Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga Jaloliddin Manguberdi hayoti va uning mo`g`ullarga qarshi kurashi tarixi haqida bilim berish;
Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilarga tarixiy taraqqiyot tajribalaridan zarur saboqlar olib yashash lozimligini uqtirish;
Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish.
Dars Turi : yangi bilim beruvchi _________________________________________________
Dars metodi: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” _______________
Dars jihozi :darslik ,xarita ,ko`rgazmali va didaktik materiallar______________________________
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash:
III.Yangi mavzu bayoni: 1206-yilda Mo‘g’ulistonda «Yakka mo‘g‘ul ulusi» deb atalgan davlat vujudga keldi.1 Bu davlatni o‘z davrining mashhur sarkardasi Temuchin tashkil etdi. Davlat hukmdori Temuchin Chingizxon unvoni bilan atala boshlandi. Chingizxon o‘z davri uchun qudratli qo‘shin tuza oldi. Endi, u dunyo hukmdori bo‘lishga intildi. Qisqa vaqt ichida juda katta hududlarni bosib olib, o‘z davlatini ulkan davlatga aylantirdi. Nihoyat, uning davlati chegaralari yana bir ulkan davlat— Xorazmshohlar davlati chegaralarigacha yetib keldi. Bu davrda Xorazmshohlar davlatining
hukmdori Alouddin Muhammad edi. Chingizxonning maqsadi – Xorazmshohlar davlatini qulatish va Osiyoda tanho hukmdor bo‘lib olish edi. 1219-yilda Chingizxon Xorazmshohlar davlatiga qarshi harbiy harakatlarni boshlab yubordi. Xorazmshoh sulton Alouddin Muhammad mamlakat
mudofaasini tashkil etishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Harbiy kuchlarni birlashtirish o‘rniga, har bir shahar-qal’a o‘z mudofaasini tashkil etishi to‘g‘risida ko‘rsatma berdi. Xorazmshohlarning har bir qal’asi
dushmanga qarshi mardonavor kurashdi. Mamlakat uchun shunday og‘ir sharoitda Jaloliddin bosqinchilarga qarshi kurash boshladi. 1221-yilda Valiyon qal’asini qamal qilib turgan
mo‘g‘ullarga hujum qilib, ularni tor-mor keltirdi. Bu mo‘g‘ullar ustidan qozonilgan birinchi yirik g‘alaba edi. Bundan xabar topgan Chingizxon Jaloliddinga qarshi 45 ming kishilik qo‘shin
yubordi. Jaloliddin qo‘shinni G‘azna yonidagi Parvonda qarshi oldi va jangda g‘alaba qozondi. Ikki tomon o‘rtasida hal qiluvchi jang Sind daryosi yonida 1221-yilning 24–26-noyabr kunlari bo‘lib o‘tdi va bu jang tarixga «Sind jangi» nomi bilan kirdi. Jaloliddin Manguberdi 1231-yilning avgust oyida hozirgi Turkiya hududida halok bo‘ldi.
IV .Mustahkamlash : Chingizxon tuzgan mo‘g‘ullar davlati haqida nimalarni bilib oldingiz?
|