Toponimikani atamasi lotin tilidan olingan bo‘lib, “topos” – joy, “onom” – nom, umuman joy nomini o‘rganadigan fan degan ma’noni bildiradi. Geografik nomlar va insonlarga qo‘yiladigan ismlar toponimikaning manbaii hisoblanadi.
Toponimika ikki ob’ektdan: mikro va makro toponimlardan iborat bo‘lib, mikrotoponimika – grammatik jihatdan mayda ob’ektlarni – turdosh otlarni, makrotoponimika esa atoqli otlar, ya’ni yirik ob’ektlarning nomlarini tadqiq qiladi.
Hozirgi vaqtda toponimika faqat katta va yirik ob’ektlarning: tog‘lar, o‘rmonlar, vodiylar, vohalar, shaharlarning nomlarinigina emas, balki kichik ob’ektlarning — mahallalar, daralar; jarliklar, anhorlar, daryo irmoqlari, ariqlar va ko‘llarning nomlarini o‘rganishga qaratiladi. Geografiyaga oid atamalar turdosh otlar toponimika tarkibiga to‘lig‘icha kirmaydi, ammo ular toponimikani o‘rganishda katta ahamiyatga egadir. Toponimikaning tilshunoslik, tarix geografiya, arxeologiya va boshqa fanlarga aloqadorligi uning muhim xususiyatlaridandir. Toponimikaga oid ma’lumotlar tadqiq qilinayotganda tarixiy ma’lumotlarga, ayniqsa arxeologiyaga oid tekshirish natijalariga suyangan holda ish ko‘rish zarur.
Geografik nomlar- er suv nomlari, ya’ni toponomlarni, ularning ma’no va mazmuni, kelib chiqishi va tarixini o‘rganishga tobora ko‘p ahamiyat berilmoqda. Jamiyat tarixida bo‘lib o‘tgan xilma- xil voqea va hodisalar joy nomlarida muhrlanib qolgan. Ko‘pgina geografik nomlar joylarning tabiiy sharoiti (relefi, o‘simlik va hayvonot dunyolari),aholining xo‘jalik faoliyati (mashg‘uloti)dan axborot beradi. Hozirgi jamiyatni, zamonaviy sivilizatsiyani, xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi har qanday aloqalarni geografik nomlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi
Toponomiya bir necha turga bo‘linadi: gidronimiya, ya’ni daryolar, ko‘llar, dengizlar nomlari: oronimiya, ya’ni er yuzasidagi relef shakllari-tog‘lar, cho‘qqilar, qirlar, vodiylar, teksliklar nomlari: oykonomiya (yunoncha oykos– «uy»), polinimiya (yunoncha polis- «shahar») yoki urbonimiya (lotincha urbos – «shahar»); mikrotoponimiya, kichik inshootlar nomlari; etnotoponimlar- turli xalq, urug‘-aymoq nomlari bilan atalgan toponimlar; antrotoponimlar-kishi ismlari bilan yuritiladigan toponimlar va h.k. (Qarang. Toponimlar terminlari lug‘ati).
Geografik nomlar, ya’ni toponimlar til lug‘at tarkibining bir qismi bo‘lib, til qonuniyatlariga bo‘ysunadi; so‘zni esa lingvistika fani o‘rganadi. Demak toponimika atoqli otlarni o‘rganadigan onamastika fanining bir qismi bo‘lib, tilshunoslik fanlari qatoriga kiradi.
Ikkinchi tomondan, geografik nomlar Haritaning eng muhim tarkibiy qismi biron mamlakat, davlat yoki o‘lka tabiatining xususiyatlarini aks ettiradi. Ana shu nuqtai-nazardan toponimikani geografik fanlar jumlasiga kiritish mumkin. Ayniqsa tarixiy toponimika bevosita tarixiy geografiya fani bilan chambarchas bog‘liq.
Har bir fanning o‘ziga xos rivojlanish bosqichlari mavjud. Toponimika ham garchand fan sifatida XIX asrda tanilgan bo‘lsada, uning asosi qadimgi davrlardanok shakllana bordi. Jumladan, aholi yashaydigan hududlarning kengayishi, ovchilik, dehqonchilikning rivojlanishi, savdo-sotik, sayyohatga qiziqish, joy nomlarining turli tarzda ko‘payishiga asosiy sabab bo‘lib qoldi.
Xususan, O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekiston tarixiga tegishli bo‘lgan toponimlar dastlab qadimgi yozuvlar, qabrtoshlari, qoyalarda aks ettirilgani xolda, saqlangandir. Dastlabki yozma manbalar kitob tarzida 2700 yillar muqaddam, ya’ni miloddan avvalgi II ming yillik va I ming yillikning birinchi choragida, xususan «Avesto» kitobida bir necha yuz yillar mobaynida shakllangandir. Bu kitobda O‘rta Osiyo va unga tutash hududlar bo‘ylab vujudga kelgan joy nomlari dastlabki yozma tarzda ifoda etilgan toponimlar qatorida o‘z aksini topgandir. Jumladan, Amudaryoning o‘sha davrlardagi nomi Vahvi -Daitiaya edi, So‘g‘diyonadagi Gava-So‘g‘diy halqdar yashovchi yurt deb bilingan,. Mug‘-«Avesto»da Mizda dini peshvosi sifatida e’tirof etiladi. SHu boisdan Zarafshon va Hisor tizmalari tutashgan nuktada Mug‘ nomli cho‘qqi saqlanib qolgan, Rapxa-Sirdaryoning qadimiy nomidir.
Jumladan Gerodot (eramizdan avvalgi IV asr), Aristotel, Arrian, Kursiy Ruf (miloddan avvalgi II asrlar), Klavdiy Ptolemey (II asr) kabi olimlar Amudaryoni- Oks, Sirdaryoni - YAksart, Zarafshon daryosini Politimet, Pomir tog‘ini Komed, Samarqand shahrini - Marakanda tarzida ataganlar. Arrian, Nautaka - «So‘g‘diylar eri», - deb e’tirof etadi. Aslida Nautaka shahri - So‘g‘diy tilida «yangi joy» mazmunini beradi. Bu viloyat Kitob - SHahrisabz, YAkkabog, G‘uzor vohalarini o‘z ichiga olgan.
Miloddan avvalgi 138-126 yillari xitoylik sayyox CHjen Syan, butun O‘rta Osiyoni kezib chiqib ko‘plab toponimik atamalarni yozma tarzda qayd etadi. Bu mualliflar tomonidan ayrim mahalliy atamalarning xitoy tili transkripsiyasida aks etganligini ko‘ramiz. Masalan: Tyan-SHan - tyan - «osmon», shan - «tog‘». Aslida uning nomi turkiy tilda Xontangri, Tangritog‘ bo‘lib, xitoylar uni o‘z tillariga mos ravishda Tyan-SHan deb atay boshladilar. Xitoy manbalarida Farg‘ona-Davan deb atalsada uning etimologik mazmuni ochiq-oydin yozilmagan. Ammo ilk o‘rta asrlarga xos Xitoy adabiyotlarida Po-xan, Fey-xan tarzida ifoda etilgani ma’lum.
SHu tariqa o‘rta asrlarda arab yozuvchilari, geograf va tarixchilari Mas’udiy, Istaxriy, Ibn Rusta, YOqut Xamaviy, Ibn Xurdodbex, Ibn Xavqal, Qazviniy, Ibn Batuta kabi olimlarning O‘rta Osiyo haqida yozgan kitoblarida qator toponimlarning arabcha transkripsiyada uchrashini ko‘rishimiz mumkin.
Masalan, Hisor (qo‘rg‘on) Vobkent-Bobkent-Bob darvoza Kent shahar mazmunida, yoki Pop-Bob-darvoza tarzida uchratamiz. O‘rta asrlarda mahalliy aholining ilmga bo‘lgan e’tibor tufayli Al-Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sino kabi ko‘plab yirik qomusiy olimlar etishib chiqdi. Ulardan ayrimlarining asarlari aynan toponimika fanining rivojlanishi uchun muhim manbadir. Jumladan Ibn Ja’far al-Narshaxiy (X asr) ning «Buxoro tarixi» kitobi shular jumlasidandir. Olim usha davrlarda Buxoro atroflarida mavjud bo‘lgan shaharlarni eslash bilan bir qatorda ularning atama tarziga kirish sabablarini ham yoritib beradi. Jumladan Xumuket- Xamuk katta er egasi Buxorolik dehqonning nomi edi. Aslida buxoroliklar «Xamuk» deb, gavharni, kent deb esa shaharni ataydilar. Demak, Hamuket-Gavharning shahri yoki Gavhar shahar - shaharlarning gavhari demakdir.
Tavois - bu Buxoro viloyatlaridan biri bo‘lib, asli nomi Arkuddir. Uning odamlari boy, har bir xonadonda tovus qushi saqlanadi. Arablar Buxoroga kelmaslaridan oldin tovusni ko‘rmagan edilar, shu boisdan u qishloqni Arkud deb atashga kiynalib, “Zot-ut-tavois” – “Tovuslar egasi” deb ataganlar. Uning asli nomi shu tariqa unutildi, keyinroq “zot» so‘zini tashlab «tavois» deb ataganlar.
Bu asarlar toponimlar mazmunini maxsus tarzda yoritib beruvchi tarixiy-geografik manba sifatida qadrlanadi. Al-Xorazmiy, Jayhoniy, Abu Rayxon Beruniy, YUsuf Xos Xojib, Maxmud Qoshg‘ariy, Bobur asarlarida ko‘plab toponimlar qayd etilgan. Bu asarlarning mualliflari ham joy nomlarining mazmuniga Narshaxiy kabi katta e’tibor bilan qaraganlar.
XI asrda yashagan mashhur olim YUsuf Xos Xojib o‘n sakkiz oy davomida yirik doston tarzidagi tarixiy asar yaratdi. Uning nomi «Qutadg‘u bilig» bo‘lib, bu kitob toponimik ma’lumotlarga boyligi bilan ham qimmatlidir.
Mahmud Qoshg‘ariy toponimikasining qiymati nafaqat qadimiyligi, balki etimologiyasi noma’lum joy nomlari mazmunini anik ochib berishi bilan yanada oshadi. Bu asar halq terminlarining shakllanishi, ularning ma’no-mazmuni xususida muhim manba hisoblanadi. Jumladan: Ort-orqa, dovon, tog‘ tepasi. Suzuk suv- ko‘m-ko‘k, tinik suv. Suvlog‘ - hayvonlar suv ichadigan joy.
“Yo‘l-yo‘l” so‘zi X-XI asrlarda ko‘p qo‘llanilgan. Undan «yo‘lak» so‘zi yasalgan. Maxmud Qoshg‘ariy halq qo‘shiqlaridan birida «Aq turur kuzum yo‘lak, tush kalur o‘rdak yo‘gak» ya’ni «ko‘zimdan oqqan yosh suvlari ko‘llarga aylanmokda, unga o‘rdak va boshka suv qushlari qo‘nmoqda», - deb kuylanganligini yozgan.
Abu Rayxon Beruniy nafaqat geografiya, geologiya, tibbiyot, falsafa, matematika kabi o‘nlab fanlar, balki toponimika sohasida ham ajoyib kuzatishlar olib borgandir. Uning «Hindiston» asarida toponimika qonuniyatlari bayon etilgan. Toshkand - «toshli qishloq» demakdir. Ptolemeyning «Jug‘rofiya» kitobida u Burj al Xitora (tosh kal’a) deb nomlangan», - deydi olim. Ko‘rinib turibdiki, Beruniy joy nomlarining tarixi va to‘g‘ri yozilishiga astoydil qiziqqan. Jumladan Multon shahri nomiga tarixiy manbalardan olib, quyidagicha izoh bergan: “Multonning (asl) nomi Koshyanura edi, keyin Xajapura, keyin Baganura, keyin Saibxanura va keyin Mulastxona, ya’ni “Asl joy” deb nomlandi. Bunda, mul - «asl», tona - «joy» demakdir. Beruniyning aniqlashicha, ayrim joylar o‘sha erda uchramaydigan buyumlar nomi bilan atalgan. Masalan, Hind okeanidagi YOqut orolida yoqut mutlaqo yo‘q. U erdagi kishilarning go‘zal fazilatlari, xusni tufayligina orolning nomi YOqut bo‘lib qolgan .
Zahiriddin Muhammad Bobur toponimika fanining rivojlanishi uchun muhim tadqiqotlar qilgan qomusiy bilimlar egasidir. Uning “Boburnoma” asarida O‘rta Osiyo halqlari ishlatgan geografik terminlar va ularga berilgan izohlar bilan boydir. Jumladan, «jilg‘a» - kichik soy, “nayshakar” - shakarkamish, «tangi» - dara, tog‘ oraligidagi yo‘l, “uchma” - chuqur jar yoqasi, “ulang” -o‘tloq er, keng maydon va boshqalar.
“Boburnoma” da XVI asr boshidagi joy nomlari o‘sha vaqtlardagi holatida va transkripsiyada berilgan.. Masalan, Samarqand viloyati, Ishtixon tuman hududidagi CHaqar qishlog‘i - chokar so‘zining o‘zgargani ya’ni «o» tovushlarining «a» tarziga kirganligini ko‘ramiz. Bu so‘zning CHokar tarzidagi ko‘rinishi esa askar, harbiy kishi mazmunini ham beradi. «Ulang» so‘zi olang shaklida ishlatiladi. Afg‘onistondagi Nazargoh tepaligi xususida esa, bu erdan to‘rt tarafga nazar tashlab turish mumkinligidan «Nazargox», «Kuzatib turadigan joy» nomini olgandir, deb keltirilgan.
Mana shunday toponimikaga oid yozma asarlar mavjudligiga karamasdan, bu fanni sof ilmiy darajada o‘rganish birmuncha keyinrok, ya’ni XVIII-XIX asrlardan boshlab shakllana bordi. Bu xususda, ya’ni geografik nomlarni, ularning kelib chiqishi va tarixini ilmiy asosda o‘rganish, ularni tasnif qilish nisbatan yaqin vaqtlardan boshlangan. Nemis geografi A.Gumboldning bu borada tadqiqotlar qilgan dastlabki olimdir. Rossiyada ilmiy toponimikaning asoschisi esa A.X.Vostokov hisoblanadi. N.I.Nadejdinning «Opыt istoricheskoy geografii russkogo mira», N.I.Berezinning 1894 yilda chop etilgan «Geograficheskie imena» lug‘ati, A.A.Ivanovskiyning 1914 yilda nashr etilgan «Geograficheskie imena» kitoblari toponimika fani tarixida muhim yangilik edi. V.P.Semenov Tyan-SHanskiy uzining «Kak otrajaetsya geograficheskiy peyzaj v narodnыx nazvaniyax naselennыx mest» kitobida toponimikada tasniflash masalalariga asos soldi. Akademik V.V.Bartold ishlarida ham toponimik tadqiqotlar o‘rin olgan. Masalan, qadimgi Samarqanddagi Jui-Arzis akvedugi to‘g‘risida yoza turib, ushbu suv o‘tkazadigan nov, qalay va misdan yasalgan. SHu boisdan «Arzis»-deb ataladi, «Juy» esa ariq demakdir, degan fikrlarni ta’kidlab o‘tgan.
O‘zbekistonda toponimika fanining yirik vakili, geografiya fanlari doktori, professor Suyun Qoraevdir. Olimning o‘zbek toponimika fanining asoschisi tarzida tanitgan asarlari lingvistik, kartografik, tarixiy va etnografik ma’lumotlar asosida yaratilgan bo‘lib, «Toponimika», «Geografik nomlar ma’nosi»-1978, «Geografik nomlar ma’nosini bilasizmi?»-1970, toponimik lug‘atlari, 2006 yil nashr etilgan yirik, monografik asar «Toponimika» shular jumlasidandir. SHu o‘rinda ta’kidlash kerakki, Surxondaryo toponimikasi ilmiy o‘rganishda ham bir qator olimlar muhim tadqiqotlarni amalga oshirib kelmoqdalar. Bu borada dastlab X.Xolmo‘minov tomonidan Surxondaryo toponimimlari xususida, S. Rahimovning O‘zbek shevalari bilan bog‘liq toponimilar to‘g‘risida asarlari chop etilgan. SHuningdek, bugungi kunda Termiz davlat universiteti olimlari tomonidan bu borada muhim tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan professor S.N.Tursunovning “O‘zbekistonda toponimik nomlar va ularning tarixi”, “Surxondaryo viloyati toponimlari” 13asarlari hamda Safarov.SH.,Umarov.I. “Ayrim toponimlar tarixi” nomli asarlari Surxondaryo toponimimlarini ilmiy o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qilmoqda.
6.2.Tarixiy toponimikani tarix fanining muhim bir ajralmas tarkibiy qismi arxeologiyasiz tasavvur qilish mumkin emas. Arxeologik tadqiqotlar tufayli to‘plangan qadimgi yozma manbalar (ba’zilari arxiv shaklida «Mug‘ hujjatlari» yoki «Rabatak yozuv- arxivi») orqali yangidan- yangi tarixiy joy nomlari aniqlanadi. Tarixiy manbalarda tilga olingan tarixiy joylar arxeologik tadqiqotlar natijalari bilan solishtiriladi va yakuniy bir ilmiy xulosaga kelinadi. Bu borada ayniqsa O‘rta Osiyoning Buyuk ipak yo‘lida joylashgan shahar, qishloq va karvon saroylarini tarixiy manbalarda tilga olingan joy nomlari bilan taqqoslash juda muhimdir. Bu borada tarixchi arxeolog, sharqshunos va toponimist olimlar hamkorligida e’tiborga loyiq ishlar amalga oshirildi.
Tarixiy toponimika arxeologiya, etnologiyalar bilan hamkorlikda etnotoponimlarni o‘rganishda bevosita bir-biri bilan bog‘liqdir. O‘rta Osiyo hududi murakkab etnogenetik jarayonlar yuz bergan mintaqalardan biri sanaladi. O‘rta Osiyoda dastlabki migratsion jarayonlar mezolit (o‘rta tosh asri), neolit (yangi tosh asri)dan boshlanib, XX asrning boshlariga qadar bu jarayon tinimsiz davom etgan. SHuningdek, ushbu tadqiqotlar davomida o‘lkamizdagi ko‘plab tarixiy toponimik joy nomlarining tarixi tadqiq etib kelinmoqda.
Tarixiy voqea-hodisalarni tadqiq qilish, ilmiy tahlil etish, taqqoslash va qiyoslash orqali xolisona mushohada bilan xulosa chiqarish muhim ahamiyatga ega. Tarixiy o‘lkashunoslik fanida toponomikaning o‘rni beqiyosdir, chunki har bir tarixiy voqelikning o‘z nomi bo‘lib, ushbu nomlar orqali inson tafakkuri izohlanadi. Qadim davrdan buyon olimlar joy nomlarini o‘rganish bo‘yicha qator ilmiy tadqiqotlar olib borib, joy nomlarining tabiat, jamiyat, shaxs nomi bilan bog‘liq yo‘nalishlari masalasida mukammal tadqiqotlar yaratdi va yaratmoqdalar. Ilmiy tadqiqotlar natijasida ko‘plab davlatlar ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, siyosiy tarixiga oid toponimlarni o‘rganish bo‘yicha qimmatli asarlar yozildi. Tarixiy atamashunoslik yo‘nalishida O‘zbekiston olimlari xizmatlari ham ibratli bo‘lib, bu tarixiy yo‘nalish masalasida katta tajribaga ega bo‘ldilar. Taniqli olim E.Begmatovning «Joy nomlari-ma’naviyat ko‘zgusi» (1998),14 H. Hasanovning «O‘rta Osiyoning tarixiy geografiyasi va toponomiyasi», S. Qoraevning «O‘zbekistonning hozirgi va qadimgi joy nomlari», «O‘zbekiston viloyatlari toponimlari», SH. Qodirovaning «Toshkent shahar mikrotoponomiyasi», YO. Xo‘jamberdievning «Surxondaryo», taniqli olim T. Nafasovning «O‘zbekiston toponimlarining izohli lug‘ati» (1988), Z.CHorievning «Tarix atamalarining qisqacha izohli lug‘ati» (2002), SH.Safarov va I. Umarovning «Ayrim toponimlar» (2005) kabi asarlari o‘zbek atamashunosligining muhim manbalari hisoblanadi.
T.Nafasovning “Janubiy O‘zbekiston toponimiyasining etnolingvistik analizi”, nomli morografiyasida mamlakatimiz janubidagi joy nomlarining etnolingvistik tahlili berilgan. Z.Do‘simov “Xorazm toponimlari” deb nomlangan manografiyasida Xorazm hududi joy nomlariga xos xususiyatlar birma-bir bayon qilingan. N. Oxunovning “Til va joy nomlari” “Antrotoponimlar nima” kitoblarida toponimikaga oid nazariy masalalar bo‘lgan joy nomlari, antrotopinimlar va toponimlarning nomlanish xususiyatlari kabilar atroflicha yoritilgan. L.Karimovaning “O‘zbek tilidagi toponimlarning o‘rganilishi” nomli monografiyasida joy nomlarining o‘rganish metodlari, ularning lengvistik xususiyatlari, semantik tasnifi, etimologik tahlili kabi ilmiy ahamiyattga ega muammolar shimoliy o‘zbek shevalaridagi toponimlar misolida bayon qilingan. S.Qoraevning “Taponimiya Uzbekistana” monografik tadqiqotida yurtimizdagi joy nomlariga oid bo‘lgan xususiyatlarga e’tibor qaratilgan..
O‘zbekistonda toponimika va geografik terminshunoslikni rivojlantirishda H..Hasanovning (1919 - 1985) xizmatlari katta. Uning toponimikaga oid fikr, mulohaza va ma’lumotlari “O‘rta osiyo joy nomlari tarixidan” (1965), “Geografik nomlar imlosi”(1962), “Er tili” (1977), “Geografik nomlar siri” (1985) asarlarida, terminshunoslikka oid ishlari “Geografiya terminlar lug‘ati” (1964) kitobida, geografiya va terminshunoslik tarixiga oid ishlari “O‘rta Osiyolik geograf sayyohlar” va ko‘pdan-ko‘p maqolalarida o‘z aksini topgan.
O‘rta osiyo o‘lkasidagi geografik-toponomik nomlarni o‘rganishda xorijlik sayyoh olimlarning asarlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan vengriyalik olim Armeniy Vamberi (1832-1913) o‘zining sayyohatlari davomida ko‘plab ma’lumotlar keltirib o‘tgan. O‘rta Osiyoga xo‘fyona tarzda sayohat qilgan bu olimning “Buxoro tarixi”, “Markaziy Osiyoning geografik nomlari” kitoblari diqqatga sazovar. Uning lug‘atida 600 ga yaqin geografik nom va termin atamalar xususida ma’lumotlar berilgan.
1917 yilga qadar toponimika mustaqil fan sifatida o‘rganilmay, uning vazifasini tarixiy geografiya fani bajarib kelardi. Toponimika geografiya, tarix, etnografiya bilan chambarchas aloqada rivojlanadi. Toponimlar til tarixini tadqiq etishda muhim manba hisoblanadi. Toponimika xalqlarning tarixiy o‘tmish hususiyatlarini jonlantirishga, ularning joylashish chegaralarini belgilashga, tillarning o‘tmishdagi tarqalish hududlarini, madaniy va iqtisodiy markazlar, savdo yo‘llari va shahar qishloq geografiyasini tavsiflashga yordam beradi.
Joy nomlari insoniyat tarixi va hayotida alohida o‘ringa ega. Ularsiz kishilar qaerga borishini ham bilmasdilar. SHuning uchun qadimgi joy nomlariga maxsus, alohida to‘xtalish hollari bo‘lmasa hamki yozilgan ilmiy-amaliy qiymatga ega bo‘lgan asarlarda u yoki bu darajada to‘xtalganligini tarixiy va geografik asarlaridan bilishimiz mumkin.
O‘zbekiston toponimikasi fani 1930-yillaridan boshlab rivojlangan. Uning rivojlanishiga toponimist olim H.Hasanovning xizmatlari katta. Vatanimiz joy nomlariga oid toponimik ma’lumotlar esa tarixiy ilmiy kitoblardan qadim-qadimdan beri naql qilinib kelmoqda. SHu sababli joy nomlari bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarida ancha qadimiy bo‘lgan qo‘lyozma manbalaridagi materiallar ham e’tiborga olinmoqda. Bu holni hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarida aniq ko‘rish mumkin.
O‘zbekiston toponimikasi kelajak oldiga quyidagi muhim masalalarni qo‘yyadi. O‘zbekiston Respublikasi joy nomlarining toponimik kartotekasini tuzishga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni tuzish; Ona vatanimiz toponimlarini faqat izohlabgina qolmasdan endi ularning etimologik tahlilini boshlash; Mavjud tarixiy tadrijiylikni buzmagan holda yangi shakllanayotgan joylarga -ham nom qo‘yishning ilmiy-nazariy prinsip hamda me’yorlarni ishlab chiqish va amalda qo‘llash. SHuningdek, har bir hududning o‘ziga toponimik nomlariga to‘xtalib o‘tish muhim o‘rin tutadi.
Buxoro qadimiy tarixiy yodgorliklarga boy shahar. Narshaxiy Buxoroning Numejkat, Bumiskat, Madinat us – Sufriya, “Mis shahar”, Madinat ut – tujjor, ya’ni “Savdogarlar shahri” degan nomlari borligini aytadi. Xalq tilida Buxoro – Bug‘oro degan rivoyat ham bor. Buxoro so‘zining etimologiyasi aniq emas. Buxoro- sankskritcha “VeHara” so‘zidan olingan bo‘lib, “Ibodatxona” ma’nosini bildiradi degan fikrlar ham bor.
Buxorodagi toponimlar izohi. YAngi bozor – Buxoro viloyati Buxoro rayonidagi qishloq. Bu nomni o‘rganishda usha joyda yashab, xizmat qilayotgan o‘qituvchilarga, keksalarga va arxiv hujjatlarga murojaat qilinadi. Qishloqni nima uchun YAngi bozor deb atashgan. Bunga sabab YAngi bozor qishlog‘i yaqinidagi qishloqda kichik bir bozor bo‘lgan. bu bozorga turli tomondan kishilar kelib, savdo-sotiq qilganlar. Bozor kengayib borgan eski bozor bilan birgalikda yangi bozor ham rivojlangan. SHundan boshlab qishloq YAngi bozor deb atala boshlagan.
Sari kunda – Romiton rayonidan 15 km naridagi qishloq Urganch cho‘li etaklarida joylashgan. Keksalarning aytishlaricha, o‘rta asrlarda qishloq nihoyatda obod bo‘lgan. Maydoni keng, bog‘-chorbog‘i ko‘p bo‘lgan. shu erda kunda boshi, ya’ni suv boshi bo‘lgani uchun qishloqning nomini shunday deb ataganlar. “Sari” – bosh, yuqori, “kunda” – suv, suv taqsimlanadigan to‘g‘on, ya’ni tug‘on boshi demakdir.
Tarob – Buxoro viloyati hududida joylashgan. Tarixiy manbalarda Tarob qishlog‘i Buxorodan ham oldin paydo bo‘lgan deyiladi. Bu qishloq dastlab Narshahiyning “Buxoro Tarixi” da tilga olingan. Bu qishloq ahli 1238 yilda mug‘ullarga, keyinroq esa mahalliy boylarga, ruhoniylarga qarshi ko‘targan qo‘zg‘olonlari bilan mashhurdir. Tarob so‘zining so‘zining etimologiyasi ma’lum emas. Mahmud Rorobiy ham shu qishloqdan chiqqan.
Toqi sarrofon -Buxoro shahridagi bozor. Toq so‘zi qadimiy me’morchilik atamalaridan biri bo‘lib, “arkli bino” ma’nosini anglatadi. Buxoro xonligida usti yopilgan bozor toq deyilgan. Masalan, toqi telpakfurushon – telpak sotuvchilar, toqi sarrofon ham shunday bozorlardan biridir. Sarrof – pul “maydalovchi” demakdir. O‘rta asrlarda Buxoroning Kesh (SHahrisabz) darvozasi yaqinidagi bir mahalla Rabatoq (arabcha “ark boshi”) deb atalgan.
Peshku- Buxoro viloyati G‘ijduvon rayonidagi qishloq. “Poza” tojikcha – omochning uchiga kiydiriladigan cho‘yan tish, pozagar omoch tishi qo‘yuvchi usta, degan ma’noni anglatadi.
Qarshi-Qashqadaryo viloyatining ma’muriy markazi. Qarshi O‘zbekistonning eng ko‘hna shaharlaridan biri. SHahar ilk Temir davridan buyon mavjud. SHahar XIV asrgacha Naxshab, deb atalgan. Arablar bu mahalliy nomni buzib, Nasaf deb ishlatganlar.
YAkkabog‘ – Qashqadaryo viloyati YAkkabog‘ tumanidagi shu nomdagi aholisi yashaydigan joy nomi. Aytishlaricha, dastlabki vaqtlarda hozirgi YAkkabog‘ o‘rnida aholi kam bo‘lgan. bularning ham ko‘pchiligi ko‘chmanchi xalq bo‘lib, chorvachilik bilan shug‘ullangan. U Hisor tog‘iga yaqin bo‘lib, chashmalardan o‘tilgan Qizildaryo YAkkabog‘dan o‘tadi. Suvning bu jihatdan qulayligi bog‘-rog‘ barpo etilishiga olib kelgan. Bu joyda oldin yakka bog‘ barpo qilingan. YAkkabog‘ rayoni hududidabir necha qishloq mavjud.
Surxondaryo – tojik tilidan olingan bo‘lib, “surx” – qizil, ya’ni qizil daryo demakdir. Tog‘ jinslarida qizil ranglar mavjud. Suv bu jinslarni o‘zi bilan oqizib kelganligi sababli qizil tusli tuyuladi. SHuning uchun erli xalq – qizil daryoni tojik tilida “Surxondaryo”, deb atashgan.
Amudaryo – Markaziy Osiyodagi eng yirik daryolardan biri. U Vaxsh va Panj daryolarining qo‘shilishidan hosil bo‘lib, Orol dengiziga borib qo‘yiladi.
Qadimda Amudaryo turli nomlar bilan atalgan. Avestoda Vahvi Daitya , yunon manbalarida Araks, Oks, Oksus, turkiycha O‘kuz, xitoy manbalarida Guy-shuy, Uxu, Pakshu, armancha Vexrod, hindcha Vaxshu, o‘rta asrlar davrida Jayxun, ispan elchisi Klavixoning esdaliklarida Viadme kabi nomlar bilan atalgan. Bundan tashqari, joy nomlari bilan Balx daryosi15, Termiz daryosi, Kalif daryosi, Urganch daryosi, Xorazm daryosi kabi nomlari ham bo‘lgan.
Mil.av. V asr yunon tarixchisi Gerodot o‘zining «Tarix» nomli asarida Amudaryoni Araks deb ataydi. Uning yozishicha, bu daryo Matiena tog‘laridan boshlanadi. Aleksandr Makedonskiy boshchiligida qadimgi Baqtriya va So‘g‘diyona erlariga bostirib kirgan yunonlar Amudaryoni Oks (Oksus) deb ataganlar. V.I.Masalskiyning fikriga ko‘ra, yunoncha Oks so‘zi Vaxsh nomidan kelib chiqqan. Xuddi shu fikr V.V.Bartold tomonidan ham bildiriladi. Ammo atoqli o‘zbek olimi YAhyo G‘ulomov bu nom qadimgi turkiycha o‘kuz so‘zidan kelib chiqqanligini ta’kidlaydi . Mahmud Koshg‘ariyning yozishicha, «o‘kuz – Jayxun, Firot kabi daryolarga berilgan nom. O‘g‘uzlar bu so‘zni o‘zlarining shaharlari joylashgan Banokat vodiysi ma’nosida qo‘llaydilar.
Mil.av. II-I asrlar xitoy manbalarida Amudaryo Guy-shuy deb ataladi . Ushbu so‘zdagi guy so‘zi bizningcha, kushon qabilasiga aloqadordir. CHunki xitoy yilnomalarida Daxya (Baqtriya)ni zabt etgan yue-chji qabilalari ichida guyshuan urug‘ining nomi ham keltiriladi. Keyinroq, Daxyani zabt etganidan yuz yil o‘tgach, guyshuan hukmdori Kiotszyukyu yuechjilarning beshta qabilasini bo‘ysundirib, o‘zini guyshuan podshosi deb e’lon qiladi16. Olimlarning aniqlashi bo‘yicha, guyshuan – «kushon» so‘zining xitoycha transkripsiyasi ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |