Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga tarix fani haqida ilmiy,nazariy ma`lumotlar berish;
Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilarga tarixiy taraqqiyot tajribalaridan zarur saboqlar olib yashash lozimligini uqtirish;
Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish.
. Dars Turi : yangi bilim beruvchi ________________________________________________________________________
Dars metodi: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” _________________________________________
Dars jihozi :darslik ,xarita ,ko`rgazmali va didaktik materiallar______________________________________________________
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.
II.Asosiy qism: Ko`prik metodidan foydalangan holda o`quvchilar bilan qisqa savol-javob o`tkazish
III.Yangi mavzu bayoni: «Vatan» arabcha so‘z bo‘lib, ona yurt degan ma’noni anglatadi. Vatan – biz tug‘ilgan makon. Kindik qonimiz to‘kilgan tuproq.
Vatan – bu oltin beshik. Ota-onamiz, qarindoshlarimiz va do‘stlarimiz
bilan birga yashayotgan zamin. Bobolarimizning izlari qolgan yer.
Ajdodlarimiz yurti, yurakdagi javohirdir.
Vatan – jonajon shahringiz va qishlog‘ingizdir. Insonning qalbi,
orzu-umidlari, quvonchlari va kelajagi Vatani bilan chambarchas
bog‘liqdir.
Muqaddas «Vatan» so‘zi mo‘tabar «ona» so‘zi bilan yonma-yon
turadi. Chunki, Vatan ham ona kabi yagonadir. «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q». Dunyodagi zo‘ravon kuchlar qaysi bir xalqni o‘ziga tobe qilmoqchi, bo‘ysundirmoqchi bo‘lsa, avvalambor uning buyuk boyligi bo‘lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma’-
naviyatidan judo qilishga urinadi.Birinchi prezidentimiz Islom Karimov o‘zining «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» kitobida «O‘z tarixini bilmay digan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q» deb bejiz ta’kidlamaganlar. Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan aytilgan bu hikmatli so‘zlar Sizni Vatanimizning tarixini puxta
egallashga da’vat etadi. Vatanimizning o‘tmishi buyuk, uning kelajagi ham shubhasiz buyukdir. O‘tmishdagi buyuklik nimalardan iborat bo‘lganligini va kelajakdagi buyuklik yo‘lida qanday ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilayotganligini tarix fanini bosqichma-bosqich o‘rganish orqali bilib olasiz.
IV .Mustahkamlash :klaster bilan ishlash
V.Baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
VI.Uyga vazifa: Uyda ota-onangizdan ispan yozuvchisi Migel de Servantesning quyidagi
so‘zlarining mazmunini tushuntirib berishlarini so‘rang: «Tarix – faoliyatimiz
xazinasi, o‘tmish guvohi, bugungi kun uchun ibrat va o‘git, kelajak uchun esaogohlantirishdir»..
O`.T.I.B.D.O` __________________ ____________
|