Kontakt
|
Vazifasi
|
Simning rangi
|
1
|
RX+
|
Qovoqrang
|
2
|
Ishlatilmaydi
|
|
3
|
Ishlatilmaydi
|
|
4
|
TX+
|
Qizil
|
5
|
RX-
|
Qora
|
6
|
Ishlatilmaydi
|
|
7
|
Ishlatilmaydi
|
|
8
|
TX-
|
Yashil
|
100BASE-TX tarmog‘ida ham 10BASE-T tarmog‘idagi kabi ikkita kabel turi ishlatilishi mumkin: to^ri va chorraha (6.17-rasm). Ikkita komp’yuterni konsentratorsiz ulash uchun standart chorraha (crossover, nepeKpnocTHBrn) kabelidan foy- dalaniladi. Komp’yuterni konsentratorga ulash uchun to^ri (direct, pryamoy) kabeli ishlatiladi, raz’emlarining bir xil kontaktlari ikkinchi raz’emning shu turdagi kontaktlari bilan ulangan bo‘lishi kerak. Agarda chorraha ulanish konsentrator ichiga olingan bo‘l- sa, tegishli porti «X» harfi bilan belgilab qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Ko‘rinib turibdiki bu Herda ham xuddi 10 BASE-T kabidir.
6.17-rasm. 100BASE-TX segmentida ishlatiladigan to‘g‘ri va chorraha kabellar.
100BASE-TX tarmog‘ida tarmoqning ishga layoqatligini tekshirish uchun ikki paketlarning orasidagi vaqt davomida maxsus signallar (FLP-Fast Link Pulse) uzatilishi ko‘zda tutil- gan va ular, qurilmalarning tezligini avtomatik ravishda moslash vazifasini ham bajaradi .
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
M.M. Musaev, A.A.Qaxxorov, M.M. Karimov. Komp’yuter tarmoqlarini yig‘ish (Arxitekturasi, qurilmalari, uskunalari). Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. Toshkent, «Ilm-ziyo» 2006. — 160 b.
http:// www.wiley/com/combooks/fastethernet
15-mavzu : 100 BASE-T4 uskunasi
Reja :
Ekranlashtirilgan kabellar
Ikki kompyuterni konsentratrsiz ulash
100BASE-T4 uskunasining 100 BASE-TX uskunasidan asosiy farqi, axborot uzatilishi ikkita juftlikdan emas, balki ekranlashtirilmagan to‘rtta o‘ralgan juftliklar orqali amalga oshirilishida. Kabel 100BASE-TX holatiga qaraganda an- cha sifati past bo‘lishi ham mumkin (3,4 yoki 5 toifadagi). 100BASE-T4 tizimidagi qabul qilingan signallarni kodlashti- rish usuli har qanday kabel toifasidan foydalanilganda ham 100 Mbit/s tezlikni ta’minlay oladi, vaholanki standart tomonidan imkoniyat bo‘lsa 5-toifadagi kabel ishlatilishi tavsiya etiladi.
100BASE-T4 uskunasida komp’yuterlarni tarmoqqa bir- lashtirish, 100BASE-TX dan farq qilmaydi (6.15-rasm). Komp’yuterlar konsentratorlarga passiv yulduz sxemasi bo‘yicha ulanadi. Kabel uzunliklari ham 100 metrdan oshi- shi mumkin emas (standart bu holda ham 90 metrni tavsiya etiladi, 10 % li zaxirani hisobga olgan holda). Lozim bo‘lgan taqdirda adapterlar bilan kabellar o‘rtasida alohida ajratilgan transiverlardan foydalanish mumkin.
100BASE-TX holidagi kabi, tarmoq kabelini adapterga (transiverga) va konsentratorga ulash uchun 8 kontaktli RJ-45 raz’mi ishlatiladi. Lekin bu vaziyatda raz’emning hamma 8 kontaktidan foydalaniladi. 6.5-jadvalda raz’em kontaktlarining vazifalari keltirilgan.
100 BASE-T4 segmenti uchun RJ-45 turidagi raz’em kontaktlarining taqsimoti (TX — axborotlarni uzatish, RX — ax- borotlarni qabul qilish, BI- ikki tarafga yo‘nalgan uzatish).
6.5-jadval
Kontakt
|
Vazifasi
|
Simning rangi
|
1
|
TX D1+
|
Oq/ qovoqrang
|
2
|
TX D1-
|
Qovoqrang/oq
|
3
|
RX D2+
|
Oq/yashil
|
4
|
BI D3+
|
Ko‘k/oq
|
5
|
BI D3-
|
Oq/ko‘k
|
6
|
RX D-
|
Yashil/oq
|
7
|
BI D4+
|
Oq/jigarrang
|
8
|
BI D4-
|
Jigarrang/oq
|
Axborot almashinuvi, bitta o‘ralgan juftlik orqali uzatish uchun, ikkinchi o‘ralgin juftlik orqali qabul qilish uchun va yana ikkita o‘ralgan juftliklardan ikki tomonga uch qiymatli differensial signallarni uzatish orqali olib boriladi.
Ikkita komp’yuterni konsentrator ishtirokisiz ulashni amal- ga oshirish uchun chorraha kabellaridan foydalaniladi. Oddiy to‘g‘ri kabel yordamida komp’yuterni konsentratorga ulash amalga oshiriladi, ulardagi raz’emlarning bir xil nomli kon- taktlari bir biri bilan to‘g‘ri ulanadi. Kabel sxemalari 5.18- rasmda keltirilgan. Agarda chorraha ulanish konsentrator ichida amalga oshirilsa, tegishli port «X» harfi bilan belgilab qo‘yilishi kerak. Ko‘rib turibmizki bu yerda ham aynan 100 BASE-TX va 10 BASE-T kabidir.
6.18-rasm. 100BASE-T4 tarmoqning to‘g‘ri va chorraha kabeli.
100BASE-T4 segmentida 3-toifadagi kabel yordamida axborot uzatish tezligini 1000 Mbit/s ga yetkazish uchun ax- borotni kodlashtirishning o‘ziga xos yagona usuli ishlatildi, bu usul 8V/6T nomi bilan yuritiladi. Uning g‘oyasi quyidagicha bo‘ladi: uzatilishi lozim bo‘lgan 8 bitli axborotni 6 ternerli (3
qiymatli -3,5 V, +3,5 V va 0 V) signalga o‘zgartiriladi. Ular keyin ikki taktda uchta o‘ralgan juftlik kabeli orqali uzatiladi. Olti razryadli uch qiymatli kodda umumiy bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlar soni 36 =729 ga teng bo‘ladi, bu esa 28=256 dan ko‘p, ya’ni razryadlar sonini kamayishi hech qanday muammoga olib kelmaydi. Natijada har bir o‘ralgan juftlikdan 25 Mbit/s tezlikda axborot o‘tadi, ya’ni 12,5 MGs o‘tkazish yo‘lagi talab qilinadi xolos (6.19-rasm). Axborot uzatish uchun bir vaqtning o‘zida ikkita ikki tarafga yo‘nalgan o‘ralgan juftlik (BI-D3 va nalgan (TX_D1 yoki
RX_D2) juftlikdan foydalaniladi. To‘rtinchi o‘ralgan juftlik axborot uzatishda qatnashmaydi (TX_DI yoki RX_D2), kol- liziya holatini aniqlash uchun ishlatiladi.
Tarmoq butunligini nazorat qilish uchun 100 BASE-T4 da ham maxsus FLP signalni tarmoq paketi tugab keyingisi bosh- lanish oralig‘ida uzatish ko‘zda tutilgan. Aloqa yo‘li butunligi yorug‘lik diodlari «Link» yonishi orqali ma’lum bo‘ladi.
6.19-rasm. 100BASE-T4 segmentida 8V/6T axborotini kodlash.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
M.M. Musaev, A.A.Qaxxorov, M.M. Karimov. Komp’yuter tarmoqlarini yig‘ish (Arxitekturasi, qurilmalari, uskunalari). Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. Toshkent, «Ilm-ziyo» 2006. — 160 b.
M.M. Musaev M.M. Musaev, A.A.Qaxxorov, M.M. Karimov. Komp’yuter tarmoqlarini yig‘ish (Arxitekturasi, qurilmalari, uskunalari). Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. 2-nashr «Ilm-ziyo» 2009. — 160 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |