Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q


Amir Temur qanday me’moriy obidalar bunyod ettirgan edi? 3



Download 160,69 Kb.
bet15/25
Sana21.01.2022
Hajmi160,69 Kb.
#394994
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
Bog'liq
5 sinf tarix

2. Amir Temur qanday me’moriy obidalar bunyod ettirgan edi?

3. Alisher Navoiy o‘zbek adabiyotida qanday o‘rin tutadi?

4. Alisher Navoiyning shaxsi va yaratgan asarlari haqida so‘zlab bering.

5. Kamoliddin Behzod ijodi haqida nimalarni bilib oldingiz?

III.Yangi mavzu bayoni: XVI asrdan boshlab Yevropada ham ilm-fan taraqqiy eta boshladi.

Ayniqsa, tabiiy fanlari sohasida buyuk kashfiyotlar amalga oshirildi. Bu kashfiyotlar polshalik Nikolay Kopernik va Italiya olimlari Jordano Bruno va Galileo Galileylar nomi bilan bog‘liqdir. Polshalik astronom olim Nikolay Kopernik o‘zigacha astronomiya fanida hukm surib kelgan qoida va tasavvurlarning noto‘g‘ri ekanligini isbotlab berdi. Kopernikkacha astronomiyada qanday qoida hukmron bo‘lgan? Milodning ikkinchi asrida yunon olimi Ptolemey Yer olam markazidir, degan qoidani fanga kiritgan. Bu qoidaga ko‘ra Quyosh, Oy va yulduzlar Yer atrofida aylanadi. Yerning o‘zi harakatsizdir. Ptolemey qoidasining xato ekanligini birinchi bo‘lib Nikolay Kopernik isbotladi. U 30 yillik kuzatishlari natijasida Ptolemey qoidasini rad etdi. Kopernik Yer bir sutkada o‘z o‘qi atrofida bir marta, bir yilda esa Quyosh atrofida bir marta aylanib chiqishini isbotlab berdi. Demak, Quyosh Yer atrofida emas, Yer Quyosh atrofida aylanadi. Olamning markazi Yer emas, Quyoshdir. Bu haqiqat fandagi buyuk kashfiyot edi. Italiyalik olim Jordano Brun yoshligidanoq astronomiya faniga katta qiziqish bilan qaradi. Shu soha olimlarining asarlarini qunt bilan o‘rgandi. Nikolay Kopernik

qoidasini yoqlab chiqdi. Uning fikricha, olam cheksizdir. Olam son-sanoqsiz yulduzlardan iborat. Ularning har biri Yerdan ancha uzoqda joylashgan Quyoshdir. Jordano Bruno bunday fikrlari uchun ruhoniylar tomonidan zindonga tashlandi. Biroq, zindon azobi ham uni o‘z fikridan qaytara olmadi.

Brunoning dushmani bo‘lgan ruhoniylar uni 1600-yilda gulxanda yoqib kuydirdilar.Italiyaning yana bir olimi Galiley dunyoda birinchi bo‘lib Nikolay Kopernik va Jordano Bruno aytgan fikrlar to‘g‘-

riligini osmon jismlarini o‘zi yaratgan teleskop yordamida kuzatish orqali isbotlab berdi. Bu ishi uchun 1633-yilda ruhoniylar uni qattiq ta’qib ostiga oldilar. O‘lim bilan qo‘rqitib,qattiq azob-uqubatlarga duchor etdilar. Natijada, Galiley o‘z fikridan voz kechishga majbur bo‘ldi. Biroq, u qalban Kopernik ta’limotining tarafdori bo‘lib qolaverdi.

IV .Mustahkamlash : „Ha yoki yo`q „ mashqi


  1. (XVI)…………. asrdan boshlab Yevropada ham ilm-fan taraqqiy eta boshladi

2.Milodning ikkinchi asrida yunon olimi (Ptolemey)……….. Yer olam markazidir,

degan qoidani fanga kiritgan.

3.Nikolay Kopernik olamning markazi (Quyosh)………. ekanligini isbotlab berdi.

4. (Teleskop)……….. – osmon jismlarini kuzatish, suratga olish va o‘rganish uchun mo‘ljallangan asbob.


V.Darsni yakunlash va baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI.Uyga vazifa: mavzu savollariga tayorlanish


O`.T.I.B.D.O` __________________ ____________

Sana: ______________




Mavzu: 28-§. TURKISTON MA’RIFATPARVARLARI
Darsning maqsadi :


Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga Turkiston ma`rifatparvarlari tarixi haqida bilim berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilarga tarixiy taraqqiyot tajribalaridan zarur saboqlar olib yashash lozimligini uqtirish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish.

Dars Turi : yangi bilim beruvchi _________________________________________________

Dars metodi: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” _______________

Dars jihozi :darslik ,xarita ,ko`rgazmali va didaktik materiallar______________________________

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

III.Yangi mavzu bayoni: Ma’rifat – ta’lim va tarbiya orqali kishilarning bilimi va ongini oshirish yo‘lida qilinadigan harakatdir. O‘z faoliyatlarini bu ishga bag‘ishlagan kishilar esa ma’rifatparvarlar deb ataladi. Yurtimizda ma’rifatparvarlik harakati XIX asr oxiri – XX asr boshlarida vujudga keldi va u jadidchilik harakati nomi bilan shuhrat qozondi. Jadidchilik harakatining namoyandalari esa jadidlar deb atalishgan. Jadidlarni Rossiya mustamlakasiga aylanib qolgan yurtimizning taraqqiyotda orqada

qolib ketganligi tashvishga solgan. Ular yurtimizni ozod va obod ko‘rishni xohlagan edilar. Eski maktablarda, asosan, diniy bilimlar o‘qitilgan. Tabiiy fanlari esa (fizika, astronomiya, kimyo, biologiya, zamonaviy tibbiyot kabi fanlar) deyarli o‘qitilmagan. Yosh avlodga bunday fanlarni o‘rgatmay turib yurt taraqqiyotiga erishib bo‘lmas edi.Jadidchilik harakatiga yurtimizning taraqqiyparvar ziyolilari rahbarlik qilishdi. Ular ishni dastlab yangi usul (usuli jadid) maktablarini

ochishdan boshladilar. Yangi usul maktablarida diniy ta’lim bilan bir qatorda tabiat fanlaridan ham saboq berildi. Jadidlar iqtidorli bolalarni chet ellarga o‘qishga yuborishni ham tashkil etdilar.

Qoloqlikka ko‘nikib qolgan xalqning ongini o‘zgartirish uchun turli gazeta va jurnallar nashr ettirdilar. Teatrlar tashkil etib, ularda kishilarni o‘yga toldiruvchi asarlarni sahnalashtirdilar.

Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov va boshqalar Turkiston jadidchilik harakatining yirik namoyandalari edilar. Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi Behbudiy 1875-yilda Samarqandda tug‘ildi. O‘z davrining diniy va dunyoviy ilmlarini puxta egalladi. U dastlab Samarqand shahri yaqinidagi bir qishloqda jahon ilm-fani yutuqlaridan saboq berishga

mo‘ljallangan yangi usul maktabini ochdi. Bu maktab uchun qator darsliklar yaratdi.Chunonchi, «Savod chiqarish kitobi», «Qisqacha umumiy geografiya», «Aholi geografiyasiga kirish» deb nomlangan darsliklar shularjumlasidan edi. O‘z davrining atoqli ma’rifatparvari, shoiri, jurnalist, davlat arbobi bo‘lgan Avloniy 1878-yilda Toshkent shahrida tug‘ildi. Maktabxona va madrasada ilm oldi. U arab, fors va rus tillarini yaxshi o‘rganib oldi.Yangi usul maktablarining ahamiyatini yaxshi

tushunganligi uchun Toshkentda shunday maktab ochdi. O‘zi ona tili va adabiyotdan dars berdi.

O‘quvchilar uchun «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Turkiy guliston yoxud axloq» kabi

darsliklar (O‘qish kitoblari) yaratdi. «Turon» deb ataluvchi teatr jamoasini tuzdi. Qator sahna asarlarini, jumladan, Behbudiyning «Padarkush» asarini ham sahnalashtirdi. Munavvar qori Abdurashidxonov 1878-yilda Toshkentda ziyoli oilasida tug‘ildi. 1901-yilda Toshkentda yangi usul maktabini ochdi. Yangi usul maktablari uchun «Tovush chiqarib o‘qish usuli», «O‘qish kitobi», «Yer yuzi» (Geografiya) kabi darsliklar yozdi. Munavvarqori bora-bora Turkiston jadidlar harakatining yo‘lboshchisiga aylandi. 2000-yilda Toshkentda «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuyi bunyod etildi. 2002-yilda esa shu majmuaning tarkibiy qismi sifatida, «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyi barpo etildi.

IV .Mustahkamlash : Fidbek

V.Darsni yakunlash va baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI.Uyga vazifa: mavzu savollariga tayorlanish

O`.T.I.B.D.O` __________________ ____________


Sana: ______________




Mavzu:Takrorlash darsi
Darsning maqsadi :


Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarning tarix fanidan egallagan bilimlarini mustahkamlash;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilarga tarixiy taraqqiyot tajribalaridan zarur saboqlar olib yashash lozimligini uqtirish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish.

Dars Turi : mustahkamlash,mustaqil ishlash

Dars metodi: suhbat, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” _______________

Dars jihozi :darslik ,xarita ,ko`rgazmali va didaktik materiallar______________________________

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish. :

III.Yangi mavzu bayoni: 1. XIV-XV asrlar nima sababdan Vatanimiz tarixida “ Oltin asr ” xisoblanadi ?

3.Mirzo Ulug’bekning otasi Amir Temurning 4- o’g’li….dir ?

A4.Quyda olimlarning qaysi biri Mirzo Ulug’bekka ustozlik qilganlar ?

5.Quydagi jumlalarning qaysinisi Mirzo Ulug’bek faoliyati bilan bo’gliq emas ?

8. Mirzo Ulug’bek qaysi shaxarlarda madrasalar barpo etdirgan edi ?S

9. Mirzo Ulug’bek Akademiyasi yurtimiz tarixidagi nechanchi akademiya edi ?

10. Mirzo Ulug’bek Akademiyasida qaysi allomalar talabalarga ma’ruza o’qishgan va saboq berishgan ?

11. . Mirzo Ulug’bek qurdirgan qaysi shaxardagi madrasa peshtoqiga” Bilm olish xar bir musulmon erkak va ayol uchun farzdir” deb yozib qo’yilgan edi ?

12.Yurtimizda qaysi yili Mirzo Ulug’bekning 600 yilligi keng nishonlandi ? 13. BMT qaysi yilni Ulug’bek sharafiga “ Xalqaro astranomiya yili” deb e’lon qildi

14.Qaysi olim 1647 yilda nashr qilingan kitobi “ Selenografiya” da oydagi kraterlardan ikkitasi Al Farg’oniy va Ulug’bek nomlari bilan atalishini yozgan edi ? A

1.Yevropada ilm-fan qaysi davrdan boshlab taraqqiy eta boshladi ?

2.Nikolay Kopernik qayerlik edi ?

3.”Yer Olam markazidir” ushbu fikrni milodning 2-asrida qaysi yunon olimi aytib o’tgan ?

4. ”Yer Olam markazidir” ushbu fikrni xato ekanini qaysi olim isbotlab berdi

5.N.Kopernik olamning markazi deb nimani aytdi va isbotladi ?

7.Kopernikning fikriga ko’ra yer o’z oqi atrofida bir sutkada necha marotaba aylanar edi ?A)

8.” Osmon jismlarining aylanishi xaqida” kitobini qaysi olim yozgan

9.”Olam son sanoqsiz yulduzlardan iborat” deb aytgan olim kim edi?

10.Jordano Bruno kim tomonidan zindonga tashlandi ?

11.1600-yilda qaysi olim ruxoniylar tomonidan gulxanda yoqib o’ldirildi ?

12 Jordano Bruno va Galileo Galiley qayerlik edi ?

1.Ma’rifat nima ?2. Turkiston o’lkasida jadidichilik xarakati qachondan boshlandi ?

4.Jadidlar qanday maqsadda kurashdilar 5.Quydagilarning qaysi biri 1875-yilda Samarqandda tu’g’ilgan ?

6.Turkiston jaddidchilar xarakatining asoschisi kim ?7. Savod chiqarish kitobi, Qisqacha umumiy geografiya, Aholi geografiyasiga kirish, Islom tarixi kabi darsliklar muallifi nomi qayi javobda to’g’ri berilgan ?

8. Maxmudho’ja Bexbudiy qaysi nomlar bilan jurnal va gazeta nashr etdirgan edi ? 9. Quydagi jadidlardan qaysi biri 1878-yilda Toshkentda tu’g’ilgan ?

10. Abdulla Avloniy qaysi tillarni yaxshi bilar edi ?11.Abdulla Avloniy Toshkentda o’zi ochgan maktabda qaysi fandan dars bergan ? 12.Quyidagi darsliklarning qaysilariga Abdulla Avloniy mualliflik

15.Quydagi jadidlardan qaysi biri 1878-1931-yillarda yashab o’tgan ?

16.Quyidagi darsliklarning qaysilariga Munavvarqori Abdurashidxonov mualliflik qilgan ?A) Savod chiqarish kitobi, Qisqacha umumiy geografiya, Aholi geografiyasiga kirish, Islom tarixi

17. Munavvarqori Abdurashidxonov qaysi yili Toshkentda birinchiyangi usul maktabini ochgan ?

18.Yurtboshimiz tashabbusi bilan Toshkentda “Shaxidlar xotirasi” yodgorlik majmui va “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi qachon barpo etildi ?

V.Darsni yakunlash va baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI.Uyga vazifa: mavzu savollariga tayorlanish

O`.T.I.B.D.O` __________________ ____________

Sana: ______________




Mavzu: 29-§. TO‘MARIS VA SHIROQ JASORATI
Darsning maqsadi :

Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga TO‘MARIS VA SHIROQ JASORATI tarixi haqida bilim berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilarga tarixiy taraqqiyot tajribalaridan zarur saboqlar olib yashash lozimligini uqtirish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish.

Dars Turi : yangi bilim beruvchi _________________________________________________

Dars metodi: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” _______________

Dars jihozi :darslik ,xarita ,ko`rgazmali va didaktik materiallar______________________________

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash: o`quvchilar fan daftarlarini tekshirish

III.Yangi mavzu bayoni: Miloddan avvalgi VI asr o‘rtalarida qadimgi Eron hududida ahamoniylar sulolasi asos solgan Fors podsholigi hukmdorlari o‘z oldilariga yurtimiz Turonni bo‘ysundirish maqsadini qo‘ydilar. Sulola vakili shoh Kir II bu maqsadni amalga oshirish uchun dastlab ajdodlarimiz massagetlar yurtini bosib olishga qaror qildi. II ning hujumi arafasida massagetlar yurtida malika To‘maris hukmronlik qilardi. Oqila va jasur hukmdor To‘maris haqida ko‘p hikoya va rivoyatlar saqlanib qolgan. Shulardan biri Gerodotning «Tarix» kitobida keltirilgan. Yovuz Kir II massagetlar yurtini bo‘ysundirish uchun miloddan avvalgi 530-yilda Amudaryoni kechib o‘tdi.Hal qiluvchi jang oldidan Kir II hiyla yo‘li bilan To‘marisning o‘g‘li Sparganisni asirga tushirdi. Kir II halokatga uchragan bo‘lsa-da, ahamoniylar Turonni bosib olish niyatidan voz kechmadilar. Shu sulola vakili Doro I miloddan avvalgi 519-yilda saklar yashayotgan hududlarni bosib olish uchun qo‘shin tortdi. Saklar dushmanga qattiq qarshilik ko‘rsatdilar. Buni saklar qabilasiga mansub

Turonning mard o‘g‘loni Shiroq jasorati misolida ko‘rish mumkin. Turonning mard o‘g‘loni Shiroq dushman qo‘lida halok bo‘ldi. Lekin xalqini, Vatanini bosqinchilardan saqlab qoldi. Doroning qo‘shini sahroda qolib ketib, halokatga uchradi. Biroq ahamoniylar bu mag‘lubiyatdan so‘ng ham Turonni bo‘ysundirish niyatidan qaytgan emaslar. Dushman harbiy kuch jihatdan baribir kuchli edi. Oxir-oqibat Fors podsholigi yurtimizni bo‘ysundirdi va har yili katta miqdorda o‘lpon to‘lab turishga majbur etdi.

IV .Mustahkamlash : 1. Ahamoniylar kimlar edi va ular qachon Turonga bostirib kelganlar?




Download 160,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish