1-mavzu: Komp’yuter tarmoqlarining o‘rni va vazifasi. Mahalliy hisoblash tarmoq topologiyasi
Reja :
Mahalliy tarmoqlar
Milliy hisoblash tarmog’i
Mahalliy hisoblash tarmoq topologiyasi
Axborotni bir komp’yuterdan ikkinchi komp’yuterga uza- tish muammosi hisoblash texnikasi paydo bo‘lgandan beri mavjuddir. Axborotlarni bunday uzatish alohida foydalanila- yotgan komp’yuterlarni birgalikda ishlashini tashkil qilish, bitta masalani bir necha komp’yuter yordamida hal qilish imkoni- yatlarini beradi. Bundan tashqari har bir komp’yuterni ma’lum bir vazifani bajarishga ixtisoslashtirish va komp’yuterlarning resurslaridan birgalikda foydalanish, hamda ko‘pgina boshqa muammolarni ham hal qilish mumkin bo‘ladi.
Oxirgi vaqtda axborotlarni almashish usullari va vositalarini ko‘p turlari taklif qilinmoqda: eng oddiyi fayllarni disketalar yordamida komp’yuterdan komp’yuterga o‘tkazishdan tortib, to butun dunyo komp’yuterlarini birlashtira olish imkoniyatini beradigan Internet tarmog‘igacha.
Ko‘pincha «mahalliy tarmoqlar» (LAN, Local Area Network) atamasini aynan, katta bo‘lmagan, mahalliy o‘lchamli, yaqin joylashgan komp’yuterlar ulangan tarmoq, ya’ni, mahalliy tarmoq deb tushiniladi. Lekin ba’zi mahalliy tarmoqlar- ning texnik ko‘rsatkichlariga nazar solsak, bunday atama aniq emasligiga ishonch hosil qilish mumkin. Mavzu uchun, ba’zi bir mahalliy tarmoqlar bir necha kilometr yoki bir necha o‘n kilo- metr masofadan oson aloqani ta’minlay olish imkonini beradi. Bu hol esa, bir xonaning, bir binoning yoki bir-biriga yaqin joylashgan binolarninggina emas, balki bir shahar doirasidagi o‘lchamdir. Boshqa bir tomondan olib qaraganimizda global tarmoq orqli (WAN, Wide Area Network yoki GAN, Global Area Network) bir xonada joylashgan ikki yonma-yon stol- dagi kompyutrlar ham axborot almashinuvini amalga oshirishi mumkin, lekin negadir bunday tashkil qilingan tarmoqni hech kim mahalliy tarmoq deb atamaydi. Ikkita yaqin joylashgan komp’yuterlarni interfeys orqali (RS232, Centronics) kabel yordamida bog‘lash mumkin, yoki hatto kabelsiz infraqizil ka- nal yordamida ham komp’yuterlarni bog‘lash mumkin. Lekin bunday bog‘lanish ham mahalliy tarmoq deb atalmaydi. Balki, mahalliy tarmoq ta’rifi xuddi kichik tarmoq kabi bo‘lib, ko‘p bo‘lmagan komp’yuterlarni bog‘lashdir. Haqiqatdan, mahalliy tarmoq ko‘p hollarda ikkitadan to bir necha o‘nlab komp’yuterlarni o‘z tarkibiga oladi. Lekin, ba’zi bir mahalliy tarmoqlarning cheklangan imkoniyatlari ancha yuqori bo‘lib, abonentlarning soni mingtagacha yetishi mumkin. Bunday tarmoqni kichik tarmoq deb atash, balki noto‘g‘ridir.
Ba’zi mualliflar mahalliy tarmoqni «ko‘p komp’yuterlarni uzviy bog‘lovchi tizim», — deb ta’riflashadi. Bu holda axborot komp’yuterlardan komp’yuterlarga vositachisiz va bir turda- gi uzatish muhiti orqali amalga oshiriladi deb faraz qilinadi. Biroq hozirgi zamon mahalliy tarmoqlarida bir turdagi uza- tish muhiti haqida gap yuritib bo‘lmaydi. Mavzu uchun, bir tarmoq doirasida har turdagi elektr kabellari va shuningdek, shishatolali kabellar ham ishlatilishi mumkin. Axborot uza- tishni «vositachisiz» ta’rifi ham juda aniq emas, chunki hozirgi zamon mahalliy tarmoqlarida turli konsentrator, kommutator, marshrutizatorlar va ko‘priklardan foydalaniladi. Axborotlarni uzatish jarayonida uzatilayotgan axborotlarga murakkab ishlov beruvchi bu vositalarni vositachi deb qabul qilinadimi yoki yo‘qmi? unchalik tushunarli emas.
Balki, foydalanuvchilar aloqa mavjudligini his qilmaydigan tarmoqni mahalliy tarmoq deb qabul qilinishi aniq bo‘lar. Mahalliy tarmoqqa ulangan komp’yuterlar bir virtual komp’yuter kabidir, ularning resurslari hamma foydalanuvchilar uchun be- malol bo‘lishi kerak bo‘lib, alohida olingan komp’yuter resurs- laridan foydalanishdan kam qulay bo‘lmasligi lozim. Bu holda qulaylik deb birinchi navbatda aniq yuqori tezlikda resurslarga bog‘lanish, ilovalar orasidagi axborot almashinuvini foydalanuv-
chi sezmagan holda amalga oshirilishidir. Bunday ta’rifda sekin ishlovchi global tarmoq ham, keskin amalga oshiriladigan ket- ma-ket yoki parallel portlar ham mahalliy tarmoq tushunchasi- ga to‘g‘ri kelmaydi. Bunday ta’rifdan kelib chiqadiki, keng tar- qalgan komp’yuterlarning tezligi oshishi bilan, mahalliy tarmoq orqali uzatiladigan axborot tezligi ham albatta oshishi kerak. Agar yaqin o‘tmishda axborot almashinish tezligi 1—10 Mbit/s yetarli deb hisoblangan bo‘lsa, hozirda esa o‘rtacha tezlikdagi tarmoq 100 Mbit/s tezlikda axborot uzata oluvchi tarmoq hi- soblanadi. 1000 Mbit/s va undan ham ortiq tezlikda axborot uzata oluvchi vositalar ustida ham aktiv ish olib borilmoqda. Kam tezlikda aloqa o‘rnatish esa tarmoq shaklida ulangan virtual komp’yuterning ishlash tezligini susaytiradi.
Shunday qilib, mahalliy tarmoqlarni boshqa har qanday tarmoqdan asosiy farqi — yuqori tezlikda axborot almashinu- vidir. Lekin bu birgina farq bo‘lib qolmay, boshqa omillar ham muhim ahamiyatga ega.
Masalan, axborotlarni uzatishda xatolikni keskin kamayti- rish lozim. Juda tez, lekin xato axborot uzatish bema’nilikdir, chunki uni yana qaytadan uzatish lozim bo‘ladi va shuning uchun mahalliy tarmoqlarda albatta maxsus yuqori sifatli alo- qa vositalaridan foydalaniladi.
Yana tarmoqning asosiy texnik ko‘rsatkichlaridan biri katta yuklamada ishlash imkoniyatidir, ya’ni axborot almashish tezligi (yana boshqacha qilib aytganda, katta trafik bilan). Tar- moqda qo‘llanilayotgan axborot almashinuvini boshqaruvchi mexanizm unumli bo‘lmasa, u holda komp’yuterlar axborot uzatish uchun ko‘p vaqt navbat kutib qolishi mumkin. Nav- bat kelganidan so‘ng katta tezlikda va bexato axborot uzatilsa ham, tarmoqdan foydalanuvchiga baribir tarmoq resurslaridan foydalanish uchun ma’lum vaqt kutishga to‘g‘ri keladi.
Har qanday axborot uzatishni boshqarish mexanizmi ka- folatlangan ravishda ishlashi uchun, oldindan tarmoqqa ula- nishi mumkin bo‘lgan komp’yuterlar, axborotlar soni ma’lum bo‘lishi kerak. Rejalashtirilganidan ko‘p komp’yuterlarni tar- 6 -
moqqa ulanishi, yuklamaning oshishiga olib kelishi natijasida har qanday mexanizm ham axborotlarni uzatishga ulgira ol- may qolishi tabiiydir. Nihoyatda, tarmoq deb bu so‘zning tub ma’nosi kabi, shunday axborot uzatish tizimini tushunish ke- rakki, u mahalliy bir necha o‘nlab komp’yuterlarni birlashtir- gan bo‘lishi lozim.
Shunday qilib, mahalliy hisoblash tarmoqlarning (MHT) farq qiluvchi belgilarini shakillantirish mumkin bo‘ladi:
axborotni katta tezlikda uzatish va yuqori tezlikda o‘tkazish imkoniyati mavjud bo‘lishi;
uzatish davrida xatolikning darajasi kamligi (yuqori si- fatli aloqa kanallar). Axborotlarni uzatishda mumkin bo‘lgan xatolik ehtimoli 10-7 — 10-8 darajada bo‘lishi;
axborot uzatishning unumli va tez amalga oshiruvchi mexanizmi bo‘lishi;
tarmoqqa ulangan komp’yuterlar soni chegaralangan va aniq bo‘lishi kerak.
Berilgan ta’rifdan kelib chiqadiki, global tarmoq mahalliy tarmoqdan quyidagilar bilan farq qiladi: cheklanmagan abo- nentga mo‘ljallangan va sifatli bo‘lmagan kanallardan ham foydalaniladi; axborot uzatish tezligi nisbatan kam, axborot almashish mexanizmi ham nisbatan tezlik bo‘yicha kafolatlan- magandir. Global tarmoqlarda eng muhimi aloqa sifati emas, balki aloqaning mavjudligidir.
Ko‘pincha komp’yuter tarmoqlarining yana bir turi — sha- har tarmog‘i (MAN, Metropolitan Area Network) mavjudligi- ni qayd qilishadi, odatda ular global tarmoqlarga yaqin bo‘lib, ba’zida mahalliy tarmoqlarning ba’zi xususiyatlariga ham ega bo‘ladi. Masalan, yuqori sifatli aloqa kanallari va nisbatan yuqori tezlikdagi axborot almashinuvi bilan o‘xshashdir. Bu xususiyati shahar tarmog‘i ham mahalliy tarmoq (MXT afzal- liklari bilan) bo‘lishi mumkin ekanligini ko‘rsatadi.
Haqiqatdan, hozirda mahalliy tarmoq bilan global tar- moqning aniq chegarasini o‘tkazish mumkin bo‘lmay qoldi. Ko‘pchilik mahalliy tarmoqlarda global tarmoqqa chiqish imkoniyati bor, lekin axborotni uzatish, axborot almashinuvini tashkil qilish prinsipi, odatda global tarmoqda qabul qilingan- dan ancha farq qiladi. Mahalliy tarmoqdan foydalanuvchi- lar uchun global tarmoqqa ulanish imkoniyati faqatgina bir resursgina bo‘lib qoladi xolos.
Mahalliy hisoblash (MHT) tarmoqdan har turdagi raqam- li axborot uzatilishi mumkin: axborotlar, tasvirlar, telefon so‘zlashuvlari, elektron xatlar va h. k. Tasvirlarni uzatish masalasi, ayniqsa to‘liq dinamik tasvirlarni uzatish tarmoqdan yuqori tezlik talab qiladi. Odatda mahalliy tarmoqda quyidagi resurslardan: disk maydonidan, printerlaridan va global tar- moqqa chiqish imkoniyatlaridan birgalikda foydalaniladi. Le- kin bu imkoniyatlar mahalliy tarmoq vositalarining imkoniyat- larini bir qismidir. Masalan, ular har turdagi komp’yuterlararo axborot almashinuvini ham amalga oshiradi. Tarmoq abonenti bo‘lib faqat komp’yuter emas, balki boshqa qurilmalar ham bo‘la oladi. Masalan printerlar, plotterlar. Mahalliy tarmo- qlar tarmoqning hamma komp’yuterlarida parallel hisoblash tizimini tashkil qilish imoniyatini beradi. Bunday tizim mu- rakkab matematik masalalarni yechishni ko‘p marotaba tez- lashtiradi. Shuningdek, mahalliy tarmoqlar yordamida mu- rakkab texnologik jarayonlarni ham boshqarish mumkin yoki bir vaqtning o‘zida bir necha komp’yuter yordamida tadqiqot qurilmalarini ham boshqarish imkonini beradi.
Lekin xotiradan chiqirish kerak emaski, mahalliy hisoblash tarmoqlarning ham ba’zi kamchiliklari bor. Xodim- larni o‘qitishga, qo‘shimcha qurilmalarga, tarmoq dasturiy ta’minotiga, ulash kabellariga qo‘shimcha sarflanadigan mablag‘dan tashqari tarmoqni rivojlantirish, resurslariga bog‘lanishni boshqarish, bo‘lishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni tuzatish va tarmoqni ishlashini nazorat qiluvchi, ya’ni tarmoqning boshqaruvchisi (administrator) bo‘lishi kerak. Tarmoq komp’yuterni joyidan ko‘chirilishini chegaralaydi, aks holda ulash uchun kabellar o‘tkazish lozim bo‘ladi, bundan tashqari, tarmoq viruslarni tarqalishi uchun qulay muhitga egadir, shuning uchun alohida komp’yuterlarga qaraganda himoya masalalariga katta e’tibor berilishi lozim.
Shu mavzu doirasida tarmoq nazariyasining muhim tu- shunchalaridan bo‘lgan server va mijoz tushunchalarini ham ko‘rish darkordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |