Tarixiy o‘lkashunoslik” fanidan o‘quv – uslubiy majmua



Download 2,01 Mb.
bet12/45
Sana09.06.2022
Hajmi2,01 Mb.
#647310
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   45
Bog'liq
УЛКАШУНОСЛИК УМК

4.5. Antropologiya (antropos-odam, logos-fan) odam haqidagi fan bo‘lib, kishilik jamiyatining qadimgi tarixi, xususan, antropogonez jarayoni, joylardagi etnogenez jarayonlarini o‘rganishda ushbu fan yutuqlari muhim ahamiyat kas etadi. Bu fan yutuqlari asosida qadimgi tosh asridan boshlab, xalqlarning paydo bo‘lishigacha, hatto hozirgi davrda yashayotgan aholining antropologik masalalarini o‘rganish muhim vosita sifatida foydalanish mumkin.
Har qanday xalqning kelib chiqishi (etnogenezi) murakkab va dolzarb muammo bo‘lib, tarix fanining yutuqlari bilan chambarchas bog‘liqdir. SHu kunlarga qadar xalqning kelib chiqishi yoki etnogenezi to‘g‘risidagi masala alohida fan sifatida shakllanib etmagan, ammo yaqin kelajakda o‘zida qator ijtimoiy va tabiiy fanlar yutuqlarini mujassamlashtirgan etnogenez fanining yuzaga kelishiga shubha qilmasa ham bo‘ladi.
Tarix, arxeologiya, tilshunoslik, toponomiya, etnografiya kabi fanlarning jahon miqiyosida qo‘lga kiritgan yutuqlarini, ilmiy jihatdan muhim fikr mulohazalari va xulosalari asosida etnogenezis jarayonlari o‘rganish muhim ahamiyatga ega.
SHu sababli ham o‘zbek, tojik, turkman, qirgiz va boshqa Markaziy Osiyo elat va xalqlarning etnogenezi, ya’ni kelib chiqishi muammolarini faqat jaxon fani yutuqlariga tayangan xolda to‘g‘ri, ob’ektiv va xolisona xalq etish mumkin.
O‘zbek xalqining kelib chiqishi (etnogenezi) nixoyatda murakkab va juda uzoq tarixga ega bo‘lgan jarayondir. Xususan, Farg‘ona vodiysidagi Selung‘ur va Surxondaryodagi Teshiktoshdan topilgan qadimgi ajdodlarimiz qoldiqlari O‘zbekistonda, Afrika va Old Osiyo hududlari bilan bir qatorda, hozirgi zamon odamlarining paydo bo‘lishi jarayoni yuz bergan hudud tarkibiga kirishi fanda uzil-kesil isbotlangan. Ayrim olimlar tomonidan bildirilgan «Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbekiston, qadimiy davrlardagi mongoloid irq shakllangan hududga kiradi», degan fikrning ilmiy asossizligini antropologik ma’lumotlar tasdiqladi. Keyingi davrda o‘tkazilgan tadqiqotlarda, Markaziy Osiyoda, jumladan hozirgi O‘zbekiston hududida yashagan ibtidoiy aholining antropologik jihatdan evropeoid irqining janubiy yoki O‘rta Er dengizi pushtiga yaqin ekanligi isbotlangan. O‘zbeklarning janubiy evropeoid irqining o‘ziga xos pushti ekanligi janubiy O‘zbekistonda kashf etilgan.
Markaziy Osiyodagi eng qadimiy muste davriga oid paleolit davriga oid bolaning Teshiktoshda topilgan suyak qoldiqlari orqali isbotlash mumkin. Surxondaryo va Farg‘ona vodiysining turli joylaridan topilgan har xil qurol va buyumlar, madaniy qatlamlar bu erda yashagan aholi, teshiktoshliklar singari, ovchilik va termachilik bilan shug‘ullanib, olovdan keng foydalanganliklari to‘g‘risida xulosa qilishga imkon berdi.
Demak, arxeologik va poleantropologik tadqiqotlarga qaraganda, tarixiy-madaniy va etnik jixatdan Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbekiston insoniyat taraqqiyotining eng ilk davrlaridan boshlab Old Osiyo bilan bog‘liq bo‘lgan. Balki paleolit davrida Markaziy Osiyoga aholi Old Osiyodan ko‘chib kela boshlagan va keyinchalik ovchi va termachi qabilalarning ko‘chish jarayoni davom qilib turgandir. Bunga Machoy g‘oridan topilgan mezolit davriga oid odam suyagi qoldiqlari va juda ko‘p moddiy buyumlar dalil bo‘ladi.
Bu makondagi madaniy qatlamlarga o‘xshash topilmalar Toshkent vohasida, Turkistonda janubiy Qozog‘iston va Old Osiyo mamlakatlaridagi mezolit obidalaridan topilgan buyumlarga o‘xshaydi. Paleontropologik tadqiqotlar mazkur makonlarda yashagan aholi evropeoid irqiga mansub ekanligini tasdiqlagan.
Arxeologik tadqiqotlarning natijalariga qaraganda Markaziy Osiyoda yashagan xalqlarning paydo bo‘lishi mazkur xo‘jalik-madaniy tiplarning tarixi bilan bevosita bogliq bo‘lib, ularning etnik xususiyatlarini belgilab bergan. Markaziy Osiyoning janubida, shu jumladan Farg‘onada eneolit va bronza (mil. avv. II ming yillik boshlarida) sun’iy sug‘orish dehqonchiligi, tosh qurollar bilan birga ilk metall qurollarining ishlatilishi, xom g‘ishtdan qurilgan uylarning, charxda yasalgan bezakli sopol idishlarining paydo bo‘lishi mahalliy qabilalarning joylashishi va ularning aloqalari qanday bo‘lganligidan dalolat beradi. Paleontropologik ma’lumotlarga qaraganda, paleolit davrida Old Osiyodan shimoli -g‘arb tomon, ya’ni O‘rta Osiyoga ochilgan ko‘chish yo‘li keyingi neolit va jez (bronza) davriga kelib yanada kuchayadi. YAngi davrda mazkur tarixiy -madaniy va etnik aloqalar yanada kuchayganligini arxeologik qazishmalar ham tasdiqlaydi. Ayniqsa jez (bronza) davriga oid topilgan ko‘p sonli qabrlar o‘sha vaqtda yashagan aholining antropologik tuzilishini aniqlashga yordam beradi.
Antropolog olim T.K. Xo‘jaylov ta’rificha, O‘zbekistonga shimoliy-g‘arbiy tomondan Evropaning yuqori paleolit, mezolit va neolit aholisi vakillari kela boshlagan, janubda esa, janubiy evropeoid tiplar kelib, O‘zbekiston aholisining ko‘pchilik qismini tashkil qilgan. Uning taxminicha, o‘sha davrdan boshlab o‘zbek xalqining shakllanishida o‘ziga xos evropeoid komponentlar asos bo‘lgan. Mazkur fikrni arxeologik kashfiyotlar ham tasdiqlaydi. (I.Jabborov. O‘zbek xalqining etnografiyasi. _T., «O‘qituvchi», 1994,58-bet).
O‘zbek xalqiga xos Markaziy Osiyo ikki daryo oralig‘i irqining shakllanish davri, antropologik izlanishlar natijasida ikki daryo oralig‘idagi irqning shakllanishi, juda boy antropologik ma’lumotlar asosida, bundan 2200-2500 yil ilgari boshlanganligini isbotladilar. Qator ilmiy asarlarda o‘zbek xalqining shakllanishida bir qator muhim davrlar sanab o‘tilgan. Bular qatorida Ahamoniylar, Iskandar Zulqarnayn Arab xalifaligi, mug‘ullar istilosi tilga olinadi. Haqiqatan, bu bosqinchiliklar Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekiston xalqlari madaniyatiga tiliga, turmush tarzga, tabiiyki, o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Ammo bu yurishlarning mahalliy xalqlarning irqiy va etnik tarixiga ta’siri o‘ta kam bo‘lganligini alohida ta’kidlash kerak! Antropologik nuqtai nazardan qaraganda, ular mahalliy xalq qonini yoki genetikasini tubdan o‘zgartira olmaganlar, o‘zgartirishlari ham mumkin emas edi.
Uzoq yillar davomida qadimgi odamlar shakllanishi bir joyda kechganmi yoki butun er yuzida sodir bo‘lganmi degan savol mutaxassis olimlarning tortishuviga sabab bo‘lib kelgan. Ko‘pchilik olimlar dastlabki odamlar shakllangan hudud Afrika bo‘lganligini (ba’zi bir tadqiqotchi olimlar er yuzining barcha hududlarida birday kechgan, deb hisoblaydilar) keyinchalik ular Sinay yarim oroli orqali butun er yuziga yoyilgan, degan fikrni bildirishadi. Bu guruhdagi olimlarning ayrimlari eng qadimgi odamlarning paydo bo‘lishi va tarqalishining bir necha bosqichda bo‘lganligni ta’kidlashadi. Ularning fikrlariga ko‘ra Homa Sapiens, ya’ni zamonaviy qiyofadagi odamlar ham dastlab Afrikada paydo bo‘lib, keyinchalik er yuzining boshqa hududlariga tarqalgan degan hoyani ilgari suradilar.
Arxelogiya fani yutuqlaridan bizga ma’lumki, O‘rta Osiyoning eneolit va bronza davri muhim tarixiy – madaniy o‘zgarishlar; joylarda madaniyatlarning qaror topishi, qabilalarning doimiy migratsiyasi va ular o‘rtsaidagi o‘zaro ta’sir hamda aloqalar bilan belgilanadi. Bu jarayonlar ayniqsa mil.avv. II ming yilliklarda ko‘proq namoyon bo‘lib, madaniy xo‘jalik jihatidan ikkita alohida mintaqada tarkib topadi.
Bu davrlarga oid antropologik topilmalar doirasi son jihatdan ham, hududiy jihatdan ham ancha keng hisoblanib, qisman yaxshi o‘rganilgan. Asosiy topilmalar o‘troq dehqonchilik manzilgohlari, chorvador qabilalarning makonlaridan olingan antropologik materiallardan iborat. Ulardan Qoratepa, Geoksyur, Nomozgoh, Oltintepa, (Janubiy Turkmaniston) Ko‘kcha 3 (Xorazm), Zomonbobo, Mo‘minobod, Sopollitepa, Jarqo‘ton, Bo‘ston, va boshqa yodgorliklardagi bir necha yuzlab qabrlardan aniqlangan antropologik topilmalar o‘lkamizda mil.avv. III-II ming yilliklarda yashagan xalqlarning tashqi qiyofasi, irqi va boshqa antropologik xususiyatlarini o‘rganishda muhim manba bo‘lib, xizmat qiladi. Ushbu topilmalarga ko‘ra eneolit davri va bronza davrining ilk va rivojlangan bosqichi aholisi evropoid irqining sharqiy o‘rta er dengizi tipiga mansub bo‘lgan. Mil.avv. II ming yillikka kelib O‘rta Osiyo xalqlari tiplariga ko‘ra bir – birlaridan farqlanuvchi ikki mintaqaga ajraladi. Janubiy mintaqalarda cho‘ziq bosh, qisqa va o‘rtacha qisqa yuzli sharqiy o‘rta er dengizi tipiga oid xalqlar xos bo‘lsa, shimoliy mintaqalarda yashovchi chorvador qabilalar keng va o‘rtcha keng bo‘lgan protoevropa va adronova tipiga mansub bo‘lgan. Ular o‘rtasidagi chegara tadqiqotchi olimlarning xulosalariga ko‘ra janubiy Orol buyi, Zarafshonning o‘rta oqimi va Farg‘ona vodiysi orqali o‘tgan.
Zarafshon vohasi hududida Evroosiyoning evropoid va mongoloid kabi ikki asosiy irq o‘rtasida chegara mintaqasini tashkil etadi. YUqorida ta’kidlab o‘tilgandek, 1971 yili arxeologik G.V.SHishkin Afrosiyobning shimoliy qismida o‘rta asrlarga oid qatlam ostida er.av. V asrga oid, ya’ni bundan 2500 yil ilgari yashagan odam skletini topdi. Ularning bosh tuzilishi hozirgi o‘zbek va tojiklarga o‘xshash va orqa tomoni yassi bo‘lgan. So‘g‘dliklarning peshonasi tik va keng, qirraburun bo‘lgan. YUz tuzilishi o‘rtacha kenglikda, lekin mongoloid irqqa xos yuz yapaloqligi ko‘rinmaydi. Bu belgilar so‘g‘dliklarning evropoid irqiga mansub ekanligidan dalolat beradi, ular o‘zining irqiy xususiyatlari bilan shu davrdagi SHimoliy Baqtriya odamlariga o‘xshaydi. Demak, evropoid irqiga mansub O‘rta Osiyo Ikki daryo oralig‘i tipi, ya’ni hozirgi o‘zbeklarga va tekislikda yashovchi tojiklarga xos tip er.av. 1 ming yillik o‘rtalaridayoq So‘g‘d hududida tarqalgan. Bu boradagi tadqiqotlar bugungi kunda yanada mukammal tarzda olib borilmoqda.

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish