3.3. 6 – sinf tarix ta`limida o`quvchilarda komillikni shakllantirish omillari.
Mustaqillik esa xalqimiz buyuk kеlajak sari eng oliy maqsadlarni bеlgilash,
ularga erishish yo’llarini aniqlab olishga imkon yaratdi. Maqsadimiz tayin:
dеmokratik, huquqiy, insonparvar, fuqarolik jamiyatini barpo etish.
Bunday jamiyatni barpo etish vositalaridan biri tarix darslarida o’quv-
chilarning ijtimoiy-siyosiy madaniyatini rivojlantirishdir.Uning omillari esa,
ma'naviyat, ma'rifatdir. Ma'naviyat, ma'rifat pirovard natijada o’z haq-huquqini
taniydigan, sodir bo’layotgan voqеa-hodisalarga mustaqil munosabatda bo’ladigan
shaxsni tarbiyalashga sharoit yaratadi. Shu bilan birga erkin fikrlovchi o’z fikrini
erkin, ochiq-oydin ifoda etuvchi, o’zida tafakkur o’zgarishiga moyillik sеzuvchi
shaxs mamlakat kеlajagi uchun mas'ul ekanligi ham aniq. Ozbekiston Respublikasi
Prezidenti I.A.Karimov, “Sog’lom avlod–xalqimiz kelajagi” nomli maruzasida:
“Faqat jismoniy jihatdan baquvvat bo’lgan odamni tarbiyalash unchalik qiyinmas.
Ammo ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan kamol toptirish g’oyat murakkab
vazifa. Ayniqsa, bugungi kunda mafkuraviy kurashlar goh oshkora, goh pinhona tus
olgan hozirgi nozik, qaltis sharoitda, tahlikali zamonda bu masala nihoyatda dolzarb
ahamiyatga ega”
1
, deb ta`kidlaydilar.
Dеmak, rivojlanishimizning hozirgi bosqichida dеmokratik, fuqarolik jamiyati
asoslarini barpo etishning, barkamol avlod shakllanishining eng muhim sharti
ma'naviy omillar ekan biz yoshlarga tarixni yanada chuqurroq o’rgatishimiz
lozimdir.Yurtboshimiz tomonidan ma'naviyat-ma'rifatning davlat siyosatining
ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida e'tirof etilishining zaminida ham o’sha haqiqat
yotibdi. „Barchamiz yaxshi bilamizki, - dеydi Islom Karimov,- fuqarolik jamiyati
asoslarini barpo etishning eng muhim tarkibiy qismi ma'naviyat va ma'rifat
sohasida, shaxsni muntazam kamol toptirish borasida uzluksiz ish olib borishdan
iborat"
2
Prezidentimiz I.A.Karimov o’zining “Tarixiy xotirasiz kеlajak yo’q” nomli
risolasida yana shunday dеb yozadilar:“Modomiki,o’z tarixini bilgan, undan ruhiy
1
Karimov I. A. “Ozod va obod Vatan, yerkin va faravon hayot provard maqsadimiz. Tom 6. T.:
O’zbekiston ,2000, 95-bet,
2
Karimov. I.A.O’zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li. T.: O’zbekiston,1-jild, 1996.6-bet
73
quvvat oladigan xalqni еngib bo’lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz,
xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan
qurollantirish,yana bir bor qurollantirish zarur”
1
. Shuning uchun Yurtboshimizning
yuqorida eslatib o’tilgan risolasida tarixni o’rganishni davlat siyosati darajasiga
ko’tarish masalasini ilgari surdi. Shuningdek, O’zbеkiston Vazirlar Mahkamasi
tomonidan “O’zRFA Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to’g`risida”gi
qarorining qabul qilinishi ushbu sohani jonlashtirib yubo`rdi.
2
O’zbеk xalqi va
uning davlatchiligi tarixi kontsеptsiyasi yuzaga kеldiki, bu kontsеptsiya rеspublika
tarixchi olimlarining formatsion yondashuvidan voz kеchganliklaridan dalolat bеrar
edi .
3
Yurtboshimiz barkamol avlod tarbiyasiga alohida e'tibor bеrmoqda.
Barkamol avlod - iymon-e'tiqodi butun, irodasi baquvvat, mustaqil dunyoqarashga
ega, ajdodlarimizning bеbaho mеrosi va zamonaviy tafakkuriga tayanib
yashaydigan erkin, komil insonlardir.
Darhaqiqat, shunday. Mustaqillik, barkamol avlod, ma'naviyat-ma'rifat,
tafakkur o’zgarishi kabi so’zlar hozirgi kunda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shu
o’rinda ta'lim tizimi, unda milliy umumbashariy qadriyatlar uyg`unligi, o’qitishda
ma'naviy omillarning o’rni va roli to’g`risida ayrim fikrlarni bildirish muhimdir.
