Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q



Download 160,69 Kb.
bet10/25
Sana21.01.2022
Hajmi160,69 Kb.
#394994
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Bog'liq
5 sinf tarix

YUNESKO

Altamira

Lasko

Kapovaya

«Qizil kitob»

V.Baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI.Uyga vazifa: mavzu savollariga tayorlanish
O`.T.I.B.D.O` __________________ ____________

Sana: ______________




Mavzu: 9-§. YOZUV – INSONIYATNING BUYUK KASHFIYOTI
Darsning maqsadi :


Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga yozuvning paydo bo`lishi va insoniyat tarixidagi o`rni haqida bilim berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilarga tarixiy taraqqiyot tajribalaridan zarur saboqlar olib yashash lozimligini uqtirish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish.

. Dars Turi : yangi bilim beruvchi _________________________________________________

Dars metodi: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” _______________

Dars jihozi :darslik ,xarita ,ko`rgazmali va didaktik materiallar______________________________

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash: atamalar bilan ishlash

III.Yangi mavzu bayoni: Yer yuzida ilk yozuv belgilari dastlab Osiyo va Shimoliy Afrika (qadimgi Misr) xalqlari tomonidan yaratilgan. O‘tmish tarix, odamlar yaratgan hayotiy tajriba va bilimlar, kashfiyotlar ajdodlardan avlodlarga yozuv orqali yetib keldi. Olimlar qadimgi yozuvlarni bir necha turlarga bo‘lganlar. Ulardan dastlabkisi «eslatuvchi belgilar» deb atalgan. Bunday belgilar muayyan miqdorni belgilashda, biror xabarni uzoq masofaga yetkazishda qo‘llanilgan. Masalan, biror miqdorni

ifodalash uchun turli hajmdagi toshdan yoki chig‘anoqlardan foydalanilgan. Ajdodlarimiz yozuvning «buyumli yozuv» deb ataluvchi turidan ham foydalanganlar. Masalan, qo‘rg‘on rasmi marhum ko‘milgan joyni, nontuz esa do‘stlikni anglatgan. Qadimgi yozuvning yana bir turi «rasmli yozuv» edi. Qadimgi ajdodlarimiz turli hayvonlarning rasmlarini toshlarga, suyaklarga va g‘orlarning devorlariga o‘yib tushirganlar. Ular faqat rasmgina bo‘lib qolmay, biror holatni anglatuvchi o‘ziga

xos axborot ham edi. Hayot rivojlanib borgani sari rasmli yozuvlar kishilar ehtiyojini qondira olmay qoldi. Ular ancha mukammalroq yozuvga ehtiyoj seza boshladilar. Natijada yozuvning yangi turi –«So‘z yozuvi» shakllandi. Qadimgi Misr hamda

Xitoy iyerogliflari, Shumer mixxati va boshqalar buning dastlabki namunalari bo‘ldi.

Biroq, iyerogliflar bilan yozish oson ish emas, chunki ko‘p miqdordagi iyerogliflarni

yodda saqlab qolish og‘ir edi. Hayot endi «alifboli yozuv» kashf etilishini talab qila boshladi. Dunyoda birinchi alifboni, ya’ni harfli yozuvni miloddan avvalgi 2-ming yillik o‘rtalarida qadimgi finikiyaliklar yaratishdi va u finikiy yozuvi deb ataldi.Finikiy alifbosi 22 ta harfdan iborat bo‘lib, u o‘ngdan chapga qarab yozilgan. Finikiy

tilidagi so‘zlarni shu 22 ta harf bilan yoza olish ulkan hodisa edi. Finikiy yozuvi boshqa mamlakatlarda ham tez tarqala boshladi. Ular finikiy alifbosini o‘z tillariga moslashtirib oldilar. Dunyodagi hozirgi yozuvlarning beshdan to‘rt qismidan ko‘prog‘

ining asosida finikiy yozuvi yotadi. Hatto hozirgi kundagi lotin va kirill yozuvlari

ham finikiy yozuvidan kelib chiqqan.

IV .Mustahkamlash : Alifbolar Qachon yaratilgan? Harflari soni Yozilish tartibi

__________ ______________ _______ _____________

__________ ___________ _______ _____________

V.Baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI.Uyga vazifa: mavzu savollariga tayorlanish
O`.T.I.B.D.O` __________________ ____________


Sana: ______________


Mavzu: 12-§. YEVROPA VA AMERIKADA DASTLABKI SIVILIZATSIYALAR

Darsning maqsadi :




Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga sivilizatsiya tushunchasi va dastlabki sivilizatsiyalar haqida bilim berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilarga tarixiy taraqqiyot tajribalaridan zarur saboqlar olib yashash lozimligini uqtirish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish.

. Dars Turi : yangi bilim beruvchi _________________________________________________

Dars metodi: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” _______________

Dars jihozi :darslik ,xarita ,ko`rgazmali va didaktik materiallar______________________________

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash: savollar va ma`lumot berish orqali.

III.Yangi mavzu bayoni: Sivilizatsiya deyilganda biror xalqning madaniyati rivojida erishgan yutuqlari darajasi tushuniladi. Shuning uchun ham sivilizatsiya atamasi o‘rnida ko‘pincha «madaniyat» iborasi ham qo‘llaniladi. Mehnat qurollarining takomillashuvi va ishlab chiqarish texnikasining ixtiro qilinishi, shaharsozlik, yozuvning paydo bo‘lishi, ilm-fan, adabiyot, san’atning

taraqqiyoti va boshqalar sivilizatsiya yoki madaniyat taraqqiyotining belgilaridir. Osiyo va Shimoliy Afrika (qadimgi Misr) ilk sivilizatsiya markazlari bo‘lgan. Ularning ta’sirida Yevropada ham sivilizatsiya rivojlangan. Arxeolog olimlar Yunoniston (bugungi Gretsiya) davlatiga qarashli Krit orolida miloddan avvalgi 3–2- ming yillikka oid shaharlar qoldig‘ini topdilar. Shaharda bunyod etilgan saroyning devorlari suvalgan. Suvoq namligidayoq unga o‘yib rasmlar solingan. Saroyning

quyi qavatidagi ko‘plab xonalarda ustaxonalar, qurolxonalar, qimmatbaho buyumlar va oziq-ovqat

mahsulotlari saqlanadigan omborlar joylashtirilgan. Kritliklar hunarmandchilikda katta yutuqlarga

erishganlar. Arxeologik topilmalar hunarmandchilik, zargarlik, uysozlik va kemasozlik sohalarining rivoj topganligini ko‘rsatdi. Kemasozlikda erishgan yutuqlar kritliklarga savdo qilish va harbiy flot yaratish imkonini berdi. Kritliklar o‘z yozuvlarini ham yaratdilar. Ular uzunligi 150–200, eni 70–150 metr kenglikdagi nihoyatda go‘zal yerosti zallari ham qurganlar. Ular yaratgan labirintlar hamon odamlarni hayratga solib kelmoqda. Miloddan avvalgi 2-ming yillikning o‘rtalarida yuz bergan vulqon otilishi natijasida Krit madaniyati halokatga uchradi. Biroq yuz bergan bu halokat Krit madaniyatini butunlay yo‘q qilib yubormagan edi. Ko‘p o‘tmay Peloponnes yarimorolida yashovchi yunon qabilalari Kritni egallab oldilar miloddan avvalgi 2-ming yillikda Mikena shahar-davlati vujudga keldi. Bu shahar-davlatning madaniyati kritliklar madaniyati ta’sirida rivojlandi. Arxeologik

qazishmalar Mikenada hunarmandchilik va savdoning yaxshi rivojlanganligini ham ko‘rsatdi. Markaziy Amerikaning Yukatan yarimorolida,qalin chakalakzorlar orasida mayyalar yashardi.

Bu xalq yashagan hudud tabiatan yashash uchun juda noqulaybo‘lgan. Biroq ular matonatli mehnatlari bilan bu hududni obodo‘lkaga aylantira oldilar. Mayya xalqi Amerika qit’asida eng rivojlanganmadaniyat namunalaridan birini yaratdi. Bu ular bunyod etgan Tikal shahri timsolida o‘z ifodasini topdi. Shaharda uch mingga yaqin turli imorat (ibodatxona, rasadxona, marosimlar saroyi va uy-joy)lar qurilgan. Shahar markazida qurilgan piramida va saroylar esa uning ko‘rkiga-ko‘rk qo‘shib turgan. Milodning birinchi ming yilligida mayyalarda shahar-davlatlar vujudga keldi. Ularning hukmdorlari «Buyuk inson» deb atalgan. Hukmdorlik nasldan naslga meros bo‘lib o‘tgan. Mayyalar 300 belgidan iborat iyeroglifli yozuvni yaratganlar. Shuningdek, o‘z davri uchun eng aniq bo‘lgan kalendar tuzishga ham muvaffaq bo‘lganlar. Ibodatxonalarda «xudolarga xizmat qiluvchilar» – kohinlar o‘z davrining eng o‘qimishli kishilari edi. Ular sayyoralarning Quyosh atrofida aylanishi, Quyosh va Oy tutilishi vaqtini oldindan hisoblab chiqa olganlar. Ming yildan ortiq yashagan bu madaniyat keyinchalik yevropaliklar bosqini oqibatida barham topdi.

IV .Mustahkamlash :klaster bilan ishlash

V.Baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI.Uyga vazifa: mavzu savollariga tayorlanib kelish

O`.T.I.B.D.O` __________________ ____________



Sana: ______________


Mavzu: 2 nazorat ishi
Darsning maqsadi :


Ta`limiy maqsad:-o`quvchilar bilimini mustahkamlsh;

Dars Turi : bilimlarni nazorat qiluvchi

Dars metodi: nazorat test

Darsning borishi:

Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

1..Yozma manbalar bundan nеcha ming yil oldin paydo bo’lgan?

A) 2 ming yil;

B) 3 ming yil;

C) 3,5 ming yil;

D) 4 ming yil;

Е) 5 ming yil

2.Kulolchilik nima?

A) Idishlar;

B) Pishirilgan sopol idishlar;

C) Turli sopol buyumlar;

D) Yoqochdan ishlangan idishlar;

E) To’g’ri javob B, S.

3.Qadimgi odamlar O’rta Osiyo hududida qaysi davrdan boshlab kеlib joylashgan?

A) o’rta palеolit davrida;

B) Ilk palеolit davrida;

) So’nggi palеolit davrida.

4.Qaysi manzilgoh mеzolit davriga doir emas?

A) Obishir; B) Qo’shilish; C) Machay; E) Sopollitеpa; Е) Javoblarning barchasi to’g’ri.

5.Nеandеrtal tipidagi odam qaysi davrda paydo bo’lgan?

A) Ilk palеolit davrida; B) O’rta palеolit davrida; C) So’nggi palеolit davrida; D) Bronza davrida; Е) Jеz davrida.

6.O’rta Osiyo hududida ilk mеhnat taqsimoti qaysi davrda vujudga kеldi?

A) Tosh davrida; B) Ilk palеolit davrida; C) O’rta palеolit davrida; D) So’nggi palеolit davrida; .

7.O’rta Osiyoda sug’orishning qaysi usuli ko’proq mеhnat talab etgan?

A) Sun'iy suqorish usuli; B) Yomqir suBlaridan foydalanish usuli;

C) Tabiiy suqorish usuli; D) Charxpalak yordamida; i.

8.O’rta Osiyo hududida eng qadimgi odamlar manzilgohlari.

A) Sеlung’ur, Tеshiktosh, Omonqo’ton; B) Zarautsoy, Omonqo’ton, Soymalitosh;

C) Sеlung’ur, Soymalitosh, Tеshiktosh; D) Tеshiktosh, Zarautsoy, Omonqo’ton;

9.O’zbеkiston hududida dastlabki dеhqonchilik manzilgohlari qachon paydo bo’lgan?

A) Eramizgacha IV—III ming yillikda; B) Eramizgacha III— II ming yillikda;

C) Eramizgacha II—I ming yillikda; D) Eramizgacha I ming yillik oxirida;

10.Qadimgi odamlar tirikchiligining bosh manbai qaysi mashg’ulot hisoblangan?

A) Dеhqonchilik;

B) Ovchilik;

C) ChorBachilik;

D) Tеrmachilik;

Е) Kulolchilik.


VI.Uyga vazifa: o`tilgan mavzular asosida test tuzish

O`.T.I.B.D.O` __________________ ____________


Sana: ______________


Mavzu:Qadimgi shaharlarning paydo bo`lishi
Darsning maqsadi :


Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga qadimgi shaharlar va ularning paydo bo`lish tarixi haqida bilim berish;

Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilarga tarixiy taraqqiyot tajribalaridan zarur saboqlar olib yashash lozimligini uqtirish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish.

Dars Turi : yangi bilim beruvchi _________________________________________________

Dars metodi: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” _______________

Dars jihozi :darslik ,xarita ,ko`rgazmali va didaktik materiallar______________________________

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash: 1. Yevropadagi dastlabki madaniyat o‘chog‘i – Krit madaniyati haqida

nimalarni bilib oldingiz?




Download 160,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish