2. Ulug‘bek tomonidan bitilgan mashhur asarlarning nomlarini qayd eting.
3. Ulug‘bek akademiyasi va Xorazm Ma’mun akademiyasi faoliyatini
taqqoslang. O‘xshash va farq qiluvchi jihatlarini aniqlang.
4. Ulug‘bekning ilm-fan homiysi bo‘lganligini dalillar bilan asoslab bering.
5. Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi yurtimizda va dunyo miqyosida nishonlanishi haqida nimalarni bilib oldingiz?
III.Yangi mavzu bayoni: Amir Temur mamlakatning, xususan, poytaxt Samarqandning obodonchiligiga alohida e’tibor berdi va uni dunyoning go‘zal shahriga aylantirishga qaror qildi.
U ulkan bunyodkorlik ishini Samarqandning mudofaa devorlarini tiklashdan boshlattirdi. Shaharga bu devorlarga o‘rnatilgan oltita darvoza orqali kiriladigan bo‘ldi. Samarqandga Zarafshon daryosidan
suv keltirildi. Temuriylar davri me’morchiligining ajoyib namunasi Amir Temurning qarorgohi – Ko‘ksaroy shaharning ko‘rkiga ko‘rk qo’shadigan darajada hashamatli qilib qurildi. Amir Temur ayni paytda turmush o‘rtog‘i Bibixonim (Saroymulkxonim) nomi bilan ataluvchi Jome masjidi ham
qurdirdi. Amir Temur 1403-yilda yosh vafot etgan suyukli nabirasi Muhammad Sulton uchun maqbara qurdirdi. 1405-yilda Amir Temur vafot etgach uning o‘zi ham shu yerga dafn etildi va
maqbara «Go‘ri Amir maqbarasi» deb atala boshlandi. Bu maqbara dunyoda mashhur me’moriy inshootdir. 1404-yilda Samarqandga kelgan Ispaniya elchisi Gonzales de Klavixo o‘z esdaliklarida bu bog‘da favvoradan suv otilib turganligini, bog‘ga kiriladigan darvoza juda keng va u oltin hamda boshqa qimmatbaho toshlar bilan bezatilganligini, shuningdek, ustiga taxtiravon o‘rnatilgan
oltita fil ham borligini yozib qoldirgan. Kamoliddin Behzod (1455 – 1536).2 O‘z davrining buyuk rassomi Kamoliddin Behzod Alisher Navoiyning zamondoshi edi. U Alisher Navoiyning muruvvati bilan buyuk miniatyurachi rassom bo‘lib voyaga yetdi. Noyob qobiliyat egasi bo‘lgan Behzod Husayn Boyqaroning davlat kutubxonasiga rahbar etib tayinlandi. Bu kutubxona o‘z davrining badiiy akademiyasiga aylandi. Akademiyaga keyinchalik «Behzod akademiyasi» deb nom berildi. Behzod Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma», Jomiyning «Salomon va Absol», Sa’diyning «Bo‘ston», Xotifiyning «Temurnoma» asarlariga, shuningdek, Alisher Navoiyning kitoblariga betakror miniatyuralar chizdi. Mustaqillik yillarida Behzodning nomini abadiylashtirish borasida katta ishlar amalga oshirildi. Chunonchi, Toshkentdagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga Kamoliddin Behzod nomi berildi. 2000-yilda yurtimizda YUNESKO homiyligida Behzod tavalludining 545-yilligi nishonlandi.
IV .Mustahkamlash :
Ko‘ksaroy
|
Bibixonim
|
Lutfiy
|
«Ma’nolar xazinasi»
|
1405-y
|
Gonzales de Klavixo
|
Husayn Boyqaro
|
YUNESKO
|
V.Darsni yakunlash va baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
VI.Uyga vazifa: mavzu savollariga tayorlanish
O`.T.I.B.D.O` __________________ ____________
|