Birinchidan,o’qishning xarakteri o’zlashtirilayotgan materialga, uning mazmuniga
va qanday sistemada yetkazib berilayotganligiga bog’liqdir. Ikkinchidan, u
o’qituvchining metodik mahoratiga va tajribasiga, uning shaxsiy xususiyatlariga,
har bir ayrim holda qo’llaniladigan konkret o’qitish metodikasiga bog’liqdir.
Nihoyat, o’qish jarayoni o’qituvchining o’ziga xos xususiyatlariga ham – uning
psixik rivojlanishining (aqliy,emotsional,irodaviy jihatdan) individual xarakteris-
tikasiga, unda o’qishga nisbatan qaror topgan munosabatlarga, uning qiziqish-
havaslariga bog’liqdir.Boshqacha qilib aytganda, ta’lim jarayoni o’quvchiga nimani
va qanday qilib o’rgatishning oddiy va bir xil natijasi emas, balki sirtdan ta’sir
qildiriladigan shart-sharoitlarning oqibati hamda o’quvchining individual-
psixologik xususiyatlariga bog’liq ravishda amalga oshiriladi.
Sinfda har bir o`quvchining individual va intelektual qobiliyati uning
o`rganayotgan mavzuni o`zlashtirishida, mushoada etishida farqlanadi. Mavzuni
hamma sinfdagi o`quvchi bir xilda o`zlashtirdi deyish xato. Ba`zi o`quvchilar
masalani mohiyatini tez anglab etsa, b`zilari sal kechroq, ba`zilari esa hali
ham anglab etmagan bo`lib chiqadi. Bunday holda o`qituvchi qanday pedagogik
mahorat ko`rsatishi kerak yoki usul qo`llashi lozim. Javobi oddiy. Darajali
tabaqalashtirilgan ta`lim imkoniyatlaridan unumli foydalanish.
67
Tabaqalashtirilgan ta`limning o`zi nima? Ma`lumki sinfdagi o`quvchilarning
berilgan mavzuni o`zlashtirishi bir xilda kechmaydi.Uni tez qabul qilib,mushohada
etadiganlar albatta, sinfda ozchilikni tashkil etadi. Buning sabablari:
1. Ayrim o`quvchilar nafaqat aqliy, balki jismoniy jihatdan ham
cheklangan bo`ladi.
2. Amaliy tomondan har bir o`quvchi qo`lidan kelganini o`qigani uchun
o`zlashtirish jarayoni bir xilda bo`lmaydi.
3. Vaziyat, muhit ( munozara, tortishuv, ota-onalar noroziligi, o`quvchilarni
siltash, qo`pollik) o`quvchilar ongiga ta`sir etmasdan qolmaydi.
4. Har bir o`quvchi tomonidan berilgan topshiriqni minimum mazmunini
o`zlashtirish namoyon bo`ladi. Ya`ni o`zlashtirish bir xilda bo`lmaydi.
Umuman tabaqalashtirib o`qish asosan 8-sinfgacha cheklangan.
1
Sababi ayrim
o`quvchilarni aqilliroq, ayrimlarini esa unchalik aqilli deb o`qitish, farqlab
o`qitish aslo mumkin emas. Aqli yuqoriroq, hamma narsani tez ilg`ab oladigan
o`quvchini maqtash, aksincha bo`sh o`zlashira olayotgan bolani tergash uni
ruhiyatiga yomon ta`sir etishi ham mumkinligini ta`kidlash o`rinlidir. “Aql” inson
ruhini shod, qalbini pok aylaguvchi tafakkur kalitidir”
2
. Undan o`quvchi qalbi,
ruhi, farosatini rivojlantirishda, yo`naltirishda ijodiy foydalanish zarur.
Ta`lim mazmunini tabaqalashtirish o`ziga xos ijobiy jarayon bo`lib, u
ta`lim oluvchilarning individual xususiyatlari va inteluktual salohiyatini hisobga
olgan holda amalga oshiradi hamda shular asosida ta`lim oluvchilar guruhlarga
ajratiladi. Ozlashtirish zarur bo`lgan ijtimoiy-madaniy tajribaning tasnifi va hajmi
aniq shart-sharoit, imkon, zamon, shuningdek, ta`lim muassasining turli va
darajasiga bog`liq bo`ladi. Ta`lim mazmunini tashkil etuvchi tarkibiy qismlar
sifatida quyidagilarni ko`rsatish mumkin:
1. Samarali amaliy faoliyat tajribasi ya`ni mehnat, iqtisodiyot, siyosat,
ijtimoiy va boshqa sohalardagi vazifalarni muvofaqiyatli bajarish.
1
Salayeva M. Maktabda darajali tabaqalashtirib o`qitish.Xalq ta’limi” jurnali. №1, 2007 – yil.
13 – 17-betlar.
2
Tilab Mahmud. Komillik asrorlari. T:. “Adolat”, 2006, 7-bet.
68
2. Bilim tajribasi, atrof-olam rivojlanishi qonuniyatlarni anglash metodlari
va natijalari.
3. Umumiy maqsadlarga erishish jarayonidagi ijtimoiy o`zaro ta`sirlar
tajribasi.
4. Axloqiy-estetik tajriba.
5. Ma`naviy -madaniy tajriba va shu kabilar.
Demak, tabaqalashtirilgan holda o`qitish majburiymi? Aslo majburiy
emas. Lekin o`qitishda bu usuldan foydalanish mumkin. Agar aqilliroq talabani
erkin qoldirsak undagi qobiliyat so`nishi, mustaqil fikrlay olish ko`nikmalaridan
ajralib qolishi mumkin. Yoki u boshqa darslarga befarq munosabatda
bo`ladigan toifadagi o`quvchilarga ergashishi mumkin. Bolani esa qobiliyatiga
qarab ta`lim berish, tarbiyalab borish provard maqsadimiz ekan, bu usuldan
ham voz kechib bo`lmaydi. Tabaqalashtirilga yondashuvni amalga oshirish
jarayonida o`quvchilarni giruhlarga bo`lish mezonlarini ishlab chiqish muhim
hisoblanib, uni aniqlashda bolalarni ikki muhim sifati- ta`lim olish va
ishchanlik qobiliyati ajratiladi.
Odatda o`qituvchi darsni hammaga bir xilda etkazadi. Lekin qabul qilish
jarayonichi? Hamma o`quvchilar ham bir xilda qabul qilmaydi. Binobarin,
o`zlashtiruvchi o`quvchilr ularga o`xshab qolmasliklari uchun ularga talabni
oshirishi lozim. Va aksincha, past o`zlashtirayotgan o`quvchi aqliy rivojlanishda
orqada qolmasligi uchun ularga etib olishga harakat qiladi. Hozirgi bozor
iqtisodiyoti munosabatlarida o`quvchi yoshlarda raqobat muhitini shakllantirib
borish nihoyatda muhimdir. Faqat shu yo`l bilangina yangi tipdagi o`zini
rivojlantirishga, tez o`zgaruvchan sharoitlarda samarali qarorlar qabul qilishga,
ijodiy fikrlashga qodir va shu bilan bog`liq ravishda ijtimoiy jihatdan himoya
qilingan insonni shakllantirish mumkin.
DTS talablariga binoan, boshlang`ich ta`limdan 6-7-8 sinflarga o`tila
borgan sari, o`quv materiali hajmini ikki barobar ortishi, kabinet tizimiga
o`tilishi, ta`lim va tarbiyaga yagona talab qo`yilmagani, rivojlantiruvchi
mashqlar miqdorini kamayishi o`quvchilarni bunday holatga moslashi talab
69
etiladi. Tabalashtirilgan ta`lim esa, bu holatdan oson chiqib olishga
yordamlashadi. Cunki o`uvchilarning ko`pchiligi o`z ilg`or, a`lochi o`quvchilarga
ergashadilar.
Tabaqalashtirilgan ta`lim bosharuvida o`qituvchi rolining ahamiyati katta.
U haddan tashqari faqat o`zlashtira olayotgan o`quvchilar bilan ishlasa yaxshi
natija bermasligi ham mumkin. Aksincha, o`zlashtira olmayotgan o`quvchiga
befarq qarasa, butun sinf o`quvchilarning bilim saviyasi tushib ketishi mumkin.
Bunda albatta o`qituvchi o`z ustida ishlashi, o`qitishning yangi uslub va
metodlarini qo`llashi lozim. Mavzuni tushuntirayotganda, hamma o`quvchi bir
xilda qabul qila olmasliklarini bilgan holda, qattiylik, tanlash huquqini
o`quvchining o`ziga havola qilishi kerak. Bunda o`quvchi o`zini mustaqillroq
his etadi, o`z qadrini bilish tuyg`usi shakllanadi, tushunib etishga harakat qiladi.
Pedagogik amaliy faoliyat shuni tasdiqlamoqdaki, o`qitish eng maqbul
metodlar bilan olib borilgan taqdirda ham juda ko`p, ayniqsa, past
o`zlashtiruvchi o`quvchilar darsda passiv bo`lib qolaveradilar. O`quvchilarning
ayrim qismida esa tashabbus ko`rsatish emas, balki yordam olish nuqtai nazari
shaklllangan bo`ladi. O`quvchilarda tashabbus ko`rsatishga harakat bo`lgan
bo`lsa ham unga an`anaviy darslarda to`g`ri yo`nalish berilmaydi, ya`ni
o`quvchilarning darsdagi hamkorlik harakatlari ba`zi hollarda taqiqlanadi.
Jumladan, o`zig fikrla, o`zing top, aytib berma, maslahat qilma va hokazo.
Ba`zan biz o`qituvchidan o`quvchilarga individual yondoshishni talab
etamiz. Bu to`g`ri talab. Lekin o`qituvchining bu ishga vaqti etarmikan? Bu
holda ham darajali o`qitish yordamga keladi. O`quvchini har bir harakat tipini
bajarish xarakteriga qarab guruhlarga bo`lish mumkin: Ayrim o`quvchilar tezda
qaror qabul qiladi va ularda o`ziga ishonmaslik, aniqlashtirish fazasi
cheklangan bo`lib faqat muvaffaqiyatsizlikdan keyin o`z xatti –harakatini
to`g`rilaydi.Boshqalar esa aksincha, tez qaror qabul qilmaydi, ularda birinchi
faza juda cho`zilgan bo`lad. Bizning nazarimizda tabaqalashtirilgan ta`lim
tizimini dars samarodorligini oshiradigan vositalaridan, usullaridan biri sifatida
70
qabul qilinadigan bo`lsak, har bir tarix fani o`qituvchisi o`quvchining quyidagi
fazilatlari va jihatlariga e`tibor qaratishi lozim:
- tarixiy muammolarni ilg`ashdagi ziyraklik;
- ijodiy, tanqiqiy fikrlash fikrlash saviyasining yuqoriligi;
- ijodiy bilim va ko`nikmani qo`llay olishi; ya`ni o`zlahtirilayotgan tarixiy
xodisalarni o`zlashtirilgan bilimlar bilan umumlashtira olish va shu asosida
voqealikni xolisona tahlil etish;
- ijodiy fikrlash jarayonini boshqara olishi; ya`ni tarixiy voqea-hodisalarni
sabablaridan birini, asosiysini ajratib, tanlab olish;
- o`z fikrini to`g`ri batafsil ifodalash; ya`ni xronologik- yil, oy, vaqt va
raqamlarni tez esda saqab qolish va uzatish;
- hozirjavoblik; ya`ni tarixiy ma`lumotlarni tez xotirlay olish;
- tarixiy fakt, dalillarni tadqiq etilayotgan mavzudan ajratib ko`rsata bilish;
ya`ni mos keluvchisini tanlay bilish;
- topqirlik; ya`ni muammoni yechimini tez va oson topa bilish;
- nutqining ravonligi; so`zlarni tez va to`g`ri ifodalay olish;
- voqea-hodisalar rivojini milliy g`oya ruhida tahlil etish qobiliyati.
Demak, darajali tabaqalashtirib o`tish ta`limi hozirda yangi pedagogik
texnalogiyalar ko`plab joriy etilayotgan va o`qitishning yangi uslub va metodlari
qo`llanayotgan vaziyatda ham oz o`rnini saqlab qolmoqda, hozirjavoblik,
topqirlik, aqliy rivojlanish, sezgirlik qobiliyatlari yangicha ko`rinishda namoyon
bo`lmoqda. Buz zamonaviy noa`anaviy metodlardan qanchalik foydalansak,
o`quvchilar orasida qobiliyatlilari shuncha shakllanib bormoqda. Raqobat
kurashi yangi formada shakllanmoqda.
Dars jarayonida sinf mashg`ulotlari sharoitida tabaqalashtirib yondoshish
quyidagicha amalga oshiriladi:
1. Turli murakkablikdagi va har xil maqsadga muvofiq tizimi asosida.
71
2. Har bir guruhning xususiyatini hisobga olib maxsus metodik usullardan
foydalanish yo`li bilan.
1
O`qituvchi dars jarayonida tarixiy bilimlarni o`quvchilar ongiga singdirishda
maqsadli xatti – harakatini oldindan rejalab qo`yishi lozim. Didaktik materiallar
qo`llanish maqsadiga qarab, o`quvchilar bilim faoliyatining turli jihatlarini
qamrab olishi kerak. Bular:
- test yo`lashidagi topshiriqli kartochka;
- xronologiya topshiriq;
- kartada ko`rsatilgan hudud yoki bo`lib o`tgan jang maydoni aniqlash;
- qiyosiy jadval;
- tarixiy boshqotirma;
- tarqatma material (me`moriy bino surati, madrasa yoki maqbara surati) ;
- chizma-plakat;
- tarqatma material ( tarixiy atama, siyosiy lug`at)
Yuqorida keltirilgan yondoshuv usullari o`quvchilarning har biridagi
mavjud o`quv imkoniyatlarini hisobga olgan holda ijodiy faoliyatini
rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratadi.
Xulosa qilib ta`kidlash o`rinliki, kadrlar tayyorlash tizimining bosh
sub`ekti va ob`ekti bo`lgan shaxsga nisbatan qo`yilgan talablarda uning
intellektual va ma`naviy-axloqiy barkamol ijodiy qobiliyatlarini to`la namoyon
eta oladigandarajada tarbiyalash zarurati alohida qayd etilgan. Biz milliy ta`lim
tizimini shakllantirishning ushbu talablarini asos sifatida qabul qilib,
tabaqalashtirilgan metoddan unumli foydalanishni yangicha usul va jihatlaridan
unumli foydalanishni tavsiya etamiz. Zero, hozirda bu masalaga, uning turlari
aspektlari va jihatlariga olimlarning qiziqishlari ortib bormoqda. Bu esa uzluksiz
pedagogik ta`lim tizimini modernizatsiyalash va rivojlantirishning hozirgi zamon
bosqichida alohida ahamiyatga egaligidan va uning dolzabligidan dalolat beradi.
1
S. Mahkamov. //Tabaqalashtirilgan yondoshuv asosida o`quvcilar tarixiy bilimlarining
uzviyligini ta`minlash yo`lllari// “Uzliksiz ta`lim”, Jurnal. 2011 yil, №-4-son, 64-67-betlar.
72
Do'stlaringiz bilan baham: |