Ta`limiy maqsad:-o`quvchilarga Sovet mustamlakachiligi davri tarixi haqida bilim berish;
Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilarga tarixiy taraqqiyot tajribalaridan zarur saboqlar olib yashash lozimligini uqtirish;
Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish.
Dars Turi : yangi bilim beruvchi _________________________________________________
Dars metodi: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” _______________
Dars jihozi :darslik ,xarita ,ko`rgazmali va didaktik materiallar______________________________
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: Bingo mashqi :
To‘xtamishxon
|
1996-yilda
|
Chig‘atoy ulusida
|
2000 y
|
1867-yilda
|
1717-yilda
|
Anqara jangi
|
Sayyid Baraka
|
1864-yilda
|
1876-yilda
|
____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
III.Yangi mavzu bayoni: Rossiya imperiyasi yurtimizni bosib olgach mustamlakachilik tartiblarini joriy etdi. Boyliklarimiz talon-taroj qilindi.Og‘ir soliqlar va majburiyatlar joriy etildi. Eng unumdor yerlar Rossiyadan ko‘chirib kelinganlarga bo‘lib berildi. Milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoqosti qilindi. Bu omillar Turkiston aholisining mustamlakachilarga qarshi ozodlik qo‘zg‘oloni
ko‘tarishiga sabab bo‘ldi. Ayniqsa, 1898-yilda Andijonda Muhammadali Eshon boshchiligida
ko‘tarilgan qo‘zg‘olon keskin tus oldi. Qo‘zg‘olonning maqsadi Qo‘qon xonligini qayta tiklash edi. Biroq kuchlar teng bo‘lmaganligi va puxta tayyorgarlik ko‘rilmaganligi uchun qo‘zg‘olon mag‘lubiyatga uchradi. Bosqinchilar qo‘zg‘olonni shafqatsizlik bilan bostirdi.Muhammadali va uning yaqin safdoshlari osib o‘ldirildi. Yuzlab ishtirokchilar surgunga jo‘natildi. Biroq bu shafqatsizliklar xalqimizning irodasini buka olmadi. 1917-yilning fevral oyida Rossiyada uch yuz yildan ortiq taxtda o‘tirgan Romanovlar sulolasining hokimiyati barham topdi. Mamlakat boshidan og‘ir inqirozli
kunlarni kechira boshladi. Biroq yangi hukumat bu inqirozni bartaraf eta olmadi. Oqibatda hokimiyatni kommunistlar partiyasi (xususiy mulk bo‘lmaydigan jamiyat uchun kurashuvchi) egallab
oldi. Sovet imperiyasi (Sovet Rossiyasi) 1917-yilda dastlab Qo‘qon shahrida tuzilgan milliy hukumatimizni ag‘darib tashladi. Shaharda qirg‘in uyushtirdi. Bu xunrezlik butun Turkistonni larzaga keltirdi. Sovet mustamlakachiligi yillarida F. Xo‘jayev, A. Ikromov kabi ko‘plab davlat rahbarlari ham qatag‘on qurboni bo‘ldilar. Rossiya imperiyasi va sovet davlatiga qaramlik salkam 130 yil davom etdi. Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan 2000-yilda Toshkentda «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuyi bunyod etildi. 2002-yilda esa bu majmuada «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyi ochildi. Shu tariqa mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasi abadiylashtirildi.
IV .Mustahkamlash : 1. Nega Rossiya imperiyasi yurtimizni bosib olishni rejalashtirgan?
|