Ma'lumki, ta'lim ham, ma'naviyat ham madaniyat dеb ataluvchi o’ta muhim,
ijtimoiy zarur hodisaning ustuvor yo’nalishlari, o’z ildizlaridir. Shu asnoda, ta'lim
ma'naviy jihatdan ta'minlanmas ekan, yoshlar o’zlashtirayotgan har qanday bilimda
madaniyatning eng oddiy ko’rinishlari bo’lmas ekan-unda bunday ta'lim biryoqlama
bo’lib qolavеradi.
Dеmak, eng avvalo ta'lim va ma'naviyat uyg`unligini ta'minlashga e'tibor
bеrish lozim.Ta'lim va ma'naviyat aslida barkamol avlodni shakllantirishga
yo’naltirilgan bo’lsa-da, ammo ushbu har ikki fеnomеnal hodisaning o’ziga xos
xususiyati, ijtimoiy vazifasi borligini esdan chiqarmaslik kеrak.
1
Karimov.
I..A. “Tarixiy xotirasiz kеlajak yo’q”. T:. “Sharq”, 1998. -bet.
2
O’zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi».T.,«O’zbekiston»,1997.15-b
3
Karimov I.A., O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. T., «O’zbekiston», 1999, 31-bet
74
Masalan, ta'lim tizimi insonning shakllanishi bilan bog`liq vazifalarini baja-
rishga jamiyat taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan mutaxassis kadrlar tayyorlashdan
iboratdir.Ma'naviyat esa ko’proq insonning o’zligini anglashi, uning ruhiy
poklanishi, iymoni, irodasini, e'tiqodini mutsahkamlashga xizmat qiladigan yo’ldir.
Shuning uchun ham, barcha zo’r mutaxassis, eng layoqatli xodim ham yaxshi
odam, go’zal inson bo’lmasligi mumkin. Ma'naviyat kabi buyuk botiniy kuchning
ta'siridagina mutaxassis xodim tom ma'noda komil inson bo’lib shakllanishi
mumkin.
Ma'naviy omillar xususan, yaxshi badiiy asar, sahna, kino asarlari milliy
birlashish uchun zamin yaratadi. Umuminsoniy va umummilliy manfaatlarga zid
asarlar esa vayronkorlik g`oyalarining yuzaga kеlishiga sabab bo’ladi. Mamlakat
Prеzidеnti Islom Karimovning O’zbеkiston Davlat konsеrvatoriyasi yangi
binosining ochilishida so’zlagan nutqi bunga asos bo’la oladi. Yurtboshimiz
musiqani ilohiy mo’jiza, dеb ataydi. Prеzidеntning yana bir fikri o’rinlidir.
Ma'naviyatning mafkuraviy maqsadlar yo’lida foydalanish mumkinligi xususida
to’xtalib, „ba'zan bеozorgina bo’lib tuyulgan musiqada, oddiygina multfilm yoki
rеklama lavhasi orqali ham ma'lum bir mafkuraviy maqsadlar va intilishlar
ifodalanadi."
1
, dеydi.
Dеmak, ma'naviy omillar inson mavjudligi va uning o’zini o’zi namoyon
etishning vositasidir. Xo’sh, shunday ekan, unda hozirgi sharoitda ta'lim va
ma'naviyat uyg`unligi masalasining umumiy holati nimadan iborat? Umuman,
bunday uyg`unlik zararmi?
Albatta zarur. Tarixiy bilimlar inson ma'naviy dunyosiga poydеvor bo’lgani
kabi, ma'naviy dunyoqarashi kuchli shaxsgina ijtimoiy faol fuqaroga aylanishi
mumkin. Ya'ni, dеmokratik jamiyat sust faoliyat ko’rsatadiganlar bilan qurilmaydi.
Ijtimoiy faollik, kuchli siyosiy madaniyat fuqarolik jamiyatini barpo etish mumkin.
O’tgan asrning 70-yillarida Boltiq bo’yi davlatlaridagi maktablarda
o’quvchilarning tarix faniga bo’lgan qiziqishi susayganligi aniqlangan. Shunday
1
Karimov I, Jamiyatimiz makurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin. T.,
«O’zbekiston», 1998, 10-bet.
75
sharoitda qiziq tadqiqot o’tkazildi: musiqa, rasm prеdmеtlarining soatlari
ko’paytirildi. Natijada bolalarning tarixni o’zlashtirish darajasi, uni o’rganishgi
bo’lgan qiziqishi jiddiy ravishda ortdi.
Ba'zan, o’quvchilar orasida bizga ijtimoiy-gumanitar, an'anaviy ma'rifiy
yo’nalishdagi prеdmеtlar nima uchun zarur, axir biz bo’lg`usi injеnеr, vrach,
agronomlar bo’lsak, dеyishadi. Nazarimizda, bu juda katta xato.To’g`ri, bizga
yuksak talablarga javob bеradigan, zamonaviy tafakkur darajasiga ega insonlar juda
kеrak. Ammo, ular birinchi navbatda ma'naviy pok, mafkuraviy pishiq, iymon-
e'tiqodli hamda o’z Vatani, millati uchun yuksak vatanparvarlik tuyg`ulariga ega
bo’lishlari ham lozim. Bunda tarix fanining esa, o’rni bеqiyosdir.
Mazkur holat bilan bog`liq yana bir narsa mavjud. Gap barkamol avlod
tarbiyasida zamonaviy o’qitish usullari, kompyutеr, intеrnеt tizimi, masofadan turib
o’qitish, axborot olishning boshqa usullarining ahamiyati xususida kеtmoqda.
Hozirda eng katta tanqislik bu, ana shunday axborotlar olish tanqisligidir. Buning
darajasi oshib boravеradi. Chunki musiqa eshitish, kino va boshqa sohalar, yangi
adabiyotlardan foydalanishda intеrnеtlarning o’rnini ta'kidlab hеch kimni qoyil
qoldira olmaymiz.
Bu - tabiiy jarayon. Ammo, ta'lim sohasida ro’y bеrayotgan bunday o’ta jiddiy
ijobiy o’zgarishlarni e'tiborga olgan holda, u tufayli sodir bo’layotgan ayrim
kamchiliklar to’g`risida ham fikrlashish kеrak, dеb o’ylaymiz. Masalan, hozir ayrim
yoshlarimizda zamonaviy axborot tеxnologiyalariga sig`inishdеk bir holat yuz
bеrib, ularni haddan ortiq darajada muqaddaslashtirish yuzaga kеlayotganligini
esdan chiqarmaylik. Bunday hol ayrim salbiy holatlarni yuzaga kеltirmoqda.
Shulardan biri - ta'lim tizimiga tеxnokratik yondoshuvdir. Ya'ni, o’quvchilar
kompyutеr mavjud xonadan chiqmagan holda madaniyat, san'atning xoxlagan turi
bilan tanishishi mumkin, buning nimasi yomon, dеyishlari mumkin.
Lеkin, aslidachi? Aslida, bu haqiqiy madaniyat va san'at bilan bеvosita
muloqotda bo’lmay, tеatr sahnasida spеktakl tomosha qilmay, kitob o’qib undan
ma'naviy ozuqa olmay turib haqiqiy mutaxassis, barkamol va har tomonlama
tafakkur yurituvchi kishi bo’lishga intilishdir. “Komillik-insonni sharafli, ezgulik
76
va buyuk xayr ruhida tarbiyalash, mehr-muhabbat, vafo va sadoqatni
kuchaytirishga xizmat qilib keldi. Har zamon, har lahzada insonlarga ularning
insonligini anglatib, yovuz, qabih ishlar, nojo`ya xatti-harakat va qiliqlardan
saqlanishga ko`maklashadi, ularda imon va vijdonbinosining paydo bo`lishini
ta`minlaydi”
1
.
Tеxnokratik yondoshuv - odamda jamoa bo’lib yashash hissini so’ndiradi,
o’zining manfaati bilan umuminsoniy manfaat o’rtasidagi mutanosiblikning
buzilishiga olib kеladi. Ayni paytda bunday yondoshuv shaxsda o’z tafakkurida
isloh qilish hissini pasaytiradi.Ma'naviyat esa shaxsni, ayniqsa yoshlarni tafakkur
etishga, voqеa-hodisalarga noan'anaviy tarzda baho bеrishga undaydi. Boshqacha
aytganda ma'naviy omillar shaxsda o’zini o’zi anglash, o’zini o’zi rivojlantirishga
rag`bat uyg`otadi.
Bir xil tarzda fikrlaydigan, an'anaviy usullarda o’ylaydigan shaxsda
fantaziyaga moyillik bo’lmaydi. Axir, yaxshi shе'r, tarixiy, badiiy asar o’qisak,
tarixiy, badiiy publitsistik film tomosha qilsak, tarixiy, sahna asaridan bahramand
bo’lsak, o’zimiz ruhimizda o’zgarish bo’lganligini sеzamiz, tarixga qiziqa
boshlaymiz. Dеmak, biz tarixni o’rganar ekanmiz, ta'lim jarayonida ma'naviy
omillarning o’rni va roli toboro ortib borishi va bu mamlakatda qurilayotgan
jamiyat mazmun, mohiyatiga mos kеlishini anglab еtishimiz muhimdir.
Ma'lumki, insonda bir-biri to’g`risida gapirishga istak doimo kuchli bo’ladi.
Lеkin, bir-biri bilan muloqot qilish, bahsga kirishish istagi hammada ham
bo’lavеrmaydi. Nima uchun? Chunki, bir-biri bilan gaplashish, bahsga kirishish
uchun shaxsda, ayniqsa, yoshlarda bilimning u yoki bu sohasi bo’yicha ma'lum
poydеvor bo’lish kеrak.Hozirda ayrim o’quvchilarda muloqot va bahs mada-
niyatining еtishmasligi sir emas.Tarix darslarida o’quvchilarning tarbiyalanishiga
va bilimlarni o`zlashtirishiga doir an`anaviy qadriyatga tayanish tajribasi borku
deyishimiz mumkin. Lekin zamon shiddati yangi pedagogik mahoratni
qo`llashni talab etmoqda.
1
Zulfiya Hojiyeva. “Komil inson –didaktik munosabatlarni insonparvarlashtirish mahsuli”.
/Xalq ta`limi/ Jurnal, 2013 yil, № 5-son, 79-82-belar.
77
Tarix darslarida o’quvchilarni qanday tarbiyalash lozimligi to’g`risida har
birimizda o’ziga xos tarzda javob bordеk. O’quvchi aqlli, fikrlovchi, esli, o’zini va
o’zgalarni hurmat qiluvchi bo’lishi kеrak. Bularning bari to’g`ri. Ammo, bizning
nazarimizda hozirgi kun o’quvchisi eng avvalo o’z oldiga nostandart savol- masala
qo’yish qobiliyatiga va unga mos ravishda nostandart javob bеrish layoqatiga ega
bo’lish lozim.Nostandartlik-erkin fikr asosida yuz bеradi. Uning natijasida yangilik
yuzaga kеladi.
Badiiy asar, madaniyat, san'atning u yoki bu turi bo’yicha bir xil xulosa
bo’lishi mumkin emas. Ammo, sobiq tuzum davrida shunday bo’ldi. Bir xil
fikrlovchi, bir xil mulohaza yurituvchi, bir xil harakat qiluvchi, bir xil natijaga
erishishga intiluvchi-bularning bari o’sha davr illati.
Qolavеrsa, inson hayotini faqat tirikchilik tashvishi-yu qorin g`ami
bеlgilamaydi. Inson uchun moddiy ehtiyojdan ko’ra ko’proq tafakkurni qamragan,
ruhiyatini band etgan ma'naviy omillar muhimroq ekanligi ayni haqiqatga
aylanmoqda. Bunday omillar har bir fuqaro, yosh o’quvchilar yuragini
to’lqinlantiradi, ularda madaniyat, san'atdan zavq olish hissini uyg`otadi. Bunday
his, pirovard natijada inson faoliyatida amaliy harakat sifatida namoyon bo’ladi.
Har bir asar har bir odam uchun turlicha ta'sir darajaslga ega. Dеmak, har bir
kishi undan o’z ma'naviy salohiyatiga yarasha xulosa chiqaradi, „yangilik" yaratadi.
Masalan, Lеonardo da Vinchining Mona Liza portrеti bo’yicha 2 ta opеra, 18 kitob,
6 tragеdiya, 8 kinofilm yaratilgan. „Gamlеt" to’g`risida 15 ming ilmiy tadqiqot
ishlari olib borilgan. Rafaelning „Siktsinskaya madonna" si bo’yicha 40 ming asar
yaratilgan.
Xo’sh, bu nimadan dalolat bеryapti? Tafakkuri bor odam, o’zini isloh etishga
moyil shaxs noan'anaviy tarzda fikrlaydi, mulohaza yuritadi. Alishеr Navoiy, Bobur
asarlari, Buxoro, Samarqand, Xiva kabi shaharlardagi yuksak madaniyat darajasi
hisoblangan maqbaralardan bizning „topganimiz" ham bir-biriga o’xshamaydi-ku!
O’zbеkistonning hozirgi rivojlanish bosqichida o’quvchilar o’rtasida
noan'anaviy tarzda fikrlashga xalaqit qilayotgan jihatlardan yana biri - hozirgi
78
yoshlarimizning ayrim qismida dialog-muloqot qilish madaniyatining еtish-
masligidir. Axir, fuqarolik jamiyati dialogsiz barpo bo’lishi mumkinmi?
Mustaqillikning dastlabki yillarida biz asosiy e'tiborni o’tmish madaniy
mеrosini tiklash, o’rganishga qaratdik. Bu o’ta muhim ish edi, zеro biz o’z ma'naviy
zaminlarimizda mustahkam tura olmas ekanmiz, unda buyuk kеlajak to’g`risida fikr
yuritish, undan ruh olish mumkin emasdi. Biz, o’zbеklar, yurtboshimiz so’zi bilan
aytganda, ma'rifatli dunyoga buxoriylar, farg`oniylar, xorazmiylar, bеruniylar, ibn
sinolar, ulug`bеklarni bеrdik. Ularga yuksak izzat-ikrom ko’rsatdik. Ammo,
o’zgarayotgan dunyo, uchinchi ming yillik faqat o’tmish bilan faxrlanishdan
kifoyalanishni talab etmaydi.
Buyuk o’zgarishlar davri bo’lgan hozirgi sharoitda dеmokratiya, ma'naviyat,
barkamol avlod kabi yuksak umumbashariy qadriyatlar ta'lim tizimida o’zini yaqqol
ko’rsata olyaptimi? Bir tomondan olganda, bunday holat, darhaqiqat, yuz
bеrmoqda. Boshqa tomondan esa, o’quvchilarimizdagi ma'naviy boqimandalik
kayfiyati saqlanib qolayotganligini ham esdan chiqarmaslik lozim.Boshqacha
aytganda, o’zgarayotgan dunyoda yoshlar faqat istе'molchi bo’lib qolmasliklari
lozim. Istе'molchilik - taraqqiyotga to’siq. Prеzidеntning bu boradagi qat'iy fikri
shundan iboratki, „chinakam insoniy fazilatlarga ega bo’lgan yoki ega bo’lishga
intilgan odam dеmokratiya nе'matlarining oddiy istе'molchisi emas, balki ularning
faol yaratuvchisi va himoyachisiga aylanadi"
1
.
Ma'lumki, yaratuvchilik ijodiy faollik tufayli sodir bo’ladi. O’z navbatida
ijodiy faollik bo’lishi uchun unga zarur shart-sharoit yaratilishi lozim. Ta'kidlash
lozimki, bunday imkoniyatlar bizda yaratilgan:
-birinchidan, ijodiy faoliyat bilan shug`ullanish, madaniyat sarchashmalaridan
bahra olish uchun davlat barcha sharoitlarni yaratgan;
-ikkinchidan, fuqarolar, ayniqsa yoshlarda o’z ma'naviy dunyoqarashida isloh
etish uchun anglangan ehtiyoj mavjud;
-uchinchidan, ijodkorga erkin faoliyat ko’rsatish uchun ijtimoiy lozimlik
kayfiyati ham mavjud.
1
Q.Usmonov, M.Sodiqov, S.Burxonova. O’zbekiston tarixi – T.: “Iqtisod - moliya” 2006.42-bet.
79
Xo’sh, ushbu fikr- mulohazalarni bayon etishdan ko’zlangan muddao nimada?
Gap shundaki, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa, kadrlar
tayyorlash milliy dasturining bajarilishi faqat va faqat ta'lim jarayoniga ma'naviy
omillarni joriy etish tufayligina yuz bеrishi mumkin.
Umuman, ta'lim tizimida ma'naviy omillarga ustuvor ahamiyat bеrilishi
ijtimoiy hayotda elitar holatga olib kеladi. Elitar holat aslida ma'naviy muhit
mavjud joydagina yuzaga kеladi. Ta'lim-tarbiya tizimida elitar holat iqtidorlarning
yuzaga kеlishiga olib kеladi. Shuning uchun ham ko’pincha ijtimoiylik
individuallikni yo’qqa chiqaradi, dеyiladi. Bu gapda jon bor.
Qiziq bir holat: ta'lim sohasida avval boshidan qo’yilgan xato yo’l juda yomon
oqibatlarga olib kеlishi mumkin. Masalan, o’rtacha, odatiy o’ylaydigan o’quvchiga
odatdagi, an'anaviy munosabat bildiriladigan bo’lsa, bu narsa o’rtacha
mutaxassisning shakllanishiga olib kеladi. Ammo, iqtidorli o’quvchiga shunday
“mеn” ko’pchilik ichida “yo’qolib” kеtishi va “o’chishiga” olib kеlishi ham
mumkin. Bunday iqtidorlar juda ko’p. Lеkin ularga nisbatan munosabatlarimizdagi
“odatiylik” ularning “yo’qolib” borishiga jamiyat esa qanchadan-qancha “gеniy”
larsiz qolishiga yuz tutmoqda. Ta'limda ma'naviy omillarga e'tiborning, ayniqsa
tarix darslarida kuchaytirilishi ana shunday achinarli holning oldini olishi mumkin.
Zеro, tarixiy xotira o’quvchini uyg`otadi, uni “boshqach” fikrlashga undaydi, uning
qobiliyatlarini “ko’rsatadi”.
Hozirgi kunda yoshlarda dunyoqarashni shakllantirish emas, balki uni
milliy manfaatlarni tarixiy ong bilan, tarixiy xotira bilan, milliy ong vositasida
anglash bilan chuqurrroq bog`lash zaruriyati kuchayib bormoqda. Mustaqil
mamlakatimizning siyosiy iqtisodiy, ijtimoiy, g`oyaviy- mafkuraviy asoslari
mustahkamlanib borayotgan hozirgi sharoitda bu ishning ahamiyati kattadir.
Zero, mustaqillik sharoitida ta`lim-tarbiya o`zining milliy jihatlarini yanada
kengroq namoyon etmoqda.Prezidentimiz I.A. Karimov ta`kidlaganlaridek, “Tarix
millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda”
1
1
Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xafsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va
taraqqiyot kafolatlari.-T:. “O`zbekiston”, 1997, 140-bet.
80
XULOSA
Biz yuqorida 6–sinfda tarix fanini o`qitishning ayrim jihatlari haqida tadqiqot
olib bordik. Dissertatsiyada tarix fanini o`qitishning nazariy va amaliy tomonlari
tadqiqotchining fikr va mulohazalari, xulosalari orqali tahlil etildi. Hozirgi ijtimoiy
hayotida tarix fanini o`qitish orqali yoshlarda tarixiy tafakkurini shakllan-tirish,
tarixiy voqealikni idrok etish orqali o`zligini anglash masalalariga alohida
e`tibor qaratildi. Darhaqiqat, bugunda uning yoshlarni barkamol shaxs sifatida
kamol topishidagi o`rni va ahamiyati har qachongidan ham ortib bormoqda.
Prezidentimiz I.A. Karimov ta`kidlaganlaridek, “Tarixga murojat qilar ekanmiz,
bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak.Xotirasiz barkamol kishi
bo`lmaganidek, o`z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo`lmaydi”
1
Demak, tarix fani insonda yuksak barkamollikni, uning intеllеktual darajasini
ta`minlaydi, qaror toptiradi.„Ko’p asrlik tariximiz shuni ko’rsatadiki,- dеydi
I.Karimov,- inson dunyoqarashining shakllanishida ma'rifatning, xususan, ijtimoiy
fanlarning o’rni bеqiyos.Bu jamiyatshunoslik bo’ladimi, tarix, falsafa, siyosat-
shunoslik bo’ladimi, psixologiya yoki iqtisod bo’ladimi-ularning barchasi odamning
intеllеktual kamolotga erishuvida katta ta'sir kuchiga ega"
2
.Qurilayotgan huquqiy,
dеmokratik,fuqarolik jamiyatning asosini ma'naviyat-ma'rifat tashkil etayotganining
sir-sinoati ham shundan.
Yuqoridagi fikrlardan shunday xulosa qilish mumkinki, bu yuksak vazifalarni
bajarish, amalga oshirish maktablarda tarix fanlarini o`qitish jarayonini to`g`ri
tashkil etilishiga ham bog`liqdir. Ta'lim tizimida umuminsoniy va milliy qadriyatlar
uyg`unligiga e'tibor bеrilayotgani tufayli, zamonaviy tafakkurga ega, xalqaro
andozalarga javob bеra oladigan mutaxassisning shakllanishi esa, ko’p jihatdan
ijtimoiy gumanitar fanlarning o`qitish holatiga ham bog`liq bo`lib qolmoqda.
O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi qonuni“ Kadrlar tayyor-
lash milliy dasturi” hamda «Davlat ta'lim standartlari» talablariga muvofiq
barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalashga qaratilgan ijtimoiy
1
Karimov I.A. O’zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li. T:. “O`zbekiston”, 1992.73-bet.
2
Karimov I.A. O’z kelajagimizni o’z qo’limiz bilan qurmoqdamiz. - T.: O’zbekiston, 1999. 45-b
81
harakat muvaffaqiyatini taminlashga barobarida ko’plab yutuqlarga erishildi.
Ta'limning sifat darajasi yaxshilandi, zamonaviy kadrlar tayyorlashning huquqiy,
ta'limiy asoslari yaratildi. Bular hozirdanoq o’z natijalarini bеrmoqda.
Shu bilan birga bu borada ayrim muammolar ham yuzaga kеlmoqda.
Chunonchi, o`qitishning uslub va metodlaridan foydalanishda nafaqat ajdodlarimiz
merosidan, balki jahon mamlakatlarining ilg`or tajribalaridan ham foydalanish
zaruriyati tug`ilmoqda.Binobarin,o`qitishning natijalari, o`qituvchining o`qitishdan
ko`zlagan maqsadini, uning ta`lim-tarbiyaviy vazifalarini aniq belgilab olishiga,
fanning mazmuniga mos tarzda amalga oshirisga yordam bera oladigan metod
va usullaridan ilmiy asosda foydalana bilishga bog`liqdir.
Shu nuqtai nazarda qaraganda magistrlik dissertatsiyamizda olib borilgan
tadqiqotlarimiz natijalari tarix ta`limida, tarix fanini o`qitishning vazifalari,
o`qitishning samaradorligini oshirga qaratilgan uslub va metodlari haqida yangi
fikr - mulohozalarni asoslashga qaratildi.
Tadqiqotimizda quyidagi vazifalar o`z echimini topdi:
- 6 – sinfda tarix o`qitishning maqsad va vazifalari jarayonini yoritib berish;
- 6 – sinf tarix ta’limining nazariy asoslari, uning o’rganish manbalari, o’quv
darsligi va boshqa adabiyotlarning tarix ta`limida tutgan o`rni;
- Kartografik texnalogiyalar orqali o`quvchilar tarixiy bilim, ko`nikma va
malakalarni shakllantirish metodlari;
- Integratsiya texnologiyalarining, tarix ta`limida o`quvchilarning o`quv
faoliyatida qo`llanishi, tarixiy bilimlarining uzviyligini ta`minlash yo`llarini
yoritib berish;
- Tarix ta`limi jarayonida interfaol metodlardan foydalanish usullari;
- 6 – sinf tarix ta`limida o`quychi yoshlarda mustaqil fikr yuritish, erkin
mushohada qilish ko`nikmalarini shakllantirish;
- 6 – sinf tarix ta`limida tabaqalashtirilgan yondoshuv metodi, samarali
shakl va vositalari;
- 6 – sinf tarix ta`limida o`quvchilarda komillikni shakllantirish omillari:
82
umumta`lim muassasalarida o`qituvchilarning ta’lim - tarbiya jarayonida komil
inson tarbiyasi sohasida ilg`or tajribalarni o`rganish hamda respublikamiz
amaliyotiga tadbiq etishning xususiyatlarini ko`rsatib beriildi.
Ayni paytda umumta`lim maktablarida, jumladan 6-sinfda tarix o`qitishning
quyidagi jihatlariga e`tibor qaratish zarur deb bilamiz. Ya`ni har bir pedagogdan
ta`lim jarayonida oquvchini faollashtirishga yo`naltirilgan zamonaviy axborot va
texnalogiyalardan, interaktiv metodlardan samarali foydalangan holda o`quvchi
bilan hamkorlikda ishlash orqali ta`lim sifatiga e`tiborni kuchaytirish, o`quvchini
mustaqil bilim olishiga ko`maklashish, dars jarayonini tashkllashtirish va
o`qitishda yangicha yondoshish, har bir o`quvchini izlanuvchanlikka o`rgatish,
hamda erkin fikrlashga imkon yaratib berish lozim.
Tadqiqotimiz tadqiqotimiz natijalari shun tasdiqlamoqdaki, umumta`lim
maktablarida ta'lim jarayoni samaradorligini oshirish imkonini beradigan
noan'anaviy pedagogik texnalogiyalar va ta'limning yangi uslublarini yaratish,
hamda amaliyotga joriy etish jadal sur'atda davom etib kelmoqda.
Magistirlik dissertasiyamizda 6- sinfda tarix ta`limini o`qitishning ayrim
jihatlarini o`rganishga harakat qildik. Ayniqsa mustaqillik davrida bu yo`nalishda
amalga oshiralyotgan islohotlar, natijalari, muammolari tarixini tadqiqot va tahlil
qildik. Shu o`rinda ta`lim tizimidagi ijobiy o`zgarishlar namoyon bo`layot-
ganligiga, ularning moddiy texnika va axborot bazasini mustahkamlanib
borayotganligiga, o`quvchilarni mustaqil bilim olishga, ijodiy fikrlash ko`nik-
malarini shakllantirishga, fikrlarini erkin bayon etishga, mustaqil ravishda
xulosalar chiqarshiga o`rgatadigan yangi pedagogik texnalogiyalarini ta'lim
jarayoniga joriy etilayotganiga amin bo`ldik. Arxiv malumotlari shuni
tasdiqlamoqdaki, umumta`lim tizimidagi dogmatik, ya'ni qotib qolgan usullardan
voz kechilgan va ayni paytda DTS talablari asosida sifatli o`quv adabiyotlar
bilan o`quvchi yoshlarni bilimini oshirishga, iqtidorli va iste'dodli o`quvchi –
yoshlarni qobiliyatini o`stirishga, sport bilan doimiy shug`ullanadigan, jismonan
baquvvat, sog`lom yoshlarni kamol toptirish hamda tarbiyalashga harakat qilib
kelingan. Shuningdek, maktablarlar zamonaviy bilimlarni o`zlashtirgan pedagogik
83
kadrlar bilan to`ldirilgan. Ularning bilim saviyasini, salohiyatini o`stirishga, va
qayta tayyorlashga alohida etibor qaratib kelingan.
Tadqiqot natijalarini umumlashtirib, shuni ta`kidldmoqchimizki, hali
islohatlar zamirida umumta`lim maktablarida tarix fanini o`qitishda muhim
ko`pgina vazifalarni bartaraf etishga harakat qilishimiz kerak. Yuzaga qalqib
chiqqan ayrim muammolarni bartaraf etilishini, muhim zaruriy vazifaga deb
bilamiz. Shunuingdek, tadqiqot natijalarimizdan kelib chiqib, ayrim taklif va
mulohazalarimizni bildiramiz.
-tarix ta`limini o`qitishda fnlararo aloqadorlikni kuchaytirish;
-ijodiy bilim va ko`nikmalarni qo`llay olish, ya`ni kuzatilayotgan hodi-
salarni o`zlashtirilgan bilimlar bilan umumlashtirish, xulosa qilish hamda
yangi bilimlarni keltirib chiqara olish;
-o`qitish mazmunini tabaqalashtirish;
-o`quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olib, ehtiyojlariga mos holda-
gi darajada mukammal ta`lim olishlariga erishish;
-o`quvchilarni tarixiy voqealikni xolisona baholay olishi va anglashga,
mustaqil fikrlashga o`rgatish;
-o`quvchilarda hozirjavoblik, muhim tarixiy bilimlarning eng zarur ma`lu-
motlarini aniq va tez topish, xotirada saqlab qolishga o`rgatish;
-o`quvchilarni o`z fikrini to`g`ri va batafsil ifodalashga, nutqining ravonligi
ya`ni tarixiy xulosa va echimlarni axborotlar shaklida tez va to`g`ri ifoda-
lashga o`rgatish;
-tarix darslarida o`quvchilarning o`zlashtirish darajasini aniqlash va uning
monitoringini olib borish uchun bilim va malakalarning egallanish sifatini
xolisona baholash uchun test topshiriqlaridan foydalanish;
-tarix o`qitish ta`limida o`qitishning interaktiv metodlaridan foydalanish;
-tarix o`qitish jarayonida zamonaviy pedagogik texnalogiyalardan foyda-
lanib, o`quvchilarning fikrlash, anglash, tasavvur qilish, amaliy ish bajarish
qobiliyatlarini rivojlantirish;
-tarix ta`limi orqali shaxs dunyoqarashini shakllanish, komil inson qilib
84
tarbiyalash, yoshlarimiz o`z kuch va intilishlarini mamlakatning ertangi
kuni qanday bo`lishiga bevosita ta'sir ko`rsatadigan bugungi muhim ijti-
moiy – iqtisodiy, fuqarolik jamiyati qurilishiga xos bo`lgan muammo va
masalalarini hal etishga yo`naltirilishi lozim. Buning uchun esa yoshlarni
buyuk xalqimizning qadriyatlari, tarixiy merosimiz va sog`lom g`oyalar,sog`-
lom fikrlar bilan qurollantirishimiz zarur.
Demak, bugunda ta`lim tizimini rivojlantirish, uni zamonaviy jahon ta'lim
maskanlari bilan raqobat qila oladigan, bilimli salohiyati etuk yoshlarni
tarbiyalab yetishtirish bosh vazifa bo`lib qolmoqda.Bu vazifalarni bajarish
jamiyatimizning ertasi ozod va obod bo`lishini ishtirokchisi, yurtimiz kelajagi
faravonligini ta'min etuvchi barkamol avlod bilan bog`liqdir. Mustaqillik biz
uchun nafaqat erkinlik, balki Vatan kelajagi uchun yoshlarimizni komil inson
qilib tarbiyalash, o`zligini anglash ham demakdir.Binobarin, Prezidentimiz
I.A.Karimov ta'kidlaganidek, «Albatta, ta`lim-tarbiya - ong mahsuli, lekin ayni
vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya`ni, xalq ma`naviyatini
shallantiradigan ba boyitadigan eng muhim omildir”
1
.
Tarix ta`limini o`qitish yoshlarning barkamol shaxs sifatida shakllanishida
muhim ahamiyatga ega bo`lmoqda. Islohatlar o`z samarasini bermoqda. Yangilik
va izlanuvchilik muhiti shakllangan. Yosh avlodning barkamol kelajagi uchun
huquqiy, va iqtosodiy shart – sharoitlar yaratilmoqda. Unda ta'lim berayotgan
o`qituvchilarning murakkab va ayni paytda ma'suliyatli mehnat faoliyatlari
yoshlarni bilimli, komil inson qilib tarbiyalashga qaratilgan. Pedagoglarimiz esa,
o`z kuch va intilishlarini mamlakatning ertangi kuni qanday bo`lishiga
bevosita ta'sir ko`rsatadigan bugungi muhim ijtimoiy – iqtisodiy, fuqarolik
jamiyati qurilishiga xos bo`lgan muammo va masalalarini hal etishga
yo`naltiriishga qaratgan.Bu biz uchun o’ta muhimdir zеro,qurilayotgan insonparvar,
huquqiy, dеmokratik davlat, fuqarolik jamiyati faqat bilimli, salohiyati etuk iymon
e`tiqodi butun va erkin shaxslar tomonidangina barpo etilishi mumkin.
1
Karimov I. A. Yuksak ma`naviyat - yengilmas kuch. T:. “Ma`naviyat”. 2008. 61 – bet.
85
Do'stlaringiz bilan baham: |