Tarix va falsafa



Download 65,07 Kb.
bet8/10
Sana26.04.2022
Hajmi65,07 Kb.
#582240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ALI KURS ISHI

HIKMATLAR
«Yaxshilik xislatlari: taqvodorlik, to’g’rilik, o’zini saklash, dindorlik, odillik, insoniy kamtarlik, latofat, sobitqadamlik, ehtiyotkorlik, saxiylik, muloyimlik, siyosat va boshqarish ishlarida bilimdonlik, tadbirkorlik, to’g’ri taxmin qila bilish va bulardan boshqa aqlga sig’maydigan, kishi bayon etib tugata olmaydigan (yaxshi) sifatlardan iboratdir».
* * *
«… Har bir ilm va san’atning borib taqaladigan boshlanish joyi bor. Shu boshlanish joyga yaqinlashgan sari, to o’ziga borib yetguncha soddalashib boradi”.
* * *
«… dushmanlar hamisha nasablarga ta’na qilishi, nomuslarni yerga urishi, turli uydirma gaplar tarqatishga urinadilar. Shuningdek, do’stlar va xayrixohlik qiluvchilar yomonni yaxshi qilib ko’rsatishga, halal yetadigan (yo’lni) to’sishga, go’zallikni izhor etishga va yaxshiliklarga nisbatan berishga tirishadilar».
* * *
«… Shubhani aniq, noma’lumni ma’lumga qo’shish biz yurgan yo’lga loyiq emas»
* * *
«… jo’rttaga o’z so’zida turib olgan bilimsiz kishi bilan bahslashish na maqsad egasiga va na maqsadga biron foyda yetkazmaydi».
* * *
«… Faxrlanish haqiqatda yaxshi xulqlar va oliy fe’llarda oldin ketish, ilmu hikmatni egallash va imkoniyat boricha mavjud (nopokliklardan) tozalanishdir. Kimda shunday (sifatlar) topilsa, hukm uning foydasiga va kimda bular yetishmasa, hukm uning zarariga bo’ladi».
* * *
«(Odamlar) tuzilishlarining rang, surat, tabiat va axloqda turlicha bo’lishi faqatgina nasablarning turlichaligidan emas, balki tuproq, suv, havo va yerning (odam) yashaydigan joylarning turlichaligidan hamdir. Tillarning turlicha bo’lishiga sabab odamlarshshg guruhlarga ajralib ketishi, bir-biridan uzoq turishi, ularning har birida turli xohishlarini ifodalash uchun (zarur) bo’lgan so’zlarga ehtiyoj tug’ilishidir… ».
***
«Rumliklar geografiya va astronomiya ilmini durust o’rganib, mantiqiy dalillar bilan ish qilganlaridan, hiylalar ishlatuvchi kishilar so’zlariga istisno etishdan juda uzoqlashdilar».
* * *
«Qiyos qilinuvchi narsa bilan qiyos uchun olinuvchi narsa orasini, isbotlanuvchi narsa bilan isbot orasini birlashtiruvchi bir sabab bo’lmasa, u dalil va misollar qabul etilmaydi».
* * *
«Iskandar va uning vorislari rumliklar tomonidan (eronliklar) rag’bat qilgan barcha ilmiy kitoblari kuydirilib, hayot vositasi bo’lgan va faxr qilinadigan go’zal san’atlarini barbod etgan edi».
* * *
«Va’dani ado etib,… «Har kim o’z holiga yarasha ish qiladi» va «har kimning qiymati sevgan narsasi bilan bilinadi» deganlaridek,… (Bu kitobni) o’qigan o’quvchi (quyidagi kayfiyatdan) holi bo’lmaydi: yo u ma’lumotda menga tenglashadi, unda meni maqtab, bu kitobga qilgan mehnatim uchun mendan minnatdor bo’ladi, yoki martabada mendan ortiqlik qiladi, unda yanglishlarni isloh etib, yuz bergan toyilishlardan (meni) ma’zur tutadi. Uchinchi (holatdagi o’quvchiga) kelganda, u menga bo’ysunsa, istifoda etishga, agar da’vat qilsa, ojiz qolishga kifoya qilarli asar yaratdim».
* **
Odamlar o’rgangan, odatlangan va ko’pchilikka ma’qul bo’lgan narsaga (ko’r-ko’rona) qarshilik ko’rsatma.
***
Yaxshi xulq yaxshilik alomatdir.
***
Kichik narsaga e’tiborsiz qarama, uning foydali o’rni bor, katta ishning kerakli joyi bor.
***
Ko’z bilan ko’rgan eshitgandan afzaldir.
***
Ehson qilgan kishining minnati ehsonini yo’qqa chiqaradi.
***
Odamlar bilmagan narsalariga dushmanlik ko’zi bilan qaraydilar.
***
Yolg’on doim rostdan yengiladi, u xuddi suv yuzasidagi ko’pikdek yo’q bo’lib ketadi.
***
Yaxshi bilmagan narsaiga uringan kishi sharmanda bo’ladi.
***
Bilmaganimiz sababi bilgan narsalarimizni aytmay qo’yishimiz ham yaxshi emas.
***
Har bir insonning qadr-qimmati o’z ishini qoyil qilib bajarishida.
***
Donishmand va olimlar xulqlaridan o’rnak olish yaxshi xulqni tirgizadi, yomonini yo’q qiladi.
***
Xato sodir bo’lmasligi uchun donishmandlar qayta-qayta kuzatishni va xalal etish imkoniyatidan saqlanishni tavsiya qilganlar.
***
Buzuq niyatli va yomon axloqli kishilar o’rtaga kirib olishi bilan ish to’g’ri bormaydi.
***
Asosi bo’lmagan fandan voz kechsa ham bo’ladi.
***
To’g’ri yo’ldan ataylab eng uzoq yo’lga o’tish juda zo’r xatodir.
***
Tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldamchi ehtiroslar, g’am-g’ussa bo’lmaydi.
***
Kuzatishlarning turlichaligi emas, balki davrlarning turlichaligi ahmoqlar asoslanadigan fikrni rad etishga yetarli dalil va eng kuchli yordamchidir.


Download 65,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish