5- Mavzu: Tarixiy o‘lkashunoslikni o‘rganishda yozma va arxiv
manbalarning tutgan o‘rni ( 6 soat)
Reja:
1. O‘rta Osiyo xalqlarining tarixini o‘rganishda yozma manbalarining ilmiy ahamiyati.
2.. Arxivshunoslik haqida ma’lumot. O‘rta Osiyoda avri arxiv ishlari tarixidan.
3. O‘zbekistonda arxiv ishi tarixidan
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Arxivshunoslik haqida ma’lumot. O‘rta Osiyoda arxiv ishlari tarixi. Arxiv turlari. O‘rta Osiyoda xonliklar davri arxiv hujjatlarining CHor Rossiyasiga olib ketilishi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi. Arxiv hujjatlarini ekspertiza qilish. Arxiv kataloglari.
5.1. Tarixiy o‘lkashunoslikda eng qadimgi manbalardan biri “Avesto” hisoblanib, zardo‘shtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblanadi. Mazkur dinning asoschisi, kitob muallifi Zaratushtradir. Uning ma’nosi “Zar”-oltin, “tushtra”-tuya degan ma’noni anglatadi “Oltin tuyali” ma’nosiga yaqin. Zardushtga vahiy qilingan ilohiy kitob “Avesto” da Markaziy Osiyo xalqlarining turmush sharoitlari tasvirlangan. Sug‘orma dohqonchilik, chorvachilik, hunarmaidchilik taraqqiy qilganligi, shuningdek, yaigi shaharlar, obod qishloqlar vujudga kelganligi bayon etilgan. Zardushtiylikning muqaddas kitoblar to‘plami “Avesto” yaxshilik va yovuzlik o‘rtasidagi o‘ziga xos kurashlar bayon qilinadi. Adolat va razolat, yaxshilik va yomonlik, ezgulik va yovuzlik, hayot va o‘lim – “Avesto”ning bosh mavzui. Hayot kurash, ziddiyatlar asosida qurilganligi diqqatga sazovordir.
Axuramazda yaxshiliklarning timsoli, ezguliklarning ijodkori, adolat, rahm-shafqat, mehr-oqibat, unga xos jihatlar hisoblanadi. Ahriman uning teskarisi -yovuzlik timsoli hamda salbiy ishlarning ijodkoridir. Dev, iblis, shaytonlar uning izmida, balo-qazolar uning qilmishi, gunohi -azimlar, yolg‘on - yashiqlar uning quroli. Axuramazda odamlarni asrab shunday deydi: “Men ezgu fikr niyatlarni, ezgu amallarni yoqtiraman. “Avesto” da, - kimki erga urug‘ qadabdi, u ezgulik sari qadam quyibdi, yagona shu yo‘l haqiqat bo‘lib, qolgani sarobdir”. Boshqaruv tizimida adolat, to‘grilik, haqiqat ustuvor bo‘lgan. Er ochish, yangi erlarga urug‘ qadash va uning hosili adolatli bo‘lishi ham insof yuzasidan bo‘lgan. Oziq-ovqatni ko‘paytirish, chorva mo‘lligiga erishish ularning muqaddas burchi bo‘lgan. “Kimki menga sodiq bo‘lsa, - deyilgan “Avesto”da, eng yaxshi narsaga musharraf bo‘ladi, kimki sodiq bo‘lmasa, unga eng yomon narsa nasib etadi, mening aql-idrokim va meniig fikrimning ahdu qarori ana shunday. Kimki meni - Zaratushtrani quvvatlasa, buning evaziga istagan barcha narsalar bilan birga bir juft sog‘in sigir ham oladi». YUqoridagi holatlardan shunday xulosa chiqarsa bo‘ladiki, eng avvalo bu joyda e’tiqodga da’vat etilayapti. “Avesto”da bergan so‘zining ustidan chiqish, unga sodik, qolish, savdo-sotikda shartnomalarga qatiy amal qilish, qarzni vaqtida to‘lash, aldamchilik va xiyonatdan holi bo‘lish majburiyati yuklangan. YUqorida Avestoda keltirilgan ma’lumotlar o‘lkashunoslikda muhim ahamiyat kasb etib, insonlarni ezgulik sari, ezgu maqsadlarga erishish, yaxshilik qilish, to‘g‘ri so‘zlash, hamda halollik va poklik kabi qadriyatlarning naqadar buyuk hislatlar ekanligidan dalolat beradi.
Mil.avv. 559 yilda Erondagi ahamoniylar sulolasining yirik davlatiga podsho Kir II asos soladi. Mil.avv. 545-540 yilllarda ahamoniylar O‘rta Osiyoning Parfiya, Marg‘iyona, Baqtriya va Sug‘diyona viloyatlarini bo‘ysundirganlar. Sak - massagetlarga qarshi Kir II ning yurishlari mil.avv. 530 yilda muvafaqqiyatsiz yakunlangan. Doro I davrida (mil.avv. 522-486 yillar) ahamoniylar sulolasi Hind vodiysidan O‘rta Er dengiziga qadar bo‘lgan keng hududda o‘z hukmronligini o‘rnatgan. Ahamoniylar davlati tarixda birinchi yirik dunyo davlati deb hisoblangan. Bu davlat ko‘p sonli viloyatlar, shaharlar va xalqlarni birlashtirdi. O‘rta Osiyoda ahamoniylar ikki yuz yil davomida hukmronlik qilganlar. (mil.av.330 yilgacha). Ahamoniylar davri mixsimon yozuvlarida O‘rta Osiyo xalqlari va hududlari to‘g‘risida ma’lumot beruvchi muhim manbalardan biri hisoblanadi. Bu yozuvlar mil.avv. VI-IV asrlarga oid bo‘lib, Behustun va Naqshi Rustam qoyatoshlarida, Suza, Persipol va Hamadon shaharlarida topib tekshirilgan. Ularda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ahamoniylar juda katta hududni 23 ta viloyatni o‘ziga bo‘ysindirganlar. Ahomoniylar harbiy yurishlari to‘g‘risidagi manbalarda quyidagicha hikoya qilinadi: “Bundan so‘ng men saklarga qarshi sak yurtiga bostirib kirdim, ularning o‘zlari cho‘qqi qalpoq, kiyib yuradilar. Men daryoga etib keldim. Daryoda kemalardan ko‘prik qilib, saklarni tor -mor qildim. Ularning sardori Skunxa ismli odamni tutib, mening huzurimga keltirdilar. Men o‘z hohishim bilan saklar yurtiga yangi boshliq tayin qildim. SHundan so‘ng mamlakat mening qo‘l ostimga o‘tdi”. SHoh Doro ayturki: “Bu saklar Axuramazdani qadrlaganlar, men Axuramazdani ulug‘layman. Axuramazda irodasi va hohishim bilan men ularni tinchitib qo‘ydim”.
YUnon-fors urushlari boshlanishi bilan mil.avv. VI-IV asrlar siyosiy voqealarda ishtirok etgan O‘rta Osiyo xalqlarining tarixi qadimgi yunon tarixshunoslarining asarlarida yozilgan. Bu borada O‘rta Osiyo xalqlari to‘g‘risida qisqa bo‘lsada, juda aniq ma’lumotlar beruvchi Gerodotning “Tarix” kitobi ayniqsa, qimmatlidir. Qadimgi davrlardan boshlab bu kitob dunyoda eng mashhur tarixiy asarlardan biri bo‘lib hisoblangan. Uning muallifi Gerodot “tarixning otasi” deb nom olgan. Gerodot mil.av. 484 yilda Kichik Osiyodagi Galikarnas shahrida tug‘ilgan. (mil. av. 431-425 yillar o‘rtasida vafot etgan). Gerodotni Old Osiyo, Bobil, Eron va “dunyo chegaralarida” joylashgan xalqlar va davlatlar tarixi ham ancha qiziqtirgan. Qadimgi yunonlarning fikrlariga ko‘ra, O‘rta Osiyo va Hindiston o‘lkalari inson yashagan dunyoning sharqiy chegaralari bo‘lgan. Gerodot O‘rta Osiyoda hech qachon bo‘lmagan va bu hudud haqida o‘zi eshitgan hiqoyalar, surishtirib bilganlari asosida yozgan. Gerodot “Tarix” kitobini mil.avv. 455-445 yillarda yozgan bo‘lib, unda Baqtriya, Sug‘diyona, Xorazm va massagetlarning moddiy madaniyati, urfodatlari, turmush tarzi va diniy e’tiqodlari O‘rta Osiyodagi Araks daryosining suvlaridan foydalanishi haqida va boshqa ayrim ma’lumotlarni beradi.
Mazkur ma’lumotlar Gerodotning G.A.Stranovskiy tomonidan rus tiliga tarjima qilinib, 1972 yilda chop etilgan “Tarix” asaridan olingan.
Gerodotning “Tarix” asarida bizni qiziqtirgan masala sak (skif), massaget, xorasmiy va margush, sug‘d va parikan kabi O‘rta Osiyoda qadimda yashagan o‘troq va ko‘chmanchi xalqlar haqidagi ma’lumotlardir. U Kirning massagetlar ustiga yurishi va halokati sabablarini yoritadi. Skif xalqlari haqidagi ma’lumotlar “Tarix” kitobining 4-jildida beriladi. Uning uchun SHarq insoniyat madaniyati, donishmandlikning o‘chog‘i, uning fikricha geometriya, oftob soati, qonuniyat, qurollar, yozuv madaniyati kabilar SHarqdan kelgan.
O‘rta Osiyo xalqlari YUnon-Eron urushlarining ishtiroqchisi sifatida yunon mualliflarini qiziqtirdi va asarlarida ular haqida qimmatli ma’lumotlar beradilar. Masalan, Gerodot “Tarix” kitobida Baqtriya va bohtariylar haqida 13 marta, sug‘dlarni 2 marta, xorazmliklarni 3 marta, saklarni 11 marta, massagetlarni 19 marta tilga olib, ularning moddiy madaniyati, urf-odatlari, dini va tarixi haqida hikoya qilgan.
Gerodot ajdodlarimizning etnik tarkibi, ularni kiyim-boshi, harbiy qurollari haqida ham ma’lumotlar beradi, ya’ni “Baqtriyaliklarning boshlariga kiygan qalpoqlari midiyaliklarnikiga juda o‘xshagan, ular o‘q va kalta nayzalar bilan qurollanganlar. Saklar (skif qabilasi) uzun cho‘qqili qalpoqlar kiygan. Gerodotdan avval ajdodlarimiz haqida ilk xabarlar keltirgan boshqa bir yunon tarixchisi miletlik Gekatey bo‘lib, u miloddan avvalgi VI-V asrlarda yashab, yurtimiz qadimgi xalqlari va ahamoniy imperiyasi o‘lkalari ro‘yxati haqida xabar bergan. Uning ma’lumotlaridan Gerodot va Ktesiylar o‘z asarlarida foydalanganlar.
Ktesiy Gerodotning tarixiy an’analarini davom ettirgan boshqa bir yunon tarixchisi hisoblanib, u Kichik Osiyodagi Knid shahridan etishib chiqqan. U miloddan avvalgi V asr oxiri va IV asrning birinchi yarmida ahamoniylar saroyida shoh Artakserksning shaxsiy tabibi sifatida 17 yil xizmat qilgan. Qadimgi yunon afsonalari ta’sirida tarbiyalangan Ktesiy podsho saroyida SHarq xalqlari dostonlari va tarixi bilan juda qiziqqan. SHuning uchun u qadimgi SHarq davlatlari, shaharlari va xalqlari haqida talay ma’lumotlar to‘plab, “Hindiston tasviri”, “Persika”, “Osiyo solig‘i haqida”, “Er tasviri”, “Tog‘ haqida”, “Daryolar haqida” kabi asarlar yozgan. Ktesiy ayniqsa Hindiston va Baqtriya tarixiga tegishli ma’lumotlarga katta e’tibor beradi. CHunki Hindiston va unga chegaradosh Qadimgi Baqtriya podsholigi yunon tarixchilarining fikriga ko‘ra, dunyoning sharqiy chegaralaridagi oxirgi davlat bo‘lgan. Unga chegaradosh qadimgi Baktriya esa oltin va la’li lojuvard tosh konlariga boy o‘lka bo‘lib, uning nayzaboz va kamonchi chavandozlari Eronda mashxur edi, deya ma’lumotlar keltirilgan.
SHuningdek o‘lkamiz tarixi haqida o‘rta asrlar davri yozma ma’lumotlarning o‘rni va ahamiyati ham muhim sanaladi.
Narshaxiy (899-959y.). Narshaxiy (to‘liq ismi Abubakr Muhammad ibn Ja’far Zakariy ibn Xattob X asrda yashagan buxorolik yirik tarixchi. Muhim asarlaridan biri “Tarixi Buxoro” (Buxoro tarixi), “Tarixi Narshaxiy” (Narshaxiy tarixi), “Tahdid ul viloyat” (Buxoro viloyatini tadqiq etish) nomlari bilan mashhur bo‘lib,bu asari milodiy 944 yilda yozib tamomlangan.
SHuningdek yana bir mashhur asarlardan biri sifatida Nizom-mulk davlatni idora qilish masalalariga bag‘ishlangan “Siyosatnoma” (boshqa nomi “Siyar al mulk” – Podsholarning turmushi) nomlii asari 1092 yili yozib tamomlangan.
“Siyosatnoma” 51 bobdan iborat bo‘lib, unda markaziy davlat boshqaruvining tuzilishi, yuqori davlat mansablari va ularga tayinlash tartibi, qabul marosimlari va ularni tayorlash hamda o‘tkazish tartibi, qabul marosimlari va ularni tayyorlash hamda o‘tkazish tartibi, mansabdorlar faoliyati ustidan nazorat qilish kabi umumdavlat masalalari o‘rtaga qo‘yilgan.
SHarofuddin Ali YAzdiyning tarixda “Zafarnoma” yoki “Fathnomai sohibqironiy”, “Zafarnomaiy Temuriy”, nomli asarlari muhim manlar hisoblanadi. “Zafarnoma” asosan Nizomiddin SHomiyning yuqorida tilga olingan asari asosida zo‘r badiiy mahorat bilan yozilgan.
“SHayboniynoma” 1505 yildan keyin yozilgan. Qo‘lyozmaning hozirgacha faqat ikkita nusxasi ma’lum. Biri, Venada (Avstriya), ikkinchisi esa Leningrad universiteti kutubxonasida saqlanadi. Asar to‘rt marta (1885,1908, 1961,1989 yillarda) nashr etilgan. Abulg‘ozixon tarix sahifalarida hukmdor sifatida emas, balki ajoyib asarlari tufayli muhim o‘rin egallaydi. Jumladan “SHajarayi turk va mo‘g‘ul” hamda “SHajarayi tarakkima” nomli ikki yirik va muhim tarixiy asar yozib qoldirdi. “SHajarayi tarakkima” turkman halqi va Turkmanistonning o‘rta asrlardagi tarixini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. “SHajaraiy turk va mo‘g‘ul” esa Turkistonning XV-XVII asrlardagi tarixini o‘rganishda muhim o‘rin tutadi.
Tarixiy o‘lkashunoslikda yozma manbalar orasida Z.M.Boburning “Boburnoma”, asari hamda SHarofiddin Ali-YAzdiyning “Temurnoma” asarlari ham muhim o‘rin tutadi.
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) o‘rta asr SHarq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo‘lsa, serjilo o‘zbek tilida yozilgan «Boburnoma» asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning nafis g‘azal va ruboiylari turkiy she’riyatining eng nodir durdonalari bo‘lib, «Mubayyin» («Bayon etilgan»), «Xatgi Boburiy», «Harb ishi», Aruz haqidagi risolalari esa islom qonunshunosligi, she’riyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa bo‘lib qo‘shildi.
Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yilning 14 fevralida Andijonda, Farg‘ona ulusining hokimi Umar SHayx Mirzo oilasida dunyoga keldi. Bu davrda Markaziy Osiyo va Xurosonda o‘zaro kelishmovchiliklar tufayli Amir Temur tuzgan yirik davlatga egalik qilish uchun kurash nihoyat keskinlashgan edi.
Zahriddin Muhammad Bobur tomonidan 1519-1525 yillar davomida Hindistonni qo‘lga kiritish uchun bir necha bor janglar olib bordi. 1526 yil aprel oyida Panipatda Hindiston sultoni Ibrohim Lo‘di bilan va 1527 yili mart oyida CHitora hokimi Rano Sango bilan bo‘lgan janglarda Boburning qo‘li baland keldi. Tarixiy ma’lumotlarning bayon qilishicha, Boburning Hindistonga yurishida Dehli hukmdori Ibrohim Sulton siyosatidan norozi bo‘lgan Panjob hokimlari ham Boburni qo‘llaganlar va Sikri jangidagi bu g‘alaba Boburga Hindistonda o‘z hukmronligini uzil-kesil o‘rnatish va Boburiylar sulolasini barpo etish imkoniyatini berdi. Evropa tarixchiligida «Buyuk mo‘g‘ullar» nomi bilan «g‘alati mashhur» bo‘lgan, aslida «Boburiylar sulolasi» Hindistonda 300 yildan ortiq hukmronlik qildi.
Bobur bu g‘alabadan keyin uzoq yashamadi - 1530 yil deqabr oyida, Agra shahrida vafot etdi va keyinroq uning vasiyatiga ko‘ra farzandlari uning xokini Qobulga olib kelib dafn etdilar.
Boburning butun jahon ommasiga mashhur bo‘lgan shoh asari «Boburnoma» dir. Ma’lumki, unda Bobur yashagan davr oralig‘ida Movarounnahr, Xuroson, Eron va Hindiston xalqlari tarixi yoritilgan. Asar asosan uch qismdan iborat bo‘lib, uning birinchi qismi - XV asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyoda ro‘y bergan voqealarni; ikkinchi qismi- XV asrning oxiri va XVI asrning birinchi yarmida Qobul ulusi, ya’ni Afg‘onistonda ro‘y bergan voqealarni; uchinchi qismi- XVI asrning birinchi choragidagi SHimoliy Hindiston xalqlari tarixiga bag‘ishlangan. «Boburnoma» da o‘sha davrning siyosiy voqealari mukammal bayon qilinar ekan, o‘z yurti Farg‘ona viloyatining siyosiy-iqtisodiy ahvoli, uning poytaxti Andijon shahri, Markaziy Osiyoning yirik shaharlari: Samarqand, Buxoro, Qarshi, SHahrisabz, O‘sh, Urganch, O‘ratepa, Termiz va boshqa shaharlar haqida nihoyatda nodir ma’lumotlar keltirilgan. Unda Qobul ulusining yirik shaharlari Qobul, G‘azna va ular ixtiyoridagi ko‘pdan-ko‘p tumanlar, viloyatlar, SHimoliy Hindiston haqida ma’lumotlarni uchratish mumkin.
«Boburnoma»ni o‘rganish davomida, ko‘z oldimizdan Markaziy Osiyo, Afg‘oniston va Hindiston xalqlariga xos bo‘lgan fazilat va nuqsonlar, ularning tafakkur olamini kengligi va murakkabligi bilan birga, o‘sha davrdagi hayot muammolari, Bobur davlatidagi siyosiy va ijtimoiy hayotning to‘liq manzarasi namoyon bo‘ladi. «Boburnoma»da keltirilgan bu tarzdagi ma’lumotlar Bobur davrida yozilgan boshqa tarixiy manbalar: Mirxond, Xondamir, Muhammad Solih, Binoiy, Muhammad Haydar, Farishta, Abul-Fazl Allomiy va boshqa tarixchilarning asarlarida bu darajada aniq va mukammal yoritilgan emas. Muallif «Boburnoma»da Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Behzod, Mirzo Ulug‘bek va boshqa allomalar haqida o‘zining eng yuqori fikr va mulohazalarini,bildiradi.
«Boburnoma»- Movarounnahr, Xuroson, Hindiston, Eron xalqlarining XV asr oxiri - XVI asrning birinchi yarmidagi tarixini o‘zida aks ettirgan bo‘lsa ham, shu bilan birga juda ko‘p dolzarb iqtisodiy, ijtimoiy masalalar, yuqorida nomlari keltirilgan viloyatlarning o‘zaro siyosiy-iqtisodiy va savdo munosabatlari, jug‘rofiy mavqei, iqlimi, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tog‘lari, daryolari, xalqlari, qabila va elatlari va ularning yashash sharoitlari, urf-odatlari, muhim tarixiy inshootlari, hindular va musulmonlarning ibodatxonalari, to‘y va dafn marosimlari haqida nihoyatda nodir ma’lumotlarni o‘zida qamrab olgan shoh asardir. SHu bois «Boburnoma» tarixiy va adabiy meros sifatida dunyo olimlarini hayratda qoldirib kelmokda.
Uzoq yillar davomida G‘arb va SHarqning mashhur sharqshunos olimlari «Boburnoma» mazmunini jahon jamoatchiligiga etkazish borasida katta faoliyat ko‘rsatdilar. Masalan, gollandiyalik olim Vitsen, angliyalik olimlar J. Leyden, V. Erskin, germaniyalik YU. Klaynrat va A. Keyzer, fransiyalik Pave de Kurteyl, hindistonlik Mirzo Nasriddin Haydar Rizvi, turkiyalik R. R. Art va N. I. Bayur va bizning davrimizdagi fransiyalik olim Bakke Gromon, afg‘onistonlik olim Abulhay Habibiy, pokistonlik olimlar Rashid Axtar, Nadvi va SHoh Olam Mavliyot shular jumlasidandir.
Ma’lumki, Boburning tarixiy, ilmiy va adabiy merosini o‘rganish va ommalashtirishda O‘zbekiston, Tojikiston, Rossiya olimlarining faoliyatlari ham diqqatga sazovordir. XIX-XX asrlar davomida Georg Ker, N. Ilminskiy, Sodiq Mirzaev, V. Zohidov, YA. G‘ulomov, R. Nabiev, S. Azimjonova, A. Qayumov kabi olimlarning sa’y-harakatlari bilan “Boburnoma” bir necha bor rus va o‘zbek tillarida chop etildi, ularga so‘z boshi yozildi va keng kitobxonlar ommasining ma’naviy mulkiga aylantirildi.
Movarounnahrni birlashtirishga urinishlari natija bermagach, Bobur ruhan qiynalgan, amaldorlarning xiyonatlari ta’sirida umidsizlikka tushgan kezlardagi kayfiyati she’rlarida aks etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |