13-mavzu : 10BASE-FL uskunasi Reja : Optik tolali portlar
Ikkita komp’yuterni shisha tolali kabel yordamida ulash
Nisbatan yaqindan boshlab Ethernet da shisha tolali ka- beldan keng foydalana boshlandi. Undan foydalanish nati- jasida tarmoq qismini ruxsat etilgan uzunligi sezilarli darajada oshirildi va axborot uzatishning shovqinga chidamliligi ham keskin oshdi. Tarmoq komp’yuterlarining to‘liq galvanik ajra- tilishi ham katta ahamiyatga ega, bu afzallik hech qanday qurilma ishlatilmasdan uzatish muhitining xususiyatlaridan kelib chiqadi. Shisha tolali kabellarning yana bir afzalligi, Fast Ethernet ga silliq o‘tish imkoniyati borligida, chunki shisha tolaning o‘tkazish xususiyati 100Mbit/s ga yetishgina emas undan ham ortiq tezlikda uzata olishidir.
Bu holatda axborot uzatish ikkita shisha tolali kabel orqali amalga oshiriladi, signallarni turli tomonga uzatiladi (10BASE-T uskunasidagidek). Ba’zi hollarda bir tashqi qop- lama ichida joylashgan ikki shisha tolali kabellardan foyda- laniladi, lekin ko‘pincha ikkita alohida bittali shisha tolali kabellardan foydalaniladi. Shisha tolali kabellar narxi uncha baland emas (uning narxi deyarli ingichka koaksial kabel narxi bilan barobar). Butunlay olib qaralganda, haqiqatdan qurilma va uskunalar narxi sezilarli darajada qimmat, chunki qimmat shisha tolali transiverdan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
10BASE-FL uskunasining 10BASE5 uskuna bilan o‘xshash- lik tomonlari mavjud (bu yerda ham tashqi transiver ishlatilib, adapter bilan transiver kabel orqali ulanadi). Xuddi shuningdek, 10BASE-T uskunasi bilan ham o‘xshashlik tomoni mavjud (bu yerda ham ikkita turli tomonga yo‘naltirilgan kabel ishlatilib, «Passiv yulduz» topologiyasi qo‘llanilgan). Tarmoq adapteri bilan konsentratorni ulanish sxemasi 6.11-rasmda ko‘rsatilgan.
6.11-rasm. 10 BASE-FL ga adapter va konsentratorlarni ulash.
Shisha tolali transiver FOMAU deb nomlanadi (Fiber Optic MAU). U ham oddiy (MAU) transiverining hamma vazi- falarini bajaradi, lekin undan tashqari uzatish uchun elektr sig- nalini shisha signalga o‘zgartiradi va teskarisiga o‘zgartirishni signalni qabul qilish jarayonida amalga oshiradi. FOMAU ham aloqa yo‘lini butunligini nazorat qiluvchi signal ishlab chiqa- radi va nazorat qiladi (axborot uzatilish to‘xtagan vaqtlarda). 10BASE-T uskunasidagidek aloqa yo‘lini butunligini yorug‘lik tarqatuvchi diodlar «Link» yordamida nazorat qilish (ko‘rish) mumkin. Transiverni adapterga ulash uchun 10BASE5 uskunasidagidek AUI standart kabeli ishlatiladi, lekin uning uzun- ligi 25 metrdan oshmasligi kerak.
Transiver va konsentratorlarni ulash uchun ishlatiladigan shisha tolali kabellarning uzunligi hech qanday signallarni qay- ta hosil qilish qurilmasini ishlatmasdan 2 kmgacha yetkazish mumkin. Shunday qilib mahalliy tarmoqqa turli binolarda joy- lashgan komp’yuterlarni ham ulash imkoniyati paydo bo‘ladi.
Dastlabki vaqtlarda shisha tolali aloqa repiterlar o‘rtasidagi aloqani hosil qilishga ishlatilgan. Shuning uchun birinchi standart FOIRL (Fiber Optic Inter-Repeater Link) 1980- yillarning boshida ishlab chiqilgan bo‘lib, u 1000 metr maso- fadagi ikki repiter oralig‘idagi aloqani amalga oshirish uchun mo‘ljallangan. Shundan so‘ng shisha tolali transiver ishlab chiqildi, uning yordamida repiterga alohida komp’yuterlarni ulash amalga oshiriladi va 10BASE-F standarti ham qabul qi- lindi, u o‘z tarkibiga uch turdagi segmentni qabul qilgan:
10BASE-FL uskunasi FOIRL eski standart o‘rnini egalladi. U hozirgi vaqtda eng ko‘p tarqalgandir. U ik- kita komp’yuter o‘rtasidagi aloqani amalga oshiradi, shuningdek, ikki repiterlar o‘rtasidagi aloqani yoki komp’yuter va repiter o‘rtasidagi aloqani amalga oshiradi. Maksimal masofa 2000 metrgacha;
10BASE-FV tarmoq bo‘lagi repiterli taqsimlangan asos tizim hosil qilish maqsadida bir necha repiterlar o‘rtasida axborotni sinxron almashish uchun foydala- niladi, maksimal uzunligi 2000 metr, bu uskuna keng miqyosda tarqala olmaydi;
10BASE-FR tarmoq bo‘lagi - 33 tagacha komp’yuterni repiter ishlatmasdan «Passiv yulduz» topologiyasiga birlashtirish uchun mo‘ljallangan (buning uchun max- sus shisha taqsimlagichlar (razvetvitel) ishlatiladi). Komp’yuterdan taqsimlagichgacha bo‘lgan eng uzun masofa 500 m. Ruxsat etilgan uzunlikni bunchalik kama- yish sababi, signalni taqsimlagichda kuchli so‘nishidir. Bu tarmoq bo‘lagining turi ham keng tarqala olmadi.
10BASE-FL standart shisha tolali kabel ikkala uchida shisha tola uchun mo‘ljallangan abonentli ST — raz’emi bo‘lishi kerak (6.12-rasmda ko‘rsatilgan BFOS/2.5 standartli). Bu raz’emni transiver yoki konsentratorga ulash, 10BASE2 tarmoqdagi BNC-raz’emini ulashdan murakkab emas, shuningdek, RJ- 45 raz’emi singari foydalaniladigan SC raz’emi ishlatiladi. SC raz’emi odatda ikkita kabel uchun mo‘ljallab ikkitadan mahkamlangan bo‘ladi (6.13-rasm). SC raz’emlariga o‘xshash o‘rnatiladigan MIC FDDI raz’emlari ham mavjud. Qurilmalar xarid qilinganda albatta raz’emlarni kabel tomonidagisi bilan transiver yoki konsentratorlarda o‘rnatilgan raz’emlarga mos tushishiga e’tiborni qaratish lozim.
Standartga binoan 10BASE-FL uskunasida multimodli kabel va 850 nm to‘lqin uzunlikdagi yorug‘lik ishlatiladi, lekin yaqin kelajakda bir modli kabelga o‘tish ehtimoli yo‘q emas.
6.12-rasm. Shisha tolali kabel 6.13-rasm. Shisha tolali kabel uchun ST-raz’emi. uchun SS-raz’emi (ikkitali).
Segmentda (kabel va raz’emlarda) jami shisha yo‘qotish 12,5 dB dan oshmasligi kerak. Bunda kabelning 1 km qismiga yo‘qolish 4-5 dB atrofida bo‘ladi, raz’emdagi yo‘qolish esa — 0,5 dan 2,0 dB atrofida bo‘ladi (bu kattalik raz’em o‘rnatilishiga bog‘liqdir). Yo‘qotishning faqat shu kattaliklarida aloqani ra- von ta’minlashga kafolat beriladi. Amalda tavakkal qilmaslik uchun kabel uzunligini ruxsat etilgan uzunligidan 10% kam olib ishlatish yaxshi natija beradi.
6.14-rasmda komp’yuterlarni «Passiv yulduz» topologiyasi- da shisha tolali kabel yordamida ulashga mavzu keltirilgan.
6.14-rasm. 10 BASE-FL standarti yordamida komp’yuterlarni tarmoqqa ulash.
Ikkita komp’yuterni shisha tolali kabel yordamida ulan- ganda, eng kam qurilmalar to‘plami o‘z ichiga quyidagi ele- mentlarni oladi:
transiver raz’emlari bilan ikkita tarmoq adapterni;
ikkita shisha tolali transiverni (FOMAU);
ST—raz’emli ikkita shisha tolali kabelni (yoki SS yoki MIC raz’emli);
Agarda komp’yuterlar soni ikkitadan ko‘p bo‘lsa, shisha tolali portlari bo‘lgan konsentratorlarni ishlatish kerak. Har bir komp’- yuter transiver hamda transiver kabeli bilan, shuningdek, tegishli raz’emli ikkita shisha tolali kabellar bilan ta’minlangan bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
M.M. Musaev, A.A.Qaxxorov, M.M. Karimov. Komp’yuter tarmoqlarini yig‘ish (Arxitekturasi, qurilmalari, uskunalari). Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. Toshkent, «Ilm-ziyo» 2006. — 160 b.