tarmoq
FDDI tarmog'i
7.11-rasm. FDDI asosidagi marshrutlanuvchi tarmoq.
Marshrutizatorlarni ba’zi holda o‘zaro bog‘laydi. Bir biri bilan ko‘p ulangan marshrutizatorlar bulut (cloud, ob^aKo) deb ataluvchi to‘plamni hosil qiladi, bu esa bitta juda katta marshrutizator hosil qiladi. Bunday ulanish hamma ulangan mahalliy tarmoqlar o‘rtasida tez moslashuvchi va ishonchli, mustahkam aloqani ta’minlab beradi (7.12-rasm).
7.12-rasm. Marshrutlovchi bulut.
Avval aytib o‘ti!ganidek repiterli konsentratorlar paketlar bilan ishlaydi, ko‘priklar va kommutatorlar esa kadrlar bilan ish- laydi. Marshrutizatorlar IR (IRX) deytogrammalar tarkibiga kiruvchi manzil axborotiga ishlov beradilar, ular kadrning ax- borot maydoniga joylashgan, ular esa o‘z navbatida paketga joy- langandir (3.3-rasmga qaralsin). Shuning uchun ular deytogrammalar bilan ishlaydi va deytogrammalarni qayta tiklab uzatadi.
Deytogrammaga tarmoq manzillari kiradi, oddiy ko‘p tar- moqlardan iborat bo‘lgan, marshrutizasiyalanadigan tarmoqda abonentlarni aniqlaydi. Masalan, IRX deytogrammasining tarmoq manzili 10 baytdan iborat bo‘lib (8.13-rasm) o‘z tarkibiga tarmoq maydon nomerini (4 bayt), abonentning qaytariluvchi jismoniy manzilini (MAS-manzil) oladi. Marshrutizator aynan qabul qiluvchi abonentning tarmoq manzilidagi tarmoq maydon nomeriga ishlov beradi. Bu holatda tarmoq deb, faqat ko‘priklar, kommutatorlar va repiterli konsentratorlar bilan bo‘lingan bir nomerga ega bo‘lgan tarmoqni yaxlit tarmoq hisoblanadi.
Tarmoq tartib
Abonent identifikatori (MAS-manzili)
raqami
(6 ta bayt)
(4 bayt)
7.13-rasm. IPX tarmoq adapterining o‘lchami.
Har bir abonent (uzel) paket jo‘natishdan avval paketni qabul qiluvchiga to‘g‘ri jo‘nata oladimi yoki u marshrutizator xizmatidan foydalanish kerakmi degan masalani aniqlashtirib oladi. Agarda uzatuvchi abonent tarmog‘ining shaxsiy nomeri bilan paket uzatilishi kerak bo‘lgan abonentning tarmoq nomeri mos kelsa, u holda paket to‘g‘ri marshrutizatsiya qilinmas- dan uzatiladi. Agarda manzil boshqa tarmoqda bo‘lsa, u holda uzatiladigan deytogramma marshrutizatorga jo‘natilashi kerak, shundan so‘ng marshrutizator kerakli tarmoqqa paketni uzatib yuboradi. Bu holda paket asosan marshrutizatorga manzillan- gandek bo‘ladi (xuddi o‘z tarmog‘ining biror abonenti kabi). Har qanday holda ham abonentning uzatish qurilmasining tarmoq manzil maydoniga, o‘zining tarmoq nomerini joylagan bo‘ladi (4 bit) va o‘zining MAS-manzilini ham (6 bayt) joylaydi.
Nazorat uchun savollar
Komp’yuter bilan tarmoq adapterlari qaysi standart interfeyslar orqali ulanadi?
Tarmoq adapterlarining asosiy ko‘rsatkichlarini sanab bering.
Adapterning bufer xotira sig‘imi nimalarga bog‘liq?
Adapterlarning ish unumdorligi haqida nimalarni bilasiz?
Tarmoqlarni testlash dastur nomlarini aytib bering.
Tarmoq adapteri transiver bilan qanday ulanadi?
Repiterlarning vazifalari nimalardan iborat?
Konsentratorlar tarmoqdagi qanday oddiy xatoliklarni aniqlaydi?
II klass konsentratorlar vazifalari nimalardan iborat?
I klass konsentratorlar vazifalarini sanab bering.
II klass konsentratorlari o‘zaro qanday ulanadi?
Kommutatorning mantiqiy sxemasini tushuntirib bering.
Store-and-Forward kommutator vazifasini aytib bering.
Ko‘priklar vazifasi nimalardan iborat?
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
M.M. Musaev M.M. Musaev, A.A.Qaxxorov, M.M. Karimov. Komp’yuter tarmoqlarini yig‘ish (Arxitekturasi, qurilmalari, uskunalari). Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. 2-nashr «Ilm-ziyo» 2009. — 160 b.