Probirkalar raqami
|
Eritmalarning konsentratsiyasi
|
Jami ertima
|
Epidermis bo’lakchalar
|
Kuzatish yakuni
|
1,0 n NaCl olish, ml
|
H2O olish, ml
|
Eritmaga solish vaqti
|
Kuzatish vaqti
|
Plazmoliz darajasi
|
Hujayralarning ko’rinishi (foto)
|
1
|
1,0
|
10
|
-
|
|
|
|
|
2
|
0,9
|
9
|
1
|
|
|
|
|
3
|
0,8
|
8
|
2
|
|
|
|
|
4
|
0,7
|
7
|
3
|
|
|
|
|
5
|
0,6
|
6
|
4
|
|
|
|
|
6
|
0,5
|
5
|
5
|
|
|
|
|
7
|
0,4
|
4
|
6
|
|
|
|
|
8
|
0,3
|
3
|
7
|
|
|
|
|
9
|
0,2
|
2
|
8
|
|
|
|
|
10
|
0,1
|
1
|
9
|
|
|
|
|
Ishning borishi. Berilgan 1.0 n. osh tuzi(NaCl) eritmasidan : 1,0; 0,9; 0,8; 0,7; 0,6; 0,5; 0,4; 0,3; 0,2 va 0,1 n. konsentratsiyali eritmalar tayyorlab olinadi. Buning uchun oldin probirkalarga 0,1 n. NaCl eritmasidan quyidagi 10, 9, 8, 8, 7, 6, 5, 4, 3, 2, 1ml miqdordadan qo`llaniladi, so`ngra ularning hammasiga 10 ml ga yetkazib suv qo`shiladi. Probirkalardagi eritmalar yaxshilab chatqatiladi. Shunda har xil probirkada turli konsentratsiyali eritma ishlash uchun tayyor bo`ladi. Ishlash uchun obyekt tariqasida qizil piyozning tashqi epidermasi qullayroq bo`ladi. Buning uchun har 5 minut oralig`ida qizil piyozning tashqi epidermasidan ustara yordamida 2 tadan bo`lakcha kesib olib, ularni probirkalardagi yuqorida tayyorlangan eritmalar ichiga solamiz.
Birinchi probirkadagi bo`lakchaga 30 minut bo`lganidan boshlab har 5minut oralig`ida boshqa probirkalardagi eritmalar ichidan bittadan epidermis bo`lakchasini buyum oynasiga olinadi.
Uning ustiga shu eritmadan bir tomchi tomizib, ustini qoplagich oyna bilan yopib, mikroskopning kichik obyektivi ostida ko`ramiz. Bunda tekshirilayotgan pereparatda plazmoliz hodisasi ro`y berganligini, ya`ni protoplazma hujayra po`stidan ajrala boshlagan paytini aniqlab olish lozim. Masalan, 0,4 n. eritmada boshlang`ich plazmoliz bo`lsa, 0,3 n. eritmada plazmoliz hodisasi ro`y bermaydi. Izotonik konsentratsiya taxminan shu ikki eritmaning(0,4 va 0,3) oraliq nuqtasida bo`lishish kerak. Demak, izotonik eritmaning konsentratsiyasi 0,35 ga tenh deb olinadi. Shu yo`l bilan izotonik eritma konsentratsiyasi aniqlangandan keyin yuqoridagi formula(P=RTCi) yordamida piyoz hujayra shirasining osmotic bosimi topiladi. Tajriba natijalari 3-jadvalda yoziladi.
4- mashg`ulot. O`simliklar to`qimasining shimish kuchini V.S.Shardakov usuli bilan aniqlash.
Mashg`uloy uchun kerak-yaroqlar; katta va kichik probirkalar, 1.0 n. shakar eritmasi, bryuretkalar, kristall holidagi metilen ko`ki, kapilyar naychalar, o`simlik to`qimasi.
Bu metod o`simliklar to`qimasi har xil konsentratsiyali qand eritmasiga solinganda konsentratsiyasini o`zgartirishi, pasaytirishi va yoki kuchaytirishiga asaslangan. Tajriba davomida to`qima bilan eritma o`rtasidagi suv almashinuvi protsessi boradi. Natijada to`qimaning shimish kuchiga qarab eritmaning konsentratsiyasi ortadi yoki pasayadi. Buni eritmaning dastlabki holati bilan unga to`qima solingandan keying holatini taqqoslab ko`rish yo`li bilan aniqlanadi.
Ishning borishi. Ishni bajarish uchun 1 n. qand eritmasidan shtativlardagi katta probirkalarning har birida 10ml hajmda 0,9; 0,8; 0,7; 0,6; 0,5; 0,4; 0,3; 0,2 va 0,1 n. suyultirilgan eritmalar tayyorlanadi. So`ngra katta probirkadagi eritmadan 1ml olib, birinchi qatordagi kichik probirkalarga quyiladi. Shtativdagi kichik probirkalarning hammasiga tekshiriladigan o`simlikning bargi, poyasi yoki boshqa organidan kesib olingan kesiklar solinadi. Shu vaqt ichida 2-3 marta chayqatib aralashtiriladi. Vaqt o`tgach, har qaysi probirkaga metilen ko`ki kristallidan 1-2 donan qo`shiladi,. Natijada eritma ko`k rangga kiradi.
So`ngra kapilyar naycha yordamida rangli(balandligi 3-4 cm) eritma olinadi. Bu naychani katta probirkadagi eritmaning yarmigacha botirib, ichidagi rangli suyuqlik asta-sekin oziqlanadi. Shu vaqtning o`zida bu rangli suyuqlik eritma ichida pastga yoki yuqoriga qarab harakatlanadi. Agar to`qimaning shimishi eritmanikidan yuqori bo`lsa, u eritma tarkibidagi suvni shimib oladi. Bu holda eritmaning muayyan solishtirma og`irligidan yuqori bo`ladi. Shuning uchun kapilyar nay ichida oqib chiqadigan rangli eritma pastga qarab yo`naladi.(a)
a b c
O’simlik to’qmasining shimish kuchini aniqlash: a) to’qmaning shimish kuchi ertimanikidan yuqori; b) to’qmaning shimish kuchi eritmanikidan past; c) ertima bilan to’qmaning shimish kuchi teng bo’lganda.
Agar eritmaning shimish kuchi to`qimanikidan yuqori bo`lsa, eritma to`qima tarkibidagi suvni o`ziga tortib oladi. Bu holda kichik probirkadagi eritmaning muayyan solishtirma og`irligi dastlabki solishtirma og`irligidan past bo`ladi. Shuning uchun kapilyar nay ichidan rangli eritma yuqoriga qarab harakatlanadi(b). Agar to`qima bilan eritma orasida suv almashinuvi hodisasi yuz bermasa, eritmaning solishtirma og`irligi o`zgarmaydi. Unda kapilyar nay ichidan chiqayotgan rangli eritma o`z joyida qoladi(c).
Suyuqlik bilan to`qimaning shimish kuchi bir-biriga teng bo`lgan vaqt aniqlangandan so`ng quyidagi formuladan hujayraning shimish kuchi topiladi:
S=RTCi;
Bu yerda S-to`qimaning shimish kuchi;
R- gaz konstantasi(0,0821);
T-absolyut temperature(+2730 + xona temperaturasi);
C- izotonik, ya`ni to`qimaning shimish kuchi bilan eritmaning eritmaning kuchiga teng bo`lgan konsentratsiya;
i-izotonik koeffitsient(bu ko`rsatkich elektrolit bo`lmagan eritmalar uchun 1, elektrolik eritmalar uchun 1,5 ga teng bo`ladi).
Bu mashg`ulot natijalari quyidagi jadvalga yozib boriladi:
4-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |