Tuzem xalqlar – Turkiston o‘lkasining mahalliy xalqlariga nisbatan ishlatilgan atama. Rossiya imperiyasi ma’muriyati o‘lkadagi qishloq boshqaruvini “yerli” (mahalliy, tubjoy) – “tuzemnoe” va “rus” kabi ikki toifaga ajratgan. Rus amaldorlari “tuzemes” (“yerlilar”) atamasi bilan hind, arab, uyg‘ur, dungan kabilarni tushungan. Turmush tarziga ko‘ra esa, rus amaldorlari barcha aholini ikkiga: “qirg‘izlar” va “sartlar” bo‘lishgan. Qirg‘izlar deganda ko‘chmanchi, sartlar deganda esa o‘troq aholi nazarda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |