III. Bob. 6 – sinf tarix ta`limida o`quvchilar tarixiy bilimlarining
uzviyligini ta`minlash yo`llari.
3.1. 6 – sinf tarix ta`limida o`quychi yoshlarda mustaqil fikr yuritish,
erkin mushohada qilish ko`nikmalarini shakllantirish.
Umumta'lim maktablari tizimi oldida turgan asosiy vazifalardan bir-
mustaqil fikrlovchi, komil sog'lom fikr egasi bo'lmish barkamol o'quvchini
tayyorlashdir.
Prezident Islom Karimov O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX
sessiyasida so'zlab, «bolalar qaysi sinfdan boshlab mustaqil fikr yurita boshlaydi?
Umuman, maktablarda bolalar mustaqil fikr yuritishga o'rgatiladimi?
Aminmanki o'rgatilmaydi.., Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir
inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni
o'rganmasalar, berilgan ta'lim samarasi past bo'lishi muqarrar. Albatta, bilim kerak.
Ammo bilim o'z yo'liga. Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir»
1
,-degan edi.
Darhaqiqat insonga xos muammolarning ko'pchiligini uning tafakkurini,
fikrlash tarzini to'g'ri rivojlantirish orqaligina hal etish mumkin. O'qvchilarning
fikrlash salohiyatini rivojlantirishda ularni muayyan toifalarga ajratmoq lozim.
Uni shartli ravishda quyidagi toifalarga ajratish mumkin.
-yuqori: o'quvchida aqliy qobiliyat juda yuqori. Uni Beruniy yoki
Leonardo da Vinchi desangiz ham bo'ladi;
-o'rta: vaqti – vaqti bilan o'quvchi yangi g'oyalarni ilgari suradi. Ba'zi
hollarda esa o'ta murakkab masalalarni hal qiladi;
-past: o'quvchining boshi bamisoli bo'tqali qozonga o'xshaydi. Unga
rasmana mashq darkor;
2
O'quvchining qaysi toifaga mansubligining ahamiyati yo'q, albatta.
Salohiyat darajasi ya'ni diqqatni jamlash qobiliyati, mantiqli fikrlash,
qachonlardir ko'rgan narsalar, shaxslarni shakl-shamoilini, timsolini tiklash,
1
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi tao`g`risida O`zbekiston Respublikasining qonuni (29
avgust). T. “Sharq” 1997.12-bet.
2
Jahongir Musayev. “Mustaqil fikrlash salohiyatini rivojlantirish mashqlari. “Xalq ta`limi”
jurnali. , 2007 yil, № 1-soni, 7-8 –betlar.
58
tasavvur, qaror qabul qilish va nihoyat, aniq mustaqil, ijodiy fikrlash qobiliyati
kabilar ma'lum darajada o'quvchi aqlini qanchalik tez va to'laqonli mashq
qildirishga bog'liq.
Hozirda pedagog mutaxassislar o'quvchilarni mustaqil fikrlash
salohiyatini rivojlantirish borasida quyidagi mashqlarni tavsiya qilishadi. Bular:
- Imtihonga tayyorlanish;
- Teleintervyuda ishtirok etish;
- Sahnada biror obrazni tasvirlash yoki cholg'u chalish;
- qiyin matn mazmunini yechish;
- «O'zbegim» she'rini boshidan oxirigacha yoddan aytish;
- ilk ustozlarini nomma-nom aytish;
- yangi tilni o'rganish;
- kompyuterda programma tuzish;
- real peyzajni tasvirlash;
- kayfiyatni o'zgartira olish;
- cheksizlik haqida fikrlash;
- «hujjatli drama» ijod qilish;
- bir oy muqaddam bo'lib o'tgan darsni, fikir chiqirlarigacha eslash;
- doimo o'zini qo'lga ola bilish;
- takomillashtirilgan globusni loyihalashtirish;
- turar joyini qayta jihozlash;
- tez fikrlash va hozirjavoblikka o`rgatish;
- haqiqatni izlash
1
.
Mustaqil fikrlash salohiyatini rivojlantirishda aql mashqlarini bajarish
lozim. Har qanday holatda aql gimnastikasi o'quvchining ijodiy potensialini
ko'taradi, maqsadga erishish quvonchini baxsh etadi va salohiyati rivojiga hissa
qo'shadi.
1
Musayev J. Mustaqil fikrlash salohiyatini rivojlantirish mashqlari.“Xalq ta’limi” jurnali. №1,
2007 – yil. 12 - bet
59
Shuningdek, o'quvchiga berilgan ijobiy topshiriqlar ham ta'limning
mustaqillik va faollik tomoyillarini shakllantirishda muhim vazifa bajaradi.
Chunki ijodiy topshiriq va topshiriqlar tizimi o'quvchining mustaqil ish
faoliyati uchun asosiy vosita bo'lib xizmat qiladi. Mustaqil fikr yuritish
ko'nikmasi shakllanganda o'quvchi faolligi ortadi
1
.
Tarix fanlarini o'qitish jarayonida mustaqil fikrlovchi o'quvchi yoshlarni
o'qitishning faol yangi vositalari asosida o'qitishni tashkil qilish va tarbiyalash
bugungi davrning muhim vazifalaridan biridir. Avvalambor, o'qituvchi
bolalarning qobiliyatlari va iste'dodlarini rivojlantirish uchun uz fanini chuqur
bilmog'i joiz. Davr bugungi o'qituvchidan mustaqillikni, ijodkorlikni talab
qilmoqda. O'qitish faoliyatini yangi vositalari, xususan an'anaviy bo'lmagan dars
turlarini ishlab chiqarish naqadar muhimdir.
Bugunda tarix fanlari o'qitish jarayonida yangi uslub va metodlar
qo'llanmoqda. Albatta o'qituvchi bor imkoniyatlarini berib, o'z o'quvchisiga
mavzuni yetkaza olishi mumkin. Lekin, o'quvchidan o'z navbatida o'rganilgan
mavzuni mustahkamlash, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini ham o'stirish talab
etilmoqda.
Mustaqil fikrlash bu dastavval har bir mavzu bo'yicha o'tilgan darslarni
mustahkamlash, xotirada saqlash va shu mavzu bo'yicha berilgan qo'shimcha
adabiyotlarni o'rganish demakdir. Bu degani o'quvchining dastur materiallaridan
chetga chiqish, o'z ustida imkoniyat darajasida ishlash demakdir. Bundan
tashqari, o'quvchiga shunday sharoitni yaratib berilishidir. Zotan shaxs
ma'naviyati, dunyoqarashi, tasavvuri va e'tiqodi vujudga kelgan ko'nikmalari
asosan oilada shakllanadi. Shu ma'noda, oila- haqiqiy ma'naviyat o'chog'i,
mafkuraviy tarbiya omili va muhitidir. Binobarin, milliy mafkuramizga xos ilk
tushunchalar inson qalbi va ongiga, avvalo, oila muhitida singadi. Bu jarayon:
bobolar o'giti, ota ibirati, ona mehri orqali amalga oshiriladi.
1
Hayitov A. Ijodiy topshiriqlar va ular tizimiga qo`yiladigan talablar. “Xalq ta’limi” jurnali.
№ 1, 2007 – yil. 21 – 24 - betlar.
60
Oilada asrlar mobaynida saqlanib kelinayotgan muqaddas milliy
an'analar orqali yoshlarda Vatanga muhabbat, iymon-e'tiqod, mas'uliyat,
vatanparvarlik, insonparvarlik, ilmga ishtiyoq ko'nikmalari shakllanadi. Chunki,
hech bir fuqaro oilaning jamiyatdagi o'rni va vazifasini, Vatanning ostonadan,
oiladan boshlanishini tushunmasdan turib, o'zini mukammal inson deb his qila
olmaydi.
Bolalarni yoshlikdan mustaqil fikr yurituvchi qilib tarbiyalash lozim. Bu
esa Vatan, xalq va inson taqdiri uchun fidoiylik tuyg'usini shakllantirishda
g'oyaviy-mafkuraviy tarbiya muhim o'rin tutadi.Buning uchun mustaqil fikrlovchi
yoshlarga dastavval ota-bobolarimiz qadriyatlari va an'analarini, ularning ongiga
ezgulik g'oyalarini singdirib borishimiz lozim. Bu shaxs ma'naviy tarbiya-sida
muhim o'rin tutadi.
Bugungi kundagi o'quvchini o'z fikrini erkin bayon qilish, tanqidiy
tafakkur, o'z fikrlarini himoya qila olish, haq-huquqlarini anglay olishga
o'rgatish kerak. Tarix fanlari jarayonida ushbu vazifalarni bajarish oson kechadi.
Chunki, tarixiy voqea–hodisalardan saboq chiqariladi. Tarix saboqlari o'quvchidan
o'z haq huquqlarini anglay olish imkoniyatlarini yaratadi. Shuning uchun ham
bugungi zamonaviy ta'lim jarayonida tarix fanlari darslarida o'ziga xos
yangicha yondashuv talab qilinmoqda.Bu yangicha pedagogik texno-logiya deb
atalmoqda. Zero, buni bugungi kun mazmunidagi tafakkur va albatta taraqqiy-
parvar fikr, g'oyalarning mahsuli deb qarash lozim.
Ma'lumki, tarix o'qitish usullari o'quvchidan mavzuni gapirib berish,
ko'rgazmali yoki amaliy o'qitish vositalariga qarab ifodalab berish talab qilinar
edi. Hozirda bu yangi o'qitish usullari asosida bajarilmoqda. O'qituvchidan
bugun o'quvchga bilim beribgina qolmay, erkin tafakkur yuritishga mustaqil
fikrlashga, o'z ustida tinmay izlanishni talab etmoqda. Xo'sh, o'quvchining
mustaqil fikrlashi qanday jarayonni o'z ichiga oladi ?
Mustaqil fikrlash komillikning asosiy belgisidir. Komillik uch bosqichdan
iborat.
1. Jismoniy salomatlik.
61
2. Axloqiy poklik.
3. Aqliy yetuklik.
Bu bosqichlarni shakllantirishda mustaqil fikrlash yetakchi ustuvor o'rin
egallaydi. Talaba yoshlar tarbiyalanishni qalban xohlab intilsak, jismoniy va
axloqiy komillik darajasiga osonroq erishadilar.
Ammo aqliy kamolotga erishish esa asab tizimining taranglashuvi, aqliy
zo'riqish, hissiy jiddiylashuv, barqaror irodaviy hatti-harakatlar uzluksiz faollik,
fidoyilik, bilimga chanqoqlik namunalari evaziga bosqichma-bosqich, asta-
sekinlik bilan amalga oshadi. Mustaqil fikrlash sarchashmasi fahmlash, ya'ni
anglashdan, fikr yuritishdan boshlanadi.
Anglash-biror bir g'oyani (fikrni) tub mazmuniga tushunib yetish.
Mushohada – shu g'oya (fikrini) ni mantiqan talqin qilish. Tafakkur-inson
ongidagi mavjud ilmiy va hayotiy bilimlar majmualaridan keragini saralab olish
va amaliyotga qo'llash.
Amaliyotda (praktikada) qo'llash – hayotda bir necha bor qo'llanilgan
o'zining ijobiy hosilasini bergan, ishonch muammolar yechimi bilim solishtirib,
xulosa qilish, so'ng tafakkur saviyasiga tayanib, yagona tanlash va undan
amaliyotda foydalanishdir.
Mustaqil fikr yuritish jarayonida insonda fikr, mulohaza, g'oya, faraz,
maqsad kabilar vujudga keladi. Mustaqil fikr yuritish til va nutq bilan
chambarchas bog'liq ravishda namoyon bo'ladi hamda ular uzluksiz tarzda bir-
birini taqozo etadi.
Xuddi shu boisdan inson o'zining mustaqil fikrlashi, muomilasi (muloqoti),
nutqi hamda ongli xulq atvori tufayli borliqdagi mavjudodlardan tubdan
ajralib turadi.
Inson mustaqil fikr yuritish faoliyatida o'zi aks ettirgan sezgan, idrok
qilgan, tasavvur etgan, xotirlab qolgan narsa va hodisalar to'g'riligi, aniqligi,
haqiqiyligi yoki ularning qarorlar chin yoki chin emasligini belgilab oladi.
Inson mustaqil fikrlash orqali voqealikni umumlashtirib, bilvosita va bevosita
aks ettiradi. Narsa va hodisalar o'rtasidagi ichki, murakkab bog'lanishlar,
62
munosabatlar, xossalar, xususiyat hamda mexanizmlarni anglab yetadi.
Binobarin, inson muayyan qonun, qouniyat va qoidalarga asoslangan holda
tabiiy, ijtimoiy hodisa va voqealarning vujudga kelishi, kechishi, rivojlanishi
hamda oqibatini oldidan ko'rib turish imkoniyatiga egadirlar.
Odatda fikr yuritish voqealarni umumlashtirish darajasiga, muammoni
yechish vositasi xususiyatiga, obbektning subekt uchun yangiligi, shaxsning
faollik ko'rsatkichiga ko'ra bir necha turlarga ajratilib tadqiq qilinadi. Mustaqil
fikrlash aqliy faoliyat sifatida olib qaraganda, inson tomonidan masalalar,
topshirishlar yechish nazarda tutiladi. Ularning shartlari, mohiyati, tuzilishi,
shakllari va shaxsning anglashinuv imkoniyatlari kuzatiladi.
Masala, muammo, topshiriqlarni yechish shaxsning ehtiyoji, qiziqishi,
mayli, qobiliyati, iste'doddi, salohiyati bilan bog'liq ravishda olib qaraladi.
O'quvchilarni o'qitish, muayyan qarorga kelish, vositalar qidirish mustaqil fikr
yuritishning mustahkam negizini tashkil qiladi.
Mustaqil fikr yuritish faoliyatda muammo yechimini qidirishni
boshqarishda, borliqni in'ikos qilishida insonning his-tuyg'ulari, kechimlari,
favqulodda vaziyatlar, ob'yektiv va sub'yektiv sharoitlar alohida ahamiyat kasb
etadi.
Ijtimoiy hayotda, ta'lim jarayonida va ishlab chiqarishda shaxslararo
(ob'yektiv va suyeb'yektiv) munosabatlar, aloqalar, hamkorlikdagi aqliy va
jismoniy mehnat mahsuli, muomala me'yori, mustaqil fikrlash majmuasi
tariqasida yuzaga keladi. Jamoada tanqid, o'zini-o'zi tanqid qilish, o'zini- o'zi
baholash, o'zini-o'zi nazorat qilish, o'zini-o'zi tekshirish, o'zini-o'zi boshqarish,
o'zini-o'zi rivojlantirish, o'zini-o'zi namoyon qilish, o'ziga-o'zi buyruq berish,
guruhiy malohaza, mushohadadan iborat mustaqil fikr yuritish sifatlari
shakllanadi.
Insonning inson tomonidan idrok qilishi, ya'ni eng zarur alomat va
belgilarni to'plash ham mustaqil fikrlash mahsulidir. Mazkur murakkab
bosqichli bilish jarayoni insondan irodaviy zo'r berishni, aqliy jiddiylikni, ongli
63
munosabatni, barqaror vaziyatni, qulay shart-sharoitni talab qiladi. Muayyan
xulosaga kelinadi.
Mustaqil fikr yuritish jarayoni, muamoli vaziyat vujudga kelishidan
boshlanadi. Lekin mazkur vaziyat tug'ilishi, yechimi bu bilan tugallanmaydi.
Insonda bilishga nisbatan moyillik, ixtiyorsiz hatti-harakatlar muammoli
vaziyatgacha yorqin bo'lmagan, noaniqliklarni izlab topish kabi holatlar yuzaga
keladi, so'ng tub ma'noda yechimga muhtoj muammoli vaziyat yaraladi va
nihoyat uning yechimi topilsa-da, lekin bilishning muammodan keyngi bosqichi
fikrning o'z yo'nalishida ixtiyorsiz davom etaveradi.
O'quv faoliyatida fikr yuritish, tafakkur qilishning o'zaro mustahkam
bog'langan berk zanjiri vujudga keladi.
Mustaqil fikr yuritish jarayoni quyidagi bosqichlardan tarkib topgan:
1
1. Mustaqil fikr yuritish faoltiyatida eng avvalo hal qilinishi zarur
bo'lgan muammo inson tomonidan yaxshilab anglab (tushunib) olinishi kerak.
Agar inson oldida hech qanday masala yoki muammo vujudga keltirilmagan
bo'lsa, u holda u biron-bir narsa to'g'risida fikr ham yuritmaydi. Mushohada
ham qilmaydi. Mobodo shaxs hal qilinishi shart bo'lgan masala yuzasidan
qanchalik aniq va to'laroq ma'lumotga ega bo'lsa, uni oqilona yechish yo'l va
vositalarini shunchalik yengillik bilan topadi.
2. Muammo yoki masalani hal qilish uchun eng zarur bo'lgan barcha
bilimlarni, muhim munosabatlar, urf-odatlar, bog'lanishlarni yaxshi bilish va uni
tadbiq qila olish zarur. Buning uchun shaxsiy tajribada uchragan holatda,
usullardan holatlarni xotiradda saqlash va uni o'xshash muammolarni yechishda
qo'llash jarayoni amalga oshiriladi.
3. Masal yoki muammoga taalluqli faraz ilgari suriladi, bosqichlar tahlil
qilinadi, yechish to'g'risida mulohazalar bildiriladi. Turli variantlar haqida fikr
yuritiladi, ular o'zaro qiyoslanadi va eng samarali variantlar ajratiladi.
4. Muammo oldiga qo'yilgan gipotezani muayyan mezonlar yordami
bilan tekshirish zaruriyati tug'iladi. U tekshirish uchun uchun o'zaro o'xshash
1
Ясперс Карл. Смисль и значение истории. М. «Просвешение», 1994. стр- 48
64
holatlar ma'noviy, shakliy, tuzilmaviy, jihatdan taqqoslanadi. Bu o'rinda ijodiy
hayot materiallaridan atroflicha foydalaniladi, ya'ni ijodiy rejadar tuzish,
umumlashma obrazlar yaratish, maqsad natijalarini ko'z o'ngiga keltirish,
taxminiy munosabatlari idrok qilish amalga oshiriladi. Uning haqqoniy
ekanligiga ishonch hosil qilish uchun aqliy hatti-harakatlar tizimini tatbiq qilib
ko'riladi va ayrim o'zgarishlar kiritish oydinlashtiriladi. Gipoteza mantiqiy
usullar yordamida fikran analiz va sintez qilinadi. Muhim alomatlar ajratiladi,
uning to'g'riligi, haqqoniydigi bo'yicha tezkor hukm va xulosalar chiqariladi.
5. Muammoni nazariy jihatdan hal qilish uchun ilgari surilgan gipoteza
to'g'riligi yoki noto'g'ri eganligi aniqlansa, u fikr yuritish ob'yektidan siqib
chiqariladi va yangi farazlar, o'ylar, taxminlar qabul qilinadi yoki o'ylab
topiladi. Yangi amaliy gipoteza fikran bir necha marta tekshiriladi va unday
so'ng amaliyotga joriy qilish uchun sinashga tavsiya qilinadi. Ta'kidlab o'tilgan
mulohazalarni aksariyati konstruktimv texnik masalalarni hal qilishda,
kashfiyotlarni yaratishda, ixtirochilik takliflarida, rasionalizatorlikda, texnologik
tahlil qilinadi, So'ngra ulardan eng ma'quli, omilkori, eng maqsadga muvofiqi
tanlanadi va uning ustida bosh qotiriladi.
6. Muammo va masalani hal qilish, yechish, olingan natijalarni
to'g'riligiga qanoat hosil qilish uchun yechuvchi shaxs uni tekshirish bilan
mustaqil fikr yuritish hatti-harakatlarini yakunlaydi. Yana shu fikriy
operatsiyalar, mulohazalash shakllaridan so'ng masala (topshiriq) batamom hal
qilinadi va bu muammo to'g'risida o'ylash nisbiy jihatdan vaqtincha to'xtatiladi.
Erishilgan muvaffaqiyat hayotga joriy qilinadi. Boshqacha aytganda bu
muammo va uning yechimini topish uchun qilingan harakatlar va yechimlar
kelguchi muammoli vaziyatni hal qilish uchun kerak bo'ladi. Bu tajribalar
ongning xotirasida saqlab qo'yiladi va navbatdagi hayotiy muammolarni
yechishda chuqur o'ylash, mashohada qilish, tafakkur saviyasiga mos, hayotiy
tajribaga tayanib yechim izlab va uni orttirgan hayotiy tajribalar bilan
qiyoslash, undan keyingina yagona oxirgi xulosaga kelish va uni hayotda
65
qo'llash kabi berk aylanma tizim (sistema, mexanizm) hosil bo'ladi. Bu tizim
cheksiz davom etaveradi.
Har bir shaxs o'z aql-idrok, tafakkurining teranligi, intelektual shakllan-
ganiga xos va mos holda muammolarni yechadi va hayotga joriy etadi. Inson
hayotga joriy etgan muammolar yechimining saviyasiga qarab, kishilar orasida
o'z o'rni va mavqeini egallab boradi. Shu yo'sinda shaxsning mustaqil fikrlash
qobiliyati sayqallanib boraveradi.
Albatta o`quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonida unga turtki beradigan
uni to`g`ri fikrlashga da’vat etadigan shaxs o`qituvchining o`zidir. Bu o`qituv-
chining izlanuvchanlik va o`z ustidan mutasil izlanish olib borishni taqazo
etadi. Chunki har qanday mustaqilligi yuqoridarajada rivojlanganijodkor
shaxsham xayolankim bilandir maslahatlashadi, kimningdir fikrlariga qo`shilib,
kimlarningdir fikrlarini inkor etadi. O`z fikrlari va xulosalarini hatto o`qituvchilar,
kitob mualliflari, opponentlar ham taqqoslab, o`z nuqtai – nazarini belgilab oladi.
Bola shaxsida mustaqillik,bilish mustaqilligini shakllantiradi,bolada tashabbus-
korlikni rivojlantiradi,o`tilgan materialni o`zlashtirish ustidam malaka hosil
qilishda, uning aqliy kuch va qobiliyatlarini o`stirishda ijobiy natija beradi.
Ayniqsa, mustaqil ta`lim o`z-o`zini nazorat qilish va baholashni o`rganadilar.
Chunki bu holatda o`quvchilar o`z o`quv harakatlarini tahlil qila oladilar va
taqqoslay oladilar. Muhimi, o`zlarining bilimlariga baho bera oladilar.
Demak, o`quvchining mustaqil fikrlashi bevosita uning faolligiga bog`liq.
Buning uchun o`quvchi o`z ustida muntazam ishlashi, ko`pgina qo`shimcha
adabiyotlarni o`qib o`rganishi, erkin fikrlab o`z bilimini turli yo`llar bilan (test,
kompyuter va b) tekshirib, ko`rib, to`ldirib borishga odatlanishi kerak.
O`qituvchini vazifasi esa, mustaqil topshiriqlar berishda o`quvchining yosh
xususiyatlari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda, ijodi mazmundagi o`quv
topshiriqlarni tanlay bilishi zarur. Ayni paytda zamon talabi o`qituv-chilarning
o`zlarid mavjud bo`lgan bilim va saviya bilan cheklanib qolmasdan, xorijiy
mamlakatlar tajribasini o`rganib ham, o`z o`quvchisiga saboq berishlari
zarurligini taqozo etmoqda.
66
3.2. 6 – sinf tarix ta`limida tabaqalashtirilgan yondoshuv metodi, samarali
Do'stlaringiz bilan baham: |