Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti magistratura
bo’limining bitiruvchisi Norova Laziza Xolmatovnaning “6 – sinfda
tarix o`qitish metodikasining ayrim jihatlari” mavzuidagi magistrlik
dissertatsiyasiga
T A Q R I Z
Moziyga nazar solsak, Vatanimiz tarixi aynan faqat u yoki bu nom bilan
ataladigan davlatlar va saltanatlar tarixidan iborat emas. Vatanimiz tarixi ayni
paytda ajdodlarimizning buyuk bunyodkorlik tarixi hamdir. Bunga ajdodlarimiz
qoldirgan ma`naviy meros guvohdir.Binobarin, o`zligimizni anglash, milliy
qadriyatlarimizni tiklash, tarixga xolisona yondoshish kabi kun tartibiga qo`yilgan
dolzarb masalalar bevosita ana shu merosni tadqiqot qilishni taqazo etmoqda.
Tarix o`tmishdagi voqealarning oddiy bayoni emas, balki katta tarbiyaviy
omil hamdir.Tarixiy voqealarni bilish asosida kishilarda o`z xalqiga nisbatan
hurmat, muhabbat tuyg`ulari shakllanadi, yoshlar ota-bobolarining qilgan ishlari
bilan faxrlanishni o`rganadilar shu asosda milliy iftixor singari etuk ma`naviy
fazilatlar shakllanadi,milliy ong o`sadi, dunyoqarash mustahkamlanadi. Binobarin,
bugunda umumta`lim maktablarida tarix fanini zamonaviy tarzda o`qitish, uni
uslub va metodlarini yangilash, undagi yutuqlar va ijobiy o`zgarishlarni
ommalashtirish, kamchiliklar, natijalarini tahlil qilish va saboq chiqarish muhim
ahamiyatga ega. Shu nuqtai-nazarda qaraganda
magistrning
tanlagan dissertatsiya
mavzusi dolzarbdir.
Magistrlik dissertatsiyasi kirish ,uch bob, xulosa va foydalanilgan
adabiyotlar ro`yxatidan iborat. Kirish qismida mavzuning dolzarbligi,
o’rganilishidan qo`yilgan maqsad atroflicha yoritilishiga harakat qilingan.
Dissertatsiyaning birinchi bobida: Tarix ta`limiga qo`yilgan talablar, tarix
ta’limining nazariy asoslari, uning o’rganish manbalari, Integratsiya texnologiyalari,
tarixiy voqelikni xolisona o`rganish metodlari yoritilishiga harakat qilingan.
92
Ikkinchi bobida: o`quvchilarda kartografik texnalogiyalar orqali tarixiy
bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirish metodlari,tarix ta`limida o`quvchilar-
ning o`quv faoliyatini shakllantirish masalalari atroflicha yoritishga harakat qilingan
Uchunchi bobida: 6 – sinf tarix ta`limida o`quychi yoshlarda mustaqil fikr
yuritish, erkin mushohada qilish ko`nikmalarini shakllantirish, tarix ta`limida
tabaqalashtirilgan yondoshuv metodi, samarali shakl va vositalari, o`quvchilarda
komillikni shakllantirish omillari ta’lim va tarbiya uyg’unligi masalalari atroflicha
yoritishga harakat qilingan.
Dissertatsiyadagi olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosli. Xulosalari
ijobiy. Dissertatsiyaning tili ravon va ilmiy. Tadqiqot yuzasidan taklif etilayotgan
fikr va muloshazalari o`rinli. Dissertatsiyada ayrim kamchiliklar ham mavjud.
Jumladan, 19-29-38 betlarida orfografik xatolarga, 67- betning 3-satrida gap
qurilishida nomutanosiblikka yo`l qo`yilgan. Lekin bu kamchiliklar magistrlik
dissertatsiyasi ahamiyatini tushirmaydi.
Magistrlik dissertatsiyasi Oliy o`quv yurtlari talablariga mos holda
bajarilgan. Magistrlik dissertatsiyasini DAK himoyasiga tavsiya beraman.
Navoiy Davlat Konchilik instituti
“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri: dots. O. Hayitova
Do'stlaringiz bilan baham: |