Tarixiy o‘lkashunoslik” fanidan o‘quv – uslubiy majmua



Download 2,01 Mb.
bet17/45
Sana09.06.2022
Hajmi2,01 Mb.
#647310
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45
Bog'liq
УЛКАШУНОСЛИК УМК

SHuy so‘ziga to‘xtalsak. Xitoy tilidagi shuy – «suv» ma’nosini beradi17. Ammo bu so‘z turkiy tillarda ham uchraydi. Turkiy tilda suy so‘zi «daryo»18, o‘zbek, qirg‘iz tillarida soy – «jilg‘a, tog‘ daryosi»dir. SHunga ko‘ra, Guy-shuy so‘zi «Kushonlar daryosi» degan ma’nolarni anglatadi.
O‘rta asrlar davridagi arab manbalarida Amudaryo Jayxun nomi bilan atalgan. V.V.Bartoldning fikricha, Jayxun Tavrotdagi Gixon daryosi nomining arablashtirilgan shakli bo‘lib, arablar tomonidan kiritilgan.
XIII asr mo‘g‘ul manbalarida daryo Amu deb ataladi19. «Boburnoma»da ham Amu deyiladi20. Ammo daryo bu nom bilan ancha oldin atalgan. Arman muallifi Vardanning «Geografiya» asarida Amu-su nomi bilan tilga olinadi. XI asr forsiy tildagi izohli lug‘atlarda Amuy ham shahar, ham daryo nomi sifatida ishlatiladi.
S.Qoraevning fikriga ko‘ra, Amul shahrining nomi daryo nomidan olingan bo‘lishi mumkin21. M.Koshg‘ariyning izohlashicha, amul – «har bir tinch va barqaror, turg‘un, qimirlamaydigan narsa» demakdir22. YO.Xo‘jamberdievning ta’kidlashicha, «Aslida sho‘xligi bilan mashhur bo‘lgan Amudaryoning bir qismi tinch oqish xususiyatiga qarab (daryo Turkmaniston hududidan o‘tganidan keyin to quyilishigacha nisbatan tinch, sekin oqadi) uni mahalliy kishilar shunday deb atagan bo‘lishi ham ehtimoldan holi emas»23.
Fikrimizcha, Amudaryoning CHorjo‘yga yaqin joyga kelib tinch, osuda, barqaror oqishi, bu erdagi kechuv nomini Amul deb qo‘yilishiga sabab bo‘lgan. Kechuv nomi bilan shahar atalgan.
ANGOR – Surxondaryo viloyatidagi tuman va uning markazi. Angor so‘zining ma’nosi haqida turli fikrlar bor. Mahalliy aholining izohicha, angor – hosili yig‘ishtirib olingan g‘alla maydoni. Bunda Angorni qadimda Termiz va uning atrofidagi o‘troq aholining lalmikor dehqonchilik qiladigan g‘allazori bo‘lganligi nazarda tutiladi. Angar/angor so‘zi ishtirok etgan toponimlar Osiyoning turli hududlarida uchraydi. Masalan: Angara – Sibirdagi daryo, Eniseyning o‘ng irmog‘i, Anqara – Turkiya poytaxti va hokazolar. YO.Xo‘jamberdievning fikricha, angor so‘zi eroniy tillardan o‘tgan va u «aholi markazi» degan tushunchani beradi24. Qadimdan Angor hududi orqali Buyuk Ipak yo‘lining bir tarmog‘i o‘tgan. Bu erdagi Tozlartepa, Bolaliktepa, Zartepa, Qizqo‘rg‘on, Kuyovqo‘rg‘on, Xayrobodtepa singari qo‘rg‘onlar yo‘ldan o‘tayotgan karvonlar uchun qo‘nalg‘a vazifasini o‘tar edi. Ana shunday to‘xtash joyi Angor deb atalgan. Angor – «karvonlar to‘xtaydigan joy», «mustahkam qo‘rg‘oni bor qo‘nalg‘a», «karvonsaroy» ma’nosini anglatadi.

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish