O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDOGOGIKA INSTITUTI
IJTIMOIY-GUMANITAR FAKULTETI
“TARIX VA FALSAFA “ KAFEDRASI
IV BOSQICH 405-GURUH TALABASI
BENGMATOV ALIBEKNING
“MANBASHUNOSLIK VA TARIXSHUNOSLIK” FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU: “AL OSOR AL-BOQIYA AN AL-QURUN AL-XOLIYA” asari haqida
Tayyorladi: Bengmatov A
Qabul qildi: Yakubova D
Denov-2022
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………….3-4
I.BOB. Abu Rayhon Beruniy va uning asarlari
1.1. Abu Rayhon Beruniy va uning hayoti……………………………………..5-7
1.2. “AL OSOR AL-BOQIYA AN AL-QURUN AL-XOLIYA”asarining tarixiy ahamiyati……………………………………………………………………….7-14
1.3. “AL OSOR AL-BOQIYA AN AL-QURUN AL-XOLIYA”da diniy marosimlar……………………………………………………………………..14-27
II.BOB. “AL OSOR AL-BOQIYA AN AL-QURUN AL-XOLIYA” Asaridagi asosiy fikrlar
2.1. Asarda keltirilgan “Hikmatlar”………………………………………….27-35
2.2. “AL OSOR AL-BOQIYA AN AL-QURUN AL-XOLIYA”dagi falsafiy fikrlar (shaxs erkinligi va kamoloti)…………………………………..……….35-37
XULOSA……………………………………………………………...………37-39
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………….39-40
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O’rta osiyo qadimdan svizlizatsiyalar chorrahasida joylashganligini tarix orqali bilamiz. Bu svilizatsilar esa yerli xalq hayotida ham o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmagan. Jumladan o’rta osiyo hududida hozirgi davrgacha dunyo tan olgan ikki marta renaseans (uyg’onosh) davri b’lgan. Bular IX-XII asrlar va XIV-XV asrlardir. Shulardan birinchi renaseans davrida ijod qilgan va hozirgi zamon ilm-fani uchun g’oyat qimmatli bo’lgan asarlar bitib ketgan olimlar ko’pchilikni tashkil qiladi. Ularning asarlari esa o’zining qimmatliligi bilan va qadrliligi bilan ajralib turadi. Jumladan Beruniyning “AL OSOR AL-BOQIYA AN AL-QURUN AL-XOLIYA” asari ham o’z davrida balki hozir ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Bu asarda Beruniy turli xalqlarning etnogenezi va etnik tarixiga oid ham diqqatga sazovor fikr-mulohazalar bildirgan. Shuningdek, asarda qadim xalqlarning taqvim tizimi hamda alohida kunlari haqida ham juda qiziqarli ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.Muallif asarida o‘ziga ma’lum bo‘lgan xalqlarning yil taqvimlari,rasm-rusumlari, hayitlari va mashhur kunlarini mufassal tasvirlab beradi. Jumladan, rimliklarda achchiq va sho‘r narsalarni faqatgina belgilangan ma’lum kunlarda tanovvul qilinishi, qon olishishlari sovuq kunlarda amalga oshirilmasligi, Dumat at-Jantal shahridagi bir bozorda savdo ishlari toshlar orqali amalga oshirilishi, al-Mashakkar shahridagi bozorda esa faqatgina quloqqa gapirib savdo qilinish mumkinligi to‘g‘risidagi ko‘plab qiziq ma’lumotlarni bayon qilgan. Bayram va marosimlar to‘g‘risida yozar ekan, Xorazmliklarning hayitlari ikki xil bo‘lganligini, ya’ni birinchisi, tabiat voqea xodisalari bilan bog‘liqlari: yil boshi bayrami, gulxanda isinish bayrami, yog‘liq non yeyish kuni, Mina kechasi kabilar, ikkinchisi esa Islom dini kirib kelgunga qadar o‘tkazilgan diniy marosimlar: arvohlar uchun qabrlarga ovqat qo‘yish marosimi va shu kabilar to‘g‘risida ma’lumotlar bergan. Beruniyning shaxsan o‘zi ham hayitlarni ikki guruhga bo‘lish lozimligini yozib o‘tgan: bular diniy va dunyoviy hayitlar. Mavzuning o‘rganilganilish darajasi. Beruniy va uning asarlariga bo’lgan qiziqish hozir ham yuqoriligicha qolmoqda. “AL OSOR AL-BOQIYA AN AL- QURUN AL-XOLIYA” asarini juda ko’plab yurtimiz va jahon olimlari o’rgangan. Jumladan: O’zbek olilari: I.Abdullaev. Beruniy va uning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» , A.Irisov, Boqiev F. Beruniy ruhlarning qaytishi haqida; Nemis olimlari K. Garbers va I. Fyukk Zaxau va boshqalar tadqiqotlar olib borishgan. Undan tahqari rus olimlari ham bu asar haqida o’z fikrlarini bildirib o’tishgan: “Hozir ham butun sharq ilmiy adabiyotida bu kitobga teng keladigan ilmiy asar yo’qdir”—deb yozgan edi akademik I.Y.Krachkovskiy1, Akademik S.P.Tolstov bu asar haqida shunday degan edi: “Bu asar Yaqin va O’rta Sharq xalqlarining birinchi navbatda, O’rta Osiyo xalqlarining xo’jalik hayoti, urf-odatlari, marosimlari, e’tiqodlari haqidagi o’ziga xos bir qomusdir. “Yodgorliklar” faqat o’tgan asrning buyuk yodgorligi emas, balki hozirgi kunning ham qimmatbaho boyligidir”.
Do'stlaringiz bilan baham: |