2. Odamzodning eng qadimgi ajdodlari nomlarini aytib bering.
3. Odamzodning uzoq taraqqiyot bosqichining turli davrlarida yashagan
ajdodlari bir-biridan qaysi jihatlari bilan farq qilgan?
4. Qanday omil odamzod ajdodlarining yashab qolishida va bugungi
qiyofadagi odamga aylanishida hal qiluvchi rol o‘ynagan?
5. O‘zbekiston hududida yashagan eng qadimgi ajdodlarimiz haqida nimalarni bilib oldingiz?
III.Yangi mavzu bayoni : Qadimgi odamlar toshga ishlov berib uni mehnat quroliga aylantirganlar. Ishlov berilib, bodom shaklida yasalgan va foydalanilgan tosh qurolning
uzunligi 10–20 santimetrni tashkil etgan. Og‘irligi esa besh yuz grammdan bir kilogrammgacha bo‘lgan. Bu dastlabki mehnat qurolining ikki tomoni boshqa tosh bilan tarashlangan. Undan biror narsani urish, kesish, o‘yish va ko‘zlangan masofaga irg‘itish quroli sifatida foydalanilgan. Qadimgi odamlar o‘z mehnatlarini yengillashtirish maqsadida mehnat qurollarini yanada takomillashtirib borganlar. Masalan, sinantroplar oldingi ajdodlariga qaraganda qirralari o‘tkirroq uchli hamda ushlash uchun undan ham qulayroq qurollar yarata olganlar. Bu qurollardan foydalanish ancha qulay bo‘lgan. Neandertal odami toshdan uchi yanada uchqurroq ish qurolini yaratgan. Suyakdan esa kundalik hayotiy ehtiyojlar uchun zarur bo‘lgan turli xildagi o‘tkir uchli mayda mehnat qurollari yaratgan.Kromanyon odami toshdan pichoq, nayza, turli xil keskich, qirg‘ich, bigiz, suyakdan esa igna, qarmoq, sanchqi yaratgan. Suyakdan igna yasab tikishni kashf etdi. Sun’iy olov hosil qilishni o‘rganib oldi. Keyinchalik o‘q-yoy ixtiro qildi. Bu insoniyat tarixidagi yirik ixtiro edi. Ayni paytda odamlarning itni qo‘lga o‘rgatishi, kundalik iste’moldan ortiqcha hayvon ovlana boshlagach esa yovvoyi hayvonlarni uy hayvonlariga aylantira borishi natijasida chorvachilik vujudga keldi. Bora-bora odamlar kulolchilikni o‘rgandilar va
o‘zlarining kuzatuvchanliklari bois tabiatda uchraydigan mis, qalay va qo‘rg‘oshindan mehnat qurollari tayyorlay boshladilar.
IV .Mustahkamlash :klaster bilan ishlash:
Mashg`ulotlari
Mehnat qurollari
V.Baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
VI.Uyga vazifa: mavzu asosida berilgan jadvalni to`ldirish.
O`.T.I.B.D.O` __________________ ____________
Sana: ______________
Mavzu: 1 nazorat ishi
Darsning maqsadi :
|
Ta`limiy maqsad:-o`quvchilar bilimini mustahkamlsh;
Dars Turi : bilimlarni nazorat qiluvchi
Dars metodi: nazorat
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.
I variant
1.O'zbekiston tarixiga oid eng qadimgi yozma manba ?
2.Moddiy manbalarni kimlar o'rganadi?
3.Qaysi payg'ambar 1-yanvarda tug'ilgan?
4.Eski hujjat, yozma manbalar saqlanadigan joy?
5.Tarixiy voqea va hodisalar ro'y bergan vaqtini o'rganuvchi fan?
6."Milod" so`zining o'rniga ya'na qanday so`z ishlatish mumkin?
7.Tarixiy voqea va hodisalar haqida guvohlik beruvchi, arxivlarda saqlonayotgan qaydnomalar, suratlar, asarlar-bu?
8.Mil avv 776-yilda "Birinchi Olimpiada" qaysi davlatda bo'lgan?
9. Muhammad payg`ambar Makka shahridan qaysi shaharga hijrat qiladi?
.10. Misrliklarni eng katta daryosi ?
II variant
Kunduz ham, tun ham 12 soatga teng bo'ladigan kun?
. Vaqtning kunlarga, haftaga, oylarga va yillarga bolib hisoblash -bu?
. Kalendarni birinchi bo'lib qaysi davlat yaratgan?
. Hijriy yil hisobi birinchi bo'lib qaysi davlatda muomilaga kiritilgan ?
Mill. avv.gi 46-yilda Rim davlatinin hukimdori kim edi (Yuliy .......... )?
Hijriy-oy yili yana qanday nomlanadi?
. Muhammad payg`ambarning Makka shahridan ko'chishi qaysi oyda amalga oshirilgan?
. Islom dining eng muqaddas ibodatxonasi ?
. Yuliy kalendarini hatoligini kim aniqlagan?
. Ka'ba qaysi shaharda qurilgan?
III variant
. Yerning Quyosh atrofida bir marta aylanib chiqishi uchun ketadigan vaqt o'lchov birligi ?
Temuriy bobolarimizdan qaysi biri globus yaratgan?
. Birinchi bo'lib dunyo xaritasini tuzgan olim qayerlik bo'lgan?
. "Yer olmasi" deb ataluvchi globusni kim yaratdi?
Birinchi bo'lib dunyo xaritasini kim tuzdi?
Plotemey xaritasida Afrika qanday atalgan?
O'zbek tilida qaysi so'z shar degan ma'noni anglatadi?
Birinchi bo'lib Globusni qaysi bobakalonimiz yaratdi (Abu Rayhon ..............)?
Maxsus asbob yordamida osmon jisimlarini kuzatish bilan shug'ullanuvchi ilmiy muassasa?
30 Globus qaysi so'zdan olingan?
"Yer olmasi" deb ataluvchi globusni yaratgan olim qaysi millatdan bo'lgan?
2Indoneziyadagi orol ?
3 Neandertal odam qaysi davlatdan topilgan?
4/Odamning paydo bo'lishini , tuzilishini, rivojlanishi, suyak qoldiqlaridan odamning qiyofasini tiklab o'rganuvchi olim?
5.. Qadimda Sharqiy Afrikada yashagan odamlar qanday ataladi?
Qadimgi Xitoy odamlari qanday nomlanadi?
7.. Mill. avv. 100-40 ming yilliklar oralig'ida yashagan odamlar qanday nomlangan?
8.Mill. avv. 40-12 ming yilliklar oralig'ida yashagan odam suyaklari Fransiyaning qaysi g'oridan topilgan?
9.O'zbekistonda neandertal odam suyak qoldiqlari qaysi viloyatdan topilgan?
10.Farg'ona vodiysida yashagan odamlar suyak qoldiqlari va ular yaratgan mehnat qurollari Farg'ona vodiysini qaysi g'oridan topilgan?
VI.Uyga vazifa: o`tilgan mavzular asosida test tuzish
O`.T.I.B.D.O` __________________ ____________
|
Sana: ______________
Mavzu: ARXEOLOGIYA TARIXIDAN
Darsning maqsadi :
|
Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga arxeologiya tarixi haqida bilim berish;
Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilarga tarixiy taraqqiyot tajribalaridan zarur saboqlar olib yashash lozimligini uqtirish;
Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish.
. Dars Turi : yangi bilim beruvchi ________________________________________
Dars metodi: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” ____
Dars jihozi :darslik ,xarita ,ko`rgazmali va didaktik materiallar___________________
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: Savol –javob asosida:
III.Yangi mavzu bayoni: Arxeologiya so‘zi lotincha «arxeo» va «logos» so‘zlaridan iboratbo‘lib, «qadimshunoslik» degan ma’noni anglatadi. Arxeologiya fani bilan shug‘ullanuvchiolimlar arxeolog (qadimshunos)lar deb ataladi.Tarixda hech narsa izsiz yo‘qolib ketmaydi.Ana shu izni topish arxeologiyaning vazifasidir.Arxeologlar o‘tmishga oid turli topilmalar(mehnat qurollari, uy-ro‘zg‘or buyumlari,qurol-yarog‘lar, zeb-ziynatlar, uy-joy, ustaxonalar,sug‘orish inshootlari va boshqalar)ning qoldiqlarini o‘rganadilar. Shu asosda o‘tmish haqida ma’lumotlar to‘playdilar.Barcha topilmalar arxeologiya yodgorliklari deb ataladi.Arxeologiya yodgorliklari kishilik jamiyatining yozma tarixigacha bo‘lgan davrini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Arxeologlar dastlab qazilma ishlari o‘tkaziladigan joylarni belgilab oladilar. So‘ng qazish
ishlarini o‘tkazadilar. O‘zbekiston olimlari arxeologik qazishmalar natijasida topilgan yodgorliklarni o‘rganish orqali Samarqand shahrining 2750, Qarshi va Shahrisabz shaharlarining 2700, Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 va Toshkent shahrining 2200 yoshdaligini aniqladilar. O‘zbekistonda arxeologiya fanini rivojlantirishda o‘zbek olimi Muso Saidjonov, keyinchalik mashhur olim Yahyo G‘ulomov rahbarligidagi arxeologlarning xizmatlari katta bo‘ldi. Hozirgi kunda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi qoshidagi Yahyo G‘ulomov nomidagi arxeologiya instituti ham katta ishlarni amalga oshirmoqda.Suvosti arxeologiyasi. Suvosti arxeologiyasi arxeologiya fanining yordamchi sohasi hisoblanadi. Uning tarixi XX asr boshida grek baliqchilari tomonidan qadimiy haykalni olib ketayotgan kema g‘arq bo‘lgan joy topilgan vaqtdan boshlandi.Fransuz olimi Jak Iv Kusto tomonidan akvalangning yaratilishi insoniyatning suvosti merosini o‘rganishni yanada yengillashtirdi.
IV .Mustahkamlash :atamalar bilan ishlash:
- Arxeologiya - Yahyo G‘ulomov
- Arxeolog - Jak Iv Kusto
V.Baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
VI.Uyga vazifa: mavzu savollariga tayorlanish
O`.T.I.B.D.O` __________________ ____________
|
Sana: ______________
Mavzu:8-§. QOYATOSH SURATLARI
Darsning maqsadi :
|
Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga qoya rasmlari tarixi haqida bilim berish;
Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilarga tarixiy taraqqiyot tajribalaridan zarur saboqlar olib yashash lozimligini uqtirish;
Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish.
. Dars Turi : yangi bilim beruvchi _________________________________________________
Dars metodi: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” _______________
Dars jihozi :darslik ,xarita ,ko`rgazmali va didaktik materiallar______________________________
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: fidbek
III.Yangi mavzu bayoni: Qadimgi ajdodlarimiz qoyatoshlarga chizib qoldirgan rasmlar ibtidoiy san’at namunalaridir. Ular tarix uchun juda qimmatli tarixiy yodgorliklar hisoblanadi. Qoyatosh suratlarining o‘ziga xos tomoni shundaki, ular insoniyat tomonidan hali
yozuv paydo bo‘lmasidan oldin yaratilgan. Bu san’at namunalari olimlarning qadimgi davr
tarixini yoritishlarida muhim manba hisoblanadi. Ularda qadimgi odamlarning kundalik hayoti,
turmush tarzi, diniy e’tiqodi, mashg‘ulotlari va odatlari ifodalangan. Ayniqsa, ajdodlarimizning
eng qadimgi mashg‘uloti – hayvonlarni ovlash manzarasi ko‘p uchraydi. Bu suratlar tarix uchun o‘sha davrda odamlar ko‘proq qanday hayvonlarni ovlaganligi va ular buni qay tarzda bajarganligi haqida qiziqarli ma’lumotlar beradi. Mil.avv. 15–8-ming yilliklarda qoyatosh
suratlarini dastlab kromanyon odamlari yaratganlar.1 Bu davrda qadimgi rassomlar suratlarni,
asosan, qoyalarga o‘yib ishlaganlar. Ularning bir qismi Ispaniyadagi dunyoga mashhur Altamira va Fransiyadagi Lasko g‘orlaridan hamda Boshqirdistondagi Kapovaya g‘oridan topilgan. O‘sha zamon tasviriy san’at ustalari hayvonlarni tasvirlashda turli moddalar qorishmasidan tayyorlangan rangli bo‘yoqlardan, tosh devorlardagi rasmlarni bo‘yashda
esa tayoqcha yoki hayvon junidan tayyorlangan mo‘yqalamdan foydalanishgan.
Bu esa suratlarning hozirgi davrgacha deyarli hech bir o‘zgarishsiz saqlanib qolishiga sabab bo‘lgan. Ularni o‘rganish qadimiy hayvonot dunyosini yanada yaxshiroq tasavvur qilishga imkon beradi. O‘zbekistonda ushbu noyob san’at turi juda qadimdan paydo bo‘lgan. Suratlar, asosan, ikki xil usulda – urib cho‘kichlash va tabiiy bo‘yoqlar yordamida ishlangan.
Keyinchalik rasmlar uchi o‘tkir tig‘li temir va po‘lat asboblar bilan toshlarni o‘yib ishlangan. Bu usul fanda nuqtali usul deb ataladi. Ikkinchi usulda ilk rangtasvir ustalarining mahorati ko‘zga tashlanadi. Ular turli moddalar qorishmasidan bo‘yoq tayyorlashni bilganlar. Suratlarga cho‘p, qamish, suyak va qushlarning pati vositasida jilo berilgan. O‘zbekistonda 100 dan ortiq ana shunday nodir san’at namunalari aniqlangan.Xususan, Navoiy viloyatidagi Qoratog‘ tizmasidagi Sarmishsoy darasidan topilgan sher, yo‘lbars, bars kabi yirtqich hayvonlarning
to‘qnashuvi, ovchining kamdan-kam hollarda qo‘lga o‘rgatiladigan ov qoploni – gepard yordamida yovvoyi buqani ovlashi tasvirlangan.
IV .Mustahkamlash :atamalar bilan ishlash
|
Do'stlaringiz bilan baham: |