“Tasdiqlayman”


Davlat tuzumi va boshqaruvi



Download 438,5 Kb.
bet8/9
Sana03.01.2020
Hajmi438,5 Kb.
#31924
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-sinf o`zbek tarix 2018-2019


Davlat tuzumi va boshqaruvi. Xon xonligi davlat tuzumiga ko’ra mutlaq monarxiya edi. Davlat boshlig’i xon bo’lib, u rasman cheklanmagan xuquqqa ega bo’lgan. Xon davlatni xukmron qabila, ruxoniylar, boshqa qabilalarning nufuzli tabaqalari, davlat boshqaruvi amaldorlari va xarbiylarga tayanib boshqargan.

Mulla Olim Maxdumxo’ja Toshkandiyning 1915-yilda Toshkentda nashr etilgan "Tarixi Turkiston" asarida Qo’qon xonligidagi mansablarga ta'rif berilgan.

Unda ta'kidlanishicha, xondan keyingi o’rinda qo’shbegi turgan. U xonning 1-maslaxatchisi bo’lib, ayni paytda, katta shaxarlardan biriga mustaqil xokim etib xam tayinlangan. Chunonchi, Toshkent shaxri ma'lum 1 vaqtda qo’shbegi tomonidan boshqarilgan.

Parvonachi mansabi xam o’z nufuzi jixatidan qo’shbegi vakolatiga teng bo’lgan. Bora-bora xonlikda mingboshi mansabi 1-o’ringa chiqqan. U xonlikda bosh vazir xisoblangan.

Xonlikda xudoychi mansabidagi amaldor xon nomiga yozilgan arizalarni qabul qilish bilan shug’ullangan.

Xonlikda, xon yotog’i posbonboshisi, sarbozlar boshlig’i, noib otaliq, dodxox, yuzboshi, bakovulboshi kabi mansablar xam joriy etilgan.



Daftardor - xonning shaxsiy daromadi xisob-kitobini olib boruvchi amaldor.

Yangi o’tilgan mavzuni mustahkamlash va o’quvchilarni baholash.

Manbalar bilan ishlash

Qo’qon xonligida islom shariati qoidalarining amal qilishiga mas'ul bo’lgan katta nufuzga ega lavozimlar xam bo’lgan. Bular shavxulislom, qozikalon, qozi, rauxtorboshi, muftiy lavozimlari edi.

Bu mansablarga ulamolar vakillari tayinlangan. Xonlikda shig’ovul, daftardor kabi mansablar xam bo’lgan. Ma'muriy-xududiy jixatdan xonlik viloyatlarga (15 ta), beklik va oqsoqolliklarga bo’lingan, Olimxon davrida o’tkazilgan xarbiy isloxotga ko’ra, botirlar deb ataluvchi muntazam armiya xam tuzila boshlangan. Xar 1 botirga oyiga 50 tanga maosh belgilangan.



Darsni xulosalash, uyga vazifa berish; Mavzuni o’qish, savollarga javob topish va berilgan atamalarni yod olish

O’quv tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

Sinflar: 8 - “A” ______ 8 - “B”______ 8 - “V”______ 8 - “G” ______ 8 - “D”______ 8 - “E”______
MAVZU: XIX asrning 1-yarmida Qo’qon xonligining ijtimoiy-siyosiy axvoli.

Dars maqsadi:

  1. Ta`limiy maqsad: XIX asrning 1-yarmida Qo’qon xonligining ijtimoiy-siyosiy axvoli haqida bilimlarga ega bo’ladilar

  2. Tarbiyaviy maqsad: Yurtga fidokorlik, uni asrash kabi tuyg’ularni shakillantirish.

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: Tarixiy bilimlarini shakillantirish

  4. Shakllantirilayotgan kompetensiya: Ushbu mavzuda tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish va tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi shakllantirildi. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Dars turi:

Yangi bilimlarni bayon qilish va egallash darsi.



Darsda foydalanilgan metodlar

an’anaviy, zamonaviy, interfaol metodlar



Dars jiхozi: Darslik, dunyo siyosiy xaritasi, O’zbekiston xaritasi

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism

a)Davomadni aniqlash va o’quvchilarni darsga tayyorgarligini aniqlash.

b)Bugungi kun yangiliklari bilan tanishish

2.O`tilgan mavzuni mustahkamlash va baholash

Manbalar bilan ishlash

Toshkentning qulay geografik xolati Toshkent-Rossiya elchilik munosabatlarining xam rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko’rsatmay qolmagan. Xususan, 1792-yili Muxammadxoja va Azizxoja boshliq Toshkent savdo karvoni Sibirga jo’naganida Yunusxoja ular orqali Sibir ma'muriyati nomiga maktub jo’natgan. Yunusxoja bu savdogarlarga Sibir ma'muriyati bilan xar 2 tomonni qiziqtiradigan masalalar yuzasidan muzokara olib borish vakolatini xam bergan edi. Yunusxojaning elchilariga javoban Sibir ma'muriyati 1794-yilda o’z elchilari A. T. Beznosikov va T. S. Burnashevlarni Toshkentga jo’natadi. Biroq ular Toshkentga kela olmay Buxorodan qaytishga majbur bo’ldilar. Sibir ma'muriyatining 1796-yilda 2-bor yuborgan elchilari nixoyat Toshkentga yetib keladi. Ularni O’rta qozoq juzi Qorakesak bo’lisi sultoni Bukeyning o’g’li Eshim Sulton kuzatib keladi. Bu faktlar Toshkent ijtimoiy-siyosiy nufuzining o’sib borganligini anglatar edi. Toshkent elchilari 1803-yilda Sankt-Peterburgga borib imperator Aleksandr 1 qabulida bo’ladilar.
3. Yangi mavzu bayoni:

Ichki vaziyatning keskinlashuvi. Olimxon xokimiyatni markazlashtirish maqsadida ichki isloxotlar xam o’tkazdi. Diniy unvon xisoblangan "eshon"ni bekor qiladi. Kambag’al va qalandarlarga yer maydonlari xamda chorva mollari berib, ularni mexnatga jalb qiladi.

Ayrim diniy arboblarni imtixon qiladi va yolg’onchiligi fosh qilinganlarni jazolaydi. Ulamolar xonning bu xatti-xarakatlaridan norozi bo’ladi va unga qarshi fitna uyushtiradilar. 1810-yilda xonning Toshkentdaligidan foydalanib, "Olimxon Toshkentda o’ldi", degan mish-mish tarqatishadi. Taxtga uning ukasi Umarxonni o’tqizadilar. Olimxon xiyonatdan xabar topgach, Qo’qonga qaytadi. Biroq fitnachilar tomonidan yo’lda Olimxon otib o’ldiriladi.

Umarxon. Umarxon (1810-1822) akasi Olimxon davrida Farg’ona xokimi edi. U Andijon xokimi Raxmonqulibiyning qizi Moxlaroyim (Nodira)ga uylangan.

Farg’onalik tarixchi Muxammad Xakim Umarxon xukmronligi davrini eng yaxshi podsholik davrlaridan biri sifatida tavsiflagan.

Umarxon xukmronligining dastlabki paytlarida Buxoro bilan o’rnatilgan do’stona munosabatlar Jizzax va O’ratepa uchun azaliy kurash oqibatida yana uzilib qoldi. Bu kurash Umarxonning butun xukmronlik davrida davom etdi va ilgari bo’lganidek, u tomonga xam, bu tomonga xam g’alaba keltirmadi.

Qo’qon qo’shinlarining ko’chmanchi qozoq va qirg’iz elatlariga yurishlari ancha muvaffaqiyatliroq kechdi. Katta va qisman Kichik juz o’rdalarini o’z ichiga oluvchi keng xududlar Qo’qon xonligiga bo’ysundirildi. Sirdaryo bo’yidagi Yangiqo’rg’on, Julek, Qamishqo’rg’on, Oqmasjid, Qo’shqo’rg’on nomli xarbiy istexkomlar qurildi va Turkiston shaxrini o’z tasarrufiga oldi.

Muxammad Alixon. Qo’qon xonligining xududi Umarxonning o’g’li va vorisi Muxammad Alixon (Madalixon) davrida (1822-1842) ancha kengaydi. Qo’qon qo’shinlari Farg’onaning janubida joylashgan, asosan, tojik o’troq axolisi yashaydigan va o’z xokimlari bo’lgan Qorategin, Darboz va Ko’lobga yurish qilib, bu yerlarni egalladilar.

Madalixon boshqaruvining so’nggi yillarida, Qo’qon xonligida g’alayonlar kuchaygan paytida, Madalining ko’ngli tusagan ishlarni qila berishini qo’llab-quvvatlovchi odamlar ta'siriga tushib qolgan yosh xon o’z marxum otasining eng obro’li a'yonlarini ta'qib qila boshladi. Umarxon davrida xon xokimiyati bilan maxalliy zodagonlar o’rtasida mustaxkamlangan ittifoq buzila boshladi. Amaldorlarning ayrimlari surgun qilindi, ba'zilari qatl etildi, ba'zilari esa Buxoroga qochib ketishdi. Joylarida qolgan amaldorlar csa xon xokimiyatidan norozi bo’lganlarning xammasini o’z atroflariga yig’ib, xonni taxtdan qulatishga tayyorlana boshladilar. Bularning xammasi axolining barcha tabaqalarini Madaliga qarshi qilib qo’ydi. Ruxoniylar xonni turli axloqsizlik va shariatga qarshi jinoyatlarda ayblab, unga qarshi ochiq targ’ibot olib borishdi.

Xondan norozi bo’lganlar unga qarshi ochiq kurashish uchun yetarli kuchga ega bo’lmay, o’z elchilarini Buxoro amiri Nasrullo xuzuriga yuborib, undan yordam so’radilar.

Madalixon o’z a'yonlari bilan tutib olindi va Amir Nasrullo buyrug’iga binoan qatl etildi. Amir Nasrullo xatto Madalixonning onasi Nodirabegimga xam shafqat qilmadi.

Qo’qondagi mag’lubiyatga chiday olmagan Amir Nasrullo yana Qo’qonga yurish qiladi. U Qo’qon shaxrini 40 kun qamalda tutadi. Biroq Amir Nasrulloning qamalni davom ettirishiga Xiva xoni Olloqulixonning Buxoro amirligiga qilgan xujumi xalaqit berdi. Amir Nasrullo Buxoroga qaytishga majbur bo’ldi.

Ichki nizolarning kuchayishi. Xudoyorxon yosh bo’lganligi tufayli amalda xonlikni qaynotasi Musulmonqul boshqarardi. Shunday qilib, xonlikda qipchoqlar xukmronligi davri boshlandi.

Endilikda qipchoqlar Qo’qonga yoppasiga ko’chib kela boshladilar, maxalliy axolini shaxardan xaydab chiqarib, ularning uy-joylariga o’rnashib ola boshladilar. Sug’orish inshootlarini qolga kiritdilar, bundan tashqari, axoli endi suv uchun soliq to’laydigan bo’ldi. Bularning barchasi maxalliy axolining qattiq noroziligigasabab bo’ldi.


4.Yangi o’tilgan mavzuni mustahkamlash va o’quvchilarni baholash.

Manbalar bilan ishlash

Musulmonqul xukmronligiga xotima berilgan bo’lsa-da, ichki nizolar bu bilan barxam topmadi.

1842-yilda Buxoro amirligi Qo’qon xonligini bosib oldi. Maxalliy kuchlar qipchoq qabilasi yordamida Qo’qon xonligining mustaqilligini tikladi.


5.Darsni xulosalash, uyga vazifa berish; Mavzuni o’qish, savollarga javob topish va berilgan atamalarni yod olish

O’quv tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________


Sinflar: 8 - “A” ______ 8 - “B”______ 8 - “V”______ 8 - “G” ______ 8 - “D”______ 8 - “E”______
MAVZU: XVIII asrning 2-yarmi-XIX asr boshlarida Toshkent
Dars maqsadi:

  1. Ta`limiy maqsad: XVIII asrning 2-yarmi-XIX asr boshlarida Toshkent haqida bilimlarga ega bo’ladilar

  2. Tarbiyaviy maqsad: Yurtga fidokorlik, uni asrash kabi tuyg’ularni shakillantirish.

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: Tarixiy bilimlarini shakillantirish

  4. Shakllantirilayotgan kompetensiya:Ushbu mavzuda tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish va tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi shakllantirildi. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Dars turi:

Yangi bilimlarni bayon qilish va egallash darsi.



Darsda foydalanilgan metodlar

an’anaviy, zamonaviy, interfaol metodlar



Dars jiхozi: Darslik, dunyo siyosiy xaritasi, O’zbekiston xaritasi

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism

a) Davomadni aniqlash va o’quvchilarni darsga tayyorgarligini aniqlash.

b)Bugungi kun yangiliklari bilan tanishish

2.O`tilgan mavzuni mustahkamlash va baholash

Manbalar bilan ishlash

Qo’qon xonligida islom shariati qoidalarining amal qilishiga mas'ul bo’lgan katta nufuzga ega lavozimlar xam bo’lgan. Bular shavxulislom, qozikalon, qozi, rauxtorboshi, muftiy lavozimlari edi.

Bu mansablarga ulamolar vakillari tayinlangan. Xonlikda shig’ovul, daftardor kabi mansablar xam bo’lgan. Ma'muriy-xududiy jixatdan xonlik viloyatlarga (15 ta), beklik va oqsoqolliklarga bo’lingan, Olimxon davrida o’tkazilgan xarbiy isloxotga ko’ra, botirlar deb ataluvchi muntazam armiya xam tuzila boshlangan. Xar 1 botirga oyiga 50 tanga maosh belgilangan.


3. Yangi mavzu bayoni:

Toshkent xokimligining tashkil topishi. XVIII asrning 2-yarmida Toshkent-Shayxontoxur, Beshyog’och, Ko’kcha va Sebzor daxalariga bo’lingan. Ularning xarbirini mustaqil xokim boshqargan. Bu davr Toshkent tarixida to’rt xokimlik deb nom olgan. Shaxar xokimlarining o’zaro urushlaridan tinkasi qurigan va bu kurashda Yunusxojaning qo’li baland kelayotganini ko’rgan xalq boshqa xokimlarni mansabidan chetlatib, butun shaxarga Yunusxojani xokim qilib ko’tardilar. Yunusxojaga "Xazrati eshon" unvoni berilgan, xon deb xam yuritilgan. Yunusxoja xuzurida xon kengashi tuzildi, kengashga 4 daxa mingboshilari kiritilgan. Kengashda Yunusxoja xokim etib tayinlandi.

To’rt xokimlik tugatilib, 1784-yilda yagona siyosiy xokimiyatning vujudga kelishi natijasida mustaqil Toshkent xokimligi tashkil topdi. Anxorning o’ng tomonida baland va qalin devor bilan o’ralgan O’rda, ya'ni davlat maxkamasi qurildi. Unda xon qarorgoxi, devonxona, zarbxona joylashgan. O’rdani xarbiy qism qo’riqlab turgan.

Toshkent xokimligi Qo’qon va Buxoro xonliklarini, Orenburg va Sibir bilan bog’laydigan karvon yo’llari o’tadigan Turkiston, Chimkent va Sayramni o’z qo’lida tutib, Markaziy Osiyo bilan Rossiyaning savdo munosabatlarida yetakchilikni qo’lga olishga intiladi. Bu xol Qo’qon bilan Buxoroning Toshkentga munosabatini keskinlashuviga olib keldi. Toshkentning Katta qozoq juzi ustidan o’z ta'sirini kuchaytirishi Qo’qon xonligining iqtisodiy va siyosiy mavqeyini chegaralab qo’ygan edi. Farg’ona vodiysini Rossiya bilan bog’lovchi asosiy savdo yo’li Toshkent orqali o’tardi. Shuning uchun xam Toshkentni bo’ysundirish maqsadida 1799-yili Qo’qon xoni Olimxon qo’shinlari Toshkentga yurish boshlaydilar. Yunusxoja ularga qarshi o’z qo’shini bilan chiqib, Chirchiq bo’yidagi Qorasuv mavzeyida ularga zarba beradi. Bu g’alaba natijasida Sirdaryoning o’ng soxilidagi Qurama mavzeyi Toshkentga qo’shib olinadi.

Bu davrda Toshkent yirik shaxarga aylantirilgan, uni o’rab turgan devorning uzunligi 18 chaqirimga yaqin bo’lgan. Unda 10 ming xonadon istiqomat qilgan. Shaxar axolisi Rossiya, Qashqar va Xitoy bilan xam savdo qilgan. .



Toshkent-Rossiya munosabatlari. XVIII asr oxiri - XIX asr boshlarida Toshkent bilan Rossiya o’rtasidagi savdo munosabatlari rivojlandi. Masalan, 1786-yili toshkentlik savdogarlar B. Ismoilov va Azizxojalar Irbit yarmarkasiga borishgan. 1787-yili Troitskdan Toshkentga 27773 so’mlik rus va chet el mollari keltirilgan. Ular rus va nemis movuti, qizil charm, gazmol, mis, baxmal va boshqa mollardan iborat bo’lgan.

1795-yilning sentabr oyida 24 kishidan iborat Toshkent savdo karvoni Semipalatinsk shaxriga kelgani xujjatlarda qayd etilgan. XVIII asrning 90-yillarida Raxmatulla karvonboshi raxbarligidagi 1 gurux Toshkent savdogarlari o’z karvonlari bilan doimo Petropavlovskka qatnab turgan.



Toshkent mustaqilligining tugatilishi. Toshkent mustaqilligi uzoq davom etmadi. Bunga Toshkent-Qo’qon munosabatlari sabab bo’lgan. Ular o’rtasida muntazam davom etgan qarama-qarshilik, kurash muxiti xukm surgan. Yunusxoja Qo’qon xonligida markaziy xokimiyatga bo’ysunishni istamagan bekliklar, viloyatlar bilan ittifoq tuzishga xarakat qilgan. Qolaversa, u isyonchi xokimlarning markaziy xukumatga qarshi kurashidan xam foydalanishga uringan. Ayni paytda, Qo’qon xonligi Toshkentni butunlay egallash yo’lini tutgan. 2 tomon qo’shinlari o’rtasidagi asosiy jang 1800-yilning kuzida Sirdaryo bo’yidagi G’urumsaroy (Namangan viloyatiga qaraydi) yaqinida bo’lgan. Bu jangda Toshkent qo’shini yengilgan.
4.Yangi o’tilgan mavzuni mustahkamlash va o’quvchilarni baholash.

Manbalar bilan ishlash

Toshkentning qulay geografik xolati Toshkent-Rossiya elchilik munosabatlarining xam rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko’rsatmay qolmagan. Xususan, 1792-yili Muxammadxoja va Azizxoja boshliq Toshkent savdo karvoni Sibirga jo’naganida Yunusxoja ular orqali Sibir ma'muriyati nomiga maktub jo’natgan. Yunusxoja bu savdogarlarga Sibir ma'muriyati bilan xar 2 tomonni qiziqtiradigan masalalar yuzasidan muzokara olib borish vakolatini xam bergan edi. Yunusxojaning elchilariga javoban Sibir ma'muriyati 1794-yilda o’z elchilari A. T. Beznosikov va T. S. Burnashevlarni Toshkentga jo’natadi. Biroq ular Toshkentga kela olmay Buxorodan qaytishga majbur bo’ldilar.

5.Darsni xulosalash, uyga vazifa berish; Mavzuni o’qish, savollarga javob topish va berilgan atamalarni yod olish

O’quv tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

Sinflar: 8 - “A” ______ 8 - “B”______ 8 - “V”______ 8 - “G” ______ 8 - “D”______ 8 - “E”______



MAVZU: Qo’qon xonligida iqtisodiy xayot

Dars maqsadi:


  1. Ta`limiy maqsad: Qo’qon xonligida iqtisodiy xayot haqida bilimlarga ega bo’ladlar

  2. Tarbiyaviy maqsad: Yurtga fidokorlik, uni asrash kabi tuyg’ularni shakillantirish.

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: Tarixiy bilimlarini shakillantirish

  4. Shakllantirilayotgan kompetensiya:Ushbu mavzuda tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish va tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi shakllantirildi. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Dars turi:

Yangi bilimlarni bayon qilish va egallash darsi.



Darsda foydalanilgan metodlar

an’anaviy, zamonaviy, interfaol metodlar



Dars jiхozi: Darslik, dunyo siyosiy xaritasi, O’zbekiston xaritasi

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism

a) Davomadni aniqlash va o’quvchilarni darsga tayyorgarligini aniqlash.

b)Bugungi kun yangiliklari bilan tanishish

2.O`tilgan mavzuni mustahkamlash va baholash

Manbalar bilan ishlash

Musulmonqul xukmronligiga xotima berilgan bo’lsa-da, ichki nizolar bu bilan barxam topmadi.

1842-yilda Buxoro amirligi Qo’qon xonligini bosib oldi. Maxalliy kuchlar qipchoq qabilasi yordamida Qo’qon xonligining mustaqilligini tikladi.


3. Yangi mavzu bayoni:

Qishloq xo’jaligi. Qo’qon xonligida axoli sun'iy sug’orish maxoratini mukammal egallagan edi. Suvdan oqilona foydalanilardi, Qo’qon xonligi yerlarida bug’doy, arpa, tariq, jo’xori, makkajo’xori, sholi, mosh, loviya, kunjut, zig’ir, paxta, beda; poliz ekinlaridan: qovun, tarvuz, bodring, qovoq; mevalardan: uzum, o’rik, shaftoli, olma, nok, bexi, yong’oq, olxo’rj, olcha. gilos; sabzavotlardan: sabzi, piyoz, lavlagi va xokazolar yetishtirirardi. Asosiy g’alla ekini bug’doy edi.

Xonlikda paxtachilik xam afoxida o’rin egallagan. Farg’ona vodiysining ko’pgina dexqonlari paxtakor bo’lib, paxtachilik yildan yilga rivojlana bordi. Rossiyaning Markaziy Osiyodan, avvalo Qo’qondan paxta sotib ola boshlashi bu ekin maydonlarining yanada kengayishiga sabab bo’ldi. Paxta savdosiga xatto boj xam bekor qilindi. Shu sababli Qo’qon savdogarlari Rossiyaga serqatnov bo’lib qolishdi. Talabning o’sib borishi bilan paxta narxi xam oshib bordi.



Yer egaligi. Qo’qon xonligida yeregaligining quyidagi shakllari mavjud bo’lgan: 1. Amlok yerlari. 2. Xususiy mulk yerlari. 3. Vaqf yerlari. Mamlakatdagi butun yer davlatniki edi. Shuning uchun xam xususiy yer egalari aslida yerga emas, balki undan olinadigan maxsulot xamda shu yerlarda qurilgan imoratlarga egalik qilar edilar. Mulklarning ko’pchiligi 30 sotixdan 60 sotixgacha bo’lgan. Yerlar ishlov berish uchun dexqonlarga ijaraga berilar edi.

Dexqonlarxon yerlarida xam mexnat qilar edilar. Xon yerlarida ishlash uchun majburan safarbar etilganlar soni 10 ming nafargacha yetardi. Ular mardikorlar deb atalardi.

Xonlikda xususiy yerlarda xosilning 1/4 qismi uchun yollanib ishlovchi yersiz, ot-ulovsiz tabaqa vujudga kelgan bo’lib, ular chorikorlar deb atalar edi. Bundan tashqari, korandalar deb ataluvchilar xam bo’lib, ular xosilning yarmi uchun yerlarni ijaraga olib, o’z mexnat qurollari bilan yollanib ishlar edilar.

Soliq va majburiyatlar. Asosiy soliq-xiroj bo’lib, uning miqdori ekin ekiladigan yer maydoni va ekin turigaqarab 1/3-1/5 qismi olinar edi.

Ko’chmanchi xalqlardan olinadigan zakotning xam turi ko’p edi. Ularning asosiylari "qo’ra boshi". "tutun xaqi", "yig’im soliq" deb atalar edi. "Qo’ra boshi" zakoti-ko’chmanchi chorvadorlardan moli boshiga va qo’rasiga qarab olinadigan zakot edi. Bu zakot qishda mollar qo’ralarda turganida yig’ib olinar edi.

Axvol shu darajaga borib yetgan ediki, mexnatkash xalq deyarli xamma narsa uchun soliq to’lar edi. Chunki xamma qo’riq yerlar, chakalakzorlar, to’qaylar, daraxtzorlar, ko’llar, barcha yaylovlar xonning ixtiyorida edi.

Axoli qal'a devorlarini ta'mirlash, istexkomlar qurishga, kanallar qazishga, ariqlarni tozalashga, yo’l qurilishiga safarbar etilardi.



Xunarmandchilik. Xonlik xujjatlariga ko’ra, Qo’qonda xunarmandchilikning miskar, zargar, o’y-makor, kulol, qog’ozgar, to’qimachi, do’ppi tikuvchi, kashtachi, ko’priksoz, temirchi, novvoy, aravasoz, baxmalbof, bo’yoqchi, dorukash, devorzan, degrez, ko’nchi, miltiqsoz, nayzagar, panjarasoz, pillakash, po’stindo’z, taqachi, paranjido’z, chevar, chitgar, gilamchi kabi turlari bo’lgan.

Xonlikda oltin ma'dani Kosonsoy (Namangan)dan, Qoratog’ shimolidagi Ko’krev daryosidan, Chirchiq daryosi bo’ylaridan, Chotqol daryosi yuqori oqimlaridan olingan.

Savdo Qo’qonga qo’shni shaxarlar va xorijiy mamlakatlardan savdogarlar kelib turgan. Shaxarda yakshanba va chorshanba kunlari bozor bo’lgan.

Qo’qon xonligining iqtisodiy xayotida Buxoro amirligi, Xiva xonligi, Qashqar, Xindiston, Afg’oniston, Eron va ayniqsa, Rossiya bilan bo’lgan savdo katta o’rinni egallagan. Masalan, Qashqar bilan olib borilgan savdo-sotiq faqat Qo’qon orqali bo’lar edi. Qo’qondan Qashqargacha yuklangan ot karvoni 14-20 kun yo’l yurgan. Qo’qondan Qashqarga temir, qizil charm, ipak va ipdan to’qilgan matolar, oltin olib borilgan.


4.Yangi o’tilgan mavzuni mustahkamlash va o’quvchilarni baholash.

Manbalar bilan ishlash



"Tutun xaqi" zakoti-bu baxor kelganda yangi o’tloqlarga ko’chishdan oldin xonadon boshiga 1 tadan qo’y bilan olinadigan soliq (zakot) edi.

"Yig’im soliq" esa zakot to’lamaydigan boylar va ularning qarindoshlarining bekka beradigan 9 buyumdan iborat in'omlari yig’imi bo’lgan.

5.Darsni xulosalash, uyga vazifa berish; Mavzuni o’qish, savollarga javob topish va berilgan atamalarni yod olish

O’quv tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

Sinflar: 8 - “A” ______ 8 - “B”______ 8 - “V”______ 8 - “G” ______ 8 - “D”______ 8 - “E”______
MAVZU: Qo’qon xonligida madaniy xayot

Dars maqsadi:

  1. Ta`limiy maqsad: Qo’qon xonligida madaniy xayot haqida bilimlarga ega bo’ladilar

  2. Tarbiyaviy maqsad: Yurtga fidokorlik, uni asrash kabi tuyg’ularni shakillantirish.

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: Tarixiy bilimlarini shakillantirish

  4. Shakllantirilayotgan kompetensiya:Ushbu mavzuda tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish va tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi shakllantirildi. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Dars turi:

Yangi bilimlarni bayon qilish va egallash darsi.



Darsda foydalanilgan metodlar

an’anaviy, zamonaviy, interfaol metodlar



Dars jiхozi: Darslik, dunyo siyosiy xaritasi, O’zbekiston xaritasi

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism

a) Davomadni aniqlash va o’quvchilarni darsga tayyorgarligini aniqlash.

b)Bugungi kun yangiliklari bilan tanishish


Download 438,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish