVII asrdan zakot solig’i beva-bechoralar, musofirlar foydasiga olingan bo’lsa, XVIII asrdan boshlab xazina foydasiga olinadigan bo’ldi.

Kanallar, inshoot, qal'a, ko’priklar, yo’llar ta'miri xashar yo’li bilan amalga oshirilgan. Boshda xasharchilar oziq-ovqat bilan ta'minlangan. XVIII asrdan boshlab xasharga keluvchilar oziq-ovqati, ish asboblari, ot-aravasi bilan kelishi lozim bo’lgan.

Qishloq xo’jaligi va sug’orish ishlari. Markaziy Osiyoda, jumladan, Buxoro davlatida xam qishloq xo’jaligining taqdiri sun'iy sug’orishning qanchalik to’g’ri xal etilganligiga bog’liq edi.

Shuning uchun xam XVIII asrda sug’orish tarmoqlarining kengaytirilishiga aloxida e'tibor berildi. Zarafshon daryosida Xurmo va Sarazm naxr(ariq)lari chiqarilgan. Ularning biri to’rt chaqirim, 2-si uch chaqirim uzunlikda bo’lgan.

Amir Shoxmurod zamonida 40 chaqirim (1 chaqirim 0,9 km ga teng) uzunlikdagi Qozonariq (Urgut tumanini sug’organ), 24 chaqirim uzunlikdagi Toyman arig’i, 24 chaqirim uzunlikdagi To’g’uzariq qazilgan. Yana Oqdaryo va Qoradaryodan xam ariqlar chiqarilgan.

Dexqonchilik mexnat qurollari nixoyatda sodda edi. Oddiy dexqon so’qasi (omoch) asosiy dexqonchilik quroli edi. Ot, xo’kiz, sigir, tuya. eshak dexqonning suyanchig’i xisoblangan. Yaxshiyamki, O’zbekiston tuprog’i xosildor, iqlimi qulay mamlakatdir. Shu 2 muxim omil bilan ancha serxosil va unumdor dexqonchilikni yo’lga qo’yish imkonini berar edi.

Buxorodagi Jo’ybor, Toshkentdagi Kaykovus bog’lari eng mashxur bog’lar edi.

.

4.Yangi o’tilgan mavzuni mustahkamlash va o’quvchilarni baholash

Yer mulkchiligi shakllari. Buxoro davlatida yer-suv mulkchiligining uch shakli mavjud edi:

1) davlat yerlari (bu amlok yerlar deb xam atalgan);

2) mulk yerlari (xususiy);

3) vaqf yerlari.

Tanob (chilvir, arqon): ekin maydonini o’lchash uchun qo’llaniladigan yuza birligi. Tanob yer maydoni 8,33 sotix. 1 ga yer esa 12 tanobni tashkil etgan.


5.Darsni xulosalash, uyga vazifa berish; Mavzuni o’qish, savollarga javob topish va berilgan atamalarni yod olish

O’quv tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

Sinflar: 8 - “A” ______ 8 - “B”______ 8 - “V”______ 8 - “G” ______ 8 - “D”______ 8 - “E”______
MAVZU: Amirlik shaxarlari xayoti va savdo-sotiq ishlari

Dars maqsadi:


  1. Ta`limiy maqsad: Amirlik shaxarlari xayoti va savdo-sotiq ishlari haqida bilimlarga ega bo’ladilar

  2. Tarbiyaviy maqsad: Yurtga fidokorlik, uni asrash kabi tuyg’ularni shakillantirish.

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: Tarixiy bilimlarini shakillantirish

  4. Shakllantirilayotgan kompetensiya:Ushbu mavzuda tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish va tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi shakllantirildi. Kommunikativ kompetensiya ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Dars turi:

Yangi bilimlarni bayon qilish va egallash darsi.



Darsda foydalanilgan metodlar

an’anaviy, zamonaviy, interfaol metodlar



Dars jiхozi: Darslik, dunyo siyosiy xaritasi, O’zbekiston xaritasi

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism

a) Davomadni aniqlash va o’quvchilarni darsga tayyorgarligini aniqlash.

b)Bugungi kun yangiliklari bilan tanishish

2.O`tilgan mavzuni mustahkamlash va baholash

Yer mulkchiligi shakllari. Buxoro davlatida yer-suv mulkchiligining uch shakli mavjud edi:

1) davlat yerlari (bu amlok yerlar deb xam atalgan);

2) mulk yerlari (xususiy);

3) vaqf yerlari.

Tanob (chilvir, arqon): ekin maydonini o’lchash uchun qo’llaniladigan yuza birligi. Tanob yer maydoni 8,33 sotix. 1 ga yer esa 12 tanobni tashkil etgan

3. Yangi mavzu bayoni:

Shaxarlar xamisha mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy xayotida g’oyatda katta axamiyatga ega bo’lgan. Chunki shaxarlar davlat xokimiyati tayanchi, savdo va xunarmandchilik markazi, madaniyat xamda ilm-fan o’chog’i vazifasini o’tagan.

Samarqand. Amirlikning eng yirik shaxarlaridan biri Samarqand edi. Samarqand shaxrida kulolchilik, cho’yan quyish (degrezlik), teri oshlash, qog’oz, kiyim-kechak, qurol-yarog’ ishlab chiqaruvchilar, baxmalboflar, kimxobgarlar, chitgarlar, bo’yoqchilar, po’stindo’zlar, mo’ynado’zlar maxallalari va rastalari bo’lgan.

Samarqandda 7 madrasa faoliyat ko’rsatgan. Bular Ulug’bek, Sherdor, Tillakori, Safed (Xoja Axror), Shayboniyxon, Xoja Abdulg’ofur, Qozi Soqiy madrasalari edi.

Ashtarxoniylar davrida kuchayib ketgan siyosiy kurashlar, chet elliklar xujumi natijasida shaxar talangan, vayronaga aylangan.

Buxoro amiri Shoxmurod (1785-1800) davrida Samarqand deyarli qayta tiklangan.

XIX asr boshlarida Samarqand shaxri baland devor bilan o’rab olingan. Shaxarda 80 ming axoli istiqomat qilgan.


Download 438,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish