Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q


To‘maris jasorati haqida nimalarni bilib oldingiz? 3



Download 160,69 Kb.
bet16/25
Sana21.01.2022
Hajmi160,69 Kb.
#394994
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
Bog'liq
5 sinf tarix

2. To‘maris jasorati haqida nimalarni bilib oldingiz?

3. Shiroq jasorati haqida so‘zlab bering

V.Darsni yakunlash va baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI.Uyga vazifa: mavzu savollariga tayorlanish

O`.T.I.B.D.O` __________________ ____________


Sana: ______________




Mavzu: 30-§. SPITAMENNING QAHRAMONLIGI
Darsning maqsadi :


Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga yunon-makedonlarning O`rta Osiyoga hujumi va unga qarshi Spitamen kurashi tarixi haqida bilim berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilarga tarixiy taraqqiyot tajribalaridan zarur saboqlar olib yashash lozimligini uqtirish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish.

Dars Turi : yangi bilim beruvchi __________________________________

Dars metodi: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi”

Dars jihozi :darslik ,xarita ,ko`rgazmali va didaktik materiallar___________________

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

Bingo mashqi :



Doro I

Geradot

Mil.av 530

Kir II

Poliyen

Mil.av 519

III.Yangi mavzu bayoni: Miloddan avvalgi IV asr o‘rtalarida Yevropada Makedoniya davlati tashkil topdi. Uning podshosi Filip II bosqinchilik urushlari olib borish

uchun katta qo‘shin to‘pladi. Biroq u o‘ldirilgach taxtni 20 yashar o‘g‘li Aleksandr egalladi (mil. avv. 356–323-yillar). U juda ko‘p mamlakatlarni bosib olib,

Makedoniyalik Aleksandr nomi bilan mashhur bo‘ldi. Boshqa bosqinchilar qatori Aleksandrni ham yurtimizning bitmas-tuganmas boyliklari o‘ziga rom etgan edi. Shuning uchun ham u Vatanimizni bosib olishga intila boshladi. Miloddan avvalgi 329-yilda dastlab Baqtriyani bosib oldi. So‘ng So‘g‘diyonaga qarshi yurish boshladi va Marokanda (hozirgi Samarqand) shahrini egalladi va uni o‘zining qarorgohiga aylantirdi. So‘ngra, Sirdaryo tomon yurishni davom ettirdi. Spitamen boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilar dastlab Marokanda shahrida qoldirilgan Aleksandr qo‘shinini tor-mor etib shaharni egalladilar. Buni eshitgan Aleksandr Spitamen qo‘zg‘olonini bostirish uchun katta qo‘shin yubordi. Biroq Spitamen ularni ham tor-mor keltirdi. Yurtdoshlari Spitamenni Qoplon deb atashardi. Unga bunday nom berilishiga uning qoplon terisini ustiga yopib yurishigina emas, balki qoplondek dovyurak va chaqqonligi ham sabab bo‘lgan.Shu tariqa Aleksandr Vatan xoinlaridan foydalanishga qaror qildi va bunga erishdi. Aleksandr Spitamenni xoinlar yordamida hiylanayrang

yo‘li bilan yengdi. Bu voqea miloddan avvalgi 328-yilda yuz berdi.1 Sug‘diyonaliklar Spitamenni katta izzat-ikrom bilan dafn etdilar.

IV .Mustahkamlash :



1. Makedoniya davlati qachon va kim tomonidan barpo etildi?

2. Makedoniyalik Aleksandr Vatanimizni bosib olishdan qanday maqsadni ko‘zlagan edi?

3. Spitamen boshchiligida Vatanimiz ozodligi uchun olib borilgan qo‘zg‘olon

haqida nimalarni bilib oldingiz?

4. Aleksandr Spitamenni qanday yo‘l bilan mag‘lub etgan edi?

V.Darsni yakunlash va baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI.Uyga vazifa: mavzu savollariga tayorlanish
O`.T.I.B.D.O` __________________ ____________


Sana: ______________




Mavzu: 31-§. ARABLARGA QARSHI XALQ OZODLIK KURASHI
Darsning maqsadi :


Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga ARABLARGA QARSHI XALQ OZODLIK KURASHI tarixi haqida bilim berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilarga tarixiy taraqqiyot tajribalaridan zarur saboqlar olib yashash lozimligini uqtirish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish.

Dars Turi : yangi bilim beruvchi _________________________________________________

Dars metodi: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” _______________

Dars jihozi :darslik ,xarita ,ko`rgazmali va didaktik materiallar______________________________

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash: Bingo mashqi:


Aleksandr

Mil.av 329

qoplon

Spitamen

Mil.av 328

Marokanda

III.Yangi mavzu bayoni: Vatanimizning qulay tabiiy iqlim sharoiti, behisob boyliklari arablarning ham diqqate’tiborini o‘ziga tortdi. Shuning uchun ham ular VIII asrda Vatanimizni bosib olishga kirishdilar. Bu bosqinchilik yurishiga tajribali arab sarkardasi Qutayba ibn Muslim rahbarlik qildi. Bosqinchilik yurishi boshlanishi arafasida Vatanimizda yagona qudratli davlat yo‘q edi. Bu esa arab bosqinchilari uchun juda qo‘l keldi. Shunday bo‘lsada, ajdodlarimiz bosqinchilarga qattiq qarshilik ko‘rsatdilar. Biroq qudratli qo‘shinga ega bo‘lgan arablar 715-yilda yurtimizda o‘z hukmronligini o‘rnatdilar. Arablar Movarounnahr aholisiga jabr-zulm o‘tkaza boshladilar. Chunonchi, ular mahalliy aholidan olinadigan soliqlar miqdorini oshirdilar. Bu ham yetmaganidek, eng yaxshi yerlar ko‘chirib keltirilgan arablarga olib berildi. Yurtimiz boyliklari talandi. Ularni nazar-pisand qilmadilar. Bu adolatsizliklar va o‘tkazilgan jabr-zulmlar mahalliy aholida keskin norozilik uyg‘otdi. Bular oxir-oqibat 769-yilda Muqanna boshchiligida qo‘zg‘olon boshlanishiga olib keldi. Muqannaning

asl ismi Hoshim ibn Hakim edi. U doim yuzini niqob bilan bekitib yurgan. Qo‘zg‘olonchilar arablardan ajralib turish uchun oq kiyim kiyib olganlar. Shuning uchun bu qo‘zg‘olon tarixga «Oq kiyimlilar qo‘zg‘oloni» nomi bilan kirdi. 783-yilgacha davom etgan bu qo‘zg‘olon arab bosqinchilarini tahlikaga solib qo‘ydi. Ular qo‘zg‘olonni bostirish uchun barcha choralarni ko‘rdilar. Shunga qaramay qo‘zg‘olonchilar qattiq qarshilik ko‘rsatdilar. Biroq kuchlar teng emas edi. Bu esa arablarga qo‘zg‘olonchilarni birin-ketin mag‘lubiyatga uchratish imkonini berdi. Muqanna qo‘zg‘oloni yengilgan bo‘lsada, u arablar bosqinchiligining ildizlariga zarba berdi. Ayni paytda bu qo‘zg‘olon xalq kuchqudrati uning mustahkam birligida ekanligini ham ko‘rsatdi.

IV .Mustahkamlash : 1. Vatanimiz qaysi jihatlari bilan arablar



e’tiborini o‘ziga tortgan edi?


Download 160,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish