DAHPARAKENT – SHeroboddaryo yuqorisidagi qishloqlarning umumiy nomi. Toponim dah+pora+kent so‘zlaridan tashkil topgan. Dah so‘zi (f-t) «o‘n», pora (f-t) so‘zi «bo‘lak», «parcha»42, kent – (so‘g‘d. – «uy, xonadon») ma’lum xususiyati bilan shahar va qishloqdan farqlanib turuvchi aholi yashaydigan joy, kichik va tarqoq shahar ma’nosini beradi43. Mahmud Koshg‘ariyda kend – «shahar», o‘g‘uzlar va ular bilan yaqin turuvchilar tilida «qishloq», ko‘pchilik turklar nazdida «viloyat»dir44. YUqoridagilardan kelib chiqadigan bo‘lsak, Dahparakent so‘zi «o‘n bo‘lak qishloq» ma’nosini bildiradi.
DENOV – Surxondaryo viloyatidagi shahar va shu nomdagi tuman. SHuningdek, Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanining Novqat qishlog‘idagi mavzei, Kitob tumanidagi qishloq, Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi qishloq Denov deb ataladi. Turkmanistonda Deynov degan joy bor. Nizomiddin SHomiyning «Zafarnoma» asarida hozirgi Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani hududida Dehi-nav qishlog‘i tilga olinadi45.
Denov- tojikcha deh-yangi, nav- qishloq, ya’ni YAngi qishloq ma’nosini anglatgan.
Jom qishlog‘i - Samarqand viloyatining Nurobod tumanidagi qio‘loqning nomi. Bu so‘z fors tilidan olingan bo‘lib, qadah metalldan yoki sopoldan yasalgan idish demakdir. CHunki qishloqning hamma tomoni tog‘ bilan o‘ralgan bo‘lib, xuddi jomga, ya’ni kosaga o‘xshaydi. Jom deyilishining boisi ham ana shu o‘xshashliklardan kelib chiqqan.
CHortoq – Namangan yonidagi qishloq, buni “to‘rt tog‘” deb izohlaydilar. To‘rt gumbazli inshoot, ark, qo‘rg‘on qoravulxona, chortoq deyilgan.
CHuvalachi – Farg‘ona viloyatida Bog‘dod rayonidagi qishloq. Toshkent shahridagi ko‘cha nomi. Tojikcha “katta kon” ma’nosidagi “juvol” so‘zidan kelib chiqqan degan fikr bor.
Qaqir – Andijon viloyati Xujaobod rayonidagi hamda Farg‘ona viloyati Quva rayonidagi qishloqlar nomi. Qaqir suv etib bormaydigan, qaqrab yotgan er degan ma’noni bildiradi.
Qo‘sh – ko‘pir – rayoni Xorazm viloyatining yirik tumanlaridan biri. Hozirgi kunda rayonda 9 ta qishloq bo‘lib, bu qishloqlar nomlarining kelib chiqishi juda qiziq. Quyida biz bu haqda fikr yuritamiz.
Kenagas – bu qishloq mahalliy halq orasida Kanayas deb yuritiladi, chunki hududdidan Kanayas arig‘i oqib o‘tadi. Qishloqning markaziy qismiga Karaman qal’asi deyishadi. Karaman Xorazmda o‘suvchi ulkan daraxt. Qariyalarning so‘zlariga qaraganda, bu erda Xiva xonligi davrida mudofaa vazifasini bajaruvchi kichik, o‘ziga xos qal’acha bo‘lgan. Kenagas degan qabilalar ham bo‘lgan.
Xadra – Qo‘shko‘pir tumanidagi kichkina qishloqning nomi. Xadra so‘zining shaharlarning cheti demakdir. Xadra qishlog‘i Xiva qal’asining shimol tomonida joylashgani uchun ham Xadra nomini olgan bo‘lishi mumkin.
Bog‘ot – Xorazm viloyatidagi tuman. Bog‘ot etimologiyasi bog‘zor, bog‘lar, bog‘, va ot arabcha ko‘plik affiksi, “arz so‘raydigan bog‘” so‘zi bilan bog‘laydilar. Mahalliy xalqning aytishicha “bog‘ot” poliz, polizchi degan ma’noni bildiradi.
Mo‘ynoq – Orol dengizi janubidagi yarim orol shahar, mo‘yin (bo‘yin), oq aslida – ak – “kichik” so‘zlaridan yasalib, “”kichik bo‘yin”, “bo‘yinga” yarim “Orol” ma’nosini anglatadi.
Tuyamuyin – Amudaryoning quyi oqimidagi joy. Sirtdan qaraganda “Tuya yuni” dek tuyuladi. Aslida tog‘, daryo va qumlik joyning tor qismini – yo‘lagini “Tuyamo‘yin” deb atashgan.
Do‘rmon-Do‘rmon, Do‘rmoncha, YUqori Do‘rmon degan nomlar Toshkent vohasida juda ko‘p uchraydi. Bu so‘z mug‘ul urug‘laridan birining nomi bo‘lib, ma’nosi mug‘ul tilida “to‘rt” demakdir. Bu so‘z ba’zi kishilarning, olimlarini afsonaviy qahramon Do‘rmon Bahodir nomidan olingan deyishlari to‘g‘ri emasdir.
Iskandar – bu CHirchiqdan birinchi suv oluvchi kanalning nomi, 1889 yili bu kanal o‘rnida kichik “sart” arig‘i bo‘lgan. bu ariqni podshoh Aleksandrning qarindoshi Konstantin Romanov qayta qurdirib unga “Oq podsho” Aleksandr nomi qo‘yildi. U joy obodonlashtirilib, aholi yashaydigan joyga aylantiriladi va yarim xalq odatiga ko‘ra Aleksandrni Iskandar deb yurita boshladilar.
SHarqda, jumladan, O‘rta Osiyoda ham toponimikaga qiziqish qadimdan boshlangan. YUsuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Abu Rayhon Beruniyning “Qonuni Ma’sudiy”, “Hindiston”, “Saydana”, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk”, asrlarida toponimikaga oid juda ko‘p ma’lumotlarni topish mumkin. Toponimik ma’lumotlar muallifi noaniq “Hudud al - olam” nomli geografik asarda ham mavjud. Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari mumtoz o‘lkashunoslik asari bo‘lishi bilan birga unda toponimikaga oid 800 dan ortiq nomlar xaqida ma’lumot keltirlgan..
X – XI asrlarda yashagan Abu Rayhon Beruniy o‘z davrining buyuk olimi Uning ilmiy merosi orasida toponimikaga oid ma’lumotlar ko‘p uchraydi. Uning geografik va toponimik merosi “At - Tafhim”, “Qonuni Ma’sudiy”, “Geodeziya” “Hindiston”, “Minerologiya”, “Osor-ul boqiya”, kitoblaridan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |