“Tasdiqlayman”


Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy xayot



Download 438,5 Kb.
bet6/9
Sana03.01.2020
Hajmi438,5 Kb.
#31924
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-sinf o`zbek tarix 2018-2019


Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy xayot. Movarounnaxrdagi Shayboniylar davlati singari Xiva xonligi xam 1 qancha katta-kichik mulklarga bo’lingan.

Xiva xonligining axolisi etnik, madaniy va til jixatdan bir-biridan keskin farq qiluvchi uch guruxga bo’lingan:

1) qadimiy xorazmliklarning bevosita avlodlari;

2) turkman qabilalari;

3) Dashti Qipchoqdan Xorazmga ko’chib kelgan qabilalar.

Ayni paytda ular markaziy xokimiyatga bo’ysunmaslikka, mustaqillikka intilishgan. Bu xol o’zaro nizolarni kettirib chiqargan.

Xiva xonligida yirik o’zbek qabilalarining boshliqlari amalda mustaqil mulk egalariga aylangan. Ular xonlikning butun ijtimoiy-siyosiy xayotiga xal etuvchi ta'sir ko’rsatib kelganlar.

XVI asrda Xiva xonligi iqtisodiy inqirozga duchor bo’ldi. Buning asosiy sabablaridan biri-Amudaryoning o’z o’zanini o’zgartirib, 1573-yildan boshlab Kaspiy dengiziga oqmay qo’yganligi bo’ldi. Daryo 15 yil davomida Orol dengizi yo’nalishiga burildiki, natijada eski o’zan atrofidagi yerlar cho’lga aylandi. Axoli esa xonlikning boshqa xududlariga ko’chib o’tishga majbur bo’lgan. Bundan tashqari, Xiva xonligining XVI asrda 2 marta Buxoro xonligi tomonidan bosib olinishi, shuningdek, o’zaro qabilaviy urushlar, og’ir soliqlar xamda turli to’lov va jarimalar mamlakat axolisini xonavayron qilgan. Bu xol savdo-sotiqqa kata putur yetkazgan.

XVI asrda Xiva-Buxoro munosabatlari. Markaziy Osiyoda dastlab tashkil topgan 2 davlat - Buxoro va Xiva xonlig’ o’rtasida doimo o’zaro dushmanlik munosabatlari xukm surgan. Buning asosiy sababi-xonliklarning doimo bosqinchilik urushlari xisobiga o’z xududlarini kengaytirishga urinishlari bo’lsa, 2-si, Buxoro va Xiva xonligida xukmron sulolalarning bir-biriga g’anim bo’lib qolgan xonadonlarga mansubligi edi.

Bu davrda Xiva xonligi Mang’ishloq, Bolxon tog’lari, Dexiston, O’zboy, Shimoliy Xuroson xududlarini xam o’z tasarrufiga olgan .



Xiva xonligining asoschisi Dashti Qipchoqlik Elbarsxon edi.
4.Yangi o’tilgan mavzuni mustahkamlash va o’quvchilarni baholash

.... Abdullaxon II davrida Xiva xonligi 2 marta (1593-va 1595-yilda) Buxoroga bo’ysundirilgan

Noib (arabcha-o’rinbosar, yordamchi)-tobe o’lka yoki viloyat xokimi.

G’ozi-musulmon xaq dini uchun kurashuvchi.

5.Darsni xulosalash, uyga vazifa berish; Mavzuni o’qish, savollarga javob topish va berilgan atamalarni yod olish

O’quv tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________


Sinflar: 8 - “A” ______ 8 - “B”______ 8 - “V”______ 8 - “G” ______ 8 - “D”______ 8 - “E”______
MAVZU: XVII-XVIII asrning 1-yarmida Xiva xonligidagi siyosiy ahvol

Dars maqsadi:

  1. Ta`limiy maqsad: XVII-XVIII asrning 1-yarmida Xiva xonligidagi siyosiy ahvol haqida bilimlarga ega bo’lish

  2. Tarbiyaviy maqsad: Yurtga fidokorlik, uni asrash kabi tuyg’ularni shakillantirish.

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: Tarixiy bilimlarini shakillantirish

  4. Shakllantirilayotgan kompetensiya:Ushbu mavzuda tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish va tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi shakllantirildi. Kommunikativ kompetensiya ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Dars turi:

Yangi bilimlarni bayon qilish va egallash darsi.



Darsda foydalanilgan metodlar

an’anaviy, zamonaviy, interfaol metodlar



Dars jiхozi: Darslik, dunyo siyosiy xaritasi, O’zbekiston xaritasi

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism

a) Davomadni aniqlash va o’quvchilarni darsga tayyorgarligini aniqlash.

b)Bugungi kun yangiliklari bilan tanishish

2.O`tilgan mavzuni mustahkamlash va baholash

Ochiq test bilan ishlash”



.... Abdullaxon II davrida Xiva xonligi 2 marta (1593-va 1595-yilda) Buxoroga bo’ysundirilgan

Noib (arabcha-o’rinbosar, yordamchi)-tobe o’lka yoki viloyat xokimi.

G’ozi-musulmon xaq dini uchun kurashuvchi
3. Yangi mavzu bayoni:

Xiva xonligida siyosiy parokandalik. XVII asr Xiva xonligining siyosiy xayotida o’ziga xos 2 xususiyat-bu, 1 tomondan, markaziy xukmron sulola nufuzining pasayishi bo’lsa, 2-tomondan, qabila boshliqlari ta'sirining kuchayishi bo’ldi. Qabila boshliqlari: beklar, biylarning kuch-qudrati shu darajaga borib yetgan ediki, ular oliy xukmdorga o’z xoxish-istaklarini o’tkaza olganlar. Xon davlat xayotiga oid xar 1 masalani ularsiz mustaqil xal eta olmas edi. Aksincha, aynan shu qabila boshliqlari xon taqdirini xal etardilar. Binobarin, Xiva xonligida davlat parokandaligi yuz berdi. Parokandalik Arab Muxammadxon davri (1602-1621) da yuqori nuqtasiga yetgan edi. Amudaryo o’zanining o’zgarishi bu davrda xam davom etdi. Natijada Arab Muxammadxon xonlik poytaxtini Urganchdan Xivaga ko’chirishga majbur bo’ldi. Yuz bergan iqtisodiy tanglik davlatning siyosiy axvoliga juda katta salbiy ta'sir ko’rsatdi. Bundan tashqi kuchlar foydalanib qolishga urindi. Chunonchi, Arab Muxammad davrida Rossiya chegarasini qo’riqlab turgan Yoyiq kazaklari ataman Nechay, ko’p o’tmay ataman Shamay Urganchga xujum qildilar. Biroq ular talonchilikdan iborat maqsadlarini amalga oshira olmadilar. Aksincha, Xiva qo’shini ularni tor-mor etdi.

Abulg’oziy Baxodirxon. 1616-yili Arab Muxammadxonning o’g’illari Xabash Sulton bilan Elbars Sulton nayman va uyg’ur qabilalarining boshliqlariga tayanib, otalariga qarshi isyon ko’tardilar. Ota farzandlariga yon bosdi. Ular boshqaruviga topshirilgan xududlarga Vazir shaxrini xam qo’shib berdi. Biroq bu bilan nizo tugamadi. 1621-yili ular yana isyon ko’tarishdi. Bu safar otalari Arab Muxammadxon tarafida uning boshqa 2 o’g’li-Asfandiyorxon va Abulg’oziy Sulton urushda qatnashdilar. Bu urushda Xabash Sulton va Elbars Sulton qo’shinlari g’olib keldi. Noqobil farzandlarning amri bilan asir olingan otaning ko’ziga mil torttirildi va Xivaga keltirib qamab qo’yildi. Oradan ko’p vaqt o’tmay, xon qatl etildi.

Abulg’oziy Sulton Buxoro xoni Imomqulixon saroyida panox topdi. Asfandiyorxon esa Xazoraspda yashirindi. Keyinchalik u Eron shoxi Abbos 1 xuzuriga yo’l oldi va uning yordamida 1623-yilda Xiva taxtini egalladi va Xabash xamda Elbars qatl etildi. Bu voqeadan xabar topgan Abulg’oziy Sulton Xivaga qaytdi. Akasi Asfandiyorxon (1623-1643) uni Urganch xokimi etib tayinladi. Biroq tez orada aka-uka o’rtasidagi munosabatlar buzildi. Natijada Abulg’oziy Sulton Turkiston, Toshkent, Buxoroda qochib yurishga majbur bo’ldi. Asfandiyorxon siyosatidan norozi bo’lgan turkmanlarning chaqirig’i bilan u yana Xivaga qaytib bordi. Akasi endi unga Xivani topshirishga majbur bo’ladi. 1629-yilda turkmanlar Eron tasarrufidagi Niso va Darun (Ashxobod bilan Qizil Arvot o’rtasida joylashgan manzilgox)ni bosib oladilar. Xiva xoni Eron bilan munosabatlarning buzilishidan qo’rqib, aybni Abulg’oziy Sultonga to’nkaydi va uni 1630-yilda Eron shoxi xuzuriga garov tariqasida yubordi. Abulg’oziy Sulton Eronda 10 yil tutqunlikda kun kechirdi (1630-1639).

O’n yildan so’ng tutqunlikdan qochib, 1642-yilda Orol o’zbeklari qarorgoxiga yetib keladi. Asfandiyorxon vafot etgach, 1644-yilda Abulg’oziy Baxodirxon Xiva xonligi taxtini egallaydi. Uning yigirma yillik xonlik davri jang-u jadallar bilan kechdi. Buxoro xoni qo’shinlari bilan 1 necha marta to’qnashdi.

Inoqlar. Abulg’oziy Baxodirxon qabila boshliqlari noqar nufuzini oshirish bilan ularning markaziy xokimiyatga qarshi xatti-xarakatlariga barxam bermoqchi bo’ldi. U xonlikdagi barcha 32 qabilani to’rt guruxga bo’ldi: qiyot-qo’ng’irot, uyg’ur-nayman, qang’li-qipchoq, nukuz-mang’it. Bunda qabilalarning urf-odatlari, turmush tarzi va qarindoshlik aloqalari xamda joylashgan yeri xisobga olindi. Xar 1 qabilaviy guruxga inoq tayinlanib, xon inoqlar orqali qabilalarga tegishli masalalarni xal qilgan. Inoqlar xonning eng yaqin maslaxatchisi sifatida saroyda istiqomat qilganlar.

Xiva-Buxoro munosabatlari. Abulg’oziy Baxodirxon Buxoro xoni bilan 1662-yilda sulx tuzib, 1663-yilda xokimiyatni o’g’li Anushaxonga topshiradi. Anushaxon davrida Buxoro -Xiva munosabatlari yanada keskinlashdi. Anushaxon 1 necha marta Buxoro xonligi xududlarini xonavayronlikka olib kelgan xarbiy yurishlar uyushtirdi. Uning qo’shini xatto Samarqandni egalladi. Nixoyat, 1685-yilda G’ijduvon yaqinidagi jangda Xiva qo’shinlari tor-mor etildi. Oxir-oqibatda, Buxoro xoni Subxonqulixon Anushaxonga qarshi Xivada fitna uyushtirdi. 1686-yilda Anushaxonning ko’ziga mil tortiladi va taxtdan tushiriladi.

Subxonqulixon Xivada o’z tarafdorlaridan shunday fitnachi gurux uyushtira olgan ediki, ular ta'sirida XVI asr oxiri - XVII asr boshlarida Xivada "xonlar o’yini"-o’nlab xonlar almashinuvi sodir bo’ldi. Buning oqibatida Xiva xonligining siyosiy xayoti yanada murakkablashdi, xonlik ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar girdobida qoldi. Xiva xoni Sherg’ozixon (1714-1728) davrida Buxoro xoni Abulfayzxon orolliklarni Xiva xoniga qarshi gij-gijlay boshladi. Natijada Orolbo’yi axolisi Xiva xonligidan ajralib chiqdilar. .

Nodirshox 1740-yili Xivaga o’z odamini xokim etib tayinlab, Eronga qaytadi. Xivada Eron boshqaruv tizimi o’rnatiladi. Axoliga "moli omon" solig’i solinadi. Ana shundan keyin Xiva xonligida parokandalik kuchaydi
4.Yangi o’tilgan mavzuni mustahkamlash va o’quvchilarni baholash

.* 1740-yilda Eron xukmdori Nodirshox qo’shinlari Xivani o’zigabo’ysundirdi.



-Inoq (turkiycha-ishonch)-Markaziy Osiyoda XI-XVIII asrlarda xukm surgan sulolalar saltanatida "maslaxatchi", "amaldor", "vazir" ma'nosini anglatgan

5.Darsni xulosalash, uyga vazifa berish; Mavzuni o’qish, savollarga javob topish va berilgan atamalarni yod olish


O’quv tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

Sinflar: 8 - “A” ______ 8 - “B”______ 8 - “V”______ 8 - “G” ______ 8 - “D”______ 8 - “E”______
MAVZU: Xiva xonligining iqtisodiy va madaniy xayoti
Dars maqsadi:

  1. Ta`limiy maqsad: Xiva xonligining ijtimoiy-iqtisodiy xayoti haqida bilimlarga ega bo’ladilar

  2. Tarbiyaviy maqsad: Yurtga fidokorlik, uni asrash kabi tuyg’ularni shakillantirish.

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: Tarixiy bilimlarini shakillantirish

  4. Shakllantirilayotgan kompetensiya:Ushbu mavzuda tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish va tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi shakllantirildi. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Dars turi:

Yangi bilimlarni bayon qilish va egallash darsi.



Darsda foydalanilgan metodlar;

an’anaviy, zamonaviy, interfaol metodlar



Dars jiхozi: Darslik, dunyo siyosiy xaritasi, O’zbekiston xaritasi

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism

a) Davomadni aniqlash va o’quvchilarni darsga tayyorgarligini aniqlash.

b)Bugungi kun yangiliklari bilan tanishish

2.O`tilgan mavzuni mustahkamlash va baholash

..... maqsadda 1839-yilda V. Perovskiy xarbiy ekspeditsiyasi tashkil etildi



...Muzokaralar yakunida 1842-yilning 27-dekabrida Xiva-Rossiya o’rtasida " Majburiyatlar akti" deb ataluvchi shartnoma imzolandi
3. Yangi mavzu bayoni:

Ijtimoiy xayotning o’ziga xos xususiyati. Xiva xonligining ijtimoiy xayotida Buxoro xonligidagidek sokinlik xukm surardi. Bu sokinlikning sababi-xonlikning jaxon taraqqiyotidan deyarli uzilib qolganligida edi. Mamlakatda uzoq vaqt siyosiy tarqoqlik xukm surgan, natural xo’jalik ustun bo’lgan, to’xtovsiz davom etgan o’zaro ichki urushlar xamda tashqi xujumlar oqibatida mamlakat iqtisodiyoti izdan chiqqan sharoitda ijtimoiy xayotning bundan boshqacha bo’lishi mumkin emas edi.

Xukmron tabaqalarning aksariyat qismi davlat, millat taqdiridan ko’ra o’zlarining shaxsiy manfaatlarini ustun qo’yganlar.

Xonlik axolisi. XIX asrning 20-yillari boshlaridagi ma'lumotlarga ko’ra, Xiva axolisining soni 800 ming kishini tashkil etgan. Bu raqam qat'iy bo’lmasdan, xonlik xududining kengaya borishi bilan xonlik fuqaroligini qabul qilganlarning soni ko’payib borgan.

Xonlik poytaxti Xiva shaxri axolisining katta qismi o’zbeklardan, asosan, qo’ng’irot, nayman, qiyot, uyg’ur, nukuz, qang’li, xitoy, qipchoq kabi urug’lardan iborat bo’lgan. Undan keyingi o’rinlarni turkmanlar, qoraqalpoqlar va qozoqlar egallashgan.

Ularning xar biri, asosan, o’zlariga ajratilgan yerlarda joylashgan. Xar biri aloxida-aloxida kanalga ega bo’lishgan. Xar 1 qabila o’zlariga qarashli sug’orish inshootlarini tiklash va ta'mirlash ishlarida qatnashgan. Xar 1 qabilaning kanali xam shu qabila nomi bilan atalgan.

Davlat tuzumi va boshqaruv tizimi. Xonlik mutlaq monarxiya bo’lib, oliy xukmdor-xon davlat boshlig’i edi. Ma'muriy jixatdan xonlik xududi 15 ta viloyatga (Pitnak, Xazorasp, Xonqa, Urganch, Qo’shko’pir, G’azovat, Qiyot, Shoxabbos, Toshxovuz, Ambar-Manoq, Gurlan, Ko’xna Urganch, Xo’jayli, Churnanoy va Qo’ng’irot) va 2 ta noiblikka (Beshariq va Qiyot-Qo’ng’irot), shuningdek, xonning bevosita o’ziga bo’ysundirilgan tumanlarga bo’lingan edi.

Davlat boshlig’i-xon xokimiyati vakolati nasldan naslga o’tgan. Xondan keyingi o’rinda dastlabki asrlarda inoq turgan. XIX asrning 1-yarmidan boshlab esa inoqning mavqeyi pasaya borgan. Muxammad Raximxon 1 davrida nufuzli amaldorlardan iborat Devon tuziladi. Devon davlat xayotiga old masalalarni xal etgan. Devonda xondan keyingi o’rinda qo’shbegi turadigan bo’ldi. U xonning 1-yordamchisiga aylandi. Xonning barcha yorliq va farmonlari uning qo’lidan o’tgan. Qo’shbegidan keyingi o’rinda mextar turgan. U xonlikning moliya vaziri edi.

Bundan tashqari, devonbegi, shayxulislom, qozikalon, eshon rais, mirzaboshi, mirshab, maxram, katta beklar (viloyat va katta shaxarlar xokimlari), kichik beklar va xon maslaxatchilari kabi turli lavozimlar bo’lgan. Xonning ishonchli vakillari xisoblangan inoqlarning mavqeyi kuchli bo’lgan davrlarda ulardan 5 kishi a'zo bo’lgan "Xon kengashi" (maslaxat kengashi) faoliyat ko’rsatgan.

Xonga sadoqat bilan xizmat qilganlarning lavozimlari ba'zan o’g’illariga meros qilib berilgan. Viloyatlarni beklar, noibliklarni xon tayinlagan noiblar boshqargan. Ular, asosan. moliya va mirshablik vazifalarini bajarganlar.

Xonlik tarkibidagi qozoq va qoraqalpoqlar esa o’zlarining biylari, turkmanlar esa ularning vakili tomonidan boshqarilgan. Ularning lavozimlari nasldan naslga meros bo’lib o’tsa-da, nomzodini xon tasdiqlashi shart bo’lgan.

Yer egaligi. Xonlikning asosiy boyligi yer xisoblanardi. Bu yerlar sug’oriladigan (axya) va sug’orilmaydigan (adra) yerlardan iborat edi. Egalik shakliga ko’ra, Xiva xonligining yerlari xam uchga bo’lingan.

1. Davlat yerlari (podshoxi). 2. Xususiy mulk (xususiy yerlar). 3. Vaqf yerlari.

Xon va uning qarindoshlari, oliy martabali boshqa turli amaldorlar, ruxoniylar, savdo-sotiq tabaqalari barcha yerlarning deyarli yarmiga egalik qilishgan. Amaldorlarning yerlari 2-3 ming tanobni tashkil etgan. Xon va uning qarindoshlari undan xam katta xajmdagi yer maydonlariga egalik qilishgan. Qolgan yerlar davlat ixtiyoriga olingan (vaqf yerlaridan tashqari). Davlat yerlarida va xususiy mulk yerlarida ijarachi dexqonlar mexnat qilganlar. Ijara yerlarining xajmi 10 tanobgacha bo’lgan.

Soliq va majburiyatlar. Xiva xonligida soliq va majburiyatlar xaddan tashqari ko’p bo’lgan. Asosiy soliq salg’ut, ya'ni yer solig’i edi. Bundan tashqari, alg’ut (1 yo’la to’lanadigan soliq), miltiq pull (qurol sotib olish uchun axolidan yig’iladigan jarima), arava oluv (axoli aravalarini davlat ishlariga safarbar etish), uloq tutuv (axolining ot va tuyalarini safarbar etish), qo’nalg’a (elchilar va amaldorlarga ko’chib o’tish uchun joy berish), so’ysun (qo’nalg’a chog’ida amaldorlarni mexmon qilish uchun mol so’yish), chopar puli (soliq yig’ish xabarini yetkazuvchilar uchun xaq to’lash), tarozuyona (tarozibonga to’lov xaqi), mirobona (mirob uchun yig’im), darvozabon puli (yukni o’tkazganlik uchun shaxar darvozasi qorovuliga to’lanadigan xaq), maxalliy xukmdorga xaq to’lash, qorovulga xaq to’lash, pul solig’ini qabul qilayotganda xazinachiga xaq to’lash, qo’riqbonga (o’rmon yoki yaylov nazoratchisiga) xaq to’lash, mushrifona (xosilni tekshiruvchi va uning miqdorini aniqlovchi amaldorga xaq to’lash), afanak puli (begar majburiyatini o’tash xaqida xabar berganlik uchun to’lanadigan xaq), chibik puli (ommaviy ishlardan ozod etilgani uchun to’lanadigan xaq), ruxoniylarga to’lanadigan xaq.
4.Yangi o’tilgan mavzuni mustahkamlash va o’quvchilarni baholash,

- Xiva xonligining yerlari xam uchga bo’lingan.

* Davlat yerlari (podshoxi). 2. Xususiy mulk (xususiy yerlar). 3. Vaqf yerlari

. 1. Begar-rasman 12 kunlik davlat majburiyati; unga ko’ra, qishloqning xar 1 xonadonidan 1 kishidan odamlarni to’plashard

i2. Qazu-butun qishloq axolisini katta va kichik kanallarni tozalashga safarbar etish majburiyati.

3. Ichki va obxo’ra qazu-xar yili kanallarning suv taqsimlagichini tozalash majburiyati.

4. Xachi-ximoya dambalari qurish va ularni mustax-kamlashda qatnashish majburiyati.

5. Otlanuv-xon ovida qatnashish uchun lashkarlikka kelish


5.Darsni xulosalash, uyga vazifa berish; Mavzuni o’qish, savollarga javob topish va berilgan atamalarni yod olish


O’quv tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________

Sinflar: 8 - “A” ______ 8 - “B”______ 8 - “V”______ 8 - “G” ______ 8 - “D”______ 8 - “E”______
MAVZU: Xiva xonligida qo’ng’irotlar hukmronligi.
Dars maqsadi:

  1. Ta`limiy maqsad: Xiva xonligida qo’ng’irotlar sulolasining xokimiyat tepasiga kelish haqida bilimlarga ega bo’lish

  2. Tarbiyaviy maqsad: Yurtga fidokorlik, uni asrash kabi tuyg’ularni shakillantirish.

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: Tarixiy bilimlarini shakillantirish

  4. Shakllantirilayotgan kompetensiya:Ushbu mavzuda tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish va tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi shakllantirildi. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Dars turi:

Yangi bilimlarni bayon qilish va egallash darsi.



Darsda foydalanilgan metodlar;

an’anaviy, zamonaviy, interfaol metodlar



Dars jiхozi: Darslik, dunyo siyosiy xaritasi, O’zbekiston xaritasi

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism

a) Davomadni aniqlash va o’quvchilarni darsga tayyorgarligini aniqlash.

b)Bugungi kun yangiliklari bilan tanishish

2.O`tilgan mavzuni mustahkamlash va baholash

Ochiq test bilan ishlash”



* Xiva xonligida Xiva, Ko’xna Urganch, xayoti Yangi Urganch, Vazir kabi o’nlab shaxarlar mavjud bo’lgan.

* Ulardan eng qadimiysi Xiva shaxri bo’lib, 1997-yilda uning 2500 yilligi nishonlandi. Bu xaqda YuNESKO 1995-yilda qaror qabul qilgan edi

*. Bu qaror-Xiva shaxrining jaxon madaniyati taraqqiyotida tutgan aloxida o’rnining e'tirofi bo’ldi. *Bugungi avlod o’z ota-bobolarining madaniy meroslari bilan xaqli ravishda fahrlana oladi
3. Yangi mavzu bayoni:

Qo’ng’irotlar sulolasining xokimiyat tepasiga kelishi. Xiva xonligidagi siyosiy vaziyat xukmron tabaqalarning urushlari va qabilalar o’rtasidagi mojarolarni to’xtatishga qodir bo’lgankuchli markaziy xokimiyatning barpo etilishini taqozo etardi. Sunday xokimiyatni barpo etishga qodir kuch sifatida maydonga o’zbeklarning qo’ng’irot qabilasi chiqdi. Bu zaruriyatning natijasi o’laroq, XVIII asrning 60-yillaridan boshlab, Xiva xonligida xokimiyatni qo’ng’irot qabilasi boshliqlari asta-sekin o’z qo’llariga ola boshladilar.

Yirik zodagonlar va ruxoniy tabaqasining madadiga tayangan qo’ng’irot-qabilasining yo’lboshchisi Muxammad Amin 1761-yilda inoqlik lavozimiga ko’tarilgan. U turkmanlarning yovmut va chovdur qabilalariga qarshi kurash olib borgan. Biroq u dastlab muvaffaqiyatsizlikka uchrab, Buxoroga-Doniyolbiy otaliq yoniga ketadi. Turkman qabilalari Xorazmni egallab, Xazorasp, Xonqa, Urganch, Kat, Shoxobod shaxarlarini xonavayron qiladilar. Ocharchilik va vabo tarqalib, o’zbeklar Orolbo’ylari va Buxoroga ketishga majbur bo’ladilar.

1770-yilda Muxammad Amin inoq Buxorodan qaytib kelib, yovmutlarga qarshi kurashni uyushtiradi va ularni Xorazmdan xaydab chiqaradi.

Muxammad Amin maxalliy beklarni xam bo’ysundirishga muvaffaq bo’ldi. U xon avlodidan bo’lmagani sababli taxtga Abulxayrxonning o’g’li Bo’lakayxonni nomiga, qo’g’irchoq xon sifatida o’tqizadi. Xokimiyatni esa o’zi boshqaradi. 1782-yilda Buxoro amirligi qo’shinlarining xujumini qaytarib, Xiva xonligi mustaqilligini saqlab qoladi. Xiva xonligini boshqargan Muxammad Amin inoq 20 yil davomida 13 marta soxta xonlarni almashtirgan.

Xukmronligining so’nggi yillarida o’z qabilasining faol qatlamiga, savdogarlar va ruxoniylar madadiga tayangan xamda turli turkman qabilalari o’rtasidagi o’zaro nizolardan oqilona foydalana olgan Muxammad Amin mamlakatda nisbatan siyosiy osoyishtalik vaziyatini yaratishga erishdi. Bularning barchasi mamlakat iqtisodining ko’tarilishini ta'minladi. Jon saqlash uchun o’zga yurtlarga qochib ketgan fuqarolar yana qaytib kela boshladilar.

Avaz Muxammad inoq davrida Xiva xonligi iqtisodiy jixatdan ancha mustaxkamlandi.

Muxammad Amin xam, uning o’g’li Avaz (1790-1804) xam davlat xokimiyatini inoq unvonida boshqarganlar. Chingiz biylaridan soxta xonlar chaqirilib turilgan. Xokimiyat amalda inoq va maxsus kengash tomonidan boshqarilgan. Kengash tarkibiga qo’shbegi, mextar, vazir va otaliqlar kirgan. Inoq va kengash soxta xon nomidan ish yuritgan.

Faqat Avazning o’g’li Eltuzar (1804-1806) xukmronligi davrida chetdan soxta xon chaqirish to’xtatildi. Nafaqat to’xtatildi, ayni paytda, 1804-yildayoq chetdan chaqirilgan soxta xon Abulg’oziyni taxtdan tushirib, o’zini xon deb e'lon qildi. Shu tariqa qo’ng’irotlar sulolasi Xiva xonligi taxtini rasman egalladi. Bu sulola 1920-yilga qadar Xiva xonligini idora qildi.

Eltuzarxon xonlikda markazlashgan davlat siyosati yuritish uchun xarakat qildi. 1804-yilda Eltuzarxon Buxoroga yurish qildi. 1806-yilda Amudaryo bo’yida bo’lgan xal qiluvchi jangda Xiva qo’shinlari tor-mor etildi, Eltuzarxon xam xalok bo’ldi.

Bo’ysunishni istamagan yovmut qabilasi Xurosonga ko’chib kctdi. Biroq Eron xukumatining tazyiqi ostida xamda yaylov maydoni yo’qligi uchun yana Xiva xonligi xududiga qaytib keldi. Endi ular Xiva xoni tomonidan ajratib berilgan xududga joylashishga majbur bo’ldilar. Shu davrdan boshlab, yovmut qabilasining taqdiri Xiva xonligi bilan uzil-kcsil bog’lanib, xonlik fuqarolari tarkibiga olindi. Ularga xam soliq to’lash belgilandi. .

Muxammad Raximxon 1 ga dushmanlik ruxidagi Orolbo’yi zodagonlari guruxi qattiq qarshilik ko’rsatdi. 1811-yilda ularning xam qarshiligi sindirildi. Qo’ng’irot shaxri yakson qilindi. Xiva xoni mustaqil bo’lib ajralib chiqqan qoraqalpoqlarni bo’ysundirishga kirishdi. Qoraqalpoqlar Buxoro amiri Xaydardan yordam olishga xarakat qildilar. Biroq bunga erisha olmagach, Xiva xonligiga bo’ysunishga majbur bo’ldilar.

1812-1820-yillar oralig’ida qozoqlarning Kichik juz xonligi xududiga 2 marta xujum uyushtirildi. Buning oqibatida, xonlik xududlarining yanada kengayishiga erishildi.

1813-yilda Shimoliy Xurosonda joylashgan turkmanlarning takya qabilasi Xiva xonligiga qaramligini tan olishga va belgilangan xajmda soliq to’lab turishga majbur etildi.

1822-yilda esa Marv shaxri xonlikka qo’shib olindi. 1824-yilda Yangi Marv shaxri bunyod etildi.


Download 438,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish