Toshkent shahar Dumasi – Umumrossiya shahar nizomiga ko‘ra Toshkentda tashkil etilgan. 1877 yil 16 avgustda Toshkent shahar Dumasiga saylovlar boshlanib, 30 avgustla ochilishi bo‘lib o‘tgan. Dumada Sirdaryo harbiy gubernatori boshchiligida maxsus hay’at tuzilib, u saylovchilar ro‘yxatini tuzish, shahar jamoatchilik boshqaruviga saylov o‘tkazish bo‘yicha ish olib borgan. 4 yilda bir marta o‘tkaziladigan saylovda 25 yoshga to‘lgan fuqarolar, asosan, savdogarlar, yirik korxonalar va uy egalari ishtirok etganlar. Toshkent shahar hokimi bir vaqtning o‘zida Duma raisi ham bo‘lgan. Yangi tashkil etilgan Dumaning asosiy maqsadi shaharni mustamlakachilar qo‘lida saqlab turish va Dumaga saylangan mahalliy aholi vakillarini hokmiyatni tayanchiga aylantirish edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |