Tarixiy o‘lkashunoslik” fanidan o‘quv – uslubiy majmua


-Mavzu: Arxeologik va me’moriy yodgorliklarning o‘lkashunoslikda tutgan o‘rni (4 soat)



Download 2,01 Mb.
bet10/45
Sana09.06.2022
Hajmi2,01 Mb.
#647310
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45
Bog'liq
УЛКАШУНОСЛИК УМК

3-Mavzu: Arxeologik va me’moriy yodgorliklarning o‘lkashunoslikda tutgan o‘rni (4 soat)
Reja:
1. O‘lkashunoslikda arxeologik manbalarning o‘rganilishining muhim ahamiyati
2. Paleolit, mezolit, neolit davrining o‘ziga xos hususiyatlari.
3. Eneolit,bronza va ilk temir davri arxeologiyasi.
4. Antik va ilk o‘rta asrlar davri arxeologik yodgorliklari.


Mavzu bo‘yicha tayanch so‘zlar
Arxeologiya, paleolit, mezolit, neolit, eneolit, bronza ilk temir davri madaniyati, pitekantrop, sinantrop, neandertal, neolit inqilobi, ossuariylar, Teshiktosh g‘ori, Seleng‘ur g‘ori, Zarautsoy topilmalari. O‘zbekistonning janubidagi ilk shaharsozlik madaniyati. Sopollitepa, Jarqo‘ton, Dalvarzintepa, Xayitobod madaniyatlari. O‘rta Osiyoda arxeologiyaning rivoji. Arxeologiya xavaskorlar to‘garaginingn tashkil etilishi. Arxeologik yodgorliklarni ilmiy o‘rganish. Arxeologik manbalar tarixni yoritishda muhim ilmiy manbalardan biri sifatida, yozuvlar paydo bo‘lishi.
3.1. Mustaqillik yillarida mamlakatimiz hududida qadimgi davrlardan boshlab rivojlangan qishloqlar, shaharlar va sivilizatsiya markazlarining boy o‘tmishini arxeologik jihatdan tadqiq etish va tarixiy jarayonlarni tiklash bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston hududi tosh davridan boshlab o‘zlashtirilganligi, mamlakatimiz jahondagi ilk shaharsozlik va davlatchilik shakllangan markazlardan biri bo‘lganligi, tariximiz va madaniyatimiz chuqur ildizlarga ega ekanligi ilmiy jihatdan asoslanmoqda.
Fan, ta’lim va iqtisodiyotning jadal integratsiyalashuvida respublika hududida olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlarni zamon talablari asosida yo‘lga qo‘yish, qazishmalarni keng ko‘lamda tashkil etish, yoshlarni arxeologik izlanishlar bilan tanishtirish hamda ochilgan qadimiy noyob me’morchilik namunalarini ochiq osmon ostida muzeylar shaklidagi turizm ob’ektlariga aylantirish bugungi kunning muhim masalasi bo‘lib qolmoqda. Arxeologiya tarix fanining tarkibiy qismi bo‘lib, ijtimoiy fanlar orasida alohida o‘rin tutadi. Arxeologiya iborasi «arxayos» qadimgi, «logos» fan degan ikkita grekcha so‘zning birikishidan tashkil topgan bo‘lib, qadimgi bilimlar haqidagi fan degan ma’noni beradi. Insoniyat o‘tmish davrini arxeologiyasiz o‘rganib bo‘lmaydi. Arxeologik tadqiqotlar natijasida to‘plangan materiallardan arxeologiya, O‘zbekiston tarixi, ibtidoiy jamoa tarixi, o‘lkashunoslik fanlari va arxeologiya ixtisosligi bo‘yicha maxsus kurslar darslarida va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda foydalanilib kelinmoqda.. Tarixiy o‘lkashunoslik fanida arxeologik materiallarning qo‘llanilishi o‘quvchilarning ibtidoiy odamlar mashg‘uloti, ularning mehnat qurollari, ibtidoiy jamoa davridan quldorlikka o‘tish jarayoni, qadimgi va o‘rta asrlar davri shaharsozligi, qadimgi davr davlatchiligi va ularni shakllari, qadimgi va o‘rta asr davridagi madaniyat, san’at, me’morchilik, xalqning turmush tarzi haqidagi bilimlarni aniqroq va mustahkamroq o‘rganishga ko‘maklashadi.
Arxeologik materiallar tarix fanining vazifasini bajarish sohasida ham muhimdir. Masalan, vatanimiz tarixini aniq dalillar asosida o‘rganish va o‘tmishni moddiy manbalar asosida tanishtirish natijasida o‘quvchilar o‘z xalqining tarixi va madaniyati haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. Bu esa yosh avlodda o‘z xalqining o‘tmishi va madaniyatiga nisbatan hurmat bilan qarashga yordam beradi.
O‘rta Osiyo xalqlarining moddiy va ma’naviy yodgorliklarini o‘rganish XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlanadi. Bu o‘lka Rossiyaga qo‘shib olingach bu erga turli kasbdagi kishilar ko‘plab kela boshladi. Ular orasida mahalliy va moddiy yodgorliklarga qiziquvchi kishilar ham bor edi. V.V. Bartold, V.A. Jukovskiy, N.I. Veselovskiy kabi mashhur sharqshunoslar, A.P. Kun, V.L. Vyatkin, I.T. Poslovskiy, N.A. Ostroumov va boshqa havaskorlar O‘rta Osiyoning arxeologiyasi va tarixini o‘rganishda o‘zlarining xizmatlarini qo‘shdilar. Mahalliy havaskorlardan Akram Asqarov, M. Mirmuhammadovaning ishlari ham diqqatga sazavordir.
1895 yili V.V.Bartoldning bevosita rahbarligida va taklifi bilan “Turkistonlik havaskor arxeologlar” to‘garagi ta’sis etildi. Bu to‘garak a’zolari o‘lkadagi arxeologik yodgorliklarni o‘rganish va ularni ilmiy jihatdan tadqiq etishni o‘z odiga maqsad qilib qo‘ydilar. V.V.Bartold arxeologik qidiruv ishlariga mahalliy qadrlarni jalb qilib, ularning bilim va tajribalaridan foydalanishga ham alohida e’tibor berdi. U “Turkistonda arxeologik tadqiqotlarning umumiy ahvoli va fan oldida turgan vazifalari” deb nomlangan ma’ruzasida o‘lkada ilm-fanni rivojlantirishda mahalliy havaskor tadqiqotchilarni jalb qilishning ahamiyati katta ekanligini ta’kidlaydi.
Bu davrda mahalliy aholi orasidan ham arxeologiyaga qiziquvchi tadqiqotchilar etishib chiqqanlar. Toshkentlik Akrom Polvon Asqarov, buxorolik Muhammad Vafo, samarkandlik Mirza Buxoriy, Mirza Barot va boshqalar shular jumlasidandir. SHulardan Akrom Asqarov birinchi havaskor o‘zbek arxeologi nomi bilan mashhur. Uning numizmatika kolleksiyasida 15000 dan ortiq (17 ta oltin 1498 ta kumush va 13537 ta mis) tanga pullar bo‘lgan. Uning kolleksiyasidan sopol haykalchalar va sopol idishlar ham o‘rin olgan edi. To‘plangan kolleksiyalardan 504 tasi hozirda Sank-Peterburgda Ermitaj muzeyida saqlanmoqda.
O‘rta Osiyo arxeologiyasining rivojlanishida S.P. Tolstov, M.E. Mason, M.M.Dyakonov, A.P. Okladnikov, M.M. Gerasimov, A.YU. YAkubovskiy, YA.G. G‘ulomov, V.A. SHishkin, B.A, Litvinskiy, G.A. Pugachenkova singari mashhur arxeologlar o‘lkamiz tarixini o‘rganishda o‘zlarining juda katta hissalarini qo‘shdilar. SHuni ham takidlab o‘tish kerakki, so‘nggi yillarda etuk arxeolog olimlar. A. Asqarov, A. Muhammadjonov, U. Islomov, I. Albaum, YU,F. Buryakov, R. H. Sulaymonov, A. S. Sagdullaev, E.V. Rtveladze, tomonidan muhim tadqiqotlar amalga oshirib kelinmoqda.
O‘zbek davlatchiligi tarixida katta ahamiyatga ega bo‘lgan, qadimiy manbalarda alohida tahlil etilgan Kushon davlatining poytaxti hisoblangan Dalvarzin shahri jahon sivilizatsiyasining muhim markazlaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Kushon davlatining podsholari Kadzula, Kadfiz, Kanishka, Xuvishka va boshqalar Dalvarzin shahrining rivojlanishi uchun muhim iqtisodiy-siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan amaliy ishlarni bajarib, davlat dini sifatida Buddaviylikka oid ibodatxonalarni hashamatli qilib barpo etganlar.
Dalvarzin shahrining shakllanishida muhim o‘rin tutgan Kushon davlati tarixi davlatchiligimiz tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan davr hisoblanadi. Bu davrda vohada ikkita yirik markaz mavjud bo‘lib, bulardan biri Amudaryo bo‘yidagi Tarmita (Termiz) bo‘lsa, ikkinchisi esa CHag‘onrud (Surxondaryo) bo‘yidagi Dalvarzin shahri bo‘lgan. Dalvarzintepa SHo‘rchi shahridan 10 km shimoli-sharqda joylashgan. Maydoni 47 gektarni tashkil etib, 2 qismdan iborat qudratli mudofaa devori (qalinligi 10 metrgacha) bilan o‘rab olingan shoh saroy qal’asi va shahristonni o‘z ichiga olgan.
Arxeologik tadqiqotlar natijasida 1972 yili jahonga mashhur bo‘lgan 36 kilogramni tashkil etgan oltin bezaklar va yombilardan iborat noyob xazina va fil suyagidan ishlangan, dunyoda eng qadimiy bo‘lgan shaxmat donalarini o‘z ichiga olgan Dalvarzintepa xazinasi topildi. Xazinada 115 ta oltin buyumlar bo‘lib, bular yombilar, bilaguzuklar, oltin shodalar va boshqa taqinchoqlardan iborat. Taqinchoqlar juda og‘ir, hatto bitta bilaguzuk 872 g sof oltindan iborat bo‘lib, nozik did bilan ishlangan. SHuni alohida qayd etish kerakki xazinadagi taqinchoqlar turli shakldagi bilaguzuk va ziraklar, qizg‘ish rangli qimmatbaho toshga o‘yib ishlangan, erkak tasviri tushirilgan bo‘yin taqinchog‘i, tilla ipchalardan to‘qilgan va 5 qator tizilgan shodalar bo‘lib, ular zargarlik san’ati yuksak darajada rivojlanganligidan dalolat beradi. CHunki zargarlar tomonidan tayyorlangan oltin shoda taqiladigan qismining ikkala tomoniga 10 tadan ortiq feruza va yoqut toshlar nafis va go‘zal qilib, qadalgan. Xazinadagi to‘g‘ri burchak shaklida tayyorlangan yombilar katta ilmiy ahamiyatga ega bo‘lib, ularning soni 21 tani tashkil etgan.
Dalvarzintepa xazinasining eng qimmatli tomoni shundaki, ushbu bezaklarda antik dunyo san’ati o‘z ifodasini topgan. Garchi Dalvarzintepa xazinasidagi ayrim taqinchoqlar Afg‘oniston, Hindiston, Pokistondagi taqinchoqlarga o‘xshab ketsa-da, ammo ularning SHimoliy Baqtriya, ya’ni hozirgi CHag‘oniyon davlatida yashagan qo‘li gul ustalar tomonidan tayyorlanganligi shubhasizdir. Dalvarzintepa xazinasi topilmasi ajdodlarimizning qo‘shni xalqlar va mamlakatlar bilan qadimdan savdo-sotiq va madaniy aloqada bo‘lganligidan darak beradi. SHuningdek, ilmiy tadqiqotlar natijasida zodagon oilalar yashagan mahalladan tashqari shaharda, arkka (qo‘rg‘onga) yaqin erda hunarmandlar va kulollarning uylari ham aniqlandi. SHuni alohida takidlash kerakki Dalvarzintepadan ko‘plab turar joy binolari, hunarmandchilik mehnat qurollari, kulolchilik buyumlari va kulolchilik buyumlarini quritish maydonchasi hamda 11 ta xumdon aniqlandi. SHahar tashqarisidan qadimiy sharobpazlar yashab, ishlagan uylar va musallasxonalar ham o‘rganildi.
Mamlakatimizda istiqlol yillarida xorijiy mutaxasislarning qadimgi tariximizga bo‘lgan ilmiy qiziqishi kuchayib, ularning o‘quv va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda vatanimizning turli hududlarida arxeologik tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Xususan, Avstraliya, AQSH, Germaniya, Fransiya, YAponiya davlatlari o‘quv va ilmiy tadqiqot muassasalari O‘z R FA arxeologiya instituti, FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi tarix instituti va O‘zMU arxeologiya kafedrasi bilan hamkorlikda Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa hududlarida arxeologik qazish ishlari olib borilyapti. Jumladan mustaqillik yillarida arxeolog olimlarimiz Fransiya, Germaniya, CHexiya, Rossiya, YAponiya kabi davlatlar bilan o‘zaro hamkorlikda arxeologik tadqiqotlarni amalga oshirib kelishmoqda.
SHuningdek, arxeologik tadqiqotlar xususidagi ilmiy ma’lumotlarni to‘plash jarayonida tarixchi-arxeolog olimlar, akademiklar G.A.Pugachenkova, E.V.Rtveladze, A.Asqarovlarni, t.f.d. professorlar A. Sa’dullaev, T. SHirinov, S.N.Tursunov, t.f.d. B. Eshov va SH. SHaydullaevlarning, tarix fanlari nomzodlari E. Qobilov, T. Pardaev, T. Annaev, Z. Xoliqovlarni asarlaridan o‘lka tarixini o‘rganishda muhim manbalar bo‘lib hisoblanadi.. Taniqli jurnalist, ijodkor Abdinazar Xidirov rahbarligida nashrga tayyorlangan «CHag‘oniyon tarixi» asari manbalarni o‘rganish hamda taqqoslashda muhim manbalardan biri hisoblanadi.
3. 2. Olimlar arxeologiya fanida insoniyat tarixida uzoq davom etgan tosh davrini quyidagi bosqichlarga bo‘ladilar:

  1. Qadimgi tosh davri (paleolit).

  2. O‘rta tosh davri (mezolit).

  3. YAngi tosh davri (neolit).

  4. Mis tosh davri (eneolit).

Insoniyat taraqqiyoti eng dastlabki bosqichi paleolit (qadimgi tosh davri – «palayos» qadimgi, «litos» tosh ) davri bo‘lib, arxeologik nuqtai nazardan u ikki davrga ya’ni ilk va so‘ngi paleolit davrlariga bo‘linadi. Ilk paleolit o‘z navbatida olduvay, ashel va muste bosqichlaridan iborat bo‘lib, davriy sanasi mil. avv. 3/2,5 million – 12 ming yilliklar bilan chegaralanadi. Eng qadimgi tolpilmalar SHarqiy Afrikaning Olduvay darasidan topilgan bo‘lib, u Olduvay madaniyati deb yuritiladi. O‘rta Osiyo hududida ilk paleolit davriga oid moddiy manbalarning ilk namunalari Farg‘ona vodiysidagi Selung‘ur va Toshkent vohasidagi Ko‘lbuloq makonlaridan topib o‘rganilgan. Selung‘ur makoni vatanimiz hududida ilk odamlarning tarqalishi va ular tomonidan yaratilgan moddiy madaniyat namunalarini o‘rganishda muhim o‘rin tutadi. Ushbu makondagi moddiy topilmalar ashel davrining yuqori bosqichi bilan belgilanib kelingan. Lekin, so‘ngi yillardagi ilmiy tekshirishlarga ko‘ra uning davri qadimiylashtirildi. Toshkent vohasidagi Ko‘lbuloq makoni moddiy manbalri o‘lkamiz ibtidoiy tarixini anglashda muhim manba bo‘lib, uning quyi qatlami esa so‘ngi paleolit davriga oid.
O‘zbekistonning muste davri nisbatan yaxshi o‘rganilgan davrlardan biri sanaladi. Bu davrga oid moddiy manbalar vatanimiz ko‘pgina hududlaridan topib o‘rganilgan. Ular ichida Teshiktosh, Omonqo‘ton, Ko‘lbuloq, Xo‘jakent va boshqalar. Muste davriga kelib O‘rta Osiyoning asosiy hududlari qadimgi odamlar to‘dasi tomonidan egallana boradi. Mehnat qurollari takomillashadi. Bu davrning so‘nggi bosqichlariga kelib ibtidoiy to‘dadan – urug‘chilik jamoasiga o‘tish boshlanadi.
So‘nggi paleolit – bu davrga oid yodgorliklar nisbatan kam o‘rganilgan. So‘nggi paleolit davriga oid Ko‘lbuloq makonida hayot davom etadi. Toshkent shahrining g‘arbida Bo‘zsuv makoni, Samarqand shahrida ushbu nomdagi makon ochilgan. So‘nggi paleolitdan boshlab ibtidoiy odamlar g‘orlardan chiqib, engil turar joylar qura boshlaganlar. Natijada ular faqat tog‘li hududlarda yashab qolmay, vohalar bo‘ylab tarqalib, tekisliklarda daryo va ko‘llar sohillarida joylasha boshlaydilar. So‘nggi paleolitga kelib antropogenez jarayoni tugallanadi, zamonaviy qiyofadagi odamlar (kromanon) paydo bo‘ladi.
Mezolit davri kishilari jamiyatida yangi yutuqlarga erishiladi. Er yuzining muzliklardan tozalanishi va haroratning ko‘tarilish fauna va floraning keskin o‘zgarishiga olib keldi. Bu esa kishilar xo‘jalik faoliyatida muhim yutuqlarga erishishida turtki bo‘lishi tabiiy edi. Termachilik va ovchilik sohalarining yangi shaklga kirishi keyingi davrlarga kishilar jamiyatida xo‘jalikning ishlab chiqaruvchi shakli qaror topishi uchun zamin yaratdi. Bu davrning katta yutuqlaridan biri kamon va o‘q-yoyning kashf etilishidir. SHuningdek, bu davrga mehnat qurollariga ishlov berish takomillashdi, ularning turlari ko‘payib bordi. Bu davrda mikrolitlar juda nozik ishlardan tortib, o‘ta og‘ir vazifalargacha bajarar edi. Bu davrda vatanimiz hududida ibtidoiy san’at paydo bo‘ldi. Mezolit davrga oid moddiy manbalar (Toshkent) Machay g‘or makoni (Boysun), Obishir (Farg‘ona vodiysi), Zarautsoy (Surxondaryo) madaniy yodgorliklaridan topib o‘rganilgan. Markaziy Farg‘onadan 80 ga yaqin mezolit davri yodgorliklari topib o‘rganilgan. Mehnat qurollari trapetsiya va uchburchak shakldan mayda qurolchalar mikrolitlardan iborat. Suyakdan yasalgan mehnat qurollarining topilishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Zarautsoy sur’atlari mezolit davriga oid bo‘lib, 1939 yil dastlab I.F. Lomaev tomonidan o‘rganildi, keyinchalik G.V. Parfyonov rahbarligidagi ekspeditsiya ish boshladi va qoyatoshning ichki kichik g‘orida joylashgan antiqa qizil rangli rasmlarini suratga tushirdi, ko‘chirmalar oldi, muhimi yangi suratli joylar aniqlandi. Zarautsoyni tadqiq etishda G. V. Parfyonov, A. YU. Roginskaya, I. F. Lomaev, va SH. Ismoilovlar katta ishlarni amalga oshirdilar. Hatto ekspeditsiya ishtirokchisi asli kasbi rassom A. YU. Roginskaya «Zarautsoy» nomli risolasini rus tilida 1950 yili e’lon qildirdi. A.YU. Roginskaya 1942 yili Moskvadan Surxondaryo viloyat teatriga rassom sifatida ishga jo‘natilgan bo‘lib, G.V. Parfyonov tomonidan ekspeditsiyaga jalb etilgan edi. Ayniqsa, keyingi yillarda Zarautsoy qoya rasmlari taniqli olim A. A. Formozov tomonidan puxta tahlil qilindi.
Zarautsoy suratlari orasida yovvoyi buqalarni ovlash manzarasi tasvir etilgan suratlar ayniqsa muhimdir. Zarautsoy darasidagi 200 dan ortiq rasmlarda odamlarning itlar yordamida yovvoyi buqalarni ov qilish manzarasi tasvirlangan. YOvvoyi buqa, it, tulki, yovvoyi cho‘chqa, burama shoxli echki, jayron, tog‘-echkisi, turli ov buyumlari: o‘q-yoy, nayza, o‘roqsimon qurollar, va boshqa o‘ziga xos tarzda hayotiy qilib chizilgan rasmlar har qanday kishini lol qoldiradi.
Neolit uzoq davom etgan tosh asrining so‘nggi va yakunlovchi bosqichidir. Neolit so‘zi ham grekcha («neos»yangi, «litos» tosh) so‘zidan olingan bo‘lib, ya’ni tosh asri degan tushunchani bildiradi. Arxeologiya faniga neolit tushunchasini ingliz arxeologi Lebbok olib kirgan.
Neolit davri kishilarining eng katta yutug‘i bu – ishlab chiqaruvchi xo‘jalik shaklining qaror topishi va kulolchilikning paydo bo‘lishidir. Bu davrda shuningdek, to‘qimachilikning kashf etilishi, o‘zaro buyum almashinuvi rivojlanadi. O‘rta Osiyoning janubiy hududlarida dehqonchilik va ilk chorvachilik qaror topib daryo va ko‘llarning sohilida ovchilik va baliqchilik rivoj topa boshlaydi. O‘rta Osiyoda yashagan neolit qabilalari xo‘jalik shakllariga ko‘ra Joytun, Kaltaminor va Hisor madaniyatiga bo‘lib o‘rganiladi. Bu davrda janubiy mintaqalarda guvaladan turar joylar barpo eta boshlangan. Uylar asosan bir xonadan iborat bo‘lib, ularda xo‘jalik uchun maxsus qurilgan imoratlar ham mavjud. Vatanimiz hududida bu davrga oid Kaltaminor madaniyati rivojlanib, uning izlari Amudaryoning quyi oqimidagi hududlarda ya’ni hozirgi Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarida tarqalgan. Bu madaniyat sohiblari xo‘jalikning o‘zlashtiruvchi shakli bilan shug‘ullanib, ularning moddiy madaniyati namunalari Jonbos 4 yodgorligida o‘z aksini topgan.
Miloddan avvalgi III ming yillikning ikkinchi choragiga kelib O‘rta Osiyoning qadimgi tarixida bronza davri boshlanadi. Janubiy Turkmanistoning eneolit davri manzilgohlarining ayrimlari o‘rnida rivojlangan qadimgi qishloqlar strukturasi murakkablashib ular ma’lum vohaning madaniy va iqtisodiy markazlari darajasiga ko‘tariladi. Bu davrga oid yirik hajmdagi manzilgohlar alohida qismlarga (sitadel, aholi uy-joylari va dastlabki ishlab chiqarish inshootlari) dan iborat bo‘lib, ular mudofaa tuzumi, mahobatli va diniy Harakteridagi qurilish inshootlari, tabaqalashgan aholi qatlamiga mansub uy-joylar o‘rin olgan. Mazkur belgilarga ko‘ra ushbu yodgorliklar o‘zidan qadimgi sharqqa xos protoshahar madaniyatini nomoyon qiladi. Bunday manzilgohlardan janubiy Turkmaniston hududida joylashgan Namozgohtepa, Oltintepalar muhim o‘rin tutadi. Miloddan avvalgi II ming yillikning boshlariga kelib bu turdagi madaniyat inqirozga uchrab protoshahar madaniyatining rivojlanishi hozirgi Murg‘ob va Surxon vohalariga ko‘chadi. Murg‘ob vohasida bu davrga oid bir necha dehqonchilik tumanlarida qadimgi manzilgohlar rivojlanib, ulardan Tug‘aloq, Gonurlar ajralib turadi. Bu yodgorliklarda qadimgi uy-joylar, hunarmandchilik ustxonalari, mudofaa inshootlari qoldiqlari, qadimgi ibodatxonalarning o‘rni qazib o‘rganilgan.
3.3. Surxon vohasida miloddan vavalgi II ming yillikning ikkinchi choragidan boshlab, Sopolli madaniyati qaror topadi. Bu madaniyat o‘z tarixiy taraqqiyotida to‘rtta bosqichni bosib o‘tgan. Sopolli madaniyatining ilk bosqichiga oid yodgorliklardan Sopollitepa yaxshi o‘rganiladi. Manzilgoh Harobalarida uy-joy Harobalari, hunarmandchilik ustaxonalari va shuningdek, yuzdan ortiq qabrlar (qabrlar uylarning ichida joylashgan) hamda ularda o‘rin olgan moddiy manbalar topib o‘rganilgan. Sopolli qishlog‘i qadimgi aholisini asosiy mashg‘uloti sug‘orma dehqonchilik bo‘lgan. Ular sopol buyumlarni kulolchilik charxida yasashgan. Keyingi Jarqo‘ton bosqichi (mil.av. 1500-1550 y.y.)ga kelib ushbu madaniyat o‘z tarixiy taraqqiyotining yuqori bosqichiga ko‘tariladi. Manzilgohlar hajmi yiriklashib, me’morchilik strukturasi murakkablashadi. Bu davrga oid Jarqo‘ton yodgorligi o‘rganiladi. U 100 gektar maydondan iborat bo‘lib, alohida qismlardan tashkil topgan. Manzilgohning bir qismida sitadel (ark) va unga tutash joylashgan aholining turli tabaqa vakillariga tegishli uy-joy imoratlari va hunarmandchilik ustxonalaridan iborat mahalla mavjud bo‘lgan. Sitadelda mahalliy boshqaruv ma’muriyatiga tegishli mahobatli imorat va qadimgi otashparastlarning ibodatxonasi o‘rin olgan. Manzilgohdan tashqarida Jarqo‘tonliklarning mozori o‘rin olgan. Unda 3 mingga yaqin qabr ochib o‘rganilgan. Qabrlardagi moddiy manbalar marhumlarning jamiyatdagi mavqeiga qarab qo‘yilgan. Ulardagi ayrim moddiy manbalar va tabaqalashgan uy-joy va imoratlarga ko‘ra Jarqo‘ton bosqichida aholi o‘rtasida mulkiy tengsizlik va tabaqalanish sodir bo‘lganligidan dalolat beradi. Umuman, mil.av. II ming yillikning oxirlariga kelib Murg‘ob va Surxon vohalaridagi madaniyatlar inqirozga uchraydi. A. Asqarovning qayd etishicha, Jarqo‘ton ikki qismdan iborat bo‘lgan, ya’ni «Arki a’lo» va «SHahriston»dan. «Arki a’lo»da shahar hokimining qarorgohi hukmdor saroyi joylashib, umumiy maydoni 3 gektarni tashkil etgan. Uning atrofi qalin mudofaa devori bilan o‘ralib, sharqiy va janubiy tomonida shaharning asosiy aholisi dehqon va hunarmandlar yashagan «SHahriston» joylashgan. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida 20 gektar maydonni egallagan nekropol, yangi shahar qabristoni joylashib, 20ga yaqin aholi turar-joy dahalari hamda dehqon, hunarmandlarning patriarxal jamoa qo‘rg‘onlari aniklandi.
YUqorida ta’kidlaganidek, Jarqo‘tonda 1973 yildan to hozirgacha arxeologik qazishma ishlari davom etmoqda. SHu davr ichida maydoni 100 gektardan kam bo‘lmagan shahar ikki qismdan-«Arki a’lo» uning «shahriston» qismidan bir necha turar-joy massivlari, turli tarmoqli shahar hunarmandchiligining ob’ektlari, otashparastlar ibodatxonasi, ark maydonidan esa shahar hokimining mahobatli saroy majmuasi, metall eritish pechlari va boshqalar topib o‘rganildi. Uzoq yillar davomida muntazam olib borilgan arxeologik qazishmalar jarayonida malakali darajada yuksak rivojlangan kulolchilik va bronza metallurgiyasi ishlab chiqarish korxonalari, zargarlik va mehnat qurollari ishlab chiqarish ustaxonalari, paxta va ipak mahsulotlari xom ashyosiga asoslangan to‘qimachilik manufakturalarining ashyoviy dalil va qoldiqlari topib o‘rganildi.
Jarqo‘ton hududida olib borilgan keng ko‘lamli izlanishlar uning sanasini aniqlash va ushbu maskanda yuz bergan tarixiy jarayonni bir necha bosqichlarga bo‘lib o‘rganish imkoniyatini berdi. SHunga ko‘ra, Jarqo‘tondagi qadimgi shahar hayoti uch bosqichga, ya’ni Jarqo‘ton (miloddan avvalgi 1500-1350 yillar), Ko‘zali (1200-1000 yillar) bosqichlariga bo‘linadi. Keyinroq Jarqo‘tonning qarama-qarshisida Bo‘stonsoyning o‘ng sohilida o‘rganilgan yodgorliklar munosabati bilan Mo‘lali bosqichini ikki fazaga, ya’ni Mo‘lali (mil.av.1200-1000 yillar) va Bo‘ston (mil.av. 1000-900 yillar) fazalariga bo‘lib o‘rganish imkoniyati tug‘ildi. SHunday qilib, Jarqo‘ton yodgorligi misolida O‘zbekiston hududida umumiy maydoni 100 gektardan kam bo‘lmagan eng qadimgi shahar-davlat tarixi o‘rganildi. Jarqo‘ton hududiy jihatdan nafaqat Markaziy Osiyoda, balki O‘rta SHarq mintaqasida o‘rganilgan bronza davrining eng yirik qadimgi shahar madaniyati edi. Taniqli axeolog olimlar akademik A Asqarov, professor t.f.d T. SHirinov, t.f.d SH. SHaydullaevlar Jarqo‘ton shahrini O‘zbekiston hududidagi eng qadimgi ilk shahar va ilk shahar - davlat deb ilmiy asosladilar. SHahar hududida ishlab chiqaruvchi kuchlarning taraqqiy etishi tufayli ishlab chiqarilgan ortiqcha mahuslotlar ta’sirda hukmdorlar tabaqasi - davlat boshliqlarining paydo bo‘lishi hukmdor, saroy xizmatchilarini, saroyni himoya qiluvchi guruhlarning yuzaga kelishiga olib keldi. Arxeologik tadqiqotlarga asoslangan T.SH. SHirinov Jarqo‘ton olov ibodatxonasini aniqlab, uni ilmiy tahlil qilishi hamda savdoning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq ilmiy fikrlari alohida ahamiyatga egadir. Jarqo‘ton aholisi xalqaro savdoga ham asos solganligini tasdiqlovchi arxeologik manbalar to‘plandi, eng muhimi Jarqo‘ton shahridagi Harobalardan sopollarga bitilgan piktog‘rafik yozuv – belgilar aniqlanidi, Undan, 52 ta belgi - yozuvlar shaharning eng qadimiy shaharlar guruhiga kiriishga asos bo‘lib, Jarqo‘ton ilk shahar-davlatlar toifasiga kiritish uchun asos bo‘ldi. O‘zbekistonning shimoliy mintaqalarida bronza davriga oid chorvador va dehqon – chorvador qabilalariga tegishli madaniyatlar tarqaladi. Ulardan Zamonbobo, Tozabog‘yob hamda tog‘ va tog‘ oldi mintaqalarida yashagan chorvador qabilalarning madaniyatlarini keltirib o‘tishimiz mumkin. Zamonbobo madaniyati Zarafshon daryosining quyi oqimida joylashgan shu ko‘l atrofidan topib o‘rganilgan yodgorliklar va qabrlardan iborat. Zamonbobo mil. av III ming yillikning oxiri va II ming yillikning birinchi yarmi davomida rivojlanadi. YOdgorliklar erto‘la shaklida uy-joylar va qabrlardan iborat. Zamonboboliklar hayotida chorvachilik bilan birgalikda dehqonchilik ham muhim o‘rin tutganligidan dalolat beradi. Dehqonchilik neolit davri Joytun madaniyati shaklida bo‘lgan. SHuningdek, ular qo‘shimcha mashg‘ulot sifatida ovchilik bilan ham shug‘ullanganlar.
Amudaryoning quyi oqimi hududlarida bronza davriga Tozabog‘yob madaniyatlari rivojlanib ularning moddiy madaniyati va xo‘jalik xususiyatlari bilan bog‘liq masalalar arxeologik jihatdan o‘rganilgan. Qadimgi Xorazm aholisi xo‘jaligida dehqonchilik ustun bo‘lib, qadimgi sug‘orish inshoatlarining izlari yaxshi saqlangan. Ular yarim erto‘la shaklidagi uylarda istiqomat qilishgan. Sopol idishlar qo‘lda ishlangan. SHuningdek, Farg‘ona vodiysi hududlarida bronza davriga oid Qayroqqum va CHust madaniyatlari rivojlangan. Qayroqqum madaniyatiga mansub aholining erto‘la shaklidagi uy-joylari va metallga ishlov berish ustaxonalari izlari aniqlangan. CHust madaniyatining quyi bosqichi so‘nggi bronza, yuqori bosqichi esa ilk temir davriga oiddir.
O‘zbekistonning janubiy vohalarida Jarqo‘rg‘onda ilk jez davridan boshlab, qadimiy madaniyat markazi sifatida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, iqtisodiy markaz sifatida tarixiy manbalarda o‘z aksini topgan. Ilk jez davridan boshlab Jarqo‘rg‘on Qadimgi Termiz bilan CHag‘oniyonni bog‘lab turuvchi muhim o‘lka sifatida tanilgan. Jarqo‘rg‘on tumani hududida o‘tkazilgan arxeologik qazish ishlari tufayli Ismoiltepa, YAlpoqtepa, Oqtepa, Arpapoya, G‘oyibotatepa, Karvon tushdi, Barot tepa, Rasultepa, Boytepa, Qarshishohtepa, Zartepa, Kultepa, Hayitobodtepa, CHordingantepa, Jartepa, Kattatepa kabi yodgorliklarda qadimgi jamoa yashaganligini asoslaydigan makonlari topildi. Ismoiltepa, YAlpoqtepa, Oqtepa madaniyati Janubiy O‘zbekistonda shakllangan va sun’iy sug‘orishga asoslangan ilk makon bo‘lib, qadimshunos olimlar bu erdan ziroatchilikka oid bug‘doy, arpa, suli, paxta urug‘lari qoldiqlarini, kulolchilik, charxni ishlatish, hunarmandchilik turmushiga doir ashyolar va san’at namunalari qoldiqlarini topdilar.

  1. Bu davrga oid moddiy madaniyatlar O‘zbekiston janubiy hududlarida o‘ziga xos tarzda mavjud bo‘lib, bu madaniyatlarni ilmiy tadqiq etish muhim hisoblanadi. Ma’lumki, qadimgi Baqtriyaning hududiy joylashuvi va geografik chegaralari haqidagi masala XIX asrdan boshlab muhim ilmiy muammo sifatida o‘rganib kelinmoqda. 1877 yili avstraliyalik sharqshunos V.Tomashek birinchilardan bo‘lib Baqtra satrap (hokim)ligining Oksdan shimolga yoyilganligi xaqidagi g‘oyani ilgari surgan edi. Bu g‘oyani arxeologiya ma’lumotlariga asoslangan M.M.Dyakonov rivojlantirdi va «SHimoliy Baqtriya» tushunchasini ilmiy muomalaga kiritdi. SHu davrdan boshlab bu atama shimoldan Hisor tog‘ tizmasi, g‘arbdan Ko‘hitang tizmasi, janubdan Amudaryo, sharqdan Pomir tizmalari bilan chegaralanuvchi keng geografik hududni anglatadigan bo‘ldi. Lekin bir qator olimlar bu fikrga qo‘shilmaydilar. Ular yozma manbalarga tayangan holda yuqorida ko‘rsa-tilgan hudud So‘g‘diyonaga qarashli bo‘lgan va Baqtriyaning shimoliy chegarasi Amudaryo-Oks orqali o‘tgan deb hisoblaydilar. Amerikalik olim R. Frayning fikriga ko‘ra, Baqtriya shahri keng qamrovli o‘lkaning madaniy markazi bo‘lib, uni shimoldan, sharqdan va janubdan tog‘lar o‘rab turgan. Uning erlarini sug‘oruvchi Amudaryo uni ikki qismga: janubiy-Surxon vohasi, shimoli-sharqiy Afg‘onistonga ajratib turgan.

Mutaxassislar tomonidan SHimoliy Baqtriya hududida joylashganligi taxmin qilinayotgan Gabaza va Paretaka viloyatlarining geografik o‘rni masalasi ham ko‘rib chiqildi. Ma’lumki, Kursiy Rufning «Iskandar tarixi» va Arrianning (95 -175) «Iskandarning yurishlari» asarlaridagi xabarlarida SHimoliy Baqtriya va So‘g‘diyonada joylashgan viloyatlar, qal’alar va shaharlar xususida qimmatli ma’lumotlar mavjud. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Iskandar yurishlarining uchinchi oyida qo‘shin bilan qishlik qarorgohidan chiqqan va Gabaza viloyati sari yurish qilgan.
Iskandarning Markaziy Osiyo janubiy viloyatlariga yurishining ikkinchi bosqichi mil. avv. 327 yilning bahorida boshlangan bo‘lib, asosan «Paretaka mamlakati» orqali o‘tganligi aytiladi. Ushbu viloyatning joylashgan o‘rni xususida olimlar turlicha fikr bildiradilar. Masalan, V.Tomashekning fikriga ko‘ra, Paretaka viloyati Badaxshon hududida joylashgan va u tog‘li mamlakat bo‘lgan. V.V.Grigorevning taxminicha, Paretaka atamasi «tog‘li mamlakat» ma’nosini anglatib, u Surxondaryo, Surxon va Kofirnihon vohalarida, ya’ni Hisor o‘lkasining o‘rta va shimoliy qismida joylashgan. I.Markvart Paretakani «daryo yuvib turuvchi viloyat» deb ataydi va uning hozirgi Surxondaryo viloyati va Tojikiston hududida joylashganini ma’lum qiladi.
Baqtriya davlati keng bepoyon o‘lka bo‘lib, janubda Hindiqush (Parapamis), shimolda So‘g‘diyona, g‘arbda Marg‘iyonagacha (Murg‘ob vohasi) bo‘lgan hududlardan iborat bo‘lgan. Mashhur tarixiy manba «Avesto»da bu o‘lkaning beqiyos yurt ekanligi ta’riflanadi va Baxdi (Baqtriya) bayroqlari doimo baland hilpirab turadigan, ya’ni shon-shavkat o‘lkasi sifatida tilga olinadi. Baqtriyaning tarkibiy qismi bo‘lmish hozirgi Surxon vohasi hududi Oksning o‘ng soxilida joylashgan nihoyatda ravnaq topgan yirik shaharlarga ega bo‘lib, ular savdo-sotiq rivojlangan iqtisodiy-siyosiy va madaniy markazlar sifatida mashhur edi. Baqtriyani yirik sulolalar boshqarardi, uning siyosiy kuchi cheksiz, harbiy qudrati shu darajada dahshatli ediki, hatto u yirik davlatlarni ham qo‘rquvga solib turgan. YUnon tarixchisi Ktesiyning yozishicha, Ossuriya (Geradotning aytishicha, eroniylar Suriyani shu nomda yuritishgan) podshosi Nin Baqtriyaga qarshi 170 ming piyoda, 210 mingdan ko‘proq otliq askar, 10 mingdan ortiq jang aravalari bilan bostirib kelib, butun shahar va qishloqlarni talab, ko‘plab oltin-kumushlar va qullarni olib ketgan. Muarrix Pompey Trog qadimgi manbalarni ko‘zdan kechirgan holda yozishicha, Ninning Baqgriyaga qilgan bosqinchilik yurishi davrida «... Baqgriya podshosi Zardusht (Zaroastr) bo‘lgan» ekan. Akademik A. Asqarovning ta’kidicha: «Ktesiy hiqoyalarining asosida qandaydir tarixiy haqiqat borligiga ishonish qiyin emas. Masalan, Baqtriya bilan Ossuriya o‘rtasi-da iqtisodiy aloqalar bo‘lganiga shubha yo‘q, chunki Baqtriyadan o‘z davrida Ossuriyaga ikki o‘rkachli tuyalar qatnagan, bu tuyalarda Baqtriya lazurati oqib borgan. Bular haqida Sargon II davri (mil. avv. VIII asr)ga oid manbalarda xabarlar beriladi».
A. Asqarov davom etib yozadi: «Mil. avv. VIII-VII asrlarda bir butun yirik madaniyat markazi sifatida shakllangan yurtlardan biri Baqtriyadir. Uning hududini O‘zbekistonning Surxondaryo viloyati, Janubi-g‘arbiy Tojikiston erlari, SHimoliy Afg‘oniston (va SHarqiy Turkmaniston –S.T.) tashkil etadi. Bu yurtda mil. avv. VIII-VII asrlarda «qadimgi Baqtriya podsho-ligi» tashkil topdi. O‘zbekiston hududidagi eng qadimgi shahar shu yurtda shakllandi. Bu yurt zardushtiylik dinining ilk makonidir. Uning hukmdori Kavi Vistashpa esa Zaratushtra diniy islohotini birinchilar qatorida qabul qilib, uni davlat dini deb e’lon qilgan».
3.4. Temir davri O‘rta Osiyo tarixida chuqur tarixiymadaniy o‘zgarishlar bilan belgilanadi. Bu davrga kelib o‘troq dehqonchilik hududlari kengayib, strukturasi ko‘ra murakkablashadi. qadimgi shaharlar va davlat birlashmlari paydo bo‘ladi. Janubiy mintaqalarda so‘nggi bronza davri protoshahar madaniyati inqirozga uchrab uning o‘rnida o‘ziga xos madaniyat qaror topadi. Bu davr madaniyati, xususan, yodgorliklari strukturasiga ko‘ra ixcham va murakkabligi bilan ajralib, ular vatanimiz hududida qadimgi shaharlarning paydo bo‘lishida aossiy tugun bo‘lib xizmat qilgan. O‘zbekiston hududida qadimgi shahar turidagi manzilgohlardan Qiziltepa (Surxondaryo), Uzunqir va Erqo‘rg‘on (Qashqadaryo), Afrosiyob va Ko‘ktepa (Samarqand) ma’lum. Ular keng maydondan iborat qadimgi manzilgoh bo‘lib mahalliy va markaziy ma’muriyat apparatiga tegishli mahobatli imoratlardan ark, aholi uy-joylari va ixtisoslashgan hunarmandchilik inshootlari joylashgan qismlardan iborat bo‘lib, umumiy mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan bo‘lgan. Bu kabi qadimgi shaharlar yirik davlat uyushmalari va ayrim ma’muriy bo‘linmalarning markazi vazifasini o‘tagan. Farg‘ona vodiysida shaharsozlik janubiy mintaqalardan o‘ziga xos tomonlari bilan jaralib turadi. Bu mintaqada Dalvarzin va CHust kabi qadimgi shahar Harobalari saqlanganki, ular shahar qurilishi strukturasiga ko‘ra janubiy mintaqalarning shaharlaridan farq qiladi. Miloddan avvalgi I mingyillikning o‘rtalariga kelib, shaharsozlik an’analari mavjud bo‘lgan hududlarda urbanizatsiya jarayonining chuqurlashuvi, qolgan hududlarda esa shakllanishi kuzatiladi.
Antik davri O‘rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-siyosiy hayoti murakkab jarayonlar: bosqinchilik yurishlari, xalqlar va madaniyatlarning kirib kelishi, mintaqaviy davlatlarning tashkil topishi va boshqa o‘zgarishlar bilan belgilanadi. Bu esa har mintaqada o‘ziga xos madaniyatning shakllanishida o‘ziga muhim omil bo‘lib xizmat qilgan. Antik davrga kelib qisman qadimgi shaharlarning rivojlanishi bilan birgalikda YAngi shahar markazlari paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Bu davrga oid yirik shahar markazlaridan Dalvarzin, Zartepa, Erqo‘rog‘on, Afrosiyob, Ko‘ktepa, Tuproqqala, Kanxa va boshqadarning o‘rnida keng ko‘lamli arxeologik tadqiqot ishlari amalga oishirilib, natijada mazkur davr shaharlarining tuzulishi, ulardan o‘rin olgan qurilish inshootlari, ularninrg qurilish usullari va texnikasi, shuningdek, qadimgi xalqlar yaratgan boy moddiy va ma’daniy madaniyat namunalari o‘rganilgan. Ushbu shahar markazlari iqtisodiy, savdo va madaniy markaz bo‘lish bilan birgalikda YUnon – Baqtriya podsholigi, Kushon podsholigi, Qang‘lar davlati, Xorazm va Davan kabi yirik davlatlar yoki ularning tarkibidagi ayrim ma’muriy bo‘linmalarning markazi ham bo‘lgan. SHahar Harobalarida va alohida joylashgan diniy inshootlar o‘z davri aholisining g‘oyaviy qarashlarini ochib berishda yordam beradi. Bu davrda qadimgi O‘zbekiston aholisi bir necha dinlarga e’tiqod qilganliklarini hozirgi paytda saqlanib qolgan topilmalar va ibodatxona Harobalaridan ko‘rish mumkin. Xususan, Surxon vohasida Budda ibodatxonalari va stupalari (Qoratepa, Fayoztepa, Zurmala, Dalvarzintepa ibodatxonasi), zardushtiylar (Dalvarzintepa) ibodatxonasi, Xorazm vohasidagi turli xil Ossuariylar va joylardagi diniy Harakterdagi ayrim topilmalar fikrimizning dalilidir. Qadimgi qishloq hayotini yoritib berishda ham arxeolog manbalar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ko‘plab qishloq Harobalari o‘rganilgan. Antik davrga oid yodgorliklardan topib o‘rganilgan hayokalchalar, tasviriy san’at namunalari, yozuvlar va boshqa moddiy manbalar o‘z davri kishilarining ijtimoiy iqtisodiy va madaniy hayotlarini yoritib berish bilan birgalikda boshqa xalqlar bilan aloqalari va o‘zaro ta’siri masalalarini ochib berishda yordam beradi.
Surxondaryo viloyatining SHo‘rchi tumanida joylashgan Dalvarzintepa yodgorligi 50 yildan buyon arxeologlar tomonidan tadqiq etilmoqda.Dalvarzintepa miloddan avvalgi II asrda qishloq sifatida paydo bo‘lib, milodiy I asrga kelganda hududi 47 gektarga ega bo‘lgan yirik shaharga aylanib, Kushonlar imperiyasining poytaxti sifatida ravnaq topadi. Dalvarzintepa shahristonining sharqiy qismida 1979 yillirdan buyon O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi San’atshunoslik ilmiy tadqiqot Institutining mashhur yapon arxeologi, marhum Kato Kyudzo hamda taniqli olim B.Turg‘unov ishtirokidagi qazishmalari vaqtida ko‘plab topilmalar qatorida ko‘p sonli tangalar hamda g‘alati shaklga ega bo‘lgan tutqichli tangasimon buyum topilgandi.
Dalvarzintepaning ichki hamda tashqi qismidagi buddaviylik ibodatxonasi va undan topilgan 40ga yaqin buddaviylik diniga oid yirik hamda kichik hajmdagi haykallar; dunyodagi eng qadimgi shaxmat donachalari (milodiy I asrga tegishli); 1972 yilda arxeolog B.Turg‘unov tomonidan topilgan va o‘zbek arxeologiyasi tarixidagi eng olamshumul topilmalardan biri bo‘lgan, og‘irligi salkam 36 kilogrammga teng 115 dona oltin buyumlar xazinasi Dalvarzintepani o‘z vaqtida dunyoga mashhur qilgan edi. Dalvarzintepadan topilgan ko‘plab noyob topilmalar YAponiya, Janubiy Koreya, SHvetsariya, Fransiya kabi dunyoning bir qancha davlatlaridagi ekspozitsiyalarda namoyish etildi. Ayniqsa, YAponiyadagi ko‘rgazmalarda topilmalarga bo‘lgan qiziqish nihoyatda katta edi. Buning hosilasi sifatida hozirgi kunda O‘zbekistonga tashrif buyuradigan ko‘plab yapon sayyohlari aynan Dalvarzintepa va Surxon vohasidagi buddaviylik dini yodgorliklarini ko‘rish uchun kelayotganini ko‘rish mumkin.
YUqorida ta’kidlaganimizdek, bugungi kunda arxeologik tadqiqotlar yanada rivojlanib, xorijiy davlatlardagi olimlar hamkorligidagi xalqaro ilmiy simpozimlarning o‘tkazilishi ham muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. SHunday xalqaro darajadagi anjumanlardan biri 2019 26 avgustida “O‘zbekiston – buyuk yo‘llar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiyalar, dinlar, madaniyatlar” mavzusida Termiz shahrida “O‘zbekiston – sivilizatsiyalar chorrahasi“ xalqaro arxeologiya sayyohlik forumi bo‘lib o‘tganligi muhim ahamiyat kasb etmoqda.. Forumda qatnashish uchun mamlakatimiz hududlari va 80 dan ortiq xorijiy davlatlardan kelgan dunyo ilm-fani vakillari – taniqli arxeolog olimlar, ishtirok etishdi. O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish Butun jahon jamiyati ilmiy kengashi raisi, akademik E.Rtveladzening video tabrigi, shuningdek, “Oks Iskandariyasi – Kampirtepa: Oks bo‘yidagi shahar-qal’a” hamda “Kushon merosi” nomli videoroliklar namoyishida Oks-Aleksandriyasi xususida ko‘plab ma’lumotlarni qamrab olgan. Ma’lumki, O‘zbek-Fransuz ekspeditsiyasi 1993 yildan buyon Fransiya milliy ilmiy tadqiqotlar markazi professori P. Lerish rahbarligida Surxondaryodagi bir necha tarixiy yodgorliklar ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. Surxondaryodagi tarixiy yodgorliklar arxeologik tadqiqotlarda muhim o‘ringa ega. Jumladan, Boysundagi Teshiktosh g‘ori, SHeroboddagi Zarautsoy yodgorligi, bundan tashqari, Dalvarzintepa, Kampirtepa, Jarqo‘ton, Xolchayon, Qoratepa hamda Fayoztepa singari obidalar o‘z bag‘rida ne-ne sir-sinoatlarni saqlab kelmoqda. Turli madaniyat va dinlar hamda buyuk imperiyalar tarixi bu zamin o‘tmishi bilan chambarchas bog‘liq holda e’tirof etiladi.
Xalqaro forum doirasida xalq orasida Kampirtepa deb nom olgan O‘zbekiston hududidagi eng qadimgi arxeologik yodgorlikda akademik E. Rtveladze boshligida amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari e’lon qilindi. Bu yodgorlik Amudaryo (qadimgi Oks) o‘zanida miloddan avvalgi IV asr oxirida qurilgan va milodiy I asr boshlarigacha faoliyat ko‘rsatgan port shahar – Oksiana Iskandariyasi (Aleksandriya) Harobalaridir. Mazkur qadimiy shaharcha yunon tarixchisi va geografi Ptolomey asarlarida tilga olingan Markaziy Osiyodagi ellinistik madaniyatning noyob yodgorligi, Aleksandr Makedonskiy tomonidan bunyod etilgan Oksiana Iskandariyasining o‘zi ekanligi ilmiy asoslanmoqda. Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, bu erda g‘arbdan sharqqa tomon Oks bo‘ylab 400 metrdan ortiq masofaga cho‘zilgan port-shaharning o‘lchamlari, yaxshi rivojlangan shaharsozlik tuzilmasi mavjud. Qal’a darvozalari, muqaddas ibodatxona, xazina saqlash joyi, qabriston, shuningdek, bandargohlar, savdo nuqtalari va hunarmandchilik ustaxonalari, kemalar to‘xtaydigan ko‘rfazlar borligi bu afsonaviy Oksiana Iskandariyasining xuddi o‘zi ekanidan dalolat bermoqda. Qal’a zovur bilan o‘ralgan, asosiy qo‘rg‘ondan, minorali devorlar bilan aylantirib o‘ralgan “quyi shahar” va mustahkamlanmagan shahar atrofidan iborat. Arxeologlar bu erda erta ellinistik, yunon-baqtriya va kushon-yuech davrlariga mansub yaxshi saqlanib qolingan madaniy qatlamlarni topganlar. Ko‘plab topilmalar, shuningdek, shaharcha me’morchiligining o‘ziga xos xususiyatlari Kampirtepada asrlar davomida turli xil dinlar - zardushtiylar, buddaviylar va qadimiy yunon xudolarini hurmatlovchilar birgalikda tinch-osoyishta yashaganini ko‘rsatadi.
Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani hududida joylashgan Kampirtepa yodgorligida 1972 yildan buyon bir guruh arxeologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijada ko‘plab noyob topilma va ma’lumotlar qo‘lga kiritilgan. Bu izlanishlar tufayli Oks (Amudaryo)ning o‘ng qirg‘og‘ida Iskandar Maqduniyning 329-327 yillardagi yurishlari vaqtida barpo etilgan eng qadimgi yunon-makedon harbiy manzilgohi haqidagi ilmiy asoslar qo‘lga kiritildi. Hozirga qadar bir guruh olimlar Osiana Iskandariyasini Afg‘onistondagi Oyxonim Harobalari bilan bog‘lagan bo‘lsa, yana bir guruh olimlar uni Eski Termiz shahri o‘rnidan izladi. Va nihoyat Ptolemey Haritalarida ko‘rsatilgan muhim jihatlar Kampirtepada yuz ko‘rsatdi. Buddizm dini rivojida Surxon zamini alohida o‘ringa ega. Vohadagi ko‘plab yodgorlikda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida bu borada aniq dalillar qo‘lga kiritilgan. Ulardan biri bu Fayoztepa majmuasidir. Fayoztepa arxeolog L. I. Albaum tomonidan 1963 yilda ochilgan. Eski Termiz shaharchasining shimoli-g‘arbidan bir kilometrlik masofada joylashgan. Ushbu tarixiy yodgorlik Surxondaryo viloyati O‘lkashunoslik muzeyi direktori R. F. Fayozov sharafiga shu nom bilan atalgan. Ibodatxona o‘n to‘qqizta alohida joylashgan, devorlaridagi chuqur tokchalari to‘siqlar bilan birlashtirilgan xonalardan iborat. Fayoztepada olib borilgan qazish ishlarida ko‘plab qiziqarli topilmalar kuzatilgan. Bu erda olimlar g‘aroyib go‘zallikka ega monaxlar bilan birga tasvirlangan Budda haykalini topishga muyassar bo‘lishdi. Endilikda u O‘zbekiston tarixi muzeyi ekspozitsiyasini bezamoqda. Fayoztepa nafaqat ibodatxona, balki, monastir ham bo‘lgan. Inshootdagi hujra, ziyoratchilar yashashi uchun joylar, xo‘jalik xonalari ana shu haqida guvohlik beradi. 2006 yilda konservatsiya va rekonstruksiya ishlaridan so‘ng Fayoztepa Budda ibodatxonasi ochildi va ochiq osmon ostidagi g‘aroyib muzeyga aylandi. SHuningdek, forum ishtirokchilarini Termiz arxeologiya muzeyi eksponatlari katta taassurot uyg‘otdi. Bu erdagi tosh asrdan to xonliklar davriga qadar bo‘lgan vaqtlarga mansub bo‘lgan nodir topilmalar, qadimiy ashyolar dan iborat kolleksiyasida 27 mindan ziyod eksponatlar mavjud. Ular orasida uy-ro‘zg‘or buyumlari, qadimgi va o‘rta asrlardagi qurol aslahalar, hukmdorlar tangalari va muhrlari, shuningdek, rang-tasvir va antik haykaltaroshlik asarlari ham bor. Muzeyda kutubxonasida 16 mingga yaqin kitoblar, hukmdorlar yozishmalaridan iborat yozma manbalar saqlanib kelinmoqda. “O‘zbekiston – buyuk yo‘llar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiyalar, dinlar, madaniyatlar” mavzusida madaniy meros haftaligi doirasida Termiz shahrida “O‘zbekiston – sivilizatsiyalar chorrahasi“ xalqaro arxeologiya sayyohlik forumi ko‘hna Surxon vohasi tarixi, bu erdagi tamaddun bosqichlari, bu ko‘hna diyorning turli madaniyat va dinlar rivojida tutgan o‘rni haqida qimmatli ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash zarurki arxeologik tadqiqotlarni rivojlantirishda muhim omil bo‘lgan jihatlardan biri bu ilmiy tadqiqot ishlariga bo‘lgan e’tibor ham muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston Milliy Universitetida Arxeologiya kafedrasi tomonidan amalga oshirlayotgan tadqiqotlar ham muhim o‘rin egallaydi: Jumladan, O‘rta Osiyo Davlat universiteti tarkibidagi Arxeologiya kafedrasiga 1940 yil 1 aprelda M.E.Masson tomonidan asos solingan. SHu kunga qadar kafedradan 6 ta akademik etishib chiqqan. Kafedrada 1999 yildan boshlab 5A120401 Arxeologiya, 5A120402 - Etnografiya, etnologiya va antropologiya, 5A120403-Etnogenez (o‘zbek xalqining etnik tarixi) magistratura mutaxassisliklari o‘z faoliyatini boshladi. SHuningdek, janubiy vohalar hisoblangan Termiz davlat universitetida ham bu borada bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Termiz davlat universiteti Tarix fakultetida so‘nggi yillarda “Arxeologiya”, “Etnografiya, etnologiya va antropologiya” hamda “Tarix” yo‘nalishlarida magistratura mutaxassisliklari tayyorlana boshladi. Ushbu yo‘nalishdagi magistratura bo‘limida tahsil olayotgan talabalarga etuk olimlar tarix fanlari doktori professor S.N. Tursunov, tarix fanlari doktorlari SH.B.SHaydullaev, E.Qobilovlar kabi olimlar ilm sirlari o‘rgatib kelinmoqda. Bunday ustoz-shogirdlik an’analari natijasida Termiz davlat universitetida Arxeologiya, Etnografiya va boshqa yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlar rivojlantirilib, voha tarixiga oid yangi asarlar soni yanada ko‘payib bormoqda. SHuningdek, yurtboshimiz tomonidan tarixchi olimlar faoliyatiga ham katta e’tibor qaratilib, 2017 yil deqabr oyida O‘zbekiston Milliy Universiteti professori A.S.Sagudullaevga Akademik unvoni berildi. O‘zbekiston Milliy Universiteti Tarix fakultetining Arxeologiya kafedrasi qoshida 1940 yildan tashkil etilgan o‘quv kabinet-muzeyi faoliyat yuritmoqda. 1940 yilda Arxeologiya kafedrasining ochilishi vaqtida asos solingan. Ushbu kabinet muzeyida talabalar turli arxeologik topilmalarni tahlil qilish, tiplarga ajratish, klassifikatsiyalash, fiksatsiya hamda restavratsiya qilish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni amalga oshirishadi. SHuningdek, muzeyda arxeologik fond mavjud bo‘lib, unda kafedraning arxeologik dala topilmalari saqlanadi. Hozirgi kunda Toshkent, Toshkent viloyati va Qarshi vohasi arxeologik yodgorliklarini zamonaviy jihozlar bilan tadqiqotlar asosida o‘rganish keng yo‘lga qo‘yilgan.



Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish