Jismoniy topologiya— ya’ni komp’yuterlarni o‘zaro joy- lashishi va kabellarni o‘tkazish sxemasi. Bu ma’noda, masalan, passiv yulduz aktiv yulduz topologiyasidan farq qilmaydi, shuning uchun ko‘p hollarda faqat «Yul- duz» deb yuritiladi.
Mantiqiy topologiya— ya’ni komp’yuterlar o‘zaro aloqa strukturasi va signalning tarmoqda tarqalish belgilaridir. Bunday ta’rif topologiyaning ancha to‘g‘ri ta’rifidir.
Axborot almashinuvini boshqarish topologiyasi — bu alohida komp’yuterlar o‘rtasidagi axborot almashish huquqi, ketma-ketligi va prinsiplari.
Axborot topologiyasi — bu tarmoqdan uzatilayotgan ax- borotlar oqimining yo‘nalishi.
Mavzu uchun, jismoniy va mantiqiy topologiyali «Shina» tarmog‘i axborotlarni uzatish uchun estafeta usulidan foydalani- shi mumkin (ya’ni bu halqa ma’nosida) va bir vaqtning o‘zida barcha axborotni alohida ajratilgan bir komp’yuterdan uzatishi ham mumkin (ya’ni bu yulduz ma’nosida). Mantiqiy topologiyali «Shina» tarmog‘i, jismoniy topologiyali «Yulduz» (passiv) va «Daraxt» (passiv) ko‘rinishga ham bog‘lanishi mumkin.
Jismoniy, mantiqiy va boshqarish topologiyali har qanday tarmoq axborot topologiyasi ma’nosida yulduz deb hisobla- nishi mumkin, agarda bir server va bir necha mijoz asosida yig‘ilgan tarmoq bo‘lsa, faqatgina shu server bilan aloqa qili- nadi. Bu holda tarmoqning buzilishga barqarorlik darajasining
kamligi haqidagi fikrlar markazdagi buzilishlarning sababi de- yish adolatli bo‘ladi (bu holda — server).
Xuddi shuningdek, har qanday tarmoq axborot ma’nosida shina topologiyasi deb atalishi mumkin, agarda u bir vaqtning o‘zida server va shuningdek, mijoz bo‘ladigan komp’yuterlar yordamida qurilgan bo‘lsa. Har qanday boshqa «Shina» hol- lari kabi, alohida komp’yuterlarning buzilishi bunday tarmo- qqa kam ta’sir qiladi.
Markaziy hisoblash tarmoqlar topologiyasi haqidagi tahlilni tugatar ekanmiz, ta’kidlab o‘tish kerakki, tarmoq turini tan- lashda topologiyaning turi asosiy omil bo‘la olmaydi. Muhim omillar, masalan, tarmoqni standartlik darajasi, axborot al- mashish tezligi, abonentlar soni, qurilmalarning narxi va tan- langan dasturiy ta’minot bo‘la oladi. Lekin, boshqa tomondan olib qaraganimizda, ba’zi tarmoqlar turli bosqichda turli to- pologiyalarni ishlatish imkonini beradi. Endi tanlash bu bobda o‘tilgan barcha fikr va mulohazalarni hisobga olgan halda bu- tunlay foydalanuvchining zimmasiga tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